Zardushtiylik va “Avesto”
Qadimgi Sharq va O‘rta Osiyo
21-§. Zardushtiylik va “Avesto”
ZARDUSHTIYLIKNING VUJUDGA KELISHI TARIXI Mil. avv. 1-mingyillikda O‘rta Osiyoda zardushtiylik deb atalgan din keng tarqaladi. Bu din hali odamlar tabiatni ilohiylashtirgan kezlarda kurtak yoza boshlagan edi. Zardushtiylar olov (quyosh), yer, suv va yulduzlarga sig‘ingan va ularni ilohiy deb hisoblagan.
“Zardushtiylik” so‘zi Zaratushtra (Zardusht) nomi bilan bog‘liq. U mil. avv. 1-mingyillikning birinchi choragida yashab o‘tgan tarixiy shaxsdir.
Keyinroq Yunonistonda uning ismini “Zoroastr” deb atashgan (yunoncha astron – “yulduz”), negaki Yunonistonda uni donishmand, munajjim deb hisoblashgan. Bu nomdan ta’limotning o‘zi ham zoroastrizm, ya’ni zardush-tiylik deb atala boshlagan.
21-§. Zardushtiylik va “Avesto”
Zardushtiylikning paydo bo‘lishi haqida shunday afsona bor:
Bir kuni Zardusht suv olish uchun erta tongda daryo bo‘yiga kelgan ekan. Zilol suvda u Ahuramazda vakillaridan birining siymosini ko‘rib qoladi, siymo nur bilan qaysi tomonga borishga yo‘l ko‘rsatadi.
Zardusht sehrli nur izidan ergashadi, ko‘p o‘tmay oliy iloh – Ahuramazda huzuriga yetib keladi. Ahuramazda o‘zining ezgu amallari haqidagi bilimlarni tarqatish uchun uni tanlaganini aytadi va ilohiy vakolat olganini ma’lum qiladi.
Shu tarzda Zardusht 30 yoshida yangi diniy ta’limotning targ‘ibotchisiga aylangan.
Zardusht. Zamonaviy rasm
“Avesto”
Asoschisi – Zaratushtra
“Qat’iy belgilangan qonunlar”
Zardushtiylik ramzi
Zardushtiylik kohinlari haykalchalari
ZARDUSHTIYLIKNING TARQALISHI Zardushtiylik tarqala boshlagan paytlarda ibodatxonalar, odamlar duo matnlarini o‘rganishi uchun maxsus kitoblar bo‘lmagan. Diniy marosimlar ochiq osmon ostida, gulxan yonida yoki uydagi o‘choq olovi atrofida o‘tkazilgan.
Oldin turli qabilalarni istilochilarga qarshi kurashga birlashtirish uchun Zardusht ularni birlikka da’vat qilgan.
Zardushtning so‘nggi va’zlari kohinlar tomonidan yod olib, dindorlarga o‘qib berilgan.
Zardushtning vafotidan keyin bir necha asrlar o‘tgach, barcha diniy marosimlar, madhiyalar va duolar zardushtiylar uchun muqaddas bo‘lgan bir kitobga jamlandi. Bu kitobning nomi “Avesto” bo‘lib, “qat’iy belgilangan qonun-qoidalar” degan ma’noni anglatadi.
“Avesto”
Ahuramazda
O‘ylab ko‘ring
Urganchdagi “Avesto” kitobi yodgorligi
ZARDUSHTIYLIK XUDOLARI, TA’LIMOTI VA MAROSIMLARI
Zardushtiylar o‘zlarining ehtiromli ma’budlariga e’tiqod qilishgan. Ahuramazda zardushtiylarning ulug‘ va donishmand oliy xudosi hisoblangan. Mitra – Quyosh va yorug‘lik ma’budidir. O‘tli chaqmoqlar yordamida u yovuzlik va o‘lim ma’budi bo‘lmish Ahriman bilan jang qiladi. Zardushtiylar yomg‘irdan keyin hosil bo‘ladigan kamalakka Mitraning o‘q uzayotgan yoyi deb sig‘inishgan. Anaxita zardushtiylikda hosildorlik va suv ma’budasi hisoblangan. Zardushtiylik dini ta’limoti insoniyatning ezgulik va yovuzlik haqidagi qarashlari takomiliga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Zardushtiylar hayotining tub ma’nosi ezgu amal, ezgu so‘z va ezgu fikrdan iborat bo‘lgan. Insonning asosiy burchi, eng avvalo, adolatli turmush tarzi hisoblangan.
ZARDUSHTIYLIK XUDOLARI, TA’LIMOTI VA MAROSIMLARI
Zardushtiylik e’tiqodiga ko‘ra, yolg‘on so‘zlamaslik, aldamaslik, va’daga vafo qilish, faqat ezgu ishlarni amalga oshirish kerak edi.
Zardushtiylar ta’limotida o‘lim yovuzlik ifodasi hisoblangan. Shu bois vafot etgan odamlarni dafn qilishning alohida marosimi yuzaga kelgan. O‘lgan odamni yerga dafn qilish, yondirish, suvga oqizish ham mumkin emas edi. Shu sababli yirtqich qushlar va hayvonlar yeb ketishi uchun jasadni toshli va qumli tepaliklarda qoldirishgan. Yomg‘irlarda yuvilgan va oftobda poklangan suyaklarni maxsus sopol tobutchalar – ossuariylar (suyakdonlar)da dafn etishgan.
Zardushtiylik kohini.
Amudaryo xazinasidan oltin plastina
ZARDUSHTIYLIK XUDOLARI, TA’LIMOTI VA MAROSIMLARI
Ahuramazda – oliy xudo
Mitra – Quyosh ma’budi
Zardushtiylik xudolari
Anaxita – hosildorlik ma’budasi
Ahriman – yovuzlik va o‘lim ma’budi
“Avesto” qo‘lyozma sahifasi
“Avesto”
“AVESTO” QONUN-QOIDALARI Zardushtiylar bosqinchilik, talon-taroj va turarjoylarni vayron qilish kabi harakatlarni og‘ir jinoyat deb hisoblagan. Qurolni qo‘lga olib insonga do‘q qilish, birovni kaltaklab, unga jarohat yetkazish qattiq jazoga loyiq ko‘rilgan. O‘g‘rilik va qarzdorlikni “Avesto” gunoh deb hisoblaydi. Olgan qarzni qaytarib bermaslik o‘g‘rilikka tenglashtirilgan.
Mehnat yuksak ehtirom bilan qadrlangan. “Avesto”da inson mehnat qilishi, biror hunar, binokorlik, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanishi kerakligi aytiladi. Inson suv, o‘simliklar va zaminning pokligini ta’minlashi, tabiatni asrab-avaylashi lozim.
Zardushtiylik xudolari
“Avesto” oila va bolalar huquqlarini qat’iy muhofaza qiladi. Voyaga yetmagan bolalarni ota-onalaridan olib ketish, vasiysiz qoldirish qoralangan. Yosh bolalarga bilim berib, bironta hunarga o‘rgatish qadrlangan, negaki “o‘qish – ko‘zning nuri” deb uqtirilgan.
Zardushtiylar kuylagan qasidalarning biri “Quyosh madhi”da shunday deyilgan:
Biz Quyoshni madh etamiz, Bezavol Nurni. Uchqur uning tulporlari, Qachon Quyosh nur taratadir, Qachon ilitadir Quyosh, Qoyim turar yuz ming abad Ma’budlar. Taqsimlaydi baxtni shunda Ahuramazda bu yerga. “Avesto” kishilarni tinchlikka, adolat va ezgulikka chorlagan.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Bilimingizni sinang
Mil. avv. 1-mingyillikda O‘rta Osiyoda keng tarqalgan, olov, yer, suv va yulduzlarga sig‘inishga asoslangan din qanday nomlanadi?
- Manixeylik
- Zardushtiylik
- Buddaviylik
- Nasroniylik
To‘g‘ri javob: Zardushtiylik. Zardushtiylar olov, yer, suv va yulduzlarga sig‘ingan; din mil. avv. 1-mingyillikda keng tarqalgan.
Zaratushtraning yunoncha ismi sabab zardushtiylik ta’limotining o‘zi ham yana qanday atala boshlagan?
- Avestizm
- Zoroastrizm
- Ahuraizm
- Mitraizm
To‘g‘ri javob: Zoroastrizm. Yunoncha nomdan ta’limot zoroastrizm deb atala boshlagan.
Zardusht (Zaratushtra) qaysi davrda yashab o‘tgan?
- Mil. avv. 2-mingyillikning oxirgi choragida
- Mil. avv. 1-mingyillikning birinchi choragida
- Mil. avv. 1-mingyillikning oxirgi choragida
- Milodiy 1-mingyillikning birinchi choragida
To‘g‘ri javob: Mil. avv. 1-mingyillikning birinchi choragida. Zaratushtra mil. avv. 1-mingyillikning birinchi choragida yashagan tarixiy shaxs.
Yunonistonda Zardusht ismi qanday atalgan?
- Zaratush
- Ahuramazda
- Zoroastr
- Mitradat
To‘g‘ri javob: Zoroastr. Yunonlar uning ismini “Zoroastr” deb atagan (astron – “yulduz”).
Zardushtiylik O‘rta Osiyoda qaysi davrda keng tarqalgan?
- Mil. avv. 3-mingyillikda
- Milodiy 1-mingyillikda
- Mil. avv. 1-mingyillikda
- Mil. avv. 5-mingyillikda
To‘g‘ri javob: Mil. avv. 1-mingyillikda. Mil. avv. 1-mingyillikda O‘rta Osiyoda zardushtiylik keng tarqalgan.
Yunonistonda Zaratushtra nomi nima uchun “Zoroastr” shaklida atalgan va bu nom ta’limot nomiga qanday ta’sir qilgan?
- Yunonlar uni donishmand, munajjim deb hisoblagani uchun; ta’limotning o‘zi ham zoroastrizm deb atala boshlagan
- Yunonlar uni oliy xudo deb hisoblagani uchun; ta’limotning o‘zi ham Ahuramazda deb atala boshlagan
- Yunonlar uni jangchi hukmdor deb hisoblagani uchun; ta’limotning o‘zi ham avestizm deb atala boshlagan
- Yunonlar uni Quyosh ma’budi deb ulug‘lagani uchun; ta’limotning o‘zi ham mitraizm deb atala boshlagan
To‘g‘ri javob: Yunonlar uni donishmand, munajjim deb hisoblagani uchun; ta’limotning o‘zi ham zoroastrizm deb atala boshlagan. Yunonistonda uni donishmand va munajjim deb bilishgan (astron – yulduz); shu nomdan ta’limot zoroastrizm deb atalgan.
Afsonaga ko‘ra, Zardusht necha yoshida yangi diniy ta’limot targ‘ibotchisiga aylangan?
- 20 yoshida
- 40 yoshida
- 50 yoshida
- 30 yoshida
To‘g‘ri javob: 30 yoshida. Zardusht 30 yoshida targ‘ibotchi bo‘lgan.
Afsonaga ko‘ra, Zardusht daryo bo‘yida kimning siymosini ko‘rgan va qaysi yoshda yangi ta’limot targ‘ibotchisiga aylangan?
- Mitraning siymosini; 40 yoshida
- Anaxitaning siymosini; 30 yoshida
- Ahuramazda vakillaridan birining siymosini; 20 yoshida
- Ahuramazda vakillaridan birining siymosini; 30 yoshida
To‘g‘ri javob: Ahuramazda vakillaridan birining siymosini; 30 yoshida. Afsonada Zardusht Ahuramazda vakili siymosini ko‘rib, nur izidan oliy xudo huzuriga borgan va 30 yoshida targ‘ibotchi bo‘lgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash