Buyuk ipak yo‘li
Mil. avv. VI – mil. III asrlarda O‘rta Osiyo
Ipak qurti pillasi
Xitoyda yasalgan g‘arbiy o‘lka savdogarining haykalchasi
42-§. Buyuk ipak yo‘liBUYUK IPAK YO‘LNING VUJUDGA KELISHI VA TARMOQLARI
XVI asrga qadar Sharq va G‘arb o‘rtasidagi madaniy aloqalar va savdo munosabatlari taraqqiyotida qadimgi dunyoda mashhur bo‘lgan Buyuk ipak yo‘li muhim o‘rin tutgan edi. Bu yo‘l mil. avv. II asrda vujudga kelgan. Bu yo‘lga “Ipak yo‘li” degan nom 1877-yilda nemis geografi F. Rixtgofen tomonidan berilgan. Buyuk ipak yo‘li shakllanishidan oldin O‘rta Osiyo va Qadimgi Sharq hududida savdo va madaniy ayirboshlash uchun foydalanilgan turli qadimiy yo‘llar mavjud bo‘lgan. Ipak yo‘li savdo va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
Buyuk ipak yo‘lining uzunligi 12 ming kilometrni tashkil etgan. U Sariq dengiz qirg‘og‘idan boshlanib, O‘rta Yer dengizi sohillarigacha borgan. Bu yo‘lda qadimiy shaharlar joylashgan.
42-§. Buyuk ipak yo‘liBUYUK IPAK YO‘LNING VUJUDGA KELISHI VA TARMOQLARI
Sug‘diyonadan Xitoyga junli matolar, gilamlar, zeb-ziynat buyumlari va qimmatbaho toshlar; Baqtriyadan tuyalar, Farg‘onadan zotli otlar, Badaxshondan lojuvard olib borilgan; Hindistondan O‘rta Osiyo viloyatlariga paxtadan tayyorlangan matolar va chigit ortilgan karvonlar kelgan; Xitoydan guruch
Buyuk ipak yo‘li keltirilgan; O‘rta Osiyodan Xitoyga uzum, yong‘oq, anor va boshqa dehqonchilik mahsulotlari yetkazilgan. BUYUK IPAK YO‘LI CHJAN SZYAN TAVSIFIDA Xitoy imperatori U-Di Xitoyning shimoliy qismini vayron qilgan ko‘chmanchi hun qabilalariga qarshi kurashda ittifoqchi va hamkorlar topish uchun elchi Chjan Szyanni yuboradi. Elchi hunlar qo‘liga asir tushadi va o‘n yilcha hibsda yotadi. U asirlikdan qochib, Markaziy Tyanshan dovonlari orqali Issiqko‘lga chiqadi. Norin daryosi bo‘ylab Farg‘ona vodiysiga keladi. Bu yerda ko‘plab shaharlarni ko‘rib hayratga tushadi. Shu shaharlar Farg‘ona davlatiga qarashli ekanligini bilib oladi.
42-§. Buyuk ipak yo‘liBUYUK IPAK YO‘LNING VUJUDGA KELISHI VA TARMOQLARI
Chjan Szyan Oloy vodiysidan o‘tib vataniga qaytadi. Elchi Xitoy imperatoriga ko‘rgan-bilganlarini so‘zlab beradi. U Xitoyga Farg‘ona otlaridan birini va beda urug‘idan olib kelgan edi. Bu otni xitoyliklar “samoviy” deb atagan. Imperator U-Di o‘z saroyi yaqinida beda ektiradi. Keyinchalik u Xitoyning butun shimoli bo‘ylab ekiladigan bo‘ldi.
Chjan Szyan yurgan yo‘l bo‘ylab Xitoy mamlakatini Markaziy va G‘arbiy Osiyo bilan bog‘lovchi jahon ahamiyatiga ega Buyuk ipak yo‘li deb ataluvchi karvon yo‘li o‘tadigan bo‘ldi.
Buyuk ipak yo‘li mil.
Buyuk ipak yo‘li, 1877-yil F. Rixtgofen
Xitoy elchisi Chjan Szyan yurgan yo‘l asosida
42-§. Buyuk ipak yo‘liBUYUK IPAK YO‘LNING VUJUDGA KELISHI VA TARMOQLARI
O‘zaro madaniy va savdo aloqalari
Xitoy, O‘rta Osiyo, Eron,
Old Osiyo – milodiy III asrlar
Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab ketayotgan savdogar
Savdo karvoni
O‘ylab ko‘ring
BUYUK IPAK YO‘LINING AHAMIYATI Buyuk ipak yo‘lining tarixi Sharq va G‘arb xalqlari o‘rtasidagi madaniy va savdo aloqalarini yanada kengaytirishga xizmat qildi. Bu o‘zaro hamkorlik va madaniyatlar boyishi tarixi bo‘lib, tinchlik va taraqqiyot asosini tashkil etgan.
O‘rta Osiyo bu yo‘lning asosiy yo‘nalishlari kesib o‘tadigan chorrahada joylashgan. Bu yerga turli mamlakatlardan savdogarlar, hunarmandlar, olimlar va san’atkorlar kelib turgan. Ular o‘zlari uchun yuksak taraqqiy etgan mintaqani kashf etgan.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Muhim sanalar
- 1877-yilda — Bu yo‘lga “Ipak yo‘li” degan nom 1877-yilda nemis geografi F. Rixtgofen tomonidan berilgan.
- 1877-yil — Buyuk ipak yo‘li, 1877-yil F. Rixtgofen
- XVI asrga — XVI asrga qadar Sharq va G‘arb o‘rtasidagi madaniy aloqalar va savdo munosabatlari taraqqiyotida qadimgi dunyoda mashhur bo‘lgan Buyuk ipak yo‘li muhim o‘rin tutgan edi.
- mil. avv. II asrda — Bu yo‘l mil. avv. II asrda vujudga kelgan.
- III asrlar — Old Osiyo – milodiy III asrlar
Bilimingizni sinang
Buyuk ipak yo‘lining uzunligi qancha kilometrni tashkil etgan?
- 15 ming kilometr
- 8 ming kilometr
- 12 ming kilometr
- 10 ming kilometr
To‘g‘ri javob: 12 ming kilometr. Buyuk ipak yo‘lining uzunligi 12 ming kilometrni tashkil etgan.
Buyuk ipak yo‘li qaysi asrda vujudga kelgan?
- Mil. avv. III asrda
- Mil. avv. II asrda
- Mil. avv. I asrda
- Milodiy I asrda
To‘g‘ri javob: Mil. avv. II asrda. Buyuk ipak yo‘li mil. avv. II asrda vujudga kelgan.
Sharq va G‘arbni bog‘lagan karvon yo‘llariga 1877-yilda “Ipak yo‘li” nomini kim bergan?
- Xitoy elchisi Chjan Szyan
- Imperator U-Di
- Yunon tarixchisi Gerodot
- Nemis geografi F. Rixtgofen
To‘g‘ri javob: Nemis geografi F. Rixtgofen. “Ipak yo‘li” nomini 1877-yilda nemis geografi F. Rixtgofen bergan.
Buyuk ipak yo‘lining uzunligi qancha bo‘lgan?
- 6 ming kilometr
- 9 ming kilometr
- 12 ming kilometr
- 20 ming kilometr
To‘g‘ri javob: 12 ming kilometr. Matnga ko‘ra yo‘lning uzunligi 12 ming kilometrni tashkil etgan.
Buyuk ipak yo‘li qaysi dengiz qirg‘og‘idan boshlanib, qaysi dengiz sohillarigacha borgan?
- Sariq dengizdan O‘rta Yer dengizigacha
- Kaspiy dengizidan Qora dengizgacha
- Orol dengizidan Qizil dengizgacha
- Arabiston dengizidan Boltiq dengizigacha
To‘g‘ri javob: Sariq dengizdan O‘rta Yer dengizigacha. Yo‘l Sariq dengiz qirg‘og‘idan boshlanib, O‘rta Yer dengizi sohillarigacha borgan.
Hunlarga qarshi kurashda ittifoqchilar topish uchun elchi Chjan Szyanni yuborgan Xitoy imperatori kim?
- Chin Shixuandi
- Syao-Di
- Syuan-Di
- U-Di
To‘g‘ri javob: U-Di. Xitoy imperatori U-Di ko‘chmanchi hunlarga qarshi ittifoqchilar topish uchun Chjan Szyanni elchi qilib yuborgan.
Xitoy imperatori U-Di elchi Chjan Szyanni nima maqsadda yuborgan?
- Hindistonda paxta urug‘ini topib, Xitoyga olib kelish uchun
- Hunlarga qarshi kurashda ittifoqchi va hamkorlar topish uchun
- Farg‘ona otlarini sotib olib, xazinaga keltirish uchun
- Yangi savdo shaharlariga asos solish va ipak sotish uchun
To‘g‘ri javob: Hunlarga qarshi kurashda ittifoqchi va hamkorlar topish uchun. U-Di hun qabilalariga qarshi kurashda ittifoqchi topish uchun elchi yuborgan.
Chjan Szyan Issiqko‘ldan Norin daryosi bo‘ylab qaysi vodiyga kelgan?
- Zarafshon vodiysiga
- Surxon vodiysiga
- Farg‘ona vodiysiga
- Oloy vodiysiga
To‘g‘ri javob: Farg‘ona vodiysiga. Elchi Norin daryosi bo‘ylab Farg‘ona vodiysiga kelgan va u yerdagi shaharlarni ko‘rib hayratga tushgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash