Qadimgi Yunoniston olimlari va mutafakkirlari
Qadimgi Yunoniston
31-§. Qadimgi Yunoniston olimlari va mutafakkirlari
FAN Qadimgi Yunonistonda olimlarni donishmandlar, hayot murabbiylari sifatida bilishgan.
Yunon mutafakkirlari olam tuzilishi va inson hayoti ma’nosini tushuntirishga harakat qilgan.
Mashhur yunon faylasufi Geraklit yer yuzidagi hamma narsa olovdan kelib chiqqan deb uqtirgan. “Bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas”, “Hamma narsa oqadi, hamma narsa o‘zgaruvchandir” degan mashhur hikmatlar unga tegishlidir.
Frakiyalik Demokrit faylasuf Geraklitninig fikriga e’tiroz bildirib, u bizni qurshab turgan hamma narsa ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda-mayda zarralar – atomlardan tashkil topgan degan ma’nodagi fikrni bayon etgan.
31-§. Qadimgi Yunoniston olimlari va mutafakkirlari
Olimlar — qadimgi Yunonistonning donishmandlari.
Zamonaviy rasm
Yunon faylasufi Diogen “Insonda hech qanday ehtiyojlar bo‘lmasligi shart” degan fikrni o‘z ta’limotiga asos qilib oldi. Hayotdagi barcha qulayliklardan voz kechgan Diogen bir bochkada kun kechirgan. Afsonalarga ko‘ra, Makedoniyalik Aleksandr undan: “Senga qanday yordam berishim mumkin?” deb so‘raganida, Diogen: “Nariroq tur, quyoshni to‘syapsan!” – deya kinoya qilgan ekan.
Barcha zamonlarda olimlar ilmiy masala yechimini topgan yunon fizigi va matematigi Arximedning “Evrika!”
(“Topdim, topdim!”) qiyqirig‘ini takrorlab yuradi.
Arximed yorug‘likni ko‘zgu orqali jamlab, Sirakuza ustiga hujum qilib kelayotgan rimliklarning kemalarini yondirib yuborgani haqida hikoya bor. Arximed richag (dastak) qonunini ishlab chiqdi va mashhur bo‘lib ketgan bir iborani aytdi: “Menga tayanch nuqtasini topib bering, Yerni o‘z o‘qidan chiqarib yuboraman!”
31-§. Qadimgi Yunoniston olimlari va mutafakkirlari
Arximed tomonidan rimliklar kemalarining yondirib yuborilishi
Mil. avv. V asrda yashagan Gerodot yunon-fors urushlariga bag‘ishlab “Tarix” deb nomlangan kitob yozgan. Shu kitob orqali birdaniga mashhur bo‘lib ketgan. Qadimda Gerodotga “tarixning otasi” degan nom berilgan.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Muhim sanalar
- V asrda — Mil. avv. V asrda yashagan Gerodot yunon-fors urushlariga bag‘ishlab “Tarix” deb nomlangan kitob yozgan.
Bilimingizni sinang
Yer yuzidagi hamma narsa nimadan kelib chiqqan deb Geraklit uqtirgan?
- Olovdan
- Suvdan
- Havodan
- Yerdan
To‘g‘ri javob: Olovdan. Geraklit hamma narsa olovdan kelib chiqqan deb hisoblagan.
“Bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas” hikmati kimga tegishli?
- Demokritga
- Geraklitga
- Diogenga
- Gerodotga
To‘g‘ri javob: Geraklitga. Bu hikmat Geraklitga tegishli bo‘lib, hamma narsa o‘zgaruvchanligini bildiradi.
Demokritning fikricha, bizni qurshab turgan hamma narsa nimadan tashkil topgan?
- Doimo harakatdagi olov va havo uzluksiz oqimidan
- Suv, havo, olov va yerdan iborat to‘rt unsurdan
- Ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda zarralar – atomlardan
- Suv tomchilari kabi bo‘linmas va yaxlit moddadan
To‘g‘ri javob: Ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda zarralar – atomlardan. Demokrit hamma narsa ko‘zga ko‘rinmaydigan zarralar – atomlardan tashkil topgan degan.
Geraklit va Demokritning olam tuzilishi haqidagi qarashlari qanday farq qilgan?
- Geraklit hamma narsa olovdan kelib chiqqan desa, Demokrit hamma narsani ko‘zga ko‘rinmas mayda zarralar – atomlardan iborat deb bilgan
- Geraklit hamma narsa ko‘zga ko‘rinmas mayda zarralar – atomlardan iborat desa, Demokrit hamma narsa olovdan kelib chiqqan deb bilgan
- Ikkalasi ham olamning asosini olov deb bilgan, ammo Demokrit keyinchalik o‘z fikrini o‘zgartirib, uni suv bilan almashtirgan
- Geraklit olamni o‘zgarmas va abadiy deb hisoblagan, Demokrit esa hamma narsa doimo o‘zgaruvchan va suvdan iborat degan
To‘g‘ri javob: Geraklit hamma narsa olovdan kelib chiqqan desa, Demokrit hamma narsani ko‘zga ko‘rinmas mayda zarralar – atomlardan iborat deb bilgan. Geraklit olovni, Demokrit esa atomlarni olam asosi deb hisoblagan; Demokrit Geraklit fikriga e’tiroz bildirgan.
Olimlarni ularga tegishli fikr yoki ish bilan moslashtiring. 1. Geraklit 2. Demokrit 3. Diogen 4. Arximed a) “Menga tayanch nuqtasini topib bering, Yerni o‘z o‘qidan chiqarib yuboraman!” b) “Bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas” c) hamma narsa atomlardan tashkil topgan d) “Nariroq tur, quyoshni to‘syapsan!”
- 1–c, 2–b, 3–d, 4–a
- 1–b, 2–c, 3–a, 4–d
- 1–b, 2–c, 3–d, 4–a
- 1–d, 2–c, 3–b, 4–a
To‘g‘ri javob: 1–b, 2–c, 3–d, 4–a. Daryo haqidagi hikmat Geraklitga, atomlar haqidagi fikr Demokritga, Aleksandrga aytilgan javob Diogenga, tayanch nuqtasi haqidagi ibora Arximedga tegishli.
Geraklitga tegishli “Hamma narsa oqadi, hamma narsa o‘zgaruvchandir” hikmati qaysi g‘oyani ifodalaydi?
- Dunyodagi hamma narsa doimiy o‘zgarish va harakatda ekanini
- Dunyodagi hamma narsa ko‘zga ko‘rinmas zarralardan tuzilganini
- Insonning hech qanday ehtiyojlarga muhtoj bo‘lmasligi lozimligini
- Dunyoni bir tayanch nuqtasi orqali o‘zgartirish mumkinligini
To‘g‘ri javob: Dunyodagi hamma narsa doimiy o‘zgarish va harakatda ekanini. Daryo timsoli orqali Geraklit yer yuzidagi hamma narsa doimiy o‘zgaruvchan ekanini ta’kidlagan.
Qadimgi Yunonistonda mutafakkirlar faoliyatining asosiy maqsadi nima edi?
- Fors urushlarida g‘alaba qozonish uchun yangi qurollar yaratish
- Davlat boshqaruvini qirol hokimiyati asosida mustahkamlash
- Dengiz savdosini rivojlantirish usullarini ishlab chiqish
- Olam tuzilishi va inson hayoti ma’nosini tushuntirishga harakat qilish
To‘g‘ri javob: Olam tuzilishi va inson hayoti ma’nosini tushuntirishga harakat qilish. Yunon mutafakkirlari olamning tuzilishi va inson hayotining ma’nosini izohlashga intilgan.
Richag qonunini ishlab chiqqan va “Evrika!” qichqirig‘i bilan mashhur bo‘lgan yunon fizigi va matematigi kim?
- Pifagor
- Evklid
- Arximed
- Gippokrat
To‘g‘ri javob: Arximed. Yunon fizigi va matematigi Arximed richag (dastak) qonunini ishlab chiqqan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash