XotirAI logotipiXotirAI
📜 6-sinf · Qadimgi dunyo · 18-§

Miloddan avvalgi III asrda Xitoy

Qadimgi Sharq va O‘rta Osiyo

18-§. Miloddan avvalgi III asrda Xitoy

MARKAZLASHGAN DAVLATNING TASHKIL TOPISHI Mil. avv. 246-yilda Xitoyni o‘z hokimiyati ostida birlashtirgan hukmdor Sin Shixuandi nomini olgan. Bu nom “Sinning birinchi hukmdori” degan ma’noni bildiradi.

O‘z davlati hududini alohida viloyatlarga taqsimlagan hukmdor har biriga noiblarini rahbar etib tayinladi.

Sin Shixuandi tirikligidayoq o‘ziga atab maqbara qurishga farmon bergandi. Hashamati va bezaklari jihatidan bu maqbara Misr piramidalari bilan bellasha oladi. Maqbarani 720 ming odam 37 yil mobaynida bunyod etgan. Maqbara bir necha kvadrat kilometr maydonda joylashgan. Sin Shixuandi maqbarasidan

Sin Shixuandi. Zamonaviy rasm

18-§. Miloddan avvalgi III asrda Xitoy

Sin Shixuandi sopol askarlari hukmdorni “qo‘riqlash” uchun o‘rnatilgan 6 mingta sopol askarlar haykallari topilgan.

Buyuk Xitoy devori

Mil. avv. IV asrda

Ko‘chmanchilardan himoya qilish uchun

BUYUK XITOY DEVORI Sin Shixuandi o‘z davlatini ko‘chmanchi hunlarning hujumlaridan himoya qilish uchun Shimoliy Xitoy bo‘ylab qurilgan mudofaa devorini yanada mustahkamlashni buyurgan.

Devorni qurish ishlari dastlab mil. avv. IV asrda boshlangan. Bu devor tarixda Buyuk Xitoy devori deb atalgan. Uning balandligi 6–10 metr, qalinligi 5–8 metr, uzunligi esa qariyb 4000 kilometrni tashkil etadi. U qadim zamonlarda dushman qo‘shinlari uchun jiddiy to‘siq bo‘lib xizmat qilgan: otliq qo‘shinlar undan oshib o‘ta olmas, qal’alarni hujum bilan zabt etishni esa ko‘chmanchilar hali uddalay olmasdi.

Buyuk Xitoy devori

Podsho va amaldorlar devor qurilishida yuz minglab dehqonlarni majburan ishlatgan.

Buyuk Xitoy devorining qurilishi

QADIMGI XITOY MADANIYATI Qadimgi Xitoyda o‘ziga xos yuksak madaniyat yaratilgan. Mahalliy aholining kundalik hayoti ziroatchilik, hunarmandchilik, binokorlik va boshqa sohalar bilan bog‘liq bo‘lib, ilmiy bilimlarning rivojlanishini taqozo etgan.

Shu tariqa matematika, astronomiya va geografiya fanlari rivoj topgan. Shuningdek, qadimgi xitoyliklar me’morchilik va haykaltaroshlik sohalarida katta yutuqlarga erishgan. Qadimgi Xitoyda so‘z va jumlalarni ifodalagan iyerogliflar mavjud bo‘lgan. Dastlab xitoyliklar bambuk taxtachalarga yozishgan.

Buyuk Xitoy devori

Qurilish ishlari

Sin Shixuandi

Mil. avv. 246-yil

“Sinning birinchi hukmdori”

Buyuk Xitoy devori

Bambuk taxtachalardan iborat kitoblar

Ixtirolar: iyerogliflar, qog‘oz, kompas, seysmograf

O‘ylab ko‘ring

Rasmlarga qarab qadimgi Xitoyda qog‘oz qanday tayyorlanganligini tushuntiring.

Bundan 2,5 ming yil muqaddam yozish uchun shoyidan foydalanishga o‘tildi. Shoyi matolarga mo‘yqalam bilan yozilgan. Miloddan avvalgi I asrda qog‘oz ixtiro qilindi.

Xitoyliklarning eng ajoyib ixtirolaridan biri kompas bo‘lgan. U magnitlangan temirdan yasalgan uzun dastali katta qoshiqni eslatar edi. Bu moslamani kataklarga ajratilgan va zarhallangan yog‘ochga o‘rnatishgan, uning dastasi esa hamma vaqt janubni ko‘rsatgan.

Xitoy qog‘ozini tayyorlash jarayoni

Xitoyda zilzilani oldindan aniqlab beruvchi seysmograf ham ixtiro qilingan.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

Savollar: 1. Xitoyni yagona davlatga birlashtirgan hukmdor nomini ayting. Bu voqea qachon bo‘lgan? 2. Buyuk Xitoy devori haqida nimalarni bilasiz? Nima uchun bu devor ko‘chmanchilarning bosqiniga to‘siq bo‘lib turgan? 3. Xitoyliklarning ixtirolarini sanab bering. Qaysilaridan hozir ham foydalanamiz?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Sin Shixuandi nomini olgan hukmdor Xitoyni o‘z hokimiyati ostida birlashtirgan yil miloddan avvalgi qaysi yilga to‘g‘ri keladi?
  1. 264-yil
  2. 256-yil
  3. 246-yil
  4. 238-yil

To‘g‘ri javob: 246-yil. Xitoyni mil. avv. 246-yilda birlashtirgan hukmdor Sin Shixuandi nomini olgan.

Mil. avv. 246-yilda Xitoyni o‘z hokimiyati ostida birlashtirgan hukmdor qanday nom olgan?
  1. Chjou Venvan
  2. Sin Shixuandi
  3. Sin Ershi
  4. Xan Gaotszu

To‘g‘ri javob: Sin Shixuandi. Xitoyni birlashtirgan hukmdor Sin Shixuandi, ya’ni Sinning birinchi hukmdori nomini olgan.

Sin Shixuandi maqbarasini 37 yil mobaynida qancha odam bunyod etgan?
  1. 500 ming
  2. 120 ming
  3. 370 ming
  4. 720 ming

To‘g‘ri javob: 720 ming. Maqbarani 720 ming odam 37 yil mobaynida qurgan.

Xitoyni o‘z hokimiyati ostida birlashtirgan hukmdor qaysi yilda hokimiyatga kelib, Sin Shixuandi nomini olgan?
  1. Mil. avv. 221-yilda
  2. Mil. avv. 246-yilda
  3. Mil. avv. 256-yilda
  4. Mil. avv. 206-yilda

To‘g‘ri javob: Mil. avv. 246-yilda. Matnga ko‘ra, mil. avv. 246-yilda Xitoyni birlashtirgan hukmdor Sin Shixuandi nomini olgan.

Miloddan avvalgi III asrda Xitoyni yagona davlatga birlashtirgan hukmdor qanday nom olgan?
  1. Chjou Venvan
  2. Xan Gaozu Lyu
  3. Sin Shixuandi
  4. Shan Chjouxin

To‘g‘ri javob: Sin Shixuandi. Birlashtirgan hukmdor Sin Shixuandi nomini olgan.

“Sin Shixuandi” nomi qanday ma’noni bildiradi?
  1. “Sinning birinchi hukmdori”
  2. “Osmon o‘g‘li”
  3. “Buyuk devor quruvchisi”
  4. “Xitoyning himoyachisi”

To‘g‘ri javob: “Sinning birinchi hukmdori”. Bu nom “Sinning birinchi hukmdori” degan ma’noni anglatadi.

Sin Shixuandi maqbarasini 720 ming odam necha yil mobaynida bunyod etgan?
  1. 27 yil
  2. 30 yil
  3. 40 yil
  4. 37 yil

To‘g‘ri javob: 37 yil. Maqbarani 720 ming odam 37 yil davomida qurgan.

Sin Shixuandi o‘z davlati hududini boshqarishni qanday tashkil etgan va bu nimani ko‘rsatadi?
  1. Hududni viloyatlarga bo‘lib, har biriga noib tayinlagan; bu hokimiyat markazlashtirilganini bildiradi
  2. Hududni mustaqil beyliklarga bo‘lib, har biriga merosiy hukmdor tayinlagan; bu hokimiyat tarqoqligini bildiradi
  3. Hokimiyatni hunlar yetakchilariga topshirib, ular bilan ittifoq tuzgan; bu davlat zaifligini bildiradi
  4. Boshqaruvni dehqonlar kengashiga bergan va noiblarni saylab olgan; bu o‘zini o‘zi boshqarishni bildiradi

To‘g‘ri javob: Hududni viloyatlarga bo‘lib, har biriga noib tayinlagan; bu hokimiyat markazlashtirilganini bildiradi. Hukmdor hududni alohida viloyatlarga bo‘lib, har biriga noiblarini rahbar etib tayinlagan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiQadimgi Xitoy sivilizatsiyalariKeyingi →O‘zbekiston hududidagi qadimiy davlatlar