XotirAI logotipiXotirAI
📜 6-sinf · Qadimgi dunyo · 40-§

Qadimgi Qang‘ va Davan davlatlari

Mil. avv. VI – mil. III asrlarda O‘rta Osiyo

III asrlar

QANG‘ DAVLATI Xitoy manbalarida Qang‘xa (Qang‘) davlati Qang‘yuy deb atalgan. Unga mil. avv. III asrda saklar asos solgan. Arxeologlarning aniqlashicha, Toshkent vohasining Oqqo‘rg‘on tumanida mil. avv. III asrda bunyod etilgan Qanqa shahar-qal’asi saklarning sobiq poytaxti – Qang‘diz bo‘lgan. Xitoy manbalarida bu shahar Bityan deb atalgan.

Qang‘ davlati hududlari o‘rta Sirdaryo sohillari bo‘ylab joylashgan yerlarni qamrab olgan.

Mil. avv. II asr oxirida Qang‘ qudratli davlat birlashmasiga aylanadi. Uning hukmdorlari o‘z tangalarini zarb qildirgan. Qang‘ davlatida harbiy istehkomlar, qal’a, ibodatxonalar, savdo va hunarmandchilik mavzelari barpo etiladi.

III asrlar

Davlatning madaniy markazlaridan biri Toshkent vohasi edi. Ayni shu hududda o‘troq ziroatchilik va chorvachilik madaniyati rivoj topgan.

Odamlar bug‘doy, arpa va sholi ekishgan. Vohani o‘rab olgan tog‘lardan shaharlarga temir, mis, qalay va kumush yetkazib berilgan. Shu tariqa kulolchilik,

Poytaxti: Qang‘diz

Milodiy III asrda mayda mulklarga parchalanib ketgan

Ayolning sopol haykalchasi. Mil. avv. I—II asr

Jang tasviri. Mil. avv. I asr

Qang‘ tamg‘asi qurolsozlik, to‘qimachilik va zargarlik kabi hunarmandchilik sohalari rivojlangan.

Qang‘liklar olov va quyoshga sig‘ingan. Mil. avv. II asrda Shoshtepada doira shaklidagi olov ibodatxonasi qurilgan. Dumaloq shakl quyosh ramzi hisoblangan.

III asrlar

Dashtlarda chorvachilik katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ko‘chmanchi qabilalar qo‘y-echkilar va tuyalarni boqishgan hamda yilqichilik bilan shug‘ullangan. Ular charmdan poyabzal tikib, jun matolaridan kiyimlar va gilamlar tayyorlashgan. Ziroatkorlar va chorvadorlar qishloq xo‘jalik hamda hunarmandchilik mahsulotlari bilan o‘zaro ayirboshlashgan.

Qang‘ hududidan Buyuk ipak yo‘lining shimoliy tarmog‘i o‘tganligi mamlakat iqtisodi va savdo-sotiq rivojiga imkon yaratdi. Milodiy III asrga kelib Qang‘ davlati mayda mulklarga parchalanib ketadi.

Shoshtepa ibodatxonasi.

Toshkent. Tiklangan maket

DAVAN DAVLATI Davan davlati (Xitoy manbalarida bu o‘lka shu nom bilan tilga olinadi) taxminan mil. avv. III asrda paydo bo‘lib, Farg‘ona vodiysida joylashgan.

III asrlar

Davan haqidagi ma’lumotlar xitoy manbalarida kengroq yoritilgan. Bu yerga tashrif buyurgan Xitoy elchisi Chjan Szyan shunday yozgan: “Davanda 70 ta katta-kichik shahar bor, uning aholisi bir necha yuz ming kishidan iborat”. Shuningdek, elchi davanliklar juda mehmondo‘st va ko‘ngli ochiq odamlar ekanligi haqida ma’lumot beradi.

Xitoy hukmdorlari bu davlatni bosib olmoqchi bo‘ldi. Harbiy yurishlarning birida ular Davan davlatining poytaxti Ershini qo‘lga kiritdi, biroq aholisining tovon to‘lashi evaziga uni tashlab chiqishga majbur bo‘ldi.

Davan davlati Xitoy va G‘arb o‘lkalari bilan bo‘ladigan xalqaro savdoda muhim o‘rin tutgan. Ayniqsa, Farg‘onaning zotdor otlari Xitoy hukmdorlarini o‘ziga jalb qilgan. Otlar naslining biriga hatto ular “samoviy” deb nom bergan. “Samoviy otlar” baquvvat va chopqir bo‘lgan.

III asrlar

Sopol idish. Milodiy I—II asrlar

Tog‘ darasi orqali Davan va Xitoyni bog‘lovchi yo‘l o‘tgan

O‘ylab ko‘ring

Savollar: Nima uchun Xitoy imperatorlari Davan otlarini “samoviy otlar” deb atagan?

Qadim Farg‘onada “samoviy otlar” zotidan tarqagan nasldor otlar parvarish qilingan. Rivoyatlarga ko‘ra, Davan atrofidagi tog‘larda yovvoyi otlar yashagan. Ularni tutish va qo‘lga o‘rgatishning iloji bo‘lmagan. Shuning uchun zotdor biyalarni tanlab, o‘sha tog‘larga haydab yuborganlar. Biyalar va yovvoyi ayg‘irlardan “samoviy” otlar tarqagan. Tyanshan xitoy tilida “samoviy tog‘lar” deb tarjima qilinadi. Bu nom otlarga ham o‘tgan.

Mil. avv. II asr oxirida bu naslli otlar ovozasi Xitoygacha borgan. Ularni “qanotli otlar” ham deyishgan. Chopganda ularning badanida ter o‘rniga qon tomchilari ko‘ringan.

O‘ylab ko‘ring

Xitoy yilnomasida shunday deyilgan: “Davan davlatining Ershi shahrida g‘aroyib otlar mavjudligi haqida saroyga xabar keldi. Imperatorning “samoviy otlar”ga ishtiyoqi ortdi: u o‘zining ilohiy nasl-nasabi va zavol bilmas ekanligini odamlar ongiga singdirmoq niyatida edi. Buning uchun samoga chiqishda “samoviy otlar” qo‘shilgan aravaga muhtoj bo‘lib qoldi”.

Ammo Davan davlati bu otlarni yashirdi, Xitoy elchilariga bergisi kelmadi. Shunda imperator o‘zining Che Lin degan pahlavonini elchi qilib, sovg‘a-salomlar va oltindan yasalgan ot haykali bilan Davanga jo‘natdi. Qanday bo‘lmasin, Ershi shahri arg‘umoqlarini qo‘lga kiritish zarur edi.

O‘ylab ko‘ring

Davan hukmdori elchi talabiga rad javobini berdi. Bu rad javobi, Davan bilan Xitoy o‘rtasidagi urushga sabab bo‘ldi.

Ot tasviri. Qoyatosh rasmi.

Xitoy lashkarining Davanga birinchi yurishi mag‘lubiyat bilan yakun topdi. Ikkinchi yurishda Xitoy hukmdorining qo‘shinlari 60 ming nafar edi. Bu lashkarning qator-qator qurol va ozuqa ortgan ta’minotchi karvonlari bor edi. Yilnomachi “butun saltanat harakatga kelgan edi” deb yozadi. Davan sari 50 nafar sarkarda qo‘shinlari bilan jo‘nadi. Davanliklarni kutilmaganda bosish uchun ular jadal sur’at bilan jilishdi. Ular Ershi shahrini qamal qildi. Shaharga keladigan suv yo‘lini to‘sdi va qamalning qirqinchi kunida shaharning tashqi devorini buzdi. Davan hukmdori qal’aga berkinib oldi va sulh to‘g‘risida muzokaralar boshladi. Xitoyliklarga arg‘umoqlardan berishga rozilik bildirdi. Aks holda, barcha arg‘umoqlarni qirg‘in qilmoqchi bo‘ldilar. Qang‘ davlatidan madad yetib kelishidan cho‘chib, xitoyliklar sulhga rozi bo‘ldi.

O‘ylab ko‘ring

Xitoy lashkari Ershiga bostirib kirmasdan, zarur miqdordagi otlardan tovon sifatida olib, o‘z vataniga qaytdi.

Ot haykalchasi

Davan, mil. avv. III —

Poytaxti: Ershi,

70 dan ortiq shahar,

Sho‘rabashot, Uchqo‘rg‘on

"Samoviy otlar" tufayli Xitoy bilan urushlar

Davan otlarini minib yurgan xitoyliklar

“Samoviy otlar” uchun bo‘lib o‘tgan to‘rt yillik urush shu bilan tugadi.

Arxeologlar topgan dalillar Xitoy solnomalaridagi ma’lumotlarni tasdiqladi. Ko‘p sonli aholiga, yaxshi qurollangan va mashq ko‘rgan qo‘shinlarga ega bo‘lgan Davan mil. avv. II–I asrlarda yuksak taraqqiy etgan davlatga aylangan. O‘troq aholi yer haydab, g‘alla va sholi ekkan, bog‘dorchilik va uzum yetishtirishda katta yutuqlarga erishilgan. Xitoyliklarni o‘zlariga notanish bo‘lgan Davandagi beda va uzum hayratga solgan. Manbalarda shunday ma’lumotlar keltirilgan: “Xitoy elchisi urug‘ keltirdi. Shunda Xitoy hukmdori saroy tevaragidagi unumdor yerga beda va uzum ekdi”. Qadimshunoslar Xitoyda anor va o‘rikning paydo bo‘lishini Davan bilan bog‘laydi. Qadimgi Farg‘onada dehqonchilik madaniyati yuqori darajada rivojlangan. Farg‘ona vodiysida Sho‘rabashot, Axsikent, Uchqo‘rg‘on kabi shahar xarobalari o‘rganilgan.

Davan, mil. avv. III —

Olimlarning aniqlashicha, milodiy III asrda Davan davlati barham topgan.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

Savollar: 1. Qang‘ davlati qachon va qayerda tashkil topgan? 2. Davan davlati haqida nima bilasiz? 3. Qang‘ va Davan aholisining mashg‘ulotlari haqida so‘zlab bering. 4. Qang‘ davlati qachon parchalanib ketgan? 5. Davan davlati tarixi va madaniyati to‘g‘risida so‘zlab bering.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Xitoy manbalarida Qang‘yuy deb atalgan davlatning asl nomi qanday?
  1. Parfiya
  2. Qang‘xa (Qang‘)
  3. Davan
  4. Xorazm

To‘g‘ri javob: Qang‘xa (Qang‘). Xitoy manbalarida Qang‘xa (Qang‘) davlati Qang‘yuy deb atalgan.

Qang‘ davlatiga saklar qaysi asrda asos solgan?
  1. Mil. avv. I asrda
  2. Mil. avv. V asrda
  3. Milodiy II asrda
  4. Mil. avv. III asrda

To‘g‘ri javob: Mil. avv. III asrda. Qang‘ davlatiga mil. avv. III asrda saklar asos solgan.

Toshkent vohasining Oqqo‘rg‘on tumanida bunyod etilgan, saklarning sobiq poytaxti Qang‘diz bo‘lgan shahar-qal’a qaysi?
  1. Oqchaxon
  2. Bityan
  3. Ershi
  4. Qanqa

To‘g‘ri javob: Qanqa. Oqqo‘rg‘on tumanidagi Qanqa shahar-qal’asi saklarning sobiq poytaxti Qang‘diz bo‘lgan.

Xitoy manbalarida saklarning sobiq poytaxti Qang‘diz (Qanqa) shahri qanday nom bilan atalgan?
  1. Oyxonim
  2. Bityan
  3. Ershi
  4. Qang‘yuy

To‘g‘ri javob: Bityan. Xitoy manbalarida Qang‘diz shahri Bityan deb atalgan.

Qang‘ qudratli davlat birlashmasiga qaysi davrda aylangan?
  1. Mil. avv. I asr oxirida
  2. Mil. avv. II asr oxirida
  3. Milodiy I asr oxirida
  4. Mil. avv. IV asr oxirida

To‘g‘ri javob: Mil. avv. II asr oxirida. Mil. avv. II asr oxirida Qang‘ qudratli davlat birlashmasiga aylangan va o‘z tangalarini zarb qildirgan.

Miloddan avvalgi III asrda Qang‘ davlatiga kimlar asos solgan?
  1. Xitoyliklar
  2. Saklar
  3. Yunonlar
  4. Kushonlar

To‘g‘ri javob: Saklar. Qang‘ davlatiga mil. avv. III asrda saklar asos solgan.

Xitoy manbalarida Qang‘ davlati qanday nom bilan atalgan?
  1. Davan
  2. Bityan
  3. Qang‘yuy
  4. Yuechji

To‘g‘ri javob: Qang‘yuy. Xitoy manbalarida Qang‘xa (Qang‘) davlati Qang‘yuy deb atalgan.

Saklarning sobiq poytaxti Qang‘diz bo‘lgan Qanqa shahar-qal’asi Toshkent vohasining qaysi tumanida joylashgan?
  1. Oqqo‘rg‘on tumanida
  2. Zangiota tumanida
  3. Chinoz tumanida
  4. Bo‘stonliq tumanida

To‘g‘ri javob: Oqqo‘rg‘on tumanida. Qanqa shahar-qal’asi Toshkent vohasining Oqqo‘rg‘on tumanida bunyod etilgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiQadimgi XorazmKeyingi →Kushon davlati