O‘zbekiston hududidagi qadimiy davlatlar
Qadimgi Sharq va O‘rta Osiyo
QADIMGI AHOLINING ETNIK TARKIBI VA HUDUDIY JOYLASHUVI
Yozma manbalarning guvohlik berishicha, mil. avv. VII–VI asrlarda O‘zbekiston hamda qo‘shni hududlarda sug‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar kabi elatlar, shuningdek, sak va massaget qabilalari yashagan. Zarafshon va Qashqadaryo vohasida dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab aholi istiqomat qilgan. Yunon yozma manbalarida bu hudud Sug‘diyona deb nom-
Ko‘chmanchilar manzilgohi
Araxosiya
O‘rta Osiyoda qadimgi xalqlar va qabilalarning joylashishi
Chorvador saklar
Xanjar. Mil. avv.
1-mingyillik langan. Mazkur hududda yashaydigan aholi sug‘diylar deb atalgan.
Sug‘diylarning eng yaqin qo‘shnilari baqtriyaliklar bo‘lib, ular Surxon vohasi, shimoliy Afg‘oniston va janubiy Tojikiston hududlarida joylashgan. Yunon-rim muarrixlari u yerlarni Baqtriana yoki Baqtriya deb atagan.
Amudaryoning quyi oqimida yashagan o‘troq dehqon elatlari xorazmliklar bo‘lgan. Ularning yurti yunon manbalarida Xorasmiya deyilgan. Cho‘llar va Amudaryo bo‘ylarida ko‘chmanchi massaget qabilalari yashagan. O‘rta
Araxosiya
Daryo vohasi
Osiyoning tog‘lik, dasht va cho‘l yerlarida asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan saklar istiqomat qilgan.
MIL. AVV. VII–VI ASRLARDA XO‘JALIKNING RIVOJI Bu paytlarda Sug‘d, Baqtriya va Xorazm aholisining mashg‘uloti sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik bo‘lgan. Hunarmandchilik va savdo-sotiq ham ancha rivoj topgan. Manzilgohlardan yuqori sifatli kulolchilik idishlari, temir va bronza buyumlar topilgan.
Tog‘lardan mis, qalay, kumush va oltin ma’danlari hamda zargarlik buyumlari yasash uchun lojuvard (la’l) va feruza kabi qimmatbaho toshlar qazib olingan. Lojuvard Baqtriya tog‘larida bo‘lgan.
Araxosiya
Oltin qoplon tasviri.
Saklar san’ati namunasi
Sak jangchisi.
O‘rta Osiyo elatlari. VII–VI asrlar.
O‘ylab ko‘ring
Ko‘chmanchilarning
BAQTRIYA LA’LI TO‘G‘RISIDA OSSURIYA MANBALA- RIDAGI MA’LUMOT “Podshoh so‘ragan la’l borasida: “Menga la’l keltiring”, degan ekanlar. Men, janobi oliylari, tog‘ga chiqib, la’lni qo‘lga kiritganimda mamlakat ahli menga qarshi qo‘zg‘alganini bilmaydilar. Podshoh izn bersalar, janobi oliylari, katta qo‘shin borib, la’lni keltirishsa; faqat men ular bilan non-u qatiqni baham ko‘rmayman; ular yonida yurmayman, sening choparing yonida bo‘lmayman, podshoh salomatligi xususida ham so‘ramayman. Shohim buni gunohga yo‘ymasalar bas…”.
O‘ylab ko‘ring
Ko‘chmanchi sak va massaget qabilalarining asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lib, ular tuya, ot, qo‘y va echkilar podalarini boqqan. Chorvadorlar hayvon terisidan charm, junli matolardan poyabzal, kiyimlar va chodirlar tikishgan.
Ko‘chmanchilar ushbu mahsulotlarni o‘troq dehqonlarga sotgan, dehqonlar esa Sharq xalqlari bilan yaqin savdo va madaniy aloqalarni o‘rnatgan. O‘rta Osiyoning o‘troq va ko‘chmanchi xalqlari o‘rtasidagi ayirboshlash muvaffaqiyatli kechgan.
kundalik hayoti
MIL. AVV. VII–VI ASRLARDA QADIMGI SHAHAR MADANIYATI
Hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi natijasida mil. avv. VII–VI asrlarda qadimgi shaharlar rivojlangan. Ular hunarmandchilik ishlab chiqarish va savdo markazlari bo‘lgan. Qadimshunoslar Afrosiyob (Samarqand), Ko‘ktepa (Zarafshon vohasi), Yerqo‘rg‘on va Uzunqir (Qashqadaryo vohasi), Ko‘zaliqir (Xorazm), Qiziltepa (Surxondaryo vohasi) kabi qadimiy shaharlarni o‘rgangan. Shaharlarning bir guruhi savdo va hunarmandchilik markazlari bo‘lsa, boshqalari alohida tuman va viloyatlar markazlari hisoblangan. Bunday qadimiy shaharlar qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan?
O‘sha olis davrlarda sayyoh uzoqdan yirik qadimiy shaharni ko‘rishi mumkin edi. Ulkan ichki qal’a shahardagi boshqa xom g‘ishtdan qurilgan xonadon, xo‘jalik binolari va hunarmandchilik ustaxonalaridan ancha balandda viqorli bo‘y cho‘zib turardi. Qo‘rg‘onda turli xonalardan iborat katta saroy joylashardi. Daraxtlar kam, ko‘chalari tor, lekin mudofaa devorlari kishini lol qoldiradi. Shaharda yashovchilar mudofaa tizimiga alohida e’tibor berardi. Shahar darvozasiga kirish yo‘lini suv bilan to‘ldirilgan chuqur – xandaq to‘sib turardi.
MIL. AVV. VII–VI ASRLARDA QADIMGI SHAHAR MADANIYATI
Qiziltepadagi qazishma ishlari
Qadimgi Baqtriya uyqo‘rg‘oni. Mil. avv. VII-IV asrlar. Surxondaryo viloyati.
O‘rta Osiyo aholisi vakillari. Tiklangan
Devorning burjlari va o‘q otish uchun shinaklari bo‘lgan. Ulardan bronza paykonli kamon o‘qi uchib kelishini har soniyada kutish mumkin edi.
Xushmanzara soy bo‘ylarida dehqonlarning uy-qo‘rg‘onlari bo‘y cho‘zib turar, ular bog‘lar, ekinzorlar bilan o‘ralgan bo‘lardi. Chang-to‘zonli yo‘llar qo‘shni vohalar sari eltardi.
Odamlar bu paytlarda qanday yashagan? Turarjoy devorlari xom g‘ishtdan terilib, somonli loy bilan suvalgan, uyning sahniga bo‘yralar va po‘staklar to‘shalgan. Supalar devor yonida qilingan bo‘lib, isitish o‘choq xona o‘rtasidan o‘rnatilgan. Alohida oshxona bir nechta o‘choqlar bilan ajralib turgan. Maxsus omborxonalarda katta xumlar terilgan bo‘lib, ularda dehqonchilik mahsulotlari saqlangan.
MIL. AVV. VII–VI ASRLARDA QADIMGI SHAHAR MADANIYATI
QADIMGI DAVLATLAR Mil. avv. VII asrda tashkil topgan Baqtriya davlati O‘rta Osiyo hududidagi qadimgi davlatlardan biri sanaladi. Marg‘iyona va Sug‘d Baqtriyaning siyosiy va madaniy ta’sirida bo‘lgan, shu sababli u turli qadimgi qardosh xalqlarning davlat birlashmasi hisoblanadi.
Fors qo‘ltig‘i
Orta Osiyo va Qadimgi Sharq
HINDISTON
Baqtriyaning Ossuriya bilan aloqalari haqida qadimgi yunon tarixchisi Ktesiy (mil. avv. V–IV asrlar) yozib qoldirgan. U uzoq muddat qadimgi fors shohi Artakserks saroyida yashab, saroy tabibi bo‘lgan. Ktesiy Ossuriya podshosi Ninning Baqtriyaga yurishi haqida hikoya qiladi. Mamlakat aholisining ko‘pligi, yirik shaharlari va mustahkam poytaxti Baqtra hamda Baqtriya podshosi Oksiart haqida quyidagicha ma’lumot beradi:
“Baqtriya botirlarining jasoratini, ularning yurti ko‘plab mustahkam qo‘rg‘onlarga ega ekanini yaxshi bilgan Nin o‘ziga qarashli elatlardan ko‘p sonli jangchilar to‘pladi.
Yirik kuchlar bilan Baqtriyaga qo‘shin tortib, u yerlarga o‘tish mushkulligi, daralar nihoyatda torligi tufayli Nin qo‘shinlarini bir necha qismga bo‘lgan. Baqtriya yirik shaharlarga ega bo‘lishidan tashqari, poytaxti nihoyatda ulkan edi. U Baqtra deb atalib, boshqa shaharlaridan qal’asining va devorlarining mustahkamligi bilan ajralib turardi. Podsho Oksiart qurol ko‘tarishga qodir barchani jangga safarbar qildi.
HINDISTON
U o‘z qo‘shinlari tepasida turib, dushmanga ro‘baro‘ bo‘ldi va Nin qo‘shinlaridan birining daradan o‘tishiga imkon yaratdi. Tekislikka yetarli miqdordagi dushman qo‘shini o‘tib bo‘lgach, Oksiart o‘z qo‘shinlaridan jangovar saf tizdi.
Dahshatli jang boshlanganda baqtriyaliklar ossuriyaliklarni chekinishga majbur qildi. Ularni ta’qib etib, tog‘ etagigacha quvib bordi va yuz ming nafar dushman qo‘shinini qirib tashladi”.
Qiziltepadan topilgan sopol idish
Baqtriyalik tuyakash
Qadimgi Baqtriya davlati
Afrosiyob, Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo‘rg‘on
Qadimgi Xorazm
Ko‘zaliqir
Qadimgi
Qadimiy davlat tizimi Xorazm hududida ham tashkil topgan. Xorazm vohasining yirik markazlaridan biri mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan Ko‘zaliqir qal’asi o‘rnida joylashgan.
Mil. avv. VI asrda xorazmliklar ushbu qal’ada katta saroy qurishgan. U turli xonalar va yog‘och ustunli zallardan iborat bo‘lgan. Saroy yaqinida arpa va bug‘doyni saqlash uchun mo‘ljallangan yirik g‘alla omborxonasi bunyod etilgan. Voha aholisi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan. Qadimgi Xorazmda hunarmandchilik, binokorlik va savdo-sotiq yuksak darajada rivojlangan.
Mahalliy kulolchilik, qurolsozlik, zargarlik buyumlarining dovrug‘i o‘zga yurtlarga ham tarqalgan edi. Shaharlarda savdo-sotiq rivojlangan. Xorazmliklar mohir quruvchi va hunarmand bo‘lganlar.
Qadimgi
Saklar
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Muhim sanalar
- mil. avv. VII–VI asrlarda — Yozma manbalarning guvohlik berishicha, mil. avv. VII–VI asrlarda O‘zbekiston hamda qo‘shni hududlarda sug‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar kabi elatlar, shuningdek, sak va massaget qabilalari yashagan.
- mil. avv. VII–VI asrlarda — Hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi natijasida mil. avv. VII–VI asrlarda qadimgi shaharlar rivojlangan.
- VII-IV asrlar — Mil. avv. VII-IV asrlar.
- VII asrda — QADIMGI DAVLATLAR Mil. avv. VII asrda tashkil topgan Baqtriya davlati O‘rta Osiyo hududidagi qadimgi davlatlardan biri sanaladi.
- mil. avv. V–IV asrlar — Baqtriyaning Ossuriya bilan aloqalari haqida qadimgi yunon tarixchisi Ktesiy (mil. avv. V–IV asrlar) yozib qoldirgan.
- VI asrda — Mil. avv. VI asrda xorazmliklar ushbu qal’ada katta saroy qurishgan.
Bilimingizni sinang
Sug‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, shuningdek, sak va massaget qabilalari O‘zbekiston hududida qaysi davrda yashagan?
- Mil. avv. V–IV asrlarda
- Mil. avv. VII–VI asrlarda
- Mil. avv. IX–VIII asrlarda
- Mil. avv. III–II asrlarda
To‘g‘ri javob: Mil. avv. VII–VI asrlarda. Yozma manbalarga ko‘ra, bu elatlar mil. avv. VII–VI asrlarda yashagan.
Mil. avv. VII–VI asrlarda O‘zbekiston hududida sak va massaget qabilalari bilan birga qaysi elatlar yashagan?
- Xitoylar, hunlar, kushonlar
- Parfiyaliklar, midiyaliklar, forslar
- Skiflar, sarmatlar, alanlar
- Sug‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar
To‘g‘ri javob: Sug‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar. Yozma manbalarga ko‘ra sug‘diylar, baqtriyaliklar va xorazmliklar yashagan.
Zarafshon va Qashqadaryo vohalari joylashgan hududni yunon yozma manbalari qanday nom bilan atagan?
- Sug‘diyona
- Baqtriana
- Xorasmiya
- Marg‘iyona
To‘g‘ri javob: Sug‘diyona. Yunon manbalarida bu hudud Sug‘diyona deb atalgan, aholisi esa sug‘diylar deyilgan.
Zarafshon va Qashqadaryo vohasida joylashgan, yunon manbalarida Sug‘diyona deb atalgan hududda yashagan aholi qanday nom olgan?
- Massagetlar
- Xorazmliklar
- Baqtriyaliklar
- Sug‘diylar
To‘g‘ri javob: Sug‘diylar. Sug‘diyona hududida yashagan aholi sug‘diylar deb atalgan.
Sug‘diylarning eng yaqin qo‘shnilari bo‘lib, Surxon vohasi, shimoliy Afg‘oniston va janubiy Tojikiston hududlarida joylashgan elat qaysi?
- Saklar
- Massagetlar
- Xorazmliklar
- Baqtriyaliklar
To‘g‘ri javob: Baqtriyaliklar. Sug‘diylarning eng yaqin qo‘shnilari baqtriyaliklar bo‘lgan.
Amudaryoning quyi oqimida yashagan o‘troq dehqon elatlari qanday atalgan?
- Saklar
- Baqtriyaliklar
- Xorazmliklar
- Sug‘diylar
To‘g‘ri javob: Xorazmliklar. Amudaryoning quyi oqimidagi o‘troq dehqon elatlari xorazmliklar bo‘lgan.
Xorazmliklar yurti yunon manbalarida qanday nom bilan atalgan?
- Parfiya
- Sug‘diyona
- Baqtriana
- Xorasmiya
To‘g‘ri javob: Xorasmiya. Xorazmliklarning yurti yunon manbalarida Xorasmiya deyilgan.
Cho‘llar va Amudaryo bo‘ylarida yashagan ko‘chmanchi qabilalar qanday atalgan?
- Sarmatlar
- Skiflar
- Dahlar
- Massagetlar
To‘g‘ri javob: Massagetlar. Cho‘llar va Amudaryo bo‘ylarida ko‘chmanchi massaget qabilalari yashagan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash