Qadimgi Xorazm
Mil. avv. VI – mil. III asrlarda O‘rta Osiyo
38–39-§. Qadimgi Xorazm
Devoriy surat. Oqchaxon qal’asi. Mil. avv. II—I asrlar
XORAZM DAVLATI Mil. avv. IV asrda Xorazm Ahamoniylar davlatidan ajralib chiqib, mustaqil davlatga aylandi. Makedoniyalik Aleksandr hukmronligi davrida ham Xorazm davlati mustaqil edi. Qadimgi yunon tarixchisi Arrianning yozishicha, bu davrda Xorazmda Farasman podsholik qilgan.
Mil. avv. IV–III asrlarda Xorazm O‘rta Osiyoda shaharsozlik va me’morchilik keng rivojlangan muhim markazga aylanadi. Davlat chegaralarida hamda savdo yo‘llari bo‘ylab qal’alar quriladi. Xorazmning Xiva, Jonbosqal’a, Bozorqal’a va boshqa shaharlarida ulug‘vor va muhtasham binokorlik ishlari amalga oshiriladi.
38–39-§. Qadimgi Xorazm
Shaharlar mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralib, devor burchaklarida burjlar qurilgan. Markazdan o‘tgan ko‘cha shaharni ikki qismga bo‘lgan, undan esa yon-atrofga ko‘chalar ketgan, mahallalar bir-biridan ajralib turgan. Markaziy maydonda muhtasham saroy va ibodatxonalar joylashgan. Xorazm davlatida harbiy ish, xo‘jalik va hunarmandchilik sohasi rivojiga katta e’tibor berilgan.
Qo‘yqirilganqal’a. Qazishmalar va tiklangan holati
XO‘JALIK VA HUNARMANDCHILIK Ushbu o‘lka aholisi xo‘jaligining asosini sun’iy sug‘orma dehqonchilik va chorvachilik tashkil etgan. Shaharlar va dehqonchilik uy-qo‘rg‘onlarining atroflarini dalalar, bog‘lar va tokzorlar o‘rab turgan. Amudaryodan uzunligi 40–50 kilometrga yetadigan keng sug‘orish kanallari chiqarilgan. Xorazmliklar bug‘doy, arpa va tariq ekishgan. Alohida qal’alarda g‘alla saqlash uchun mo‘ljallangan katta omborlar joylashgan.
38–39-§. Qadimgi Xorazm
Xorazmda hunarmandchilik rivoj topgan: kulolchilik, temir va mis asboblar, qurol-yarog‘ hamda zargarlik buyumlari tayyorlangan. Xorazm aholisi Sug‘diyona, Marg‘iyona, Baqtriya va dasht ko‘chmanchilari bilan yaqindan savdo munosabatlarini o‘rnatgan. Bu o‘lkadan muhim karvon yo‘llari o‘tgan. Mil. avv. I asrda va milodiy dastlabki asrlarda Xorazmda kumush va mis tangalar zarb qilingan. Bularning barchasi savdo aloqalarining rivojiga ko‘maklashgan.
Qadimgi xorazmliklarning qiyofalari. Tiklangan
Xorazm qal’a devorlari
Haykal shaklidagi ossuariy
Sopol idishlar
Qadimgi Xorazm qal’alarining xarobalari
SAN’AT, YOZUV VA DIN Qadimgi Xorazm saroylari va ibodatxonalari devoriy tasvirlar va haykaltaroshlikning yuksak san’at namunalari bilan bezatilgan.
38–39-§. Qadimgi Xorazm
Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi Oqchaxon qal’asida (mil. avv. II–I asrlar) saroy va ibodatxona joylashgan. Ibodatxona yo‘laklarining devorlari odamlar, otlar va otliqlar tasviri tushirilgan rang-barang rasmlar bilan qoplangan. Ayniqsa, 30 ta qahramon portreti alohida ajralib turadi, ularning aksariyati qush shaklidagi toj kiydirilgan holda tasvirlangan.
Ushbu binolarni qurish uchun davlatning barcha hududlarida ishlab chiqarilgan xom g‘ishtlar katta miqdorda ishlatilgan. Qurilishda me’morlar, rassomlar va haykaltaroshlar ishtirok etgan.
Milodiy II–III asrlarda shohona shahar – Xorazm hukmdorlarining qarorgohi Tuproqqal’a bunyod etilgan. Uning shimoliy qismida katta saroy va ibodatxonalar joylashgan. Saroy xonalari qadimgi ma’budlar, shohlar, jangchilar, musiqachilar, hayvonlar tasvirlari bilan bezatilgan. Zallardan birida devor bo‘ylab supada bo‘yalgan loy haykallar o‘rnatilgan. Ularning umumiy soni 115 ta bo‘lgan.
38–39-§. Qadimgi Xorazm
O‘rta Osiyodagi eng qadimgi yozuv Xorazm hududidan topilgan. Oybo‘yirqal’a (mil. avv. V–IV asrlar) yodgorligidan topilgan, xum sirtiga bitilgan yozuv namunasi shular jumlasidandir.
Keyingi davrlarda yozuvlar qora siyohda sopol, suyak, yog‘och taxtachalarga va charm yuzasiga bitilgan. Aramey alifbosiga asoslangan qadimgi Xorazm yozuvi 20 ta harfdan tashkil topgan.
Qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik va me’morchilikning rivojlanishi amaliy bilimlarga asoslangan. Shu bois Xorazmda astronomiya, geometriya, matematika kabi aniq fanlar taraqqiy etgan. Ibodatxonalar qoshidagi maktablarda xat-savod va arifmetika hisobi o‘rgatilgan. Tuproqqal’a devoridagi yozuvli teri o‘ramalarini ko‘tarib turgan kohin-xattotning tasviri e’tiborga molik.
38–39-§. Qadimgi Xorazm
Mil. avv. III asrda Xorazmda mustahkam istehkom – Qo‘yqirilganqal’a qurilgan. Qal’a ibodatxonasidan kohinlar osmon jismlarining harakatlarini kuzatgan. Misr kohinlari Nil toshqini vaqtini bilishgani singari xorazmlik kohin-astronomlar Amudaryo suv sathining ko‘tarilishi vaqtini belgilab berishgan. Shuningdek, ular ekin ekish, ko‘chat o‘tqazish va hosil yig‘ish mavsumlari muddatini ham aniq bilgan.
Xorazm jangchisining bo‘rtma tasviri. Naqshi Rustam. Eron. Mil. avv. V asr
Qadimgi Xorazm yozuvi
Xorazm
Ibodatxonalar: Qo‘yqirilganqal’a,
Shaharlar: Xiva,
Bozorqal’a, Tuproqqal’a
Mil. avv. V–IV asrlar: qadimiy Xorazm yozuvi,
Mil. avv. IV asr, mustaqil Xorazm davlati
Devoriy surat.
Tuproqqal’a. Milodiy II–III asrlar
Xorazmlik jangchi boshining tasviri.
Milodiy I asr
Xorazm vohasida zardushtiylik ta’limoti keng yoyilgan. O‘rta Osiyoda zardushtiylik dafn marosimlari bilan bog‘liq eng qadimgi ossuariylar – suyakdonlar Xorazmdan topilgan. Xorazmliklar yer, suv va olovga sajda qilib, mazkur muqaddas unsurlarni qadrlagan.
Xorazm ko‘hna shaharlaridan suv va hosildorlik ma’budasi – Anaxita ramzini o‘zida aks ettirgan ko‘pdan ko‘p sopol haykalchalar topilgan.
Xorazm
Milodiy I asrda Xorazmda ishlab chiqilgan mahalliy taqvimdan xorazmliklar VIII asrga qadar foydalangan.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Muhim sanalar
- IV asrda — XORAZM DAVLATI Mil. avv. IV asrda Xorazm Ahamoniylar davlatidan ajralib chiqib, mustaqil davlatga aylandi.
- IV–III asrlarda — Mil. avv. IV–III asrlarda Xorazm O‘rta Osiyoda shaharsozlik va me’morchilik keng rivojlangan muhim markazga aylanadi.
- I asrda — Bu o‘lkadan muhim karvon yo‘llari o‘tgan. Mil. avv. I asrda va milodiy dastlabki asrlarda Xorazmda kumush va mis tangalar zarb qilingan.
- mil. avv. II–I asrlar — Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi Oqchaxon qal’asida (mil. avv. II–I asrlar) saroy va ibodatxona joylashgan.
- II–III asrlarda — Milodiy II–III asrlarda shohona shahar – Xorazm hukmdorlarining qarorgohi Tuproqqal’a bunyod etilgan.
- mil. avv. V–IV asrlar — O‘rta Osiyodagi eng qadimgi yozuv Xorazm hududidan topilgan. Oybo‘yirqal’a (mil. avv. V–IV asrlar) yodgorligidan topilgan, xum sirtiga bitilgan yozuv namunasi shular jumlasidandir.
- III asrda — Mil. avv. III asrda Xorazmda mustahkam istehkom – Qo‘yqirilganqal’a qurilgan.
- V–IV asrlar — Mil. avv. V–IV asrlar: qadimiy Xorazm yozuvi,
- IV asr — Mil. avv. IV asr, mustaqil Xorazm davlati
- I asrda — Milodiy I asrda Xorazmda ishlab chiqilgan mahalliy taqvimdan xorazmliklar VIII asrga qadar foydalangan.
Bilimingizni sinang
Xorazm Ahamoniylar davlatidan ajralib chiqib, mustaqil davlatga aylangan davr qaysi?
- Mil. avv. VIII asr
- Mil. avv. VI asr
- Mil. avv. II asr
- Mil. avv. IV asr
To‘g‘ri javob: Mil. avv. IV asr. Mil. avv. IV asrda Xorazm Ahamoniylardan ajralib chiqib, mustaqil davlatga aylandi.
Qadimgi yunon tarixchisi Arrianning yozishicha, Makedoniyalik Aleksandr davrida Xorazmda kim podsholik qilgan?
- Diodot
- Farasman
- Yevtidem
- Spitamen
To‘g‘ri javob: Farasman. Arrian yozishicha, Aleksandr davrida Xorazmda Farasman podsholik qilgan.
Xorazm O‘rta Osiyoda shaharsozlik va me’morchilik keng rivojlangan muhim markazga qaysi asrlarda aylangan?
- Milodiy II–III asrlar
- Mil. avv. II–I asrlar
- Mil. avv. IV–III asrlar
- Mil. avv. VI–V asrlar
To‘g‘ri javob: Mil. avv. IV–III asrlar. Mil. avv. IV–III asrlarda Xorazmda shaharsozlik va me’morchilik rivojlanib, qal’alar qurilgan.
Xorazm Ahamoniylar davlatidan ajralib chiqib, mustaqil davlatga qachon aylandi?
- Mil. avv. VI asrda
- Mil. avv. IV asrda
- Mil. avv. II asrda
- Milodiy II asrda
To‘g‘ri javob: Mil. avv. IV asrda. Matnga ko‘ra Xorazm mil. avv. IV asrda mustaqil bo‘lgan.
Arrianning yozishicha, Makedoniyalik Aleksandr davrida Xorazmda kim podsholik qilgan?
- Spitamen
- Doro III
- Oksiart
- Farasman
To‘g‘ri javob: Farasman. Arrian Xorazm podshosi sifatida Farasmanni ko‘rsatgan.
Makedoniyalik Aleksandr davrida Farasman podsholik qilgan Xorazm qaysi davlat tarkibidan ajralib chiqib, mustaqil bo‘lgan edi?
- Makedoniya davlati
- Ahamoniylar davlati
- Parfiya davlati
- Baqtriya davlati
To‘g‘ri javob: Ahamoniylar davlati. Mil. avv. IV asrda Xorazm Ahamoniylar davlatidan ajralib chiqib mustaqil davlatga aylangan va Aleksandr davrida ham mustaqil bo‘lgan.
Amudaryodan chiqarilgan keng sug‘orish kanallarining uzunligi qancha kilometrga yetgan?
- 40–50 km
- 10–15 km
- 100–120 km
- 5–8 km
To‘g‘ri javob: 40–50 km. Kanallar uzunligi 40–50 kilometrga yetgan.
Xorazmda milodiy dastlabki asrlar bilan birga qaysi asrda (mil. avv.) kumush va mis tangalar zarb qilingan?
- Mil. avv. V asr
- Mil. avv. VII asr
- Mil. avv. III asr
- Mil. avv. I asr
To‘g‘ri javob: Mil. avv. I asr. Mil. avv. I asrda va milodiy dastlabki asrlarda Xorazmda kumush va mis tangalar zarb qilingan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash