Qadimgi Italiya va uning aholisi
Qadimgi Rim
43-§. Qadimgi Italiya va uning aholisi
TABIIY SHAROITI VA QADIMGI AHOLISI Iqlimi iliq Apennin yarimorolini to‘liq egallagan Italiya zaminida qurg‘oqchilik ham, qattiq sovuq ham bo‘lmasdi. Yegulik mahsulotlari mo‘l-ko‘lligi va tuproq unumdorligi tufayli ko‘p asrlar davomida qadimgi Italiya aholisining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik va chorvachilik bo‘lgan. Qadim zamonlardan boshlab Apennin yarimorolida turli qabilalar yashab kelgan.
“Italiya” so‘zi “buzoqchalar mamlakati” ma’nosini bildiradi. Italiya sohillarida koloniyalarga asos solgan yunonlar bu mamlakatda sigirlarni o‘tlatish uchun ajoyib o‘tloqlarni topganlar.
Apennin yarimorolidagi eng katta daryo Po daryosidir. Yarimorolning qabilalari italiklar deb nomlangan. Italiyaning shimoli-g‘arbiy qismida etrusklar yashagan. Ularning asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bo‘lgan.
43-§. Qadimgi Italiya va uning aholisi
Mil. avv. VIII asrda etrusklar Italiyada 12 ta shahar-davlat tuzishadi. Etrusklar Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun yunon koloniyalari bilan kurash boshlashadi. Afrikaning shimoliy sohilida joylashgan Finikiya koloniyasi – Karfagen shahar-davlati ham ularga qo‘shiladi. Dastlab karfagenliklar va etrusklar g‘alaba qozonishadi, ammo ko‘p o‘tmay yunon qo‘shini ularni quruqlik va dengizda tor-mor qiladi.
Qadimgi italiklarning manzilgohlari va mehnat jarayoni manzarasi
RIMGA ASOS SOLINISHI Rim shahri Tibr daryosi bo‘yidagi dehqonchilik manzilgohlaridan boshlangan. Tibr bo‘ylab joylashgan kichik manzilgohlar birlashib, katta shaharga aylanadi. Rimning yettita tepalikda joylashishi harbiy nuqtayi nazardan juda ham qulay bo‘lgan. Daryo va botqoqlik aholini qo‘shni qabilalar hujumlaridan himoya qilar edi.
43-§. Qadimgi Italiya va uning aholisi
Adriatika dengizi
Korsika o.
Apennin y.o.
Sardiniya o.
Rivoyatga qaraganda, Rim shahriga mil. avv. 753-yilda aka-uka Romul va Rem asos solgan. Dunyoga kelganlaridan so‘ng chaqaloqlarni savatga solib, Tibr daryosi bo‘yiga tashlab ketadilar. Daryo bo‘yida ularni ona bo‘ri topib olib, emizadi va boqadi. Keyin aka-ukalarni bir cho‘pon topib olib tarbiyalaydi. Voyaga yetganlarida esa ular Tibr bo‘yida shahar barpo etishga ahd qilishadi.
O‘rta Yer dengizi
Sirakuza Sitsiliya o.
Qadimgi Italiya
Bugungi kunda, afsonada aytilganidek, egizaklarni emizgan ona bo‘ri Rimning timsoli hisoblanadi.
Rim katta shaharga aylanadi. Kapitoliy tepaligida dushmanlardan himoyalanish uchun qal’a bunyod etiladi.
43-§. Qadimgi Italiya va uning aholisi
Rem va Romulni topib olgan ona bo‘ri tasviri
Tarkviniyning shahardan quvg‘in qilinishi
Qadimgi Rim
“Buzoqchalar mamlakati”, italiklar, etrusklar
Mil. avv. 753-yilda Rimga asos solinishi, Romul va
Mil. avv. 509-yil Rim respublikasi
QADIMGI RIMDA BOSHQARUV Ilgari rimliklar o‘z hukmdorlarini saylashardi. Hukmdorlar ham harbiy boshliq, ham sudya, ham kohin bo‘lishgan. Mag‘rur Tarkviniy laqabli kishi mamlakatga saylab qo‘yilgan hukmdorni o‘ldirib, hokimiyatni egallab oldi. Bundan darg‘azab bo‘lgan aholi qo‘zg‘olon ko‘tarib, Tarkviniyni shahardan haydab yubordi. Shahar ahli butun hokimiyat bir kishi qo‘lida jamlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan boshqaruv shakliga o‘tishga qaror qiladi. Mil. avv. 509-yilda podsho hokimiyatining ag‘darilishi Rim respublikasi asosini yaratdi.
Qadimgi Rim
Etrusklar qalqoni
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Muhim sanalar
- 509-yil — Mil. avv. 509-yil Rim respublikasi
- 509-yilda — Shahar ahli butun hokimiyat bir kishi qo‘lida jamlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan boshqaruv shakliga o‘tishga qaror qiladi. Mil. avv. 509-yilda podsho hokimiyatining ag‘darilishi Rim respublikasi asosini yaratdi.
- mil. avv. 753-yilda — Rivoyatga qaraganda, Rim shahriga mil. avv. 753-yilda aka-uka Romul va Rem asos solgan.
- 753-yilda — Mil. avv. 753-yilda Rimga asos solinishi, Romul va
- VIII asrda — Mil. avv. VIII asrda etrusklar Italiyada 12 ta shahar-davlat tuzishadi.
Bilimingizni sinang
Iqlimi iliq bo‘lib, Italiya zaminini to‘liq egallagan yarimorol qanday nomlanadi?
- Balkan yarimoroli
- Pireney yarimoroli
- Apennin yarimoroli
- Iberiya yarimoroli
To‘g‘ri javob: Apennin yarimoroli. Italiya zamini iqlimi iliq Apennin yarimorolini to‘liq egallagan.
Apennin yarimorolida yashagan qabilalar umumiy nom bilan qanday atalgan?
- Italiklar
- Etrusklar
- Ligurlar
- Iberlar
To‘g‘ri javob: Italiklar. Yarimorol qabilalari italiklar deb nomlangan.
Qadimgi Italiyaning shimoli-g‘arbiy qismida qaysi xalq yashagan?
- Yunonlar
- Finikiyaliklar
- Keltlar
- Etrusklar
To‘g‘ri javob: Etrusklar. Italiyaning shimoli-g‘arbiy qismida etrusklar yashagan va ularning asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bo‘lgan.
“Italiya” so‘zi qanday ma’noni bildiradi?
- “ulug‘ quyosh o‘lkasi”
- “ulug‘ tog‘lar mamlakati”
- “buzoqchalar mamlakati”
- “dengiz sohilidagi yurt”
To‘g‘ri javob: “buzoqchalar mamlakati”. “Italiya” so‘zi “buzoqchalar mamlakati” degan ma’noni anglatadi.
Apennin yarimorolidagi eng katta daryo qaysi?
- Po daryosi
- Tibr daryosi
- Nil daryosi
- Dunay daryosi
To‘g‘ri javob: Po daryosi. Apennin yarimorolidagi eng katta daryo Po daryosidir.
Etrusklar Italiyaning qaysi qismida yashagan?
- janubiy qismida
- sharqiy sohilida
- markaziy tog‘li qismida
- shimoli-g‘arbiy qismida
To‘g‘ri javob: shimoli-g‘arbiy qismida. Italiyaning shimoli-g‘arbiy qismida etrusklar yashagan.
Qadimgi Italiya aholisi ko‘p asrlar davomida asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanishiga qaysi sharoit imkon bergan?
- Yarimorolda hunarmandchilik uchun zarur metall konlarining ko‘pligi
- Iliq iqlim, yegulik mahsulotlarining mo‘l-ko‘lligi va tuproqning unumdorligi
- Qurg‘oqchilik va qattiq sovuq tufayli sug‘orma dehqonchilikning rivojlanganligi
- Yunon koloniyalari bilan erkin savdoning yo‘lga qo‘yilganligi
To‘g‘ri javob: Iliq iqlim, yegulik mahsulotlarining mo‘l-ko‘lligi va tuproqning unumdorligi. Italiya zaminida qurg‘oqchilik ham, qattiq sovuq ham bo‘lmagan, yegulik mo‘l va tuproq unumdor bo‘lgani uchun dehqonchilik va chorvachilik rivojlangan.
Etrusklar Italiyada 12 ta shahar-davlat tuzgan asr qaysi?
- Mil. avv. VI asr
- Mil. avv. VIII asr
- Mil. avv. IV asr
- Mil. avv. X asr
To‘g‘ri javob: Mil. avv. VIII asr. Etrusklar mil. avv. VIII asrda Italiyada 12 ta shahar-davlat tuzishgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash