XotirAI logotipiXotirAI
📜 6-sinf · Qadimgi dunyo · 47-§

Rim respublikasining qulashi

Qadimgi Rim

47-§. Rim respublikasining qulashi

SABABLARI Qullar qo‘zg‘olonlari quldorlarni qattiq qo‘rquvga solib qo‘yadi. Quldorlar qarshisida kuchli hokimiyat bo‘lmish harbiy diktatura o‘rnatilishi zarurligi to‘g‘risidagi masala ko‘ndalang turar edi. Senatorlar va kam sonli mansabdor shaxslar ulkan davlatni risoladagidek boshqarishni ta’minlay olmas edilar.

Mil. avv. I asrda muntazam yollanma qo‘shinlarga tayanuvchi harbiy boshliqlar haqiqiy kuchga aylandilar. Yollanma askarlarni Rimning harbiy kuch-qudrati va davlatning kuchayishi emas, faqat o‘lja qiziqtirardi. Yollanma askarlar uchun kimlar bilan jang qilish yoki kimlarni talashning farqi bo‘lmagan.

Rim burguti Rim hukmdorlari ramzi hisoblangan

47-§. Rim respublikasining qulashi

Rim askarlari

Yuliy Sezar

Sezar

Yuliy Sezarning Rubikon daryosidan kechib o‘tishi

SEZAR HOKIMIYATINING QAROR TOPISHI Spartak qo‘zg‘oloni bostirilib, tor-mor etilganidan keyin Krass va Pompey hokimiyat uchun ancha vaqt kurash olib bordi, ammo Rim davlati uchun olib borilayotgan urushlardan birida Krass halok bo‘ldi. Endi Pompey uchun Sezar birdan-bir xavfli raqib bo‘lib qoldi.

Yuliy Sezar mil. avv. 49-yilda Galliyadagi zafarli urushdan keyin Rimga boruvchi yo‘ldagi Rubikon daryosidan kechib o‘tar ekan, yakkahokimlik uchun oshkora kurashni boshlab yuboradi. Sezar o‘shanda shunday degan: “Qur’a tashlandi!”

Rim aholisining qo‘llab-quvatlashi hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Pompeyning qo‘shinlari Ispaniyada edi. Sezar Rim imperatori va diktatori – cheklanmagan hokimiyatga ega hukmdoriga aylandi. Sezarning xohish-irodasi Rim uchun qonun kuchiga ega edi. U hech qanday saylovlarsiz mansabdor shaxslarni tayinladi, Senat va Xalq majlisiga hisob bermay qo‘ydi.

Sezar

Bu hol uzoq davom etmadi. Sezarning cheklanmagan hokimiyatidan norozi bo‘lgan senatorlar fitna uyushtirdilar. Ular Sezarni o‘ldirishga va Senatga avvalgi mavqeyini qaytarishga ahd qildilar. Fitnaga Sezarning yaqin do‘stlaridan bo‘lmish Brut boshchilik qildi. Senatdagi majlis paytida fitnachilar Sezarni qurshab oldilar va unga xanjarlar bilan zarba bera boshladilar. Sezar shu yerning o‘zida vafot etadi.

Mil. avv. 44-yilda Yuliy Sezar hukmronligi tugadi. Uning o‘ldirilishidan so‘ng sarkardalar o‘rtasida kurash avj oldi va bu fuqarolar urushiga olib keldi.

HOKIMIYAT UCHUN KURASHNING OQIBATLARI Brut oldin respublikani qayta tiklashga urinib ko‘radi. Biroq senatorlar avvalgi tartibotlarga qaytishni istamasdilar. Ularning ko‘pchiligi o‘z boyligini Sezar hukmronligi davrida qo‘lga kiritgan edi.

Sezar

Ayni paytda Rimda Sezarning jiyani – Oktavian Brut va uning tarafdorlariga qarshi kurash boshlaydi.

Shimoliy Yunonistonda Brut qo‘shin to‘plab, Rimga jiddiy xavf soladi. Oktavian Mark Antoniy bilan ittifoq tuzadi va respublikachilarni tor-mor etadi.

Shundan keyin Oktavian Rim davlatining G‘arbiy qismini, Antoniy esa Sharqiy qismini boshqarishni o‘z qo‘liga oladi.

Misrga kelgan Antoniy Misr malikasi Kleopatraga uylanadi. Nikoh sovg‘asi tariqasida Antoniy Kleopatraga Rimning sharqiy provinsiyalarini (viloyatlari) beradi. Bu Oktavianning noroziligiga sabab bo‘ldi.

Yunoniston qirg‘oqlarida Antoniy va Oktavian flotlari o‘rtasida jang bo‘ldi. Jang qizigan bir pallada Kleopatra va Antoniy Aleksandriya shahriga qochadi. Armiya va flot Oktavianga taslim bo‘ladi. Keyingi yili Oktavian qo‘shinlari bilan Misrga yetib keladi. Antoniy va Kleopatra o‘z-o‘zini o‘ldiradi, Misr esa Rim davlati provinsiyasiga aylanadi. Shu tariqa Oktavian butun Rim imperiyasining yakka hukmdori bo‘lib oladi.

Sezar

Mil. avv. 29-yilda Oktavian Senatdan imperator unvoni va Avgust nomini oladi. U Rim imperiyasining

Oktavian Avgust

Mil. avv.

Antoniy va Kleopatra

Jang manzarasi asoschisiga aylanib, bir qator islohotlar o‘tkazadi. Imperator keng ko‘lamda qurilish ishlari olib boradi. Uning davrida Rimda ko‘plab saroylar va ibodatxonalar bunyod etiladi.

Oktavian Avgust vafotidan so‘ng uning vorislari – Kaligula va Neron hukmronligi davrida imperiya inqirozi boshlandi. Faqat milodiy II asrning boshlarida Rimning kuch-qudrati qayta tiklandi. Bu asr Rim imperiyasining “oltin asri” degan nom olgan.

Milodiy 98-yilda Trayan Rim imperatori taxtini egalladi. Trayan zamonida Dunay daryosi bo‘ylarida yashovchi daklar bilan urushlar olib borildi. Balandligi 40 metrga teng Trayan ustuni sirtida tasvirlangan daklar bilan urush manzaralari shu voqea haqida hikoya qiladi. Ushbu davrda Suriya va Mesopotamiya hududlari Rim imperiyasi tarkibiga kirdi. Trayan Parfiya podsholigi bilan muvaffaqiyatli urush olib borgan.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

Rimdagi Trayan ustuni

Savollar: 1. Rimda respublika qulashining asosiy sababini ayting. 2. Rimda Sezar hokimiyati qaror topishi qanday ro‘y berdi? 3. Yuliy Sezardan keyin Rimda qanday o‘zgarishlar bo‘ldi? 4. Yakkahokimlik uchun kurashda nega Oktavian g‘olib chiqdi?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Muntazam yollanma qo‘shinlarga tayanuvchi harbiy boshliqlar Rimda qaysi asrda haqiqiy kuchga aylanishgan?
  1. Mil. avv. I asrda
  2. Mil. avv. II asrda
  3. Mil. avv. V asrda
  4. Mil. avv. III asrda

To‘g‘ri javob: Mil. avv. I asrda. Mil. avv. I asrda yollanma qo‘shinlarga tayangan harbiy boshliqlar haqiqiy kuchga aylangan.

Mil. avv. I asrda yollanma qo‘shinlarga tayangan harbiy boshliqlar nima uchun Rim davlati manfaatlarini ko‘zlamagan?
  1. Yollanma askarlarni davlat kuchayishi emas, faqat o‘lja qiziqtirgan
  2. Yollanma askarlar Senat buyrug‘ini doim so‘zsiz bajargan
  3. Yollanma askarlar qullar qo‘zg‘olonida qatnashishni istamagan
  4. Yollanma askarlar Rim fuqarolaridan tashkil topgan

To‘g‘ri javob: Yollanma askarlarni davlat kuchayishi emas, faqat o‘lja qiziqtirgan. Yollanma askarlarni Rim kuch-qudrati emas, faqat o‘lja qiziqtirgan, shu sabab harbiy boshliqlar haqiqiy kuchga aylangan.

Rim respublikasining qulashiga olib kelgan asosiy sabab nima edi?
  1. Qullar qo‘zg‘olonlaridan cho‘chigan quldorlarga kuchli hokimiyat – harbiy diktatura zarur bo‘lib qolgani
  2. Senatorlarning Xalq majlisi vakolatlarini kengaytirib, kuchli saylov tizimini joriy etgani va quldorlar zaiflashgani
  3. Daklar bilan olib borilgan urushlarda Rim qo‘shinlarining uzluksiz mag‘lubiyatga uchrashi va chegaralarning ochilib qolishi
  4. Yollanma qo‘shinlarning bekor qilinib, fuqarolik militsiyasi joriy etilgani va Senat vakolatlarining kuchayishi

To‘g‘ri javob: Qullar qo‘zg‘olonlaridan cho‘chigan quldorlarga kuchli hokimiyat – harbiy diktatura zarur bo‘lib qolgani. Qullar qo‘zg‘olonlari quldorlarni qo‘rquvga solgan, senatorlar esa ulkan davlatni boshqara olmagan, shu sababli harbiy diktatura zarur bo‘lgan.

Spartak qo‘zg‘oloni bostirilgach, Pompey bilan hokimiyat uchun kurashgan va urushlardan birida halok bo‘lgan sarkarda kim?
  1. Krass
  2. Brut
  3. Sezar
  4. Oktavian

To‘g‘ri javob: Krass. Krass va Pompey hokimiyat uchun kurashgan; Krass urushlardan birida halok bo‘lgan.

Krass halok bo‘lgach, Pompey uchun birdan-bir xavfli raqibga aylangan sarkarda kim?
  1. Mark Antoniy
  2. Brut
  3. Oktavian
  4. Yuliy Sezar

To‘g‘ri javob: Yuliy Sezar. Krass halok bo‘lgach, Pompey uchun Sezar birdan-bir xavfli raqib bo‘lib qolgan.

Yuliy Sezar Rubikon daryosidan kechib o‘tib, yakkahokimlik uchun oshkora kurashni mil. avv. qaysi yilda boshlagan?
  1. Mil. avv. 49-yilda
  2. Mil. avv. 58-yilda
  3. Mil. avv. 44-yilda
  4. Mil. avv. 31-yilda

To‘g‘ri javob: Mil. avv. 49-yilda. Sezar mil. avv. 49-yilda Rubikon daryosidan kechib o‘tib, yakkahokimlik uchun oshkora kurashni boshlagan.

Yuliy Sezar Galliyadagi zafarli urushdan keyin Rubikon daryosidan qaysi yilda kechib o‘tgan?
  1. Mil. avv. 52-yilda
  2. Mil. avv. 44-yilda
  3. Mil. avv. 49-yilda
  4. Mil. avv. 46-yilda

To‘g‘ri javob: Mil. avv. 49-yilda. Sezar mil. avv. 49-yilda Rubikondan kechib o‘tib, yakkahokimlik uchun oshkora kurashni boshlagan.

I. Sezar Rubikondan o‘tganda Pompeyning qo‘shinlari Ispaniyada edi. II. Sezar hokimiyat tepasiga kelgach, Senat va Xalq majlisi oldida muntazam hisob berib turgan. III. Sezarga qarshi fitnaga uning yaqin do‘stlaridan Brut boshchilik qilgan. Qaysi hukmlar to‘g‘ri?
  1. faqat I
  2. faqat II
  3. I va III
  4. II va III

To‘g‘ri javob: I va III. Sezar hech qanday saylovlarsiz mansabdorlarni tayinlagan va Senatga hisob bermay qo‘ygan, shuning uchun II hukm noto‘g‘ri.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiQullar va gladiatorlarKeyingi →G‘arbiy Rim imperiyasining tanazzuli va halokati