Rim respublikasida hayot
Qadimgi Rim
45-§. Rim respublikasida hayot
SHAHARLARDAGI HAYOT Davlatning hududi kengayib borgani sayin shaharlar ham ko‘paydi. Rim shaharlari oldindan puxta ishlangan reja asosida barpo etilgan. Shaharlarda ko‘plab chiroyli jamoat va turarjoy binolari, ibodatxonalar, hammomlar, savdo rastalari va dorixonalar bo‘lgan.
Qadimgi devorga
Ko‘pchilik odamlar 2-3 qavatli binolarda istiqomat qilgan. Badavlat odamlar esa o‘zlariga koshona qurib olar edilar. Bunday uylarda markaziy isitish tizimi bo‘lgan: pollar isitilar, quvurlar orqali uylarga suv oqib kelar edi. Uy mozaikalar – shisha yoki tosh parchalaridan ishlangan suratlar bilan bezatilgan. Shohona uy-joylar – villalar devorlarini freskalar – xom suvoqqa ishlangan rasmlar bezatib turgan. Har bir shahar markazidagi forumda bozor maydoni, xalq yig‘ilishlari uchun joy va markaziy ibodatxona bo‘lgan. Suv shaharga bir necha qavatli ko‘prikka o‘xshab ketuvchi akveduk orqali oqib kelgan.
45-§. Rim respublikasida hayot
ishlangan tasvir.
Rim bozorlarida katta tovar bo‘lmish qullarga talab ko‘p edi. Har bir shaharning qullar savdoga chiqariladigan bozorlari bo‘lgan.
Odamlar kiyib yuradigan liboslar ularning jamiyatdagi mavqeyini bildirgan. Masalan, o‘g‘il bolalar 14 yoshga to‘lgunga qadar pushti yo‘lli toga kiyishgan. 14 yoshga Qadimgi Rim ko‘chasi kirganlarida ular voyaga yetgan shaxs hisoblanar va oppoq toga kiya boshlar edi. Xuddi shunday harir togani senatorlar ham kiyishgan. Rimlik ayollar turli rangdagi ko‘ylaklar kiyib, bosh va yelkalariga ro‘mol tashlab yurganlar. QADIMGI RIMLIKLARNING E’TIQODLARI Kundalik hayotda rimliklar o‘z ma’budlariga madad va homiylik istab murojaat etishardi. Ular uchun ulug‘vor ibodatxonalar barpo etilgan. Rimliklar dini yunonlar diniy etiqodlarini esga soladi. Muhim ishni boshlashdan oldin rimliklar bu ishda madad berishi uchun ma’budlarga qurbonliklar bag‘ishlar edi.
45-§. Rim respublikasida hayot
Turfa ma’budlar hayotning turli jihatlarini boshqarar edi. Masalan, rimliklar jangda mag‘lubiyatga uchragudek bo‘lishsa, demak, qaysidir ish bilan urush ma’budi Marsning jahlini chiqardik, degan xayolga borishgan.
Rimliklar bosh ma’budi, osmon, momaqaldiroq va yashin podshosi Yupiter Rim davlatining homiysi hisoblangan. Rimliklar dengiz, ov, savdo-sotiq, olov va temirchilik, bahor va sevgi, adolat va taqdir ma’budlarga e’tiqod qilishgan.
Yupiter – momaqaldiroq va yashin ma’budi
Neptun – dengiz ma’budi
Mars – urush ma’budi
Vesta – xonadon uchog‘i homiysi
Diana – ov ma’budasi ma’budi
Vulqon – olov va temirchilik
Rimliklarning ma’budlari
Merkuriy – savdo-sotiq ma’budi
Qadimgi rimliklarning ma’budlari
Vesta
Buyuk pontifik
O‘ylab ko‘ring
DINIY MAROSIMLAR Diniy marosimlar qat’iy belgilangan qoidalar bo‘yicha o‘tkazilgan. Marosimlar o‘tkazilishi ustidan kohinlar – pontifiklar – Rim ruhoniylari nazorat qilishgan. Ular bayramlar taqvimi, marosimlar, tantanalar tartibini tuzishardi. 5 nafardan 15 nafargacha ruhoniylar jamlangan pontifiklar hay’atiga buyuk pontifik rahbarlik qilgan. Buyuk pontifik ma’budlar bilan maslahatlashib, xulosa beradi deb hisoblashgan.
Rimliklar barcha muhim ishlarni bashorat qilishdan boshlashgan. Bashorat qilish kohin – avgurlar yordamida amalga oshirilgan. Avgurlar qushlar parvoziga, momaqaldiroq, chaqmoq, muqaddas qushlarga sepilgan donlar, aks-sadoga va hokazolarga qarab bashorat qilar, alomatlar ko‘ngildagidek bo‘lmasa, ishlar ma’lum muddatga kechiktirilar edi.
O‘ylab ko‘ring
Xonadon o‘chog‘i homisi Vesta ibodatxonasida muqaddas olov saqlangan. Olov yonib turar ekan, hayot mavjud deb hisoblashgan.
Urush ma’budiga bag‘ishlangan marosim
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Bilimingizni sinang
Rim uylarini bezagan, shisha yoki tosh parchalaridan ishlangan suratlar nima deb ataladi?
- Freskalar
- Barelyeflar
- Mozaikalar
- Vitrajlar
To‘g‘ri javob: Mozaikalar. Rim uylari shisha yoki tosh parchalaridan ishlangan suratlar – mozaikalar bilan bezatilgan.
Rimdagi shohona uy-joylar – villalar devorlarini bezatgan, xom suvoqqa ishlangan rasmlar nima deb ataladi?
- Mozaikalar
- Gobelenlar
- Miniatyuralar
- Freskalar
To‘g‘ri javob: Freskalar. Villalar devorlarini freskalar – xom suvoqqa ishlangan rasmlar bezatib turgan.
Qadimgi Rim shaharlari markazida bozor maydoni, xalq yig‘ilishlari uchun joy va markaziy ibodatxona joylashgan maydon nima deb atalgan?
- Akveduk
- Forum
- Amfiteatr
- Kapitoliy
To‘g‘ri javob: Forum. Har bir shahar markazidagi forumda bozor maydoni, xalq yig‘ilishlari uchun joy va markaziy ibodatxona bo‘lgan.
Qadimgi Rim shaharlariga suv oqib keladigan, bir necha qavatli ko‘prikka o‘xshash inshoot nima deb atalgan?
- Forum
- Hammom
- Akveduk
- Amfiteatr
To‘g‘ri javob: Akveduk. Suv shaharga bir necha qavatli ko‘prikka o‘xshab ketuvchi akveduk orqali oqib kelgan.
Rim shahariga suv qanday inshoot orqali oqib kelgan?
- Akveduk
- Forum
- Villa
- Hammom
To‘g‘ri javob: Akveduk. Suv shaharga bir necha qavatli ko‘prikka o‘xshash akveduk orqali keltirilgan.
Rim uylarini bezatgan, shisha yoki tosh parchalaridan ishlangan suratlar nima deb atalgan?
- Freska
- Akveduk
- Forum
- Mozaika
To‘g‘ri javob: Mozaika. Shisha yoki tosh parchalaridan ishlangan suratlar mozaika deyilgan.
Shohona uy-joylar – villalar devorlarini bezatgan, xom suvoqqa ishlangan rasmlar nima deb atalgan?
- Mozaika
- Freska
- Toga
- Akveduk
To‘g‘ri javob: Freska. Villa devorlarini xom suvoqqa ishlangan rasmlar – freskalar bezatgan.
Rim shaharlarini suv bilan ta’minlash tizimi qanday ishlagan?
- Suv shaharga ko‘prikka o‘xshab ketuvchi akveduk orqali oqib kelgan
- Suv har bir uyga dengizdan karvonlarda tashib keltirilgan
- Suv forumdagi ibodatxona qudug‘idan olinib, qullar orqali tarqatilgan
- Suv faqat yomg‘ir suvlarini yig‘ish orqali ta’minlangan
To‘g‘ri javob: Suv shaharga ko‘prikka o‘xshab ketuvchi akveduk orqali oqib kelgan. Matnga ko‘ra, suv shaharga bir necha qavatli ko‘prikka o‘xshash akveduk orqali oqib kelgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash