Rim respublikasi
Qadimgi Rim
44-§. Rim respublikasi
Qadimgi Rim markazi. Tiklangan
RESPUBLIKANI BOSHQARISH Rim hukmdorlari muhim masalalarni muhokama qilish uchun Xalq majlisini chaqirganlar. Xalq majlisi urush e’lon qilar, sulh tuzar, qonunlarni tasdiqlar va bekor qilar, barcha muhim mansabdor shaxslarni tayinlar edi. Bu majlisning qarorini Senat tasdiqlagan. Lotinchadan tarjima qilinganda “senat” so‘zi “oqsoqollar kengashi” degan ma’noni anglatadi. Rimning tub aholisi patritsiylar, Rimga ko‘chib kelgan odamlar va ularning avlodlari plebeylar deb atalgan. Rim boshqaruvida faqat patritsiylar ishtirok eta olar edi.
Mil. avv. VI asr oxiridan Rim davlati respublika deb yuritila boshlangan. Lotinchadan tarjima qilganda “respublika” so‘zi “xalq ishi, umumiy ish” degan ma’nolarni anglatadi (res – “ish”, publika – “xalq”). Xalq majlisi patritsiylar-
FUQAROLAR EMAS FUQAROLAR
Qadimgi Rimda ijtimoiy tabaqalar dan ikki kishini bir yil muddatga hokim qilib saylagan. Ular konsullar deb atalgan.
Badavlat odamlar turli yo‘llar bilan saylovchilarni o‘z tarafiga og‘dirishga harakat qilgan: bepul tushlik uyushtirishgan, sovg‘a-salom tarqatishgan va shunga o‘xshash ishlarni amalga oshirishgan.
Saylov kuni konsullikka o‘z nomzodini qo‘ygan badavlat quldorlar “kandida” deb ataluvchi oq harir libos kiyib olishgan. Hozirgi “kandidat”, ya’ni qandaydir lavozimni egallashga harakat qiluvchi nomzod shaxs ma’nosini beruvchi so‘z ham “kandida”dan kelib chiqqan. Oq rang nomzodning vijdoni ham uning libosidek beg‘ubor va pokiza ekanligini bildirgan.
FUQAROLAR EMAS FUQAROLAR
Qadimgi Rimda
Senat majlisi
O‘ylab ko‘ring
Rim respublikasi boshqaruvi
Konsul
Saylov jarayoni
Liktorlar konsulni kuzatib bormoqda
Senat mamlakatda katta hokimiyatga ega bo‘lgan. Birorta ham qonun Senatda muhokama etilmasdan turib, Xalq majlisi tomonidan qabul qilinmas edi. Asosiy mansabdor shaxslar – konsullar esa bevosita davlatni boshqarar edilar. Qadimda eng tajribali va hurmatli kishilar Senatda o‘rin egallagan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan konsullar hech bir saylovsiz Senatda o‘rin egallab oladigan va uning umrbod a’zosiga – senatorga aylanadigan mavqega erishdilar.
Urush boshlangan taqdirda yoki xalq qo‘zg‘oloni ro‘y berganda diktator va uning o‘rinbosari otliq qo‘shinlar boshlig‘i etib tayinlanar edi. Diktator cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan. Ammo u hokimiyatda olti oydan ko‘p tura olmas edi.
Konsul
Har bir konsulni 12 kishidan iborat faxriy qorovul – liktorlar qo‘riqlab yurar edi. Konsul jinoyatchilarni jazolash imkoniyatiga egaligi alomati sifatida liktorlar yelkalariga xivich bog‘lama taqib yurishardi. Bu bog‘lamaning o‘rtasida boltacha bo‘lar edi.
Konsullar ikki nafar bo‘lib, ular muhim masalalarni hal etayotganda bir-birlari bilan maslahatlashib olishi kerak bo‘lgan. Konsullar yil davomida Rim respublikasini boshqarib, rimliklarni sud qilar edi. Harbiy davrlarda esa ular qo‘shinlarga qo‘mondonlik qilgan. Har yili ular Xalq majlisiga hisobot berar edi. Rim respublikasida xalq tribuni lavozimi ham ta’sis etilgan edi. Xalq tribunlari qashshoq rimliklar manfaatlarini ifoda etgan. Ular majlislarda barcha fuqarolarning teng va yashirin ovozi bilan saylanar edi. Xalq tribuni “veto” (“taqiqlayman”) so‘zini aytishi mumkin bo‘lgan, bunday holda qonun qabul qilinmas edi.
Konsul
“12 JADVAL QONUNLARI” Qadimgi Rim qonunchiligi og‘zaki qonunlariga asoslangan edi. Sud majlislarida ishtirok etuvchi patritsiylar ko‘pincha adolatsiz qarorlar chiqarar edi. Plebeylar talabiga ko‘ra, qonunlarning yozma majmuasini yaratish uchun Senat o‘nta patritsiydan iborat hay’at tuzishga majbur bo‘lgan. Qonunlar tuzilgan bo‘lishiga qaramasdan, patritsiylar o‘z mansablaridan foydalanishda davom etgan.
O‘shanda asosan plebeylardan iborat bo‘lgan Rim qo‘shinlari isyon ko‘taradi. Ular Rim atrofidagi Muqaddas tog‘ga ketib qoladilar va o‘z qonunlariga ega bo‘lgan yangi shahar tashkil qilamiz, deb ogohlantiradilar. Shu tariqa 12 ta mis lavhaga o‘yib yozilgan qonunlar hamma ko‘rishi uchun Rimning markaziy maydoni – forumga joylashtirilib, qabul qilingan.
Konsul
Mazkur qonunlar xususiy mulkni daxlsiz deb e’lon qildi, ammo ular asosan plebeylar va patritsiylar tengsizligini qonunlashtirgan. Faqat mil. avv. III asr boshlariga kelib Rimning barcha fuqarolari mavqeyidan qat’i nazar qonun oldida teng deb hisoblanadigan qonunlar qabul qilingan.
Qonunbuzarni jazolash
Rim fuqarolari
“12 jadval qonunlari”ni o‘rganishmoqda
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Muhim sanalar
- VI asr — Mil. avv. VI asr oxiridan Rim davlati respublika deb yuritila boshlangan.
- mil. avv. III asr — Faqat mil. avv. III asr boshlariga kelib Rimning barcha fuqarolari mavqeyidan qat’i nazar qonun oldida teng deb hisoblanadigan qonunlar qabul qilingan.
Bilimingizni sinang
Qadimgi Rim hukmdorlari muhim masalalarni muhokama qilish uchun qaysi organni chaqirganlar?
- Xalq majlisi
- Senat
- Liktorlar hay’ati
- Konsullar kengashi
To‘g‘ri javob: Xalq majlisi. Rim hukmdorlari muhim masalalarni muhokama qilish uchun Xalq majlisini chaqirgan; uning qarorini Senat tasdiqlagan.
Qadimgi Rimda Xalq majlisining qarorini qaysi organ tasdiqlagan?
- Xalq tribunlari
- Konsullar
- Pontifiklar hay’ati
- Senat
To‘g‘ri javob: Senat. Xalq majlisining qarorini Senat tasdiqlagan.
Lotinchadan tarjima qilinganda “oqsoqollar kengashi” ma’nosini anglatuvchi, Rimdagi organ nomi qaysi so‘z?
- Forum
- Senat
- Konsul
- Veto
To‘g‘ri javob: Senat. Lotinchadan tarjima qilinganda “senat” so‘zi “oqsoqollar kengashi” degan ma’noni anglatadi.
Qadimgi Rimning tub aholisi qanday atalgan?
- Patritsiylar
- Kolonlar
- Liktorlar
- Plebeylar
To‘g‘ri javob: Patritsiylar. Rimning tub aholisi patritsiylar deb atalgan, Rim boshqaruvida faqat ular ishtirok eta olgan.
Qadimgi Rimga ko‘chib kelgan odamlar va ularning avlodlari qanday atalgan?
- Kolonlar
- Plebeylar
- Patritsiylar
- Senatorlar
To‘g‘ri javob: Plebeylar. Rimga ko‘chib kelgan odamlar va ularning avlodlari plebeylar deb atalgan.
Rim davlati respublika deb yuritila boshlangan davr qaysi?
- Mil. avv. II asr oxiri
- Mil. avv. IV asr oxiri
- Mil. avv. VIII asr oxiri
- Mil. avv. VI asr oxiri
To‘g‘ri javob: Mil. avv. VI asr oxiri. Rim davlati mil. avv. VI asr oxiridan respublika deb yuritila boshlangan.
Mil. avv. VI asr oxiridan Rim davlati qanday atala boshlangan?
- Respublika
- Imperiya
- Tiraniya
- Monarxiya
To‘g‘ri javob: Respublika. Mil. avv. VI asr oxiridan Rim davlati respublika deb yuritila boshlangan.
Lotinchadan tarjima qilinganda “respublika” so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
- Xalq ishi, umumiy ish
- Boylar davlati
- Oqsoqollar kengashi
- Hukmdor hokimiyati
To‘g‘ri javob: Xalq ishi, umumiy ish. Lotincha “respublika” so‘zi “xalq ishi, umumiy ish” degan ma’noni bildiradi (res – ish, publika – xalq).
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash