Qadimgi Yunoniston madaniyati
Qadimgi Yunoniston
GOMERNING “ILIADA” VA “ODISSEYA” DOSTONLARI
Taxminan mil. avv. 1200-yilda yunonlar Egey dengizi qirg‘og‘idagi Kichik Osiyoda joylashgan Troyaga mo‘l-ko‘l o‘lja ilinjida urush boshlagan.
Biroq yunon rivoyatlari boshqa bir sababni ham bayon qiladi. Eng chiroyli ayol Sparta podshosining rafiqasi Sohibjamol Yelena edi. Troya podshosining o‘g‘li Paris Sparta podshosinikiga keladi va Sohibjamol Yelenani Troyaga o‘g‘irlab ketadi. Voqeadan xabar topgan Sparta podshosi Parisdan qasos olishga ahd qiladi va barcha spartaliklarni Troya bilan urushga chaqiradi. Yunonlar to‘qqiz yil Troyani behuda qamal qiladi.
Qadimgi yunon shoiri Gomer “Iliada” va “Odisseya” dostonlarini yozdi. “Iliada” ana shu urushning oxirgi o‘ninchi yili haqida hikoya qiladi. Odisseyning maslahati bilan yunonlar ayyorlikni ishga soladi: ichi bo‘m-bo‘sh ulkan yog‘och ot yasashadi.
GOMERNING “ILIADA” VA “ODISSEYA” DOSTONLARI
Qadimgi yunon shoiri Gomer. Zamonaviy rasm
Troyaliklarning yunonlar kemasiga hujumi. Zamonaviy rasm
Axilles tovoniga tekkan o‘q
Ana shu yog‘och ot ichiga yunon qo‘shinlarining bir qismi yashirinib oladi, qo‘shinning boshqa bir qismi esa yaqindagi orollardan biriga o‘rnashadi. Troyaliklar yunonlar qamal qilishni to‘xtatdi va Troya homiysi Afina Palladaga xush kelishi uchun bizga ot sovg‘a qilibdi degan xulosaga kelib, yog‘och otni shaharga olib kiradi.
Kechasi otning ichidan chiqqan jangchilar darvozalarni ochadi va Troya bosib olinadi.
Hozirgi tillarda “Troya oti” iborasi xosiyatsiz sovg‘a-salom ma’nosini anglatadi.
“Iliada” dostonining bosh qahramoni Axillesdir. O‘g‘lining mangu barhayot bo‘lishini istagan ona chaqalog‘ini Stiks daryosiga botirib oladi. Ayni paytda Axillesning onasi ushlagan tovoniga suv tegmay qoladi. Janglardan birida Axilles tovoniga tekkan o‘qdan halok bo‘lgan. O‘sha kezlardan beri “Axilles tovoni” iborasi nozik joyni anglatadi.
GOMERNING “ILIADA” VA “ODISSEYA” DOSTONLARI
Troya urushi nihoyasiga yetdi. Yunonlar Troyani taladi va mo‘l-ko‘l o‘ljalar bilan uyga qaytmoqchi bo‘ldi. Ular Egey dengizi orqali uzoq va xatarli yo‘llardan o‘tishi kerak edi.
Troya oti. Troyaliklar uni shaharga olib kirmoqda
YUNONISTONDA TEATR Bundan ikki yarim ming yil muqaddam Yunonistonda teatr dunyoga keldi. “Teatr” so‘zini yunonchadan tarjima qilganda “tomoshalar uchun joy”, “tomoshaxona” degan ma’nolarni anglatadi. Tomoshalar faqat bayramlarda uyushtirilgan. Erta tongdan boshlangan tomoshalar kun bo‘yi davom etardi. Tomoshabinlarga bir nechta pyesa namoyish etilardi.
Teatrga kirish uchun arzimagan tomosha haqi yig‘ilgan. Qashshoq fuqarolarga teatrga borishi uchun pul berilar edi.
GOMERNING “ILIADA” VA “ODISSEYA” DOSTONLARI
Sahnada barcha rollarni faqat erkaklar ijro etgan. Namoyish ishtirokchilari quvnoq, qayg‘uli va yovuz qiyofadagi turli niqoblardan foydalangan. Teatrlarda o‘zaro kurash namoyish etilgan, odatda qatnashuvchi kishilar halok bo‘lishi bilan tugaydigan pyesalar tragediya deyilgan. Yunon dramaturgi Sofokl “Shoh Edip” va “Antigona” singari eng mashhur tragediyalarni yozgan.
Ajoyib qochiriqlar, quvnoq sahnalar, nozik yumorga boy komediyalar esa inson nuqsonlari ustidan kuladi. Komediyalarning eng mashhur muallifi Aristofan edi.
Tragediyalar muallifi Sofokl
Komediyalar muallifi Aristofan
Qadimgi Yunonistonning teatr niqoblari
GOMERNING “ILIADA” VA “ODISSEYA” DOSTONLARI
Qadimgi yunon haykaltaroshi Fidiy.
Zamonaviy rasm
Minos podshosining
Labirint saroyi. Zamonaviy rasm
ARXITEKTURA VA HAYKALTAROSHLIK
Yunonlar nafaqat podsholar va zodagonlar uchun saroylar va maqbaralar, balki hamma odamlar foydalanadigan jamoat binolarini ham barpo etgan.
Haykallar va boshqa haykaltaroshlik asarlari shahar maydonlari, ibodatxonalar, hammaga ochiq tomoshabog‘lar va stadionlarni ham bezab turgan.
Ibodatxonalar va boshqa jamoat binolari toshdan barpo etilgan. Xususiy uylar esa g‘ishtdan va paxsadan qurilgan. Ibodatxonalarga ustunlar – kolonnalar alohida ko‘rk bergan.
Yunoniston haykaltaroshlari mashhur olimlar, hamda Olimpiya o‘yinlari g‘oliblari yoki jangda zafar quchgan qahramonlar sharafiga haykallar yasagan.
Rivoyatlarga ko‘ra, Dedal Minos degan podsho uchun Labirint saroyini barpo etgan. Saroyga kirib, undan chiqish yo‘lini topib olishning iloji bo‘lmagan.
ARXITEKTURA VA HAYKALTAROSHLIK
Yunon haykaltaroshi Fidiy Akropoldagi ibodatxona – Parfenon qurilishiga boshchilik qilgan. Parfenon binosi va uning ustunlari marmar toshlardan qurilgan. Qadimda ibodatxonaga kirish yo‘li – peshtoqning yuqori qismi yunon ma’budlarining haykallari bilan bezatilgan.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
31-§. Qadimgi Yunoniston olimlari va mutafakkirlari
FAN Qadimgi Yunonistonda olimlarni donishmandlar, hayot murabbiylari sifatida bilishgan.
Yunon mutafakkirlari olam tuzilishi va inson hayoti ma’nosini tushuntirishga harakat qilgan.
Mashhur yunon faylasufi Geraklit yer yuzidagi hamma narsa olovdan kelib chiqqan deb uqtirgan. “Bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas”, “Hamma narsa oqadi, hamma narsa o‘zgaruvchandir” degan mashhur hikmatlar unga tegishlidir.
Frakiyalik Demokrit faylasuf Geraklitninig fikriga e’tiroz bildirib, u bizni qurshab turgan hamma narsa ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda-mayda zarralar – atomlardan tashkil topgan degan ma’nodagi fikrni bayon etgan.
31-§. Qadimgi Yunoniston olimlari va mutafakkirlari
Yunon faylasufi Diogen “Insonda hech qanday ehtiyojlar bo‘lmasligi shart” degan fikrni o‘z ta’limotiga asos qilib oldi. Hayotdagi barcha qulayliklardan voz kechgan Diogen bir bochkada kun kechirgan. Afsonalarga ko‘ra, Makedoniyalik Aleksandr undan: “Senga qanday yordam berishim mumkin?” deb so‘raganida, Diogen: “Nariroq tur, quyoshni to‘syapsan!” – deya kinoya qilgan ekan.
Muhim sanalar
- mil. avv. 1200-yilda — Taxminan mil. avv. 1200-yilda yunonlar Egey dengizi qirg‘og‘idagi Kichik Osiyoda joylashgan Troyaga mo‘l-ko‘l o‘lja ilinjida urush boshlagan.
Bilimingizni sinang
“Iliada” va “Odisseya” dostonlarini yozgan qadimgi yunon shoiri kim?
- Sofokl
- Aristofan
- Gomer
- Gerodot
To‘g‘ri javob: Gomer. “Iliada” va “Odisseya” dostonlarini qadimgi yunon shoiri Gomer yozgan.
Yunonlar Kichik Osiyodagi Troyaga qarshi urushni taxminan qaysi yilda boshlagan?
- Mil. avv. 1500-yilda
- Mil. avv. 1200-yilda
- Mil. avv. 1000-yilda
- Mil. avv. 800-yilda
To‘g‘ri javob: Mil. avv. 1200-yilda. Yunonlar mo‘l-ko‘l o‘lja ilinjida taxminan mil. avv. 1200-yilda Troyaga urush boshlagan.
Rivoyatga ko‘ra, Sohibjamol Yelenani Troyaga kim o‘g‘irlab ketgan?
- Odissey
- Axilles
- Gomer
- Paris
To‘g‘ri javob: Paris. Troya podshosining o‘g‘li Paris Sparta podshosinikiga kelib, Yelenani o‘g‘irlab ketgan.
“Iliada” va “Odisseya” dostonlarini kim yozgan?
- Sofokl
- Aristofan
- Gomer
- Geraklit
To‘g‘ri javob: Gomer. Bu dostonlarning muallifi qadimgi yunon shoiri Gomerdir.
Yunonlar Troyani olishda ichi bo‘sh yog‘och ot yasash ayyorligini kimning maslahati bilan ishga solgan?
- Odissey
- Axilles
- Paris
- Gomer
To‘g‘ri javob: Odissey. Yog‘och ot yasash ayyorligi Odisseyning maslahati bilan amalga oshirilgan.
Troya urushi haqidagi hukmlarni ko‘rib chiqing. I. Rivoyatga ko‘ra, urushning sabablaridan biri Paris Sparta podshosining rafiqasi Yelenani Troyaga olib ketgani bo‘lgan. II. “Iliada” urushning dastlabki yili haqida hikoya qiladi. III. Yog‘och ot yasash g‘oyasi Odisseyning maslahati bilan yuzaga kelgan. Qaysilari to‘g‘ri?
- faqat I
- II va III
- I va III
- I, II va III
To‘g‘ri javob: I va III. “Iliada” urushning oxirgi o‘ninchi yilini tasvirlaydi; I va III hukmlar to‘g‘ri.
Yunonlar taxminan mil. avv. 1200-yilda Troyaga urush boshlagan. Ular to‘qqiz yil behuda qamal qilgan, “Iliada” esa urushning oxirgi o‘ninchi yilini tasvirlaydi. Urush taxminan qaysi yilda tugagan?
- taxminan mil. avv. 1190-yilda
- taxminan mil. avv. 1210-yilda
- taxminan mil. avv. 1209-yilda
- taxminan mil. avv. 1100-yilda
To‘g‘ri javob: taxminan mil. avv. 1190-yilda. Urush mil. avv. 1200-yil atrofida boshlanib, o‘n yil davom etgan, demak taxminan mil. avv. 1190-yilda tugagan.
Hozirgi tillarda “Troya oti” iborasi nimani anglatadi?
- Qimmatbaho harbiy o‘ljani
- Mard jangchining sovg‘asini
- Ishonchli himoya vositasini
- Xosiyatsiz sovg‘a-salomni
To‘g‘ri javob: Xosiyatsiz sovg‘a-salomni. “Troya oti” iborasi xosiyatsiz sovg‘a-salom ma’nosini bildiradi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash