Kushon davlati
Mil. avv. VI – mil. III asrlarda O‘rta Osiyo
41-§. Kushon davlati
KUSHON DAVLATINING TASHKIL TOPISHI Mil. avv. 140–130-yillar oralig‘ida ko‘chmanchi yuechji qabilalari Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladi. Yuechjilar Baqtriya yerlariga kelib o‘rnashadi. Milodiy I asrda yuechjilar orasida Kushon xonadoni yuksalib, Kushon davlatiga asos solinadi.
Yuechji qabilalarining mulklarini birlashtirgan birinchi kushon hukmdori Kudzula Kadfiz bo‘lgan. Bu davrda Afg‘oniston va Hindiston viloyati – Kashmir Kushon davlatiga qo‘shib olingan.
Vima Kadfiz hukmronligi paytida davlat yanada kengayib, podsho Kanishka davrida ulkan imperiyaga aylandi. Uning hududiga Hindiston, Afg‘oniston va O‘zbekistonning janubigacha bo‘lgan yerlar kirgan. Rim, Parfiya, Xitoy davlatlari qatori Kushon podsholigi ham ulkan imperiyalardan biri bo‘lgan. Ammo to‘xtovsiz urushlar oqibatida Kushon davlati inqirozga yuz tutadi va milodiy III asrda parchalanib ketadi.
41-§. Kushon davlati
Kushon shahzodasining tasviri
Kushon podsholigi
Kushon podsholarining tasviri. Tiklangan
Vima Kadfiz davrida Kushon podsholigida hukmdor nomi bitilgan tanga zarb qilish boshlanib, pul islohoti amalga oshiriladi, zarb qilingan tangalarning qiymati oshib ketadi. Tangalar oltin, kumush va misdan tayyorlangan.
Kanishka hukmronligi davrida Kushon podsholigi o‘z taraqqiyotining cho‘qqisiga erishadi. Yangi-yangi shaharlar bunyod etiladi, Hindiston, Xitoy va Rim imperiyalari bilan savdo va elchilik munosabatlari yo‘lga qo‘yiladi. Pul islohoti xo‘jalik va savdo-sotiqning rivojiga ko‘maklashgan. XO‘JALIKNING RIVOJLANISHI Kushon davlati xo‘jaligining asosini sug‘orma dehqonchilik, savdo-sotiq va hunarmandchilik tashkil qilgan. Bug‘doy, arpa va sholi yetishtirilgan. Kushonlar davrida suv tegirmoni, chig‘ir turlaridan keng foydalanildi.
41-§. Kushon davlati
Hunarmandchilik ham yuksak darajada taraqqiy etgan. Kushon davlati yodgorliklari bo‘lmish Xolchayon, Dalvarzintepa, qadimiy Termiz, Zartepa, Kampirtepa va boshqalarni o‘rganish jarayonida aniqlangan topilmalar ham buni tasdiqlaydi.
O‘smir tasviri. Devoriy surat
Chig‘ir – suv chiqaradigan moslama
KUSHON DAVLATI YOZUVI Kushon davlatidagi o‘zaro madaniy va savdo-sotiq aloqalari tufayli O‘rta Osiyoning turli viloyatlarida qadimgi aramey yozuvi keng rivojlanadi. Bu yozuv alohida harflarga asoslangani sababli uni o‘zlashtirish ancha oson bo‘lgan.
Qadimgi Termiz yodgorliklarini o‘rganish natijasida aramey yozuvi asosidagi kushon-baqtriya alifbosidagi yozuv namunalari topilgan. Kushon mamlakatida yana bir yozuv – kushon shaklli yozuvi mavjud bo‘lgan, bunda harflar burchakli va aylana shaklida yozilgan.
41-§. Kushon davlati
Kushon podsholigida yana bir yozuv tizimi mavjudligini Surxko‘tal (Afg‘onistondagi Qunduz shahri yaqinida) va Kampirtepa (Termiz yaqinida) yodgorligidan topilgan yunon alifbosidagi kushon bitiklari tasdiqlaydi.
Amudaryoning quyi oqimi zaminida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida aramey alifbosi asosidagi xorazmiy va sug‘diy yozuvlar ham keng tarqalgan edi.
Kanishka tangasi
Aramey yozuvi
Otliq jangchilar. Xolchayon.
Budda haykali.
Fayoztepa. Millodiy I–II asrlar
DINIY E’TIQOD Kushon davlati tashkil topayotganda Baqtriya, Sug‘diyonaning asosiy aholisi zardushtiylik dinida edi. Kushon podsholigi tarkibiga Hindistonning shimoliy qismi qo‘shib olinganidan keyin hozirgi O‘zbekistonning janubiy hududlari bilan yaqindan aloqalar o‘rnatilgach, Kushon davlati hududiga buddaviylik dini kirib kela boshlagan.
41-§. Kushon davlati
Surxon vohasidagi Eski Termiz, Ayritom va Dalvarzintepada katta buddaviylik ibodatxonalari mavjud bo‘lgan. Aynan ushbu voha orqali buddaviylik O‘rta Osiyo bo‘ylab tarqala boshladi. Buddaviylik dini zardushtiylik bilan birga milodiy VIII asrgacha O‘rta Osiyoda saqlanib qoladi. ME’MORCHILIK VA SAN’AT Kushonlar davrida binokorlik va me’morchilik yuksak darajada taraqqiy etgan. Dalvarzintepa va Eski Termiz singari shaharlar xom g‘ishtdan qurilgan mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan edi. Mudofaa devorlari ortida esa hukmdor qarorgohi joylashgan. Shaharlarning o‘zi hunarmandlar mahallalariga va turarjoy mavzelariga ajratilgan. Shaharlarda saroy va ibodatxonalar barpo etilgan.
41-§. Kushon davlati
Devoriy surat. Dalvarzintepa ibodatxonasi
Kushon turarjoy qazishmalari
Xolchayondagi Kushon hukmdorlari saroyi, Eski Termiz (Qoratepa, Fayoztepa) va Dalvarzintepadagi buddaviylik ibodatxonalarida o‘sha davr devoriy tasvirlari va haykaltaroshlikning yuksak san’atkorona namunalari o‘rganilgan. Shahzodalar, saroy a’yonlari, jangchilar tasviri, Budda haykali va Ayritomda topilgan do‘mbirachi hamda ud cholg‘u asbobini chalayotgan musiqachilar tasvirlari shular jumlasidandir.
Kandakorlik yuqori darajada rivojlangan. Dalvarzintepadan fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan. Kushon san’atida mahalliy an’analar, Qadimgi Sharq va Qadimgi Yunoniston ellinistik san’ati uslublari muvofiqlashgan.
41-§. Kushon davlati
Budda boshining tasviri.
Dalvarzintepa. Milodiy II–III asrlar
Kampirtepa mudofaa devorlari
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Ipak qurti pillasi
42-§. Buyuk ipak yo‘liBUYUK IPAK YO‘LNING VUJUDGA KELISHI VA TARMOQLARI
XVI asrga qadar Sharq va G‘arb o‘rtasidagi madaniy aloqalar va savdo munosabatlari taraqqiyotida qadimgi dunyoda mashhur bo‘lgan Buyuk ipak yo‘li muhim o‘rin tutgan edi. Bu yo‘l mil. avv. II asrda vujudga kelgan. Bu yo‘lga “Ipak yo‘li” degan nom 1877-yilda nemis geografi F. Rixtgofen tomonidan berilgan. Buyuk ipak yo‘li shakllanishidan oldin O‘rta Osiyo va Qadimgi Sharq hududida savdo va madaniy ayirboshlash uchun foydalanilgan turli qadimiy yo‘llar mavjud bo‘lgan. Ipak yo‘li savdo va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
Muhim sanalar
- 140–130-yillar — KUSHON DAVLATINING TASHKIL TOPISHI Mil. avv. 140–130-yillar oralig‘ida ko‘chmanchi yuechji qabilalari Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladi.
- 1877-yilda — Bu yo‘lga “Ipak yo‘li” degan nom 1877-yilda nemis geografi F. Rixtgofen tomonidan berilgan.
- I asrda — Yuechjilar Baqtriya yerlariga kelib o‘rnashadi. Milodiy I asrda yuechjilar orasida Kushon xonadoni yuksalib, Kushon davlatiga asos solinadi.
- III asrda — Ammo to‘xtovsiz urushlar oqibatida Kushon davlati inqirozga yuz tutadi va milodiy III asrda parchalanib ketadi.
- VIII asrgacha — Buddaviylik dini zardushtiylik bilan birga milodiy VIII asrgacha O‘rta Osiyoda saqlanib qoladi. ME’MORCHILIK VA SAN’AT Kushonlar davrida binokorlik va me’morchilik yuksak darajada taraqqiy etgan.
- XVI asrga — XVI asrga qadar Sharq va G‘arb o‘rtasidagi madaniy aloqalar va savdo munosabatlari taraqqiyotida qadimgi dunyoda mashhur bo‘lgan Buyuk ipak yo‘li muhim o‘rin tutgan edi.
- mil. avv. II asrda — Bu yo‘l mil. avv. II asrda vujudga kelgan.
Bilimingizni sinang
Mil. avv. 140–130-yillar oralig‘ida Yunon-Baqtriya davlatini bosib olgan ko‘chmanchi qabilalar qanday nomlangan?
- Massagetlar
- Saklar
- Yuechji
- Dahlar
To‘g‘ri javob: Yuechji. Yunon-Baqtriya davlatini ko‘chmanchi yuechji qabilalari bosib olgan.
Yuechjilar orasida Kushon xonadoni yuksalib, Kushon davlatiga asos solingan asr qaysi?
- Mil. avv. I asr
- Milodiy I asr
- Milodiy II asr
- Milodiy III asr
To‘g‘ri javob: Milodiy I asr. Milodiy I asrda yuechjilar orasida Kushon xonadoni yuksalib, Kushon davlatiga asos solingan.
Kushon davlati qaysi podsho davrida Hindiston, Afg‘oniston va O‘zbekiston janubigacha cho‘zilgan ulkan imperiyaga aylangan?
- Kanishka
- Kudzula Kadfiz
- Menandr
- Gondofar
To‘g‘ri javob: Kanishka. Kushon davlati podsho Kanishka davrida ulkan imperiyaga aylangan va uning hududiga Hindiston, Afg‘oniston va O‘zbekiston janubigacha yerlar kirgan.
To‘xtovsiz urushlar oqibatida inqirozga yuz tutgan Kushon davlati qaysi asrda parchalanib ketgan?
- Milodiy III asrda
- Milodiy IV asrda
- Milodiy II asrda
- Milodiy V asrda
To‘g‘ri javob: Milodiy III asrda. Kushon davlati to‘xtovsiz urushlar oqibatida inqirozga uchrab, milodiy III asrda parchalangan.
Ko‘chmanchi yuechji qabilalari Yunon-Baqtriya davlatini qaysi yillar oralig‘ida bosib olgan?
- Mil. avv. 250–240-yillar
- Mil. avv. 330–320-yillar
- Mil. avv. 140–130-yillar
- Mil. avv. 60–50-yillar
To‘g‘ri javob: Mil. avv. 140–130-yillar. Yuechjilar mil. avv. 140–130-yillar oralig‘ida Yunon-Baqtriyani bosib olgan.
Ko‘chmanchi yuechji qabilalari qaysi davlatni bosib olib, Baqtriya yerlariga o‘rnashgan?
- Yunon-Baqtriya davlati
- Parfiya shohlari davlati
- Qang‘ (Qang‘yuy) davlati
- Xorazm shohlari davlati
To‘g‘ri javob: Yunon-Baqtriya davlati. Yuechjilar Yunon-Baqtriya davlatini bosib olib, Baqtriya yerlariga o‘rnashgan.
Yuechji qabilalarining mulklarini birlashtirgan birinchi kushon hukmdori kim bo‘lgan?
- Kanishka Buyuk
- Vima Kadfiz
- Evkratid Buyuk
- Kudzula Kadfiz
To‘g‘ri javob: Kudzula Kadfiz. Mulklarni birlashtirgan birinchi kushon hukmdori Kudzula Kadfiz bo‘lgan.
Kudzula Kadfiz davrida Afg‘oniston bilan birga Hindistonning qaysi viloyati Kushon davlatiga qo‘shib olingan?
- Panjob
- Kashmir
- Bengaliya
- Gujarot
To‘g‘ri javob: Kashmir. Bu davrda Afg‘oniston va Hindistonning Kashmir viloyati Kushon davlatiga qo‘shilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash