XotirAI logotipiXotirAI
📜 6-sinf · Qadimgi dunyo · 17-§

Qadimgi Xitoy sivilizatsiyalari

Qadimgi Sharq va O‘rta Osiyo

17-§. Qadimgi Xitoy sivilizatsiyalari

Shahar soqchilari burjining maketi

XITOYDA SIVILIZATSIYA KURTAKLARI Misr, Mesopotamiya va Hindistondagi kabi Xitoyda ham ilk sivilizatsiyalar Xuanxe va Yanszi nomli katta daryolar bo‘ylarida vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 3-mingyillikning oxirlarida qadimgi Xitoy hududida ilk davlat Xuanxe daryosi havzasining o‘rta qismida paydo bo‘ladi.

Shan qabilasining boshlig‘i bu davlatni o‘ziga bo‘ysundirgan. Shu tariqa davlat nomi ham uning bosh shahri nomi kabi Shan deb atalgan. Beto‘xtov olib borilgan bosqinchilik urushlari davlatni zaiflashtirgan.

Bundan qo‘shni chjou qabilasi foydalangan va bostirib kirib, Shan yerlarini o‘zinikiga qo‘shib oladi va Chjou deb nomlangan katta davlatni bunyod etadi. Davlat yerlari ulkanligi bois hukmdorlar uni “Osmon ostidagi podsholik”, o‘zlarini esa “Osmon o‘g‘illari” deb atagan. Butun Shimoliy Xitoy ana shu davlat tarkibiga kirgan.

17-§. Qadimgi Xitoy sivilizatsiyalari

Mil. avv. 2-mingyillikda Shan davlatining hududi

Xuanxe d. Xuanxe d.

BUYUK BUYUK XITOY XITOY PASTTEKISLIGI PASTTEKISLIGI

Mil. avv. III asrda qadimgi Xitoy davlatining hududi

Chendu Chendu

Yanszi d. Yanszi d.

Panyuy (Guanchjou) Panyuy (Guanchjou)

Tayvan o. Tayvan o.

Buyuk Xitoy devori

Xaynan o. Xaynan o.

DENGIZI DENGIZI

XITOY AHOLISI MASHG‘ULOTLARI Dehqonchilik Xitoyda azaldan e’tiborli va faxrli kasb hisoblangan. Asosiy dehqonchilik ekinlari javdar va bug‘doy bo‘lgan. Keyinchalik xitoyliklar sholi yetishtira boshladi. Sholi urug‘i Hindistondan keltirilgan.

Xitoy aholisi choy daraxtini ham yetishtira boshladi, uning barglaridan shifobaxsh ichimlik bo‘lmish choy tayyorlanadi. Choy tez orada butun jahonga tarqaldi.

Tut daraxtini yetishtirish Xitoy aholisining asosiy mashg‘ulotlaridan biri bo‘lgan. Tut bargi bilan ipak qurti boqiladi. Ipak qurtlari pillalarga tolalarni o‘raydi, pilladan esa nihoyatda yengil va nafis mato bo‘lmish shoyi tayyorlanadi.

DENGIZI DENGIZI

Choy terish

Xuanxe daryosi, savdo kemalari va ko‘prik.

Zamonaviy rasm

Xitoy

Podsholiklar o‘rtasida o‘zaro kurashlar davom etgan davr. Zamonaviy rasm

Mil. avv. 3-mingyillik oxirlari

Xuanxe daryosi bo‘yida davlatning tashkil topishi Mil. avv. 2-mingyillik – Shan va Chjou davlatlari Mil. avv. VII–V asrlar – "ko‘p podsholiklar"

Sin Shixuandi birlashtirgan

XITOY “KO‘P PODSHOLIKLAR” DAVRIDA Mil. avv. VIII–VII asrlarda Chjou davlatida markaziy hokimiyat zaiflasha boshladi. Ayrim viloyatlar noiblari podsho hokimiyatidan ozod bo‘lishga intilar edi. Xitoyga ko‘chmanchi qabilalar hujum qila boshlaganidan foydalangan chekka viloyatlar aholisi ajralib chiqib, o‘z davlatini tashkil eta boshladi. Shu tariqa mil. avv. VII–V asrlardagi davr tarixda “ko‘p podsholiklar” davri nomini olgan.

Xitoy

Xitoyda ayni paytda “kurashayotgan podsholiklar” davri ham boshlanadi. Chjou davlatida hukmronlikni qo‘lga kiritish uchun mayda podsholiklar o‘rtasida urushlar 200 yildan uzoqroq davom etdi. Bu davr Sin davlati hukmdori o‘zining barcha raqiblarini yo‘q qilib, mil. avv. III asrda yagona davlat tuzishi bilan yakunlandi.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

Savollar: 1. Qaysi daryolar vodiysida Xitoyning ilk sivilizatsiyalari vujudga kela boshladi? 2. Xitoyda birinchi davlat qachon tashkil topdi? U qanday atalgan? 3. Xitoyning qaysi qadimgi davlati “Osmon ostidagi podsholik” degan nom olgan edi? Nima uchun? 4. Qadimgi Xitoy aholisining asosiy mashg‘ulotlarini sanab bering.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Qadimgi Xitoyda miloddan avvalgi 3-mingyillik oxirlarida paydo bo‘lgan ilk davlat qaysi daryo havzasining o‘rta qismida vujudga kelgan?
  1. Yanszi
  2. Mekong
  3. Hind
  4. Xuanxe

To‘g‘ri javob: Xuanxe. Ilk davlat Xuanxe daryosi havzasining o‘rta qismida paydo bo‘lgan.

Miloddan avvalgi 3-mingyillik oxirlarida Xuanxe havzasida paydo bo‘lgan qadimgi Xitoyning ilk davlati bosh shahri nomi bilan qanday atalgan?
  1. Xan
  2. Shan
  3. Chjou
  4. Sin

To‘g‘ri javob: Shan. Davlat nomi uning bosh shahri nomi kabi Shan deb atalgan.

Shan yerlarini o‘zinikiga qo‘shib olgan qo‘shni chjou qabilasi qadimgi Xitoyda qanday nomli katta davlatni bunyod etgan?
  1. Chjou
  2. Xan
  3. Min
  4. Sin

To‘g‘ri javob: Chjou. Chjou qabilasi Shan yerlarini qo‘shib olib, Chjou deb nomlangan katta davlatni bunyod etgan.

Qadimgi Xitoyda Chjou davlati hukmdorlari yerlari ulkanligi bois o‘z davlatlarini qanday ataganlar?
  1. Osmon markazidagi podsholik
  2. Sharqning ulug‘ saltanati
  3. Osmon ostidagi podsholik
  4. Yer ustidagi podsholik

To‘g‘ri javob: Osmon ostidagi podsholik. Ulkan yerlari tufayli hukmdorlar davlatni Osmon ostidagi podsholik deb atagan.

Qadimgi Xitoyda Chjou davlati hukmdorlari o‘zlarini qanday nom bilan atashgan?
  1. Osmon o‘g‘illari
  2. Osmon xizmatkorlari
  3. Yer o‘g‘illari
  4. Quyosh farzandlari

To‘g‘ri javob: Osmon o‘g‘illari. Hukmdorlar davlatni Osmon ostidagi podsholik, o‘zlarini esa Osmon o‘g‘illari deb atagan.

Qadimgi Xitoyda ilk sivilizatsiyalar qaysi daryolar bo‘ylarida vujudga kelgan?
  1. Gang va Hind
  2. Xuanxe va Yanszi
  3. Dajla va Furot
  4. Nil va Amudaryo

To‘g‘ri javob: Xuanxe va Yanszi. Xitoyda ilk sivilizatsiyalar Xuanxe va Yanszi nomli katta daryolar bo‘ylarida vujudga kelgan.

Qadimgi Xitoy hududida ilk davlat qachon paydo bo‘lgan?
  1. Mil. avv. 1-mingyillik boshlarida
  2. Mil. avv. 5-mingyillik oxirlarida
  3. Mil. avv. 2-mingyillik oxirlarida
  4. Mil. avv. 3-mingyillik oxirlarida

To‘g‘ri javob: Mil. avv. 3-mingyillik oxirlarida. Ilk davlat miloddan avvalgi 3-mingyillikning oxirlarida Xuanxe havzasining o‘rta qismida paydo bo‘lgan.

Xitoydagi ilk davlat qanday nom bilan atalgan?
  1. Shan
  2. Chjou
  3. Sin
  4. Xan

To‘g‘ri javob: Shan. Davlat nomi uning bosh shahri nomi kabi Shan deb atalgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiQadimgi Hindiston madaniyatiKeyingi →Miloddan avvalgi III asrda Xitoy