XotirAI logotipiXotirAI
📜 6-sinf · Qadimgi dunyo · 32-§

Qadimgi Yunoniston afsonalari

Qadimgi Yunoniston

32-§. Qadimgi Yunoniston afsonalari

AFSONALAR: HAQIQAT VA UYDIRMA Afsonalar (yunon tilida“mif”) yunonlar tarixidagi qadimgi davr haqida ko‘p narsalarni bilishga imkon beradi. Ular olamning yaratilishi, yer yuzida hayot va odamning paydo bo‘lishi, qahramonlar jasorati va dengiz sayohatlari haqida hikoya qiladi.

Yunon afsonalari rang-barang va qiziqarlidir. Afsonalarda aytilishicha, azalda Yer hamma tomondan dengizlar bilan o‘ralgan edi. Dastlab ularning hukmdori Okean degan titan bo‘lgan. Atlant degan titan ulkan osmon gumbazini yelkasida suyab turgan.

Yunonlarning rivoyatlari Gerakl, Axilles singari bahodir qahramonlar jasorati haqida hikoya qiladi. Ularning barchasi matonat, kuch-qudrat va aql-zakovat kabi fazilatlarga ega bo‘lgan. O‘n ikki jasorati tufayli Gerakl Olimp tog‘idagi xudolar saltanatida faxrli o‘ringa ega bo‘lgan ekan.

O‘ylab ko‘ring

Matnni o‘qib, afsonalarda haqiqat va uydirmani ajrating.

Qadimgi yunonlar tasavvurlari. Atlant

Afsonalar qahramonlari

Titanlar (gigantlar)

Sirenalar (yarim qush, yarim ayollar)

Kentavrlar (yarim ot, yarim odam)

Sikloplar (peshanasida bitta ko‘zi bo‘lgan bahaybat mavjudotlar)

QADIMGI YUNONLARNING XUDOLARI Qadimgi yunonlar ham ularning hayoti va tevarak-olam ko‘zga ko‘rinmas sirli kuchlarga tobe ekanligiga ishongan. Bu ko‘rinmas kuchlarni yunonlar xudolar deb atadi. Xudolar ularning Yer yuzi va marhumlar saltanatidagi hayotida hukmron edi. Qadimgi yunonlarning uch ilohi olamga hukmronlik qilar edi: oliy xudo deb hisoblangan Zevs – osmonda, Poseydon – dengizda, Aid – marhumlar saltanatida. Qolgan ma’budlar esa dehqonchilik va hunarmandchilik, san’at va she’riyat, muhabbat va go‘zallik homiylari hisoblangan. Urush va g‘alaba, adliya, uyqu va tonggi shafaq ma’budlari, shuningdek, ikkinchi darajali satirlar va nimfalar degan ma’budlar ham bo‘lgan. Ular o‘rmonlar, daryolar va tog‘larda yashagan deb tasavvur qilingan.

Afsonalar qahramonlari

Yunonlarning tasavvurlariga ko‘ra, ma’budlar Shimoliy Yunonistondagi Olimp tog‘ida yashagan.

Yunonlar Olimp ma’budlarini odamlardek qizg‘an- -chiq va shafqatsiz, kunni bazmi jamshid va o‘yin-kulgida o‘tkazadi, bir-biri bilan tortishadi, xohish-irodasiga qarshi borganlarni shafqatsiz jazolaydi deb hisoblagan. Shuning uchun ham yunonlar o‘zlari yaratgan xudolardan qo‘rqqan, ularning sharafiga ko‘plab ibodatxonalar barpo etib, qurbonliklar qilgan.

Olimp tog‘idagi ma’budlar hayotini

Zevs qadimgi yunonlar shunday

Gera tasavvur qilgan

Gefest Dionis Afrodita

O‘ylab ko‘ring

Rasmlarga qarang va Geraklning 12 jasorati haqida gapirib bering.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

Savollar: 1. Qadimgi Yunoniston tarixini o‘rganishda afsonalar qanday ahamiyatga ega? 2. Yunonlar afsonalarda tabiatning har xil hodisalarini qay tarzda tushuntirgan? 3. Yunonlar hayotida ma’budlar qanday ahamiyatga ega bo‘lgan?

Bilimingizni sinang

Qadimgi yunonlarning olamning yaratilishi va qahramonlar jasorati haqidagi hikoyalari yunon tilida qanday nomlanadi?
  1. Epos
  2. Drama
  3. Mif
  4. Logos

To‘g‘ri javob: Mif. Olamning yaratilishi va qahramonlar jasorati haqidagi afsonalar yunon tilida “mif” deyiladi.

Yunon afsonalariga ko‘ra, azalda dengizlar bilan o‘ralgan Yerning dastlabki hukmdori qaysi titan bo‘lgan?
  1. Gelios
  2. Atlant
  3. Kron
  4. Okean

To‘g‘ri javob: Okean. Afsonalarda dengizlarning dastlabki hukmdori Okean degan titan bo‘lgan.

Yunon afsonalariga ko‘ra, ulkan osmon gumbazini yelkasida suyab turgan titan kim?
  1. Atlant
  2. Okean
  3. Kron
  4. Prometey

To‘g‘ri javob: Atlant. Osmon gumbazini yelkasida Atlant degan titan suyab turgan.

Yunon afsonalariga ko‘ra, dengizlar hukmdori bo‘lgan titan kim?
  1. Okean
  2. Atlant
  3. Zevs
  4. Aid

To‘g‘ri javob: Okean. Afsonaga ko‘ra, dastlab hukmdor Okean degan titan bo‘lgan.

Afsonalarda osmon gumbazini yelkasida suyab turgan titan kim?
  1. Gerakl
  2. Atlant
  3. Axilles
  4. Okean

To‘g‘ri javob: Atlant. Atlant degan titan ulkan osmon gumbazini yelkasida suyab turgan.

Gerakl o‘n ikki jasorati tufayli qanday o‘ringa ega bo‘lgan?
  1. Titanlar saltanatida bosh hukmdor o‘rnini egallagan
  2. Dengizlar va okeanlar saltanatiga hukmdor bo‘lgan
  3. Olimpdagi xudolar saltanatida faxrli o‘rin olgan
  4. Marhumlar saltanatiga hukmdor va qo‘riqchi bo‘lgan

To‘g‘ri javob: Olimpdagi xudolar saltanatida faxrli o‘rin olgan. Jasorati tufayli Gerakl Olimp tog‘idagi xudolar saltanatida faxrli o‘ringa ega bo‘lgan.

Quyidagi hukmlardan qaysilari to‘g‘ri? I. Yunon tilida afsona “mif” deb ataladi. II. Atlant degan titan osmon gumbazini yelkasida tutib turgan. III. Atlant dengizlarning hukmdori bo‘lgan.
  1. faqat I
  2. I va II
  3. II va III
  4. hammasi

To‘g‘ri javob: I va II. Dengizlarning dastlabki hukmdori Okean degan titan bo‘lgan, Atlant esa osmon gumbazini yelkasida tutib turgan.

Yunon afsonalarining tarixni o‘rganish uchun asosiy ahamiyati nimada?
  1. Yunon shaharlarining aniq asos solingan sanalarini va hukmdorlar ro‘yxatini yilma-yil beradi
  2. Yunonlarning harbiy yurishlari xaritasini va qo‘shinlar sonini aniq tiklash imkonini beradi
  3. Yunonlar tarixidagi qadimgi davr haqida ko‘p narsalarni bilishga imkon beradi
  4. Qadimgi yunon qonunlarining to‘liq matnini va sud hujjatlarini saqlab qolgan

To‘g‘ri javob: Yunonlar tarixidagi qadimgi davr haqida ko‘p narsalarni bilishga imkon beradi. Afsonalar olamning yaratilishi, qahramonlar jasorati va dengiz sayohatlari orqali yunonlarning qadimgi davri haqida bilim beradi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiQadimgi Yunoniston olimlari va mutafakkirlariKeyingi →Ahamoniylarning O‘rta Osiyoga bosqinchilik yurishlari