O‘rta Osiyo aholisining yunon-makedon istilochilariga qarshi kurashi
Mil. avv. VI – mil. III asrlarda O‘rta Osiyo
35–36-§. O‘rta Osiyo aholisining yunon-makedon istilochilariga qarshi kurashi
Jangovar oybolta – sagaris
MIL. AVV. IV ASRDA MAKEDONIYANING YUKSALISHI Mil. avv. 336-yilda Filipp II o‘limidan so‘ng uning 20 yoshga to‘lgan o‘g‘li Aleksandr Makedoniya podshosi bo‘ladi. Mil. avv. 334-yilda u Sharqqa yurish boshladi, bu yurish 10 yil davom etdi. Ana shu yurish davomida u Kichik Osiyo, Suriya, Misr, Eron va Hindistonda katta-katta hududlarni bosib oladi. Makedoniyalik Aleksandr ulkan hududda yunon madaniyati tarqalishiga imkon yaratish maqsadida bosib olingan shaharlarga yunonlarni joylashtirdi.
O‘RTA OSIYO XALQLARINING QUROL-YAROG‘I VA HARBIY SAN’ATI O‘rta Osiyo jangchilari jangga sovut kiyib kirgan, boshlarida dubulg‘a bo‘lgan. Xanjar (akinak) va qilichlar, jangovar oybolta (sagaris) va nayzalar bilan qurollangan. Olisdan turib jang qilish vositasi sifatida kamondan foydalangan. Dushmanga qarshi hujumni suvoriylar boshlab bergan. Otliqlar hujum qila turib, dushmanga o‘q va nayzalarni yog‘dirgan.
35–36-§. O‘rta Osiyo aholisining yunon-makedon istilochilariga qarshi kurashi
Qal’a va shaharlarni himoya qilishda o‘q-yoy va palaxmondan foydalanilgan. Mudofaa maqsadida tosh va pishirilgan loydan tayyorlangan yadrolar qo‘llangan. Shaharlar burjlar va shinaklari bo‘lgan mustahkam devorlar bilan o‘rab olingan. Devorlar tepasida kamonchilar uchun yo‘laklar qurilgan. Tashqi devorlar bo‘ylab joylashgan dumaloq burjlar ichida ham kamonchilar joylashgan. Suv to‘ldirilgan chuqur va keng xandaq qal’aga boradigan yo‘lni to‘sib turgan.
O‘rta Osiyo askarlari
ALEKSANDRNING ISTILOCHILIK YURISHLARI
Mil. avv. 330-yilda Makedoniyalik Aleksandr qadimgi Fors davlatining ahamoniylar sulolasidan bo‘lgan oxirgi shohi Doro III qo‘shinlarini tor-mor keltiradi. U Hindistonga yurish qilishdan oldin qo‘shinlarning orqa tomonini xavfsizlantirish maqsadida Oks (Amudaryo) ortida yashovchi elatlarni bo‘ysundirishga qaror qiladi.
Birinchi bo‘lib uning yo‘lini to‘sgan shahar Baqtriya poytaxti Baqtra (Zariasp) bo‘ldi. Bu vaqtda ahamoniylar sulolasining vakili Bess Baqtriyaning satrapi edi. U Baqtra shahrini dushmanga tashlab, Oks ortiga qochib o‘tgan.
O‘ylab ko‘ring
MAROQANDANING BOSIB OLINISHI Mil. avv. 329-yilda yunon-makedonlar Maroqandani egalladi. Aleksandr qo‘shinlarning bir qismini shu yerda qoldirib, o‘zi Kurushkat (Kiropolis) shahrini bosib olish uchun asosiy kuchlar bilan Sirdaryo qirg‘oqlari sari yuradi. Rivoyatga ko‘ra, bu shaharga fors shohi Kir II asos solgan.
Sug‘diyona xalqi bosqinchilarga qarshi kurashga chiqadi. Tez orada sug‘diylarga baqtriyaliklar va saklar qo‘shiladi. Qo‘zg‘olonga iste’dodli lashkarboshi Spitaman boshchilik qildi.
Ancha qo‘shin to‘plagan Spitaman Maroqandani qamal qiladi. Aleksandr qurshovda qolganlarga yordam uchun uch mingga yaqin jangchidan iborat qo‘shin jo‘natadi. Manbalarda Politimet deb atalgan Zarafshon daryosi bo‘yida makedoniyaliklarga pistirma qo‘ygan Spitaman dushman guruhini tamomila qirib tashlaydi. Shunda Aleksandrning o‘zi qo‘zg‘olonni bostirishga otlanadi. Yunonlarning katta kuchlari yaqinlashib kelayotganidan xabar topgan Spitaman qamalni qoldirib, qo‘shinlarini sahro sari boshlab ketadi.
O‘ylab ko‘ring
Aleksandr o‘z qo‘shini bilan
O‘ylab ko‘ring
Makedoniyaliklarga talafot yetkazgan sug‘diylarning kamon o‘qlari
Saklarga qarshi kurash uchun Aleksandr Yaksart (Sirdaryo) bo‘yidagi Xo‘jand yaqinida qal’a barpo etishni buyuradi. Bu qal’a Aleksandriya Esxata (Chekka Aleksandriya) deb nomlandi.
Mil. avv. 328-yil kuzida Spitamanning Aleksandr bilan hal qiluvchi jangi bo‘lib o‘tadi. Tengsiz jangda Spitaman yengilib, tag‘in cho‘lga chekinadi. O‘sha yerda ko‘chmanchi qabilalar boshliqlari uni xoinlarcha o‘ldiradilar.
Spitaman qo‘zg‘oloni bostirilsa-da, Sug‘diyonada yunon-makedonlar birinchi marta mag‘lubiyatga uchradi. Aleksandr mahalliy zodagonlar bilan munosabat o‘rnatish yo‘llarini izladi. U sug‘d zodagonlari Xoriyen va Oksiartning Hisor tog‘larida joylashgan tog‘ qal’alarini qo‘lga kiritib, Oksiartning qizi Ravshanakka (Roksana) uylanadi. Shunday qilib, Makedoniyalik Aleksandr e’tiborli sug‘d zodagonlaridan biri bilan qarindosh tutinib, Oksiartni Baqtriya viloyatlaridan birining hokimi etib tayinlaydi.
O‘ylab ko‘ring
O‘rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun Aleksandr deyarli uch yil urinadi, biroq uncha katta bo‘lmagan hududni: Marg‘iyona, Baqtriya, Sug‘diyona, hozirgi Bekobod va Xo‘jand orasidagi Sirdaryo bo‘ylarini bo‘ysundira oladi xolos. Xorazm, Toshkent vohasi va Farg‘ona mustaqilligicha qoldi.
Qasos Aleksandrning jangchilari Zarafshon daryosiga olib boradigan yo‘ldan chang-to‘zon ko‘tarib kelardi.
...To‘satdan o‘qlar vizillab ucha boshladi. Butalar orasidan kamon o‘qlari yog‘ilardi. Dushman bexosdan hujum qildi. Makedoniyaliklar qo‘rquvdan qotib qoldi. Yana pistirma!...Karanning buyruq aralash baqirig‘i kor qilmadi. Vahimaga tushgan makedonlar ixtiyorlarini qo‘ldan berib, qocha boshladi, biroq dushman piyoda jangchilari qamishzor orasidan ularning ro‘parasiga chiqib, oyboltalarini ustalik bilan ishga soldi: g‘animlarni yer tishlata boshladi.
O‘ylab ko‘ring
Frakiyalik, agrian, peon, makedoniyalik, fessaliyalik va illiriyaliklardan ikki ming nafar jangchi Zarafshon bo‘yida abadiy qolib ketdi. Intiqom o‘zini kuttirmadi. Halok bo‘lgan jangchilarni Olimp tog‘idagi xudolar ham ellinlar armiyasi safiga qaytarishga ojiz qoldi. Bu ulkan mag‘lubiyat yunon-makedon qo‘shinlarining yengilmasligi haqidagi afsonani chippakka chiqardi.
O‘ylab ko‘ring
Spitaman. Zamonaviy rasm
Spitaman o‘z muvaffaqiyatiga rivoj berib, makedoniyaliklarni Maroqanda qal’asida mudofaa choralarini ko‘rishga majbur etdi. Osiyoliklarning suvoriylari makedonlar ustiga ot qo‘ydi. Krater hujum qilib kelayotgan suvoriylarga qarshi toshotar qurollarini ishga soladi. Otilgan yuzlab toshlar otliqlar safiga shikast yetkazadi. Qo‘rqib qolgan otlar kishnab, pishqirgancha ag‘darilib tusha boshladi. Ajabo, suvoriylar o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymadi. Otlaridan sakrab tushib, darhol jangga shaylandi.
Fessaliya otliqlari Baqtriya suvoriylari qanotiga hujum qildi. Baqtriyaliklar chekindi. Dunyoning eng sara otliqlari hisoblangan Fessaliya jangchilari zarbasiga osiyoliklar dosh bera olmadi. Kraterning ko‘ngli joyiga tushdi.
O‘ylab ko‘ring
Fessaliya otliqlari dushmanning urush san’atlarini bir dam xayoldan chiqarib, ularni ta’qib qilishda davom etdi. Saklar va baqtriyaliklar hatto otda shamoldek yelib ketayotganda ham kamondan bexato ota olishini ular unutdi. Ellinlar kamondan o‘q uzishda Geraklni tengi yo‘q deb hisoblashardi. Oks ortida o‘sha afsonaviy qahramondan ham mohir kamonchilar yashar ekan.
O‘rta Yer dengizi
FORS PODSHOLIGI
Fors qo‘ltig‘i
Makedoniyalik Aleksandrning yurishlari
BOSQIN OQIBATLARI Yunon-makedon qo‘shinlarining bosqinchilik yurishlari O‘rta Osiyo yerlarini xarobazorga aylantirdi, aholining katta qismi qirib tashlandi, ko‘plab shaharlar vayron etildi.
Makedoniyalik Aleksandr O‘rta Osiyoda bir nechta shaharlar qurdirgan. Bu shaharlar uning nomi bilan Oksdagi Aleksandriya, Aleksandriya Esxata, Marg‘iyona Aleksandriyasi va hokazo tarzida atalgan.
Ularning ba’zilari vayron etilgan Sug‘diyona va Baqtriya shaharlari o‘rnida, boshqalari esa tayanch qal’alar sifatida yangidan qurilgan. Bu shaharlarda yunon-makedon piyoda va otliq askarlari joylashgan. Bu askarlarning siyraklashgan safari Makedoniya tartibida qurollantirilgan Baqtriya va Sug‘diyona yoshlari hisobiga to‘ldirilgan.
Fors qo‘ltig‘i
Mahalliy aslzodalar oilalaridan yoshlar, shu jumladan, Roksananing ukasi Itan makedonyaliklarning sara otliq gvardiyasi – agemaga qabul qilindi. Yunon tarixchisi Arrianning yozishicha, “o‘z nayzalari o‘rniga ularning hammasi makedonyaliklar nayzalari bilan qurollandi”. Yosh jangchilarga harbiy ish bilan birga yunoncha o‘qish-yozishni o‘rgatishgan. Keyin esa ular yunon-makedonlar barpo etgan qal’alarda harbiy xizmatni o‘tagan.
Bora-bora hunarmandchilik va savdo qayta tiklandi. Mahalliy va yunon madaniyati, an’analarining qo‘shilishi yuz berdi. Shu asosda Salavkiylar, Yunon-Baqtriya va Parfiya singari antik davlatlar taraqqiy etadi.
O‘ylab ko‘ring
Makedoniyalik Aleksandr
Mil. avv. 330-yil – Doro III qo‘shinlarining tor-mor qilinishi
Baqtriya va Sug‘diyonaga yurish; mil avv.
329-yil – Maroqandaning bosib olinishi avv. 328-yilda uning o‘ldirilishi
Spitaman qo‘zg‘oloni, mil.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Mil. avv. 323-yil Makedoniyalik Aleksandr davlati
Suriya (Salavkiylar davlati)
Mil. avv. 323-yil 13-iyunda Makedoniyalik Aleksandr vafot etadi. U barpo etgan davlat uch qismga: Makedoniya, Misr va Suriyaga bo‘linib ketadi. Bu davlatlar Aleksandrning eng yaqin lashkarboshilari tomonidan boshqarilgan.
Uzoq davom etgan o‘zaro urushlardan so‘ng mil. avv. 312-yilda Makedoniyalik Aleksandrning lashkarboshilaridan biri Salavk Bobil (Suriya davlati) hukmdori bo‘ldi. Salavkiylar davlati tarkibiga Mesopotamiya, Eron, Parfiya, Baqtriya, Sug‘diyona va Marg‘iyona kirar edi.
Salavk o‘z davlati tarkibiga kirgan O‘rta Osiyo viloyatlarini satrapiyalarga ajratadi. Davlat mudofaasi va qo‘shinlarni tashkil etish bilan sobiq lashkarboshilardan tayinlangan strateglar shug‘ullanar edi.
Mil. avv. 323-yil Makedoniyalik Aleksandr davlati
Salavk o‘g‘li Antioxni Sharqiy viloyatlar – Parfiya, Marg‘iyona, Baqtriya va Sug‘diyonaga noib etib tayinladi. Salavkning vafotidan so‘ng Antiox ulkan davlat boshida turib, uni 20 yilga yaqin boshqardi.
Salavkiylar davlati
MARG‘IYONA
VAN K.
Muhim sanalar
- mil. avv. 312-yilda — Uzoq davom etgan o‘zaro urushlardan so‘ng mil. avv. 312-yilda Makedoniyalik Aleksandrning lashkarboshilaridan biri Salavk Bobil (Suriya davlati) hukmdori bo‘ldi.
- 323-yil — Mil. avv. 323-yil 13-iyunda Makedoniyalik Aleksandr vafot etadi.
- 328-yil — Mil. avv. 328-yil kuzida Spitamanning Aleksandr bilan hal qiluvchi jangi bo‘lib o‘tadi.
- 328-yilda — 329-yil – Maroqandaning bosib olinishi avv. 328-yilda uning o‘ldirilishi
- 329-yilda — MAROQANDANING BOSIB OLINISHI Mil. avv. 329-yilda yunon-makedonlar Maroqandani egalladi.
- 329-yil — 329-yil – Maroqandaning bosib olinishi avv. 328-yilda uning o‘ldirilishi
- 330-yilda — Mil. avv. 330-yilda Makedoniyalik Aleksandr qadimgi Fors davlatining ahamoniylar sulolasidan bo‘lgan oxirgi shohi Doro III qo‘shinlarini tor-mor keltiradi.
- 330-yil — Mil. avv. 330-yil – Doro III qo‘shinlarining tor-mor qilinishi
- 334-yilda — MIL. AVV. IV ASRDA MAKEDONIYANING YUKSALISHI Mil. avv. 336-yilda Filipp II o‘limidan so‘ng uning 20 yoshga to‘lgan o‘g‘li Aleksandr Makedoniya podshosi bo‘ladi. Mil. avv. 334-yilda u Sharqqa yurish boshladi, bu yurish…
- 336-yilda — MIL. AVV. IV ASRDA MAKEDONIYANING YUKSALISHI Mil. avv. 336-yilda Filipp II o‘limidan so‘ng uning 20 yoshga to‘lgan o‘g‘li Aleksandr Makedoniya podshosi bo‘ladi. Mil. avv. 334-yilda u Sharqqa yurish boshladi, bu yurish…
Bilimingizni sinang
Filipp II vafotidan so‘ng uning 20 yoshli o‘g‘li Aleksandr qaysi yilda Makedoniya podshosi bo‘lgan?
- mil. avv. 336-yilda
- mil. avv. 331-yilda
- mil. avv. 334-yilda
- mil. avv. 338-yilda
To‘g‘ri javob: mil. avv. 336-yilda. Mil. avv. 336-yilda Filipp II o‘limidan so‘ng Aleksandr Makedoniya podshosi bo‘lgan.
Makedoniyalik Aleksandr Sharqqa 10 yil davom etgan yurishini qaysi yilda boshlagan?
- mil. avv. 330-yilda
- mil. avv. 334-yilda
- mil. avv. 327-yilda
- mil. avv. 336-yilda
To‘g‘ri javob: mil. avv. 334-yilda. Aleksandr mil. avv. 334-yilda Sharqqa yurish boshlagan va bu yurish 10 yil davom etgan.
Makedoniyalik Aleksandr otasi Filipp II vafotidan so‘ng qaysi yilda podsho bo‘lgan?
- Mil. avv. 336-yilda
- Mil. avv. 334-yilda
- Mil. avv. 330-yilda
- Mil. avv. 329-yilda
To‘g‘ri javob: Mil. avv. 336-yilda. Filipp II o‘limidan so‘ng uning 20 yoshli o‘g‘li Aleksandr mil. avv. 336-yilda podsho bo‘ldi.
Aleksandr Sharqqa o‘zining uzoq davom etgan yurishini qaysi yilda boshlagan?
- Mil. avv. 336-yilda
- Mil. avv. 334-yilda
- Mil. avv. 330-yilda
- Mil. avv. 323-yilda
To‘g‘ri javob: Mil. avv. 334-yilda. Mil. avv. 334-yilda u Sharqqa yurish boshladi va bu yurish 10 yil davom etdi.
O‘rta Osiyo jangchilari qo‘llagan sagaris qanday qurol edi?
- Jangovar xanjar
- Dubulg‘a
- Toshotar qurol
- Jangovar oybolta
To‘g‘ri javob: Jangovar oybolta. Jangchilar jangovar oybolta – sagaris bilan qurollangan.
Quyidagi voqealarni qadimiysidan yangisiga qarab tartiblang: 1. Doro III qo‘shinlarining tor-mor etilishi 2. Aleksandrning Makedoniya podshosi bo‘lishi 3. Maroqandaning yunon-makedonlar tomonidan bosib olinishi 4. Spitamanning o‘ldirilishi
- 2–3–1–4
- 1–2–3–4
- 2–1–3–4
- 2–1–4–3
To‘g‘ri javob: 2–1–3–4. Aleksandr mil. avv. 336-yilda podsho bo‘lgan, 330-yilda Doro III ni yenggan, 329-yilda Maroqandani bosib olgan, 328-yilda Spitaman o‘ldirilgan.
Aleksandr Makedoniya podshosi bo‘lgan mil. avv. 336-yilda 20 yoshda edi. U Sharqqa yurishni boshlagan mil. avv. 334-yilda necha yoshda bo‘lgan?
- 20 yosh
- 22 yosh
- 24 yosh
- 26 yosh
To‘g‘ri javob: 22 yosh. 336-yildan 334-yilgacha 2 yil o‘tgan, demak Aleksandr 20 + 2 = 22 yoshda bo‘lgan.
Qurollarni ularning ta’rifi bilan moslang. A. Akinak B. Sagaris C. Kamon 1. Jangovar oybolta 2. Olisdan turib jang qilish vositasi 3. Xanjar
- A–1, B–2, C–3
- A–2, B–1, C–3
- A–3, B–2, C–1
- A–3, B–1, C–2
To‘g‘ri javob: A–3, B–1, C–2. Akinak – xanjar, sagaris – jangovar oybolta, kamon esa olisdan turib jang qilish vositasi bo‘lgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash