Qullar va gladiatorlar
Qadimgi Rim
46-§. Qullar va gladiatorlar
RIMDA QULDORLIK Rimdagi singari shuncha ulkan miqdordagi qullar Qadimgi Misrda ham, Qadimgi Yunonistonda ham mavjud bo‘lmagan. Zafarli yurishlar natijasida Rimda qullar soni nihoyatda ko‘payib ketadi. Misrda ham, Yunonistonda ham qullarning soni Rimdagichalik ko‘p emasdi.
Erkin rimliklar tasavvuricha, qul butunlay quldorning ixtiyorida bo‘lgan bir buyumdek edi. Qullarning qadri bo‘lmagan, negaki ular judayam arzon turardi.
Rim davlatidagi qullarda mehnatdan manfaatdorlik hissi mutlaqo bo‘lmagan. Ularga haq to‘lanmas edi. Shuning uchun qullar mumkin qadar kamroq va yomonroq ishlardilar. Bora-bora qullar mehnatining unumdorligi kamayib ketgan.
46-§. Qullar va gladiatorlar
Qullar mehnati quldorlar uchun foydali emasligi ma’lum bo‘ladi. Ko‘plab quldorlar qullarni yer ijarachi-
Mehnatdan manfaatdorlik
“Kulbali qullar”
Kichik yerlar ijarachilari
Oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘zlarini ta’minlagan
Qullar bozori
Qullar yo‘l qurilishida lariga aylantira boshlashadi. Qullar qo‘zg‘olonidan qo‘rqqan, hosildorlikni oshirishga intilgan zamindorlar o‘z yerlarini kichik-kichik mulklarga bo‘lib, erkin kambag‘allarga ijaraga bera boshladilar. Ana shu yerlarda ijarachilar dehqonchilik bilan shug‘ullandilar. Ular yerga qancha yaxshi ishlov bersalar, hosilning shuncha ko‘p ulushi o‘zlariga nasib etardi.
Mayda yer ijarachilari kolonlar deb atalgan. Yerdan foydalanganlik uchun ular yer egasiga o‘zlari yetishtirgan mahsulotlar bilan to‘lov berishardi.
Mehnatdan manfaatdorlik
Bora-bora mutlaq qaram qullarning soni kamaydi. Ayrim yer egalari qullarga kichik yerlarni mustaqil yuritishiga ruxsat berardi. Ularning o‘z mehnat qurollari, urug‘ligi bor edi, oilasi bilan birga yashardi. Bunday qullar “kulbali qullar”, ya’ni uy-joyli qullar deb nomlangan. Ular ham yerdan foydalanganlik uchun haq to‘lashardi, ammo o‘zlarining taqdiri xo‘jayinlarning qo‘lida bo‘lgan.
Qullar va kolonlar Rim davlatining eng mazlum aholisi bo‘lib qolavergan va ular birgalikda quldorlarga qarshi kurash boshlagan.
Qullar mehnati
GLADIATORLAR JANGLARI Rimliklarning sevimli tomoshalaridan biri gladiatorlar jangi bo‘lgan. Aksariyat gladiatorlar qullar yoki jinoyatchilar bo‘lishgan. Ularga maxsus yopiq maktablarda ta’lim berishar, so‘ngra bir-birlari bilan olishishga, tomoshabinlar ko‘nglini xushlashga majbur qilishar edi.
Mehnatdan manfaatdorlik
Har bir gladiatorning hayot-mamoti tomoshabinlar xohish-istagiga bog‘liq bo‘lgan. Jang so‘ngida tomoshabinlar yengilgan gladiatorning tirik qolishqolmasligini hal qilishardi. Agar tomoshabinlarning ko‘pchiligi o‘ng qo‘lining bosh barmog‘ini yuqoriga ko‘tarsa, yengilgan gladiator tirik qolgan, aksincha, pastga qaratishsa, u tomoshabinlar ko‘z o‘ngida o‘ldirilgan. Janglar ulkan tosh stadionlar – amfiteatrlarda bo‘lib o‘tardi. 50 ming tomoshabin sig‘adigan Kolizey eng katta amfiteatr bo‘lgan.
Ba’zida gladiatorlar katta-katta guruhlarga bo‘linib jang qilishgan, shunda sahna jang maydoniga o‘xshab qolar edi: o‘ldirilgan, yaralangan va jon berayotgan gladiatorlar hamma yoqda ag‘anab yotardi. Yanada qiziqarliroq bo‘lishi uchun gladiatorlar janglari kuchi teng raqiblar o‘rtasida o‘tkazilgan. Birida faqat qilich va qalqon bo‘lsa, boshqasida to‘r va changak (uch ayrili nayza) bo‘lgan.
Mehnatdan manfaatdorlik
To‘r va changak bilan qurollangan gladiator o‘zini hech narsa bilan himoya qila olmasa ham, u raqibini to‘r bilan o‘rab tashlashi va changak bilan o‘ldirishi mumkin edi. Gladiatorlar yovvoyi arslonlar, qoplonlar, darg‘azab ho‘kizlar bilan ham janglar o‘tkazgan.
Gladiatorlar jangi
Frakiyalik qul – Spartak,
Mil. avv.
74-yil
Mil. avv.
Vezuviy tog‘i
SPARTAK QO‘ZG‘OLONI Mil. avv. 74-yilda boshlangan Spartak boshchiligidagi qullar qo‘zg‘oloni qadimgi dunyoda eng ommaviy va uyushgan qo‘zg‘olonlardan biri bo‘lgan.
Rim armiyasida xizmat qilishdan bosh tortganligi uchun Kapuya shahridagi gladiatorlik maktabiga sotib yuborilgan frakiyalik qul – Spartak qullarni qo‘zg‘olon ko‘tarishga undaydi. Ammo kimdir bu haqda rimliklarga xabar yetkazadi. Shunda Spartak va uning 200 ga yaqin tarafdorlari qorovullarga hujum qiladilar va gladiatorlar maktabidan qochib ketadilar. Shaharda yashirinish imkoniyati bo‘lmagani sababli ular Vezuviy tog‘idagi qoyaga chiqib oladilar. Asta-sekin boshqa qullar ham ularga kelib qo‘shila boshladi va qo‘zg‘olon ko‘targanlar safi kengaya bordi.
Vezuviy tog‘i
Qo‘zg‘olon ko‘targan qullarni tor-mor etishga jo‘natilgan uch ming kishilik qo‘shin Vezuviy tog‘i yaqinida harbiy lager tikladi.
Qamal boshlandi. Spartak kutilmagan va dadil rejani amalga oshirdi. Qullar uzum novdalaridan narvon to‘qib, ko‘rinmaydigan tarafdan cho‘qqidan pastga tushib oldilar. Rimliklar guruhining orqasidan zarba bergan Spartak ularni tor-mor etdi.
Spartakka qarshi tajribali sarkarda Mark Krass boshchiligida ko‘p ming sonli qo‘shin jo‘natildi. Mil. avv. 71-yilning bahorida ro‘y bergan hal qiluvchi jangda Spartak lashkari tor-mor etildi, uning o‘zi esa ana shu jangda halok bo‘ldi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Bilimingizni sinang
Rimda qullar soni nima natijasida nihoyatda ko‘payib ketgan?
- Zafarli yurishlar natijasida
- Savdo-sotiq rivojlanishi natijasida
- Aholining tabiiy o‘sishi natijasida
- Kolonlarning qulga aylanishi natijasida
To‘g‘ri javob: Zafarli yurishlar natijasida. Rimning zafarli yurishlari natijasida qullar soni keskin oshgan.
Rimda qullar mehnatining unumdorligi nima uchun kamayib ketgan?
- Ularga yuqori haq to‘langani uchun ishlashni xohlamagan
- Ularning soni juda kamayib, ishchi kuchi yetishmagan
- Ular mehnatdan manfaatdorlik hissiga ega bo‘lmagan
- Ular og‘ir qurol ko‘tarishga majbur bo‘lib, charchagan
To‘g‘ri javob: Ular mehnatdan manfaatdorlik hissiga ega bo‘lmagan. Qullarga haq to‘lanmagani uchun ularda mehnatdan manfaatdorlik bo‘lmagan, shu sabab kam va yomon ishlagan.
Rimda qullar mehnatining unumdorligi bora-bora nima uchun kamayib ketgan?
- Ularga haq to‘lanmagani uchun mehnatdan manfaatdorlik hissi bo‘lmagan
- Qullar mehnat qurollaridan mahrum qilingani uchun ular ishlay olmay qolgan
- Quldorlar qullarni gladiatorlikka tayyorlashga o‘tgani uchun ishchilar kamayib ketgan
- Qullar ko‘p ishlashdan bosh tortib, ommaviy ravishda qo‘shinga o‘tib ketgani uchun
To‘g‘ri javob: Ularga haq to‘lanmagani uchun mehnatdan manfaatdorlik hissi bo‘lmagan. Qullarga haq to‘lanmas edi, shuning uchun ular imkon qadar kam va yomon ishlagan.
Qadimgi Rimda mayda yer ijarachilari qanday atalgan?
- Kolonlar
- Liktorlar
- Avgurlar
- Pontifiklar
To‘g‘ri javob: Kolonlar. Mayda yer ijarachilari kolonlar deb atalgan va yer egasiga mahsulot bilan to‘lov berishgan.
Rimda mayda yer ijarachilari qanday atalgan?
- Gladiatorlar
- Kolonlar
- Kulbali qullar
- Frakiyaliklar
To‘g‘ri javob: Kolonlar. Mayda yer ijarachilari kolonlar deb atalgan.
Quyidagi hukmlardan qaysi biri to‘g‘ri?
- Kolonlar yerdan foydalanganlik uchun yer egasiga mahsulot bilan to‘lov bergan
- Kolonlar yer egasiga hech narsa to‘lamagan, hosilni to‘liq o‘zlari olgan
- Rimda qullar soni Misrdagidan kamroq bo‘lgani uchun kolonlar yer olgan
- Gladiatorlar faqat erkin fuqarolardan tanlanib, ixtiyoriy jangga chiqqan
To‘g‘ri javob: Kolonlar yerdan foydalanganlik uchun yer egasiga mahsulot bilan to‘lov bergan. Kolonlar yer uchun o‘zlari yetishtirgan mahsulotlar bilan to‘lov berishgan.
Qullar mehnati foydasiz ekani ma’lum bo‘lgach, qo‘zg‘olondan qo‘rqqan va hosildorlikni oshirishni istagan yer egalari qanday yo‘l tutdi?
- Qullarni ommaviy ozod qilib, yerlarni tashlab, Sharq viloyatlariga ko‘chib ketdi
- Yerlarini davlatga topshirib, evaziga pensiya oluvchi shahar aholisiga aylandi
- Qullar sonini oshirish uchun yangi urushlar boshlab, ularni qattiq nazorat qildi
- Yerlarni kichik mulklarga bo‘lib, erkin kambag‘allarga ijaraga bera boshladi
To‘g‘ri javob: Yerlarni kichik mulklarga bo‘lib, erkin kambag‘allarga ijaraga bera boshladi. Ijarachilar yerga qancha yaxshi ishlov bersa, hosilning shuncha ko‘pi o‘zlariga qolgani uchun mehnatdan manfaatdor bo‘lgan.
Shaxs yoki toifalarni ta’rif bilan moslang. 1) Kolonlar; 2) “Kulbali qullar”; 3) Mark Krass; 4) Spartak. a) Uy-joyli, o‘z mehnat qurollariga ega qullar; b) Hal qiluvchi jangda qo‘zg‘olonni tor-mor etgan sarkarda; c) Yerdan foydalanganlik uchun mahsulot bilan to‘lov bergan mayda yer ijarachilari; d) Kapuyadagi gladiatorlik maktabidan qochgan frakiyalik qul.
- 1-c, 2-a, 3-d, 4-b
- 1-a, 2-c, 3-b, 4-d
- 1-c, 2-a, 3-b, 4-d
- 1-c, 2-d, 3-b, 4-a
To‘g‘ri javob: 1-c, 2-a, 3-b, 4-d. Kolonlar mahsulot bilan to‘lagan, kulbali qullar uy-joyli bo‘lgan, Krass qo‘zg‘olonni bostirgan, Spartak esa qochgan frakiyalik qul edi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash