XotirAI logotipiXotirAI
📜 6-sinf · Qadimgi dunyo · 33–34-§

Ahamoniylarning O‘rta Osiyoga bosqinchilik yurishlari

Mil. avv. VI – mil. III asrlarda O‘rta Osiyo

33–34-§. Ahamoniylarning O‘rta Osiyoga bosqinchilik yurishlari

Malika To‘maris

Kir II massagetlar bilan

KIR II VA UNING BOSQINCHILIK YURISHLARI Kir II O‘rta Osiyo hududini bosib olishga harakat qilgan birinchi fors hukmdorlaridan bo‘lgan. U Parfiya, Marg‘iyona va Baqtriyani bosib oldi. Mil. avv. 530-yilda Kir II ulkan lashkar bilan massagetlar ustiga yurish qildi. Shu davrda massagetlar qabilalarining malikasi To‘maris edi.

Bu yurish to‘g‘risida “tarix otasi” Gerodot shunday hikoya qiladi: “Bu jang... barcha janglardan ham dahshatlirog‘i edi. Oldin har ikki dushman kuchlar bir-biriga qarshi jangovar saf tizishib, kamondan o‘q yog‘dirdi. O‘qlari tugagach, qo‘llariga xanjar va nayzalar olib, dushmanga qarshi tashlandi. Jang uzoq davom etdi. Hech kim chekinishni xayoliga keltirmasdi. Ko‘p qon to‘kildi. Nihoyat, massagetlarning qo‘li baland keldi. Fors qo‘shinlarining ko‘pchiligi qirildi. Jang maydonida Kir II ning o‘zi ham halok bo‘ldi”.

Kir II massagetlar bilan

Parfiya, Marg‘iyona va Baqtriyani bosib oldi

Mil. avv 530-yilda Kir II massagetlar ustiga yurish qildi

Massagetlar qabilalarining malikasi To‘maris

DORO I NING SAKLARGA QARSHI YURISHI Doro I hukmronligining birinchi yili Marg‘iyonada fors istilochilariga qarshi yirik xalq qo‘zg‘oloni ko‘tarildi. Qo‘zg‘olonga Frada rahbarlik qiladi. Qo‘zg‘olonchilar bilan forslar qo‘shinlari o‘rtasidagi hal qiluvchi jang mil. avv. 522-yilda bo‘lib o‘tgan. Fradaning o‘zi asirga olinadi va qatl etiladi. Bu voqea haqidagi ma’lumotlar Behistun qoyatosh yozuvlarida qayd etilgan.

Ahamoniylar qo‘shini

Doro I ning Behistun yozuvlaridagi xabari

“Marg‘iyona degan mamalakat menga bo‘ysunmay qo‘ydi. Marg‘iyonalik Frada ismli bir kishini ular o‘zlariga boshliq tayinladi. Shunda men Baqtriya satrapi Dadarshishga chopar jo‘natib: “Borib meni mensimay qo‘yganlarni tor-mor qilish kerak”,– dedim.

Dadarshish qo‘shinlari bilan marg‘iyonaliklar ustiga yurish qildi. Meni Ahuramazda qo‘lladi. Ahuramazda irodasi bilan isyonkorlar qo‘shini butunlay yengildi”.

Doro I hukmronligining uchinchi yilida saklar ustiga yurish qiladi. Bu yurish haqida ham Behistun bitiklarida ma’lumot qoldirilgan.

Ayni paytda bu yurish haqida tarixchi Poliyen (mil. avv. II asr) keltirgan boshqa bir rivoyat ham mavjud. Saklar rivoyatida hikoya qilinishicha, forslarning qoshiga sak qabilasidan bo‘lgan cho‘pon – Shiroq keladi, u fors qo‘shinlarini o‘zidan boshqa hech kim bilmaydigan so‘qmoq orqali saklarning orqa tomoniga boshlab borishini aytadi. Suvsiz cho‘l-biyobon bo‘ylab yetti kun yo‘l bosishgach, tashnalikdan azob chekayotgan forslar o‘zlarining aldanganliklarini sezib qoladi va jasur cho‘ponni o‘ldiradilar. Doro I ning saklar ustiga yurishi muvaffaqiyatsiz tugaydi.

O‘ylab ko‘ring

Savollar: Ona yurt ozodligi uchun bosqinchilarga qarshi kurashgan To‘maris va Shiroq kabi jasur qahramonlarni nima birlashtirgan?

Tinch aholiga hujum. Zamonaviy rasm

Doro I ning Suza saroyidagi kamonchilar tasviri

Doro I

Mil. avv. 522-yilda Frada qo‘zg‘olonini

Saklarga qarshi yurish qilgan bostirgan

“Qo‘shinlar Shiroq bilan yetti kunlikyo‘lga tushdi, suvsiz sahroga kirib bordi. Mingboshi Ranosbat qulovizdan (yo‘lboshlovchi) so‘radi: “Buyuk shohimizni aldab, ko‘p sonli qo‘shinni bu suvsiz sahroga boshlab kelishga seni nima majbur qildi? Bu yerlarda qush uchsa – qanoti, odam yursa – oyog‘i kuyadi. Na bir chashma, na bir jonzot uchraydi. Ilgari yurmoq yoki orqaga qaytmoqning imkoni yo‘q”.

Shiroq qah-qah urib javob berdi: “Men yengdim. Saklarni halokatdan qutqazmoq uchun sizlarni tashnalik va ochlik balosiga giriftor qildim”.

Shiroq jasorati

Doro I

AHAMONIYLAR DAVLAT BOSHQARUVI Bosib olingan mamlakatlarni itoatda tutib turish uchun ahamoniylar yagona davlatni alohida viloyat – satrapiyalarga bo‘lib tashladi. Bu so‘z forscha “xshatra” – “viloyat” so‘zidan kelib chiqqan. Satrapiyalar hukmdorlari – satraplarga cheklanmagan hokimiyat berilgan edi. Ularning ko‘pchiligi Ahamoniylar sulolasi vakillari bo‘lgan.

O‘rta Osiyoning forslar bosib olgan viloyatlari uch satrapiyaga bo‘lingan. Har bir satrapiyadan fors shohiga yillik o‘lpon-soliq yetkazib berilgan. Bundan tashqari, qaram xalqlar saroy va ibodatxonalar qurilishiga ham safarbar etilgan. Soliq sifatida kumush, chorva mollari (otlar, tuyalar, qo‘ylar), hunarmandchilik buyumlari (sopol idishlar, qurol-yarog‘, zeb-ziynatlar), kiyim-kechak, matolar va hayvonlarning terilari berilar edi.

Doro I

Doro I va uning vorisi Kserks hukmronligi davrida egallab olingan hududlarda istiqomat qilgan o‘rtaosiyoliklar yunon-fors urushlarida ishtirok etgan. Mashhur Marafon jangida (mil. avv. 490-yil) fors qo‘shinlari safining markazida bo‘lgan saklar muvaffaqiyatli urishgan.

Gerodot fors shohi Kserks boshchiligida yunonlar ustiga yurish qilgan o‘rtaosiyolik jangchilar qurolyarog‘larini tasvirlagan. Baqtriyaliklar kamon va nayzalar bilan, saklar xanjar va jangovar boltalar bilan, xorazmiylar va sug‘diylar baqtriyaliklarniki kabi qurol-aslahalari bilan jangga kirgan. Saklar va baqtriya suvoriylari Kserks qo‘shinidagi eng yaxshi jangchilardan hisoblangan.

O‘ylab ko‘ring

Savollar: Sizningcha, Shiroq qaysi maqsad bilan forslarni suvsiz sahroga boshlab borgan?

Otliq va piyoda askarlar

Gerodotning massagetlar haqidagi hikoyasi

Massagetlarning kiyim-kechaklari va qurol-yarog‘lari

“Massagetlar skif (sak)lar singari kiyinadi. Turmush tarzlari bir xil. Ular otda va piyoda jang qiladi. Odatda o‘q-yoy, nayza va jangovar boltalar bilan qurollanadi. Ularning barcha buyumlari va asboblari oltin va misdan ishlangan. Nayzalarining va kamon o‘qlarining uchi hamda harbiy boltalari misdan yasalgan. Bosh kiyimlari kamarlari oltin bilan bezatilgan. Otlari himoyalovchi sovut bilan yopilgan, ular ham misdan to‘qilgan.

Massagetlar g‘alla ekmaydi, chorvachilik va baliq ovlash bilan kun kechiradi. Araks (Amudaryo)da baliq ko‘p. Sut ichadilar. Ular ibodat qiladigan yagona tangri – Quyoshdir. Quyosh xudosiga otni qurbonlik uchun keltiradilarki, g‘ayratli tangriga g‘ayratli va tezchopar jonliqni qurbon qilish kerak deb hisoblaydilar”.

Gerodotning massagetlar haqidagi hikoyasi

MADANIYATNING RIVOJLANISHI Yozma va arxeologik manbalar mil. avv. VI–IV asrlarda O‘rta Osiyo xalqlari hunarmandchilik, zargarlik, tikuvchilik, kulolchilik va binokorlik sohalarida yuqori darajaga erishganidan dalolat beradi.

Daryolar vohalarida Ko‘ktepa (Zarafshon), Daratepa (Qashqadaryo), Xumbuztepa va Ko‘zaliqir (quyi Amudaryo vohasi) kabi qadimiy hunarmandchilik markazlari rivojlangan.

Yozma manbalarda mis, temir ma’danlari qazib olingani, O‘rta Osiyoning Sharq mamlakatlari bilan bog‘langan qadimiy karvon yo‘llarida olib borilgan savdo-sotiq ishlari to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Savdo karvonlari qaroqchilar hujumi va talonchiligidan himoya qilingan. Muhim savdo yo‘llari o‘tgan daryolar kechuvlari va tog‘ dovonlari bo‘ylab harbiy istehkomlar qurilgan.

Gerodotning massagetlar haqidagi hikoyasi

Ko‘zaliqirdan topilgan sopol qozon

Zeb-ziynatlar Oltin bilaguzuk. Amudaryo xazinasidan

Suzadagi saroy qurilishi haqida Doro I yozuvi

“Qurilishda ishlatilgan oltin Sard va Baqtriyadan olib kelindi. Olmos, la’l va yoqut Sug‘diyonadan keltirildi. Qo‘llangan to‘q ko‘k yoqut Xorazmdan, kumush va jez Misrdan olib kelindi”.

Amudaryo xazinasidan topilgan haykalchalar

Fors shohlarining maqbaralari. Naqshi Rustam qoyasi. Eron

Mil. avv. V–IV asrlarda O‘rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan. Zargarlik san’atining yuksak darajada rivoj topganiga bugungi kunda Britaniya muzeyida saqlanayotgan, 1877-yilda Amudaryo xazinasidan topilgan oltin va kumush buyumlar yorqin misol bo‘la oladi.

Har bir shaharda ichki qal’a bo‘lgan. Shaharning atrofini egallagan dehqon xo‘jaliklarida ota urug‘iga mansub katta oilalar kun kechirgan. Dehqonlar qo‘rg‘onlari uy-joy va xo‘jalik xonalaridan iborat bo‘lgan.

Suzadagi saroy qurilishi haqida Doro I yozuvi

Arxeologlar shahar va qo‘rg‘onlar atrofida dalalarga suv olib kelgan anhorlar va ariqlar izlarini topgan.

Sirli “Amudaryo xazinasi”

1880-yil may oyi oqshomlarining birida Afg‘onistonning janubida, Kobuldan uch kunlik yo‘lda Peshovarga ketayotgan buxorolik savdogarlar karvoniga qaroqchilar hujum qiladi. Karvonda oltin buyumlar bulgan.

Savdogarlardan birining xizmatkori qaroqchilar bandidan qochib, shu tumanning angliyalik harbiy-siyosiy noibi kapitan F. Berton harbiy postini oyoqqa turg‘izadi. Berton yordamchilarini yoniga olib, qaroqchilar ketidan tushadi. Yarim tunda Berton to‘satdan qaroqchilar qarshisidan chiqadi. Ular o‘ljani bo‘lishayotgandi. Shu oradagi g‘orda to‘satdan paydo bo‘lgan zobitga qaroqchilar qarshilik ko‘rsata olmaydi.

...Hindistonda savdogarlarning qimmatbaho narsalarini angliyaliklar sotib olib, Britaniya muzeyiga topshirishgan.

Sirli “Amudaryo xazinasi”

1905-yilda Britaniya muzeyining xazinachisi O. Dalton Buxoro savdogarlari xazinasi to‘g‘risida “Oks xazinasi” degan kitob yozdi.

Savdogarlar so‘zi bo‘yicha, bu oltin buyumlar 1877-yili Qubodiyon vodiysidan, qadimgi Baqtriya yeridan topilgan. U yuqori badiiy uslubda ishlangan oltin va kumush buyumlar majmuidan iborat edi. Bu yuksak darajada ishlangan tasviriy san’at namunalari hamda tangalar fanda “Amudaryo (Oks) xazinasi” nomi bilan mashhur.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

Savollar: 1. Kir II massagetlar yurtiga qachon bostirib kirdi? 2. Massagetlar qabilalarini kim boshqarardi? Kir II qo‘shinlari va massagetlar o‘rtasidagi jangni tavsiflab bering. 3. Doro I ga qarshi qo‘zg‘olon qayerda boshlangan va unga kim rahbarlik qilgan? 4. Ahamoniylar O‘rta Osiyodagi bosib olgan hududlarida qanday majburiyatlarni belgilagan? 5. Shiroq jasorati haqida hikoya qiling.

O‘ylab ko‘ring

Savollar: Baqtriya ustalari yasagan oltin otaravaga qarang. O‘rta Osiyoda qadimgi tasviriy san’at qanday darajada rivojlangan?

Oltindan yasalgan ot-arava

O‘rta Osiyo ahamoniylar davrida

Alohida (uchta)

satrapiyalar, boshlig‘i – satrap

Ko‘ktepa, Xumbuztepa,

Xo‘jalik, hunarmandchilik va savdo aloqalarining rivojlanishi

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Fors hukmdori Kir II ulkan lashkar bilan massagetlar ustiga qaysi yilda yurish qilgan?
  1. Mil. avv. 545-yil
  2. Mil. avv. 530-yil
  3. Mil. avv. 522-yil
  4. Mil. avv. 539-yil

To‘g‘ri javob: Mil. avv. 530-yil. Kir II mil. avv. 530-yilda massagetlar ustiga yurish qilgan.

Fors hukmdori Kir II Baqtriya bilan birga O‘rta Osiyodagi qaysi ikki o‘lkani bosib olgan?
  1. Xorazm va So‘g‘diyona
  2. Parfiya va Marg‘iyona
  3. Farg‘ona va Toxariston
  4. Xorazm va Farg‘ona

To‘g‘ri javob: Parfiya va Marg‘iyona. Kir II Parfiya, Marg‘iyona va Baqtriyani bosib olgan.

Kir II massagetlar ustiga yurish qilgan davrda massagetlar qabilalarining malikasi kim edi?
  1. Semiramida
  2. To‘maris
  3. Kleopatra
  4. Yelena

To‘g‘ri javob: To‘maris. Massagetlar qabilalarining malikasi To‘maris edi.

Kir II O‘rta Osiyoda qaysi hududlarni bosib oldi?
  1. Parfiya, Marg‘iyona va Baqtriya
  2. Sug‘diyona, Xorazm va Farg‘ona
  3. Baqtriya, Sug‘diyona va Xorazm
  4. Parfiya, Xorazm va Farg‘ona

To‘g‘ri javob: Parfiya, Marg‘iyona va Baqtriya. Kir II Parfiya, Marg‘iyona va Baqtriyani bosib olgan.

Kir II ulkan lashkar bilan massagetlar ustiga qaysi yilda yurish qildi?
  1. Mil. avv. 539-yilda
  2. Mil. avv. 530-yilda
  3. Mil. avv. 522-yilda
  4. Mil. avv. 490-yilda

To‘g‘ri javob: Mil. avv. 530-yilda. Kir II mil. avv. 530-yilda massagetlar ustiga yurish qilgan.

Kir II davrida massagetlar qabilalarining malikasi kim edi?
  1. Shiroq
  2. Frada
  3. Dadarshish
  4. To‘maris

To‘g‘ri javob: To‘maris. Massagetlar qabilalarining malikasi To‘maris edi.

Kir II va massagetlar o‘rtasidagi jang qanday yakunlandi?
  1. Kir II g‘alaba qozonib, Marg‘iyonani egalladi
  2. Fors qo‘shinlari massagetlarni butunlay qirib tashladi
  3. Jang maydonida Kir II ning o‘zi halok bo‘ldi
  4. Tomonlar sulh tuzib, jangsiz tarqaldi

To‘g‘ri javob: Jang maydonida Kir II ning o‘zi halok bo‘ldi. Massagetlarning qo‘li baland kelib, Kir II jang maydonida halok bo‘lgan.

Kir II massagetlarga qarshi yurish qilgan yildan Marafon jangi bo‘lgan yilgacha necha yil o‘tgan?
  1. 32 yil
  2. 40 yil
  3. 50 yil
  4. 30 yil

To‘g‘ri javob: 40 yil. Kir II 530-yilda yurish qilgan, Marafon jangi 490-yilda bo‘lgan; 530 − 490 = 40 yil.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiQadimgi Yunoniston afsonalariKeyingi →O‘rta Osiyo aholisining yunon-makedon istilochilariga qarshi kurashi