XotirAI logotipiXotirAI
📜 6-sinf · Qadimgi dunyo · 29-§

Yunon fuqarolari tarbiyasi

Qadimgi Yunoniston

29-§. Yunon fuqarolari tarbiyasi

FUQARO TARBIYASI Yunon maktablari faol fuqarolar, davlat himoyachilarini tarbiyalashi kerak edi. Sportni rivojlantirish va Olimpiya o‘yinlariga ommaviy qiziqish ham shunga xizmat qilgan. Bolalikdanoq o‘g‘il bolalarga she’riyat va musiqaga muhabbat hissi singdirilardi.

Umumiy ta’limdan tashqari, yigitlar ikki yil harbiy ta’lim ham olgan. Birinchi yili ular uylarida yashar va safda yurish, qurol taqib yurish, ochlik va sovuqqa chidamli bo‘lishni o‘rganardi. Ikkinchi yili esa ayrimlari Attika chegara qal’alarida harbiy xizmatni o‘tar, boshqalari Pirey portida dengizchilik san’ati asoslarini o‘rganar edi.

Mamlakatni mudofaa qilish zarurati yuzaga kelgan taqdirda 30 yoshga to‘lmagan erkaklarning barchasi qurol-yarog‘lari va harbiy kiyim-kechaklari bilan ko‘rikka yetib kelishi shart bo‘lgan. Vatanga muhabbat har bir fuqaroning fidoyiligi va jasoratida aks etgan.

29-§. Yunon fuqarolari tarbiyasi

Qadimgi Yunonistonda ta’lim

Yunonlarning savdo maydoni va kundalik hayoti. Tiklangan

Olimpiya o‘yinlaridagi musobaqa turlari

OLIMPIYA O‘YINLARI Sport barcha yunonlar uchun sevimli mashg‘ulot bo‘lgan. Mil. avv. 776-yilda Olimpiya shahrida birinchi o‘yinlar o‘tkazilgan. Ana shu sanadan boshlab har to‘rt yilda bir marta Olimpiada olovi quyosh nurlarida yondirilgan, Yunonistonning to‘rt tarafidan kelgan sportchilar besh kurashda bellashgan.

Beshkurash turli sport musobaqalaridan iborat bo‘lgan. Otchoparda esa aravalarda va otlarda poyga uyushtirilar edi. Odamlar va sportchilar Olimpiyaga eson-omon yetib kelishi uchun o‘yinlar o‘tkazilayotgan paytda urushlar to‘xtatilgan.

29-§. Yunon fuqarolari tarbiyasi

Yunonistondagi Olimpiya o‘yinlari Olimp xudosi Zevs sharafiga bag‘ishlab o‘tkazilgan. Afsonalarga ko‘ra, Olimpiya o‘yinlari asoschisi Gerakl hisoblangan. Olimpiya o‘yinlarida faqat jinoyat sodir etmagan, sha’niga dog‘ tushirmagan ozod yunon ishtirok etishi mumkin bo‘lgan.

Musobaqalarda uch karra g‘alaba qozongan sportchi Olimpiya shahrida o‘z haykalini o‘rnattirishga haqli bo‘lgan. Yunonlar yil hisobini ham Olimpiya o‘yinlariga qarab yuritgan. G‘oliblar muqaddas zaytun daraxti novdalaridan to‘qilgan gulchambar bilan taqdirlangan.

Xristian dini tarqalishi natijasida xudo Zevs sharafiga bag‘ishlangan Olimpiya o‘yinlari man qilinadi. Milodiy 394-yilda qadimgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish butunlay to‘xtab qoldi.

29-§. Yunon fuqarolari tarbiyasi

Nihoyat 1896-yilda Olimpiya o‘yinlari qayta tiklandi. Olimpiya o‘yinlari ochiladigan kunda mash’ala yoqish odati hozirgacha saqlanib qolgan. Quyosh nurlaridan yondirilgan mash’ala Olimpiya musobaqalari o‘tkaziladigan joyga keltiriladi.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

Savollar: 1. Qadimgi Yunoniston o‘qituvchilari oldiga qanday maqsad qo‘yilgan? Yunon maktablari hozirgi maktablardan nimasi bilan farqlanadi? 2. Olimpiya ishtirokchisi nomidan hikoya tuzing. O‘yinlarda nimalarni ko‘rganingizni va qaysi musobaqalarda ishtirok etganingizni so‘zlab bering.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Yunon yigitlari qancha muddat harbiy ta’lim olgan?
  1. Bir yil
  2. Ikki yil
  3. Uch yil
  4. To‘rt yil

To‘g‘ri javob: Ikki yil. Umumiy ta’limdan tashqari yigitlar ikki yil harbiy ta’lim olgan.

Harbiy ta’limning ikkinchi yilida ayrim yigitlar dengizchilik asoslarini qayerda o‘rgangan?
  1. Attika qal’alarida
  2. Olimpiya shahrida
  3. Pirey portida
  4. Akropolda

To‘g‘ri javob: Pirey portida. Ayrimlari Pirey portida dengizchilik san’ati asoslarini o‘rganar edi.

Yunon yigitlarining harbiy ta’limi haqidagi hukmlarni ko‘rib chiqing. I. Birinchi yili ular uylarida yashab, safda yurish va ochlik hamda sovuqqa chidamli bo‘lishni o‘rganganlar. II. Ikkinchi yili ayrimlari Attika chegara qal’alarida xizmat qilgan, boshqalari dengizchilik asoslarini o‘rgangan. III. Harbiy ta’lim uch yil davom etgan. Qaysi hukmlar to‘g‘ri?
  1. Faqat III
  2. I va II
  3. II va III
  4. I, II va III

To‘g‘ri javob: I va II. Harbiy ta’lim ikki yil bo‘lgan, III noto‘g‘ri.

Sportni rivojlantirish va Olimpiya o‘yinlariga ommaviy qiziqish yunon jamiyatidagi qaysi maqsadga xizmat qilgan?
  1. Faol fuqarolar va davlat himoyachilarini tarbiyalashga
  2. Aslzodalarni oddiy xalqdan ajratib turishga
  3. Urushlarni to‘xtatib, qo‘shinlarni tarqatib yuborishga
  4. Faqat diniy ibodatni ommalashtirishga

To‘g‘ri javob: Faol fuqarolar va davlat himoyachilarini tarbiyalashga. Yunon maktablari faol fuqarolar, himoyachilarni tarbiyalashi kerak edi; sport ham shunga xizmat qilgan.

Qadimgi Yunonistonda Olimpiya shahrida birinchi o‘yinlar qaysi yilda o‘tkazilgan?
  1. Mil. avv. 746-yil
  2. Mil. avv. 756-yil
  3. Mil. avv. 776-yil
  4. Mil. avv. 796-yil

To‘g‘ri javob: Mil. avv. 776-yil. Birinchi Olimpiya o‘yinlari mil. avv. 776-yilda Olimpiya shahrida o‘tkazilgan.

Olimpiya o‘yinlari qaysi yilda birinchi marta o‘tkazilgan?
  1. Mil. avv. 594-yilda
  2. Mil. avv. 776-yilda
  3. Mil. avv. 621-yilda
  4. Milodiy 394-yilda

To‘g‘ri javob: Mil. avv. 776-yilda. Birinchi o‘yinlar mil. avv. 776-yilda Olimpiya shahrida o‘tkazilgan.

Olimpiya o‘yinlari davomida urushlar nima uchun to‘xtatilgan?
  1. Askarlar dam olib, yangi qurol tayyorlab olishi uchun
  2. Dehqonlar hosilni yig‘ib, xirmon ko‘tarib olishi uchun
  3. Odamlar va sportchilar eson-omon yetib kelishi uchun
  4. Zeus xudosiga qurbonliklar keltirish marosimi uchun

To‘g‘ri javob: Odamlar va sportchilar eson-omon yetib kelishi uchun. Urushlar sportchilar va tomoshabinlar Olimpiyaga xavfsiz yetib kelishi uchun to‘xtatilgan.

O‘yinlar o‘tkazilayotgan paytda yunon shaharlari o‘rtasidagi urushlar nima uchun to‘xtatilgan?
  1. Zevs ibodatxonasini jang maydoniga aylantirmaslik uchun
  2. Qo‘shinlar uchun yangi qurol-yarog‘ tayyorlash uchun
  3. Odamlar va sportchilar Olimpiyaga eson-omon yetib kelishi uchun
  4. G‘oliblarga haykal o‘rnatish vaqtini ajratish uchun

To‘g‘ri javob: Odamlar va sportchilar Olimpiyaga eson-omon yetib kelishi uchun. Urushlar to‘xtatilishi qatnashchilar yo‘lda xavfsiz yetib kelishini ta’minlagan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiYunon-fors urushlari. Makedoniyaning Yunonistonni bosib olishiKeyingi →Qadimgi Yunoniston madaniyati