Salavkiylar davlati va Yunon-Baqtriya podsholigi
Mil. avv. VI – mil. III asrlarda O‘rta Osiyo
Mil. avv. 323-yil Makedoniyalik Aleksandr davlati
Suriya (Salavkiylar davlati)
Mil. avv. 323-yil 13-iyunda Makedoniyalik Aleksandr vafot etadi. U barpo etgan davlat uch qismga: Makedoniya, Misr va Suriyaga bo‘linib ketadi. Bu davlatlar Aleksandrning eng yaqin lashkarboshilari tomonidan boshqarilgan.
Uzoq davom etgan o‘zaro urushlardan so‘ng mil. avv. 312-yilda Makedoniyalik Aleksandrning lashkarboshilaridan biri Salavk Bobil (Suriya davlati) hukmdori bo‘ldi. Salavkiylar davlati tarkibiga Mesopotamiya, Eron, Parfiya, Baqtriya, Sug‘diyona va Marg‘iyona kirar edi.
Salavk o‘z davlati tarkibiga kirgan O‘rta Osiyo viloyatlarini satrapiyalarga ajratadi. Davlat mudofaasi va qo‘shinlarni tashkil etish bilan sobiq lashkarboshilardan tayinlangan strateglar shug‘ullanar edi.
Mil. avv. 323-yil Makedoniyalik Aleksandr davlati
Salavk o‘g‘li Antioxni Sharqiy viloyatlar – Parfiya, Marg‘iyona, Baqtriya va Sug‘diyonaga noib etib tayinladi. Salavkning vafotidan so‘ng Antiox ulkan davlat boshida turib, uni 20 yilga yaqin boshqardi.
Salavkiylar davlati
MARG‘IYONA
VAN K.
SPARTA
SALAVKIYLARDAVLATI
PARFIYA
URMIYA K.
KRIT O.
O‘RTA YER DENGIZI
RODOS O.
EKBATANA
KIPR O.
PARS
ARABISTON
ARABISTON DENGIZI
Podsho Antiox Salavk va Apama – Spitaman qizining farzandi edi. Malika Apama Salavkiylar davlatida mashhur bo‘lgan. Vayronalari bugungi Suriya hududida joylashgan shahar uning sharafiga Apameya deb nomlangan.
Bolalik davrida Antiox Sug‘diyona haqida onasi aytib bergan hikoyalarni tinglagan. Ona tomonidan Sug‘d uning ajdodlari zamini bo‘lgan. Makedoniyalik Aleksandrga qarshi kurashgan Antioxning mashhur bobosi Spitamanning nomi va atoqli qavmi Sug‘diyonada eng qadimgilaridan biri hisoblangan. Shu bilan birga, Spitama Sharqda qadimiy zardushtiylik diniga asos solgan Zaratushtra qavmining ham nomidir. Sug‘diycha “Spitamana” nomining ildizlari avesto tilida “Spentamana” – “Muqaddas ruh” ma’nosini anglatgan.
ARABISTON DENGIZI
Asta-sekinlik bilan Sug‘diyona, Baqtriya va Marg‘iyonada tinch hayot tiklana boshladi. Bu yerlarda yangi qal’alar va shaharlar bunyod etiladi, savdo-sotiq, dehqonchilik va hunarmandchilik rivojlana boshladi. Baqtra, Maroqanda, Marg‘iyona Antioxiyasi (Marv), Termiz yirik shahar va madaniyat markazlariga aylanadi.
Savdo yo‘llari bo‘ylab joylashgan qal’alar katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Termiz yaqinidagi Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Kampirtepa qal’asi shular jumlasidandir. Arxeologlarning aytishicha, qal’a Makedoniyalik Aleksandrning Sug‘diyonaga yurishlari davrida Oks – Amudaryodan o‘tish joyida qurilgan. Qo‘rg‘on ichida savdo karvonlariga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan g‘alla ombori bo‘lgan.
ARABISTON DENGIZI
Boysun tog‘larida Uzundara qal’asi joylashgan. U toshdan qurilgan mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Bu yerda Baqtriya va Sug‘diyonani bog‘lab turgan muhim tog‘ yo‘lini qo‘riqlagan yunon-makedon jangchilarning garnizoni joylashgan.
Turlicha arxeologik topilmalar jangchilar turmushi haqida so‘zlab beradi. Mazkur topilmalar ovqat pishirish uchun mo‘ljallangan sopol qozonlar va suvdonlar, qal’ada saqlangan katta idishlar – xumlar, maishiy buyumlar hamda salavkiylar va yunon-baqtriya davriga oid kumush va mis tangalardan iborat.
Salavk
Mil. avv. 312-yilda Salavkiylar davlati hukmdori
Mesopotamiya, Eron,
Parfiya, Baqtriya, Sug‘diyona, Marg‘iyona
Mil. avv. 280-yildan Antiox hukmdor
Baqtra, Maroqanda, Marv, Termiz
Diodotning oltin tangasi
Podsho Yevtidem tangasi
YUNON-BAQTRIYA DAVLATI Mil. avv. 250-yilda Baqtriya Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqadi. Antik davr tarixchilarining xabar berishicha, bir qancha Baqtriya shaharlari hukmdori bo‘lmish Diodot o‘zini podsho deb e’lon qiladi. Shu voqeadan boshlab Yunon-Baqtriya davlati tarixi boshlanadi. Mil. avv. 250-yilda Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqqan Parfiya Baqtriyaning raqibiga aylanadi.
Salavk
Baqtriyadan tashqari, Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga Sug‘diyona va Marg‘iyona ham kirgan.
Diodotdan keyin Yunon-Baqtriyada hukmronlik davlat tarixida sezilarli iz qoldirmagan Yevtidemga o‘tadi. Yevtidemning o‘g‘li Demetriy hukmronligi davrida Yunon-Baqtriya podsholigi eng katta sarhadlarga ega bo‘ldi. Hindistonning bir qismi bu davlatga qo‘shib olindi.
Parfiyada hokimiyat Mitridat I qo‘liga o‘tishi bilan u Baqtriyaga harbiy tazyiqni kuchaytiradi. Yunon-Baqtriya davlati tinimsiz urushlar olib borishga majbur bo‘ldi va bu hol uning kuchsizlanishiga sabab bo‘ldi. Bundan
Taksila
Yunon-Baqtriya podsholigi.
Mil. avv. II asr
O‘ylab ko‘ring
Qadimgi yunon shahri
Oyxonim. Baqtriya.
Tiklangan foydalangan ko‘chmanchi yuechji qabilalari mil. avv. 140–130-yillar oralig‘ida Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladi.
Yunon-Baqtriya davlati 120 yil taraqqiy etgan. Bu davrda hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlandi, shaharlar qurildi. Baqtriya, Sug‘diyona va Marg‘iyona hunarmandlarining mahsulotlari ko‘plab qo‘shni shahar va davlatlarda paydo bo‘lgan. Yunon-Baqtriya davlatida hukmdorlar tasviri tushirilgan tangalar zarb qilingan. Dajladagi Salavkiyadan Baqtriyaga qadar yo‘l qurilishi tugatilganidan so‘ng, qadimgi Sharqning ko‘plab davlatlari bilan savdo-sotiq aloqalari jonlandi. Baqtriya orqali Xitoydan Hindistonga Buyuk ipak yo‘lining janubiy tarmog‘i o‘tdi.
Yunon- Baqtriya podsholigi
Baqtriya, Sug‘diyona,
Mil. avv. 250-yilda tashkil topgan
Hukmdorlar: Diodot, Yevtidem, Demetriy
120 yil rivojlangan, yuechjilar bosib olgan
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Muhim sanalar
- mil. avv. 140–130-yillar — Tiklangan foydalangan ko‘chmanchi yuechji qabilalari mil. avv. 140–130-yillar oralig‘ida Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladi.
- 250-yilda — YUNON-BAQTRIYA DAVLATI Mil. avv. 250-yilda Baqtriya Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqadi.
- 250-yilda — Mil. avv. 250-yilda Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqqan Parfiya Baqtriyaning raqibiga aylanadi.
- 250-yilda — Mil. avv. 250-yilda tashkil topgan
- 280-yilda — Mil. avv. 280-yildan Antiox hukmdor
- mil. avv. 312-yilda — Uzoq davom etgan o‘zaro urushlardan so‘ng mil. avv. 312-yilda Makedoniyalik Aleksandrning lashkarboshilaridan biri Salavk Bobil (Suriya davlati) hukmdori bo‘ldi.
- 312-yilda — Mil. avv. 312-yilda Salavkiylar davlati hukmdori
- 323-yil — Mil. avv. 323-yil 13-iyunda Makedoniyalik Aleksandr vafot etadi.
- 13-iyunda — Mil. avv. 323-yil 13-iyunda Makedoniyalik Aleksandr vafot etadi.
Bilimingizni sinang
Makedoniyalik Aleksandr qaysi yilda vafot etgan?
- Mil. avv. 323-yilda
- Mil. avv. 312-yilda
- Mil. avv. 330-yilda
- Mil. avv. 250-yilda
To‘g‘ri javob: Mil. avv. 323-yilda. Aleksandr mil. avv. 323-yil 13-iyunda vafot etgan.
Aleksandrning lashkarboshisi Salavk qaysi yilda Bobil (Suriya) hukmdori bo‘lgan?
- Mil. avv. 323-yilda
- Mil. avv. 280-yilda
- Mil. avv. 312-yilda
- Mil. avv. 250-yilda
To‘g‘ri javob: Mil. avv. 312-yilda. Salavk uzoq urushlardan so‘ng mil. avv. 312-yilda Bobil hukmdori bo‘lgan.
Quyidagi hududlardan qaysi biri Salavkiylar davlati tarkibiga kirmagan?
- Mesopotamiya
- Misr
- Marg‘iyona
- Sug‘diyona
To‘g‘ri javob: Misr. Misr Aleksandr davlatidan ajralgan alohida davlat bo‘lgan; Salavkiylar tarkibiga Mesopotamiya, Eron, Parfiya, Baqtriya, Sug‘diyona, Marg‘iyona kirgan.
Voqealarni qadimiysidan yangisiga tartiblang.
- Salavkning Bobil hukmdori bo‘lishi, Aleksandrning vafoti, Baqtriyaning ajralishi, yuechjilar istilosi
- Aleksandrning vafoti, Salavkning Bobil hukmdori bo‘lishi, Baqtriyaning ajralishi, yuechjilar istilosi
- Aleksandrning vafoti, Baqtriyaning ajralishi, Salavkning Bobil hukmdori bo‘lishi, yuechjilar istilosi
- Aleksandrning vafoti, Salavkning Bobil hukmdori bo‘lishi, yuechjilar istilosi, Baqtriyaning ajralishi
To‘g‘ri javob: Aleksandrning vafoti, Salavkning Bobil hukmdori bo‘lishi, Baqtriyaning ajralishi, yuechjilar istilosi. 323 (Aleksandr vafoti), 312 (Salavk), 250 (Baqtriya ajralishi), 140–130 (yuechjilar).
Salavkiylar davlati podshosi Salavk o‘g‘li kimni Sharqiy viloyatlar – Parfiya, Marg‘iyona, Baqtriya va Sug‘diyonaga noib etib tayinlagan?
- Demetriy
- Diodot
- Yevtidem
- Antiox
To‘g‘ri javob: Antiox. Salavkning o‘g‘li Antiox Sharqiy viloyatlarga noib etib tayinlangan, keyinchalik ulkan davlat boshida turgan.
Salavk o‘g‘li Antioxni qaysi hududlarga noib etib tayinlagan?
- Misr, Suriya, Kichik Osiyo va Mesopotamiyaga
- Mesopotamiya, Eron, Suriya va Finikiyaga
- Makedoniya, Fessaliya, Epir va Frakiyaga
- Parfiya, Marg‘iyona, Baqtriya va Sug‘diyonaga
To‘g‘ri javob: Parfiya, Marg‘iyona, Baqtriya va Sug‘diyonaga. Antiox Sharqiy viloyatlarga – Parfiya, Marg‘iyona, Baqtriya va Sug‘diyonaga noib bo‘lgan.
Quyidagi hukmlardan qaysilari to‘g‘ri? I. Aleksandr vafotidan so‘ng uning davlati Makedoniya, Misr va Suriyaga bo‘linib ketgan. II. Salavk Sharqiy viloyatlarga o‘g‘li Antioxni noib etib tayinlagan. III. Yunon-Baqtriya tarkibiga Sug‘diyona va Marg‘iyona kirmagan.
- Faqat I
- II va III
- I va II
- I, II va III
To‘g‘ri javob: I va II. I va II to‘g‘ri; III noto‘g‘ri, chunki Baqtriyadan tashqari Yunon-Baqtriya tarkibiga Sug‘diyona va Marg‘iyona ham kirgan.
Salavkiylar podshosi Antioxning onasi, Spitaman qizi kim bo‘lgan?
- Apama
- Stratonika
- Roksana
- Laodika
To‘g‘ri javob: Apama. Podsho Antiox Salavk va Spitaman qizi Apamaning farzandi bo‘lgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash