XotirAI logotipiXotirAI
📜 6-sinf · Qadimgi dunyo · 48-§

G‘arbiy Rim imperiyasining tanazzuli va halokati

Qadimgi Rim

48-§. G‘arbiy Rim imperiyasining tanazzuli va halokati

IMPERIYANING TANAZZULI Imperator Trayan davridan so‘ng rimliklar yirik bosqinchilik urushlarini olib borolmagan. Milodiy III asrda Rim imperiyasining kuch-qudrati zaiflasha boshladi. Imperatorni endilikda armiya saylar, armiyaning o‘zida ham turli guruhlar o‘rtasida kurash borar edi.

Ayni paytda imperiya chegaralarining shimoli-g‘arbiy tomonida ko‘chmanchi qabilalar paydo bo‘ldi. Rimliklar ularga “varvarlar” degan laqab berishgan va chegarada katta armiya saqlab turishga majbur bo‘lishgan.

Dastlab yunonlar tillari o‘zlari uchun tushunarli bo‘lmagan barcha qabila va xalqlarni “varvarlar” deb atashgan. Keyinchalik rimliklar madaniy taraqqiyotning ancha quyi pog‘onasida turuvchi xalqlarni shunday nomlashgan.

O‘ylab ko‘ring

Savollar: Nima uchun rimliklar davlat chegaralarida katta armiya saqlab turishga majbur bo‘lishgan?

Avgust oyining qorong‘i tunida qullar Rimning 12 darvozasidan birini ichkaridan ochadi.

Sharqiy Rim

G‘ARBIY VA SHARQIY RIM IMPERIYALARI Imperator Konstantin zamonida, milodiy 330-yili Bosfor bo‘g‘ozidagi Vizantiy shahri Rim imperiyasining poytaxti deb e’lon qilinadi. Imperatorning buyrug‘i bilan shahardagi barcha eski binolar buzib tashlanadi va yangi shahar quriladi. Shahar imperator sharafiga Konstantinopol deb atala boshladi.

Ulkan imperiyani Konstantinopoldan turib boshqarish mushkul edi. Imperator Feodosiy o‘limidan so‘ng milodiy 395-yili Rim imperiyasi uning ikki o‘g‘li o‘rtasida G‘arbiy va Sharqiy qismlarga bo‘lib olinadi. G‘arbiy qismga Italiya, G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Afrikadagi viloyatlar, Sharqiy qismga esa Bolqon yarimoroli, Kichik Osiyo va Misr yerlari kirgan. Sharqiy Rim imperiyasida imperatorning yagona hokimiyati saqlanib qolgan, G‘arbiy Rim imperiyasi esa alohida davlatlarga parchalana boshladi.

Sharqiy Rim

GOTLAR RIMDA Milodiy 410-yilda Alarix boshchiligidagi german qabilalari – gotlar Rimni qurshab oladi. Rimliklar ular bilan muzokara boshladilar, ammo tunda qullar shahar darvozalarini ochib beradi, bosqinchilar shaharga yopirilib kiradi. Gotlar haykallarni yo‘q qilib, bebaho kitoblarni yondirib, Rimni roppa-rosa uch kun taladilar. Talon-taroj qilingan Rim shahri huvullab qoldi.

Sharqiy Rim Imperiyasi

Rimga varvarlarning bosqini

Karfagen

Germanlar savodsiz bo‘lib, teatrlar, kutubxonalarni ko‘rishmagan edi. Rim imperiyasi sarhadiga kirganlaridan keyin ular Rim imoratlari, arxitekturasi, haykallarining go‘zalligi va ulug‘vorligini munosib baholay olishmadi. Bularning barini shafqatsizlarcha yo‘q qilib tashladilar. Germanlar qo‘rg‘onchalarini o‘rab turgan devorlarni mustahkamlash uchun Rim ibodatxonalari va kutubxonalari binolaridan toshtaxtalarni ko‘chirib olib ketadilar. Kitoblar, haykallar va boshqa san’at asarlari ham nobud bo‘ladi.

G‘ARBIY RIM IMPERIYASINING QULASHI Gotlarning Rimni ishg‘ol etishi imperiya aholisini larzaga soldi. Yuz yillar davomida rimliklar barcha raqiblari ustidan g‘alaba qozonishgan, o‘zlarini jahon hukmdori hisoblashgan. Rimni esa “boqiy shahar” deya ta’riflashgan.

Karfagen

Rim aholisining ko‘pchiligi Rim zavolga yuz tutishi bilan butun jahon nest-nobud bo‘lib ketishiga ishonar edi.

Vandallar Zamonaviy rasm

Odoakr Rimning oxirgi imperatorini taxtdan ag‘daradi.

Zamonaviy rasm

Rim askari. Zamonaviy rasm

Alarix ham o‘ldi, biroq Rimning undan dahshatliroq dushmani – Attila boshchiligidagi hun qabilalari 452-yilda paydo bo‘ladi. Attila Sharqiy Rim imperiyasiga hujum uyushtira boshladi.

Milodiy 455-yilda Rimga germanlarning vandal qabilalari hujum qildi, ular ikki hafta davomida shaharni taladilar. Vandallar o‘zlari bilan olib ketolmaydigan hamma narsani nobud qildilar.

Milodiy 476-yilda german qabilalarining Rimdagi yollangan qo‘shini sarkardasi Odoakr so‘nggi imperator Romulni taxtdan ag‘darib tashladi va imperator unvoni nishonini Konstantinopolga jo‘natdi.

Karfagen

G‘arbiy Rim imperiyasi sarhadlarini german qabilalari egallab olishadi. Shu tariqa milodiy 476-yil G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi va qadimgi dunyo tarixining yakunlanish sanasi sifatida tarixga kirdi. Mazkur sanadan boshlab o‘rta asrlar tarixi boshlanadi.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

Savollar: 1. Rim imperiyasining G‘arbiy va Sharqiy imperiyalarga bo‘linishi sababi nimada? 2. Rimning bosib olinishi haqida so‘zlab bering. 3. G‘arbiy Rim imperiyasi qulashi sabablarini sanang.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Rim imperiyasining kuch-qudrati qaysi asrda zaiflasha boshlagan?
  1. Milodiy III asrda
  2. Milodiy IV asrda
  3. Milodiy V asrda
  4. Milodiy II asrda

To‘g‘ri javob: Milodiy III asrda. Imperator Trayan davridan so‘ng bosqinchilik urushlari to‘xtagan va milodiy III asrda imperiya kuch-qudrati zaiflasha boshlagan.

Rimliklar imperiya chegarasining shimoli-g‘arbida paydo bo‘lgan ko‘chmanchi qabilalarga qanday laqab berishgan?
  1. Plebeylar
  2. “Varvarlar”
  3. Italiklar
  4. Kolonistlar

To‘g‘ri javob: “Varvarlar”. Rimliklar chegara yaqinidagi ko‘chmanchi qabilalarni “varvarlar” deb atab, ularga qarshi katta armiya saqlashga majbur bo‘lgan.

Dastlab yunonlar “varvarlar” deb kimlarni atashgan?
  1. Faqat dengiz qaroqchilari va ularning kemalarini boshqargan kishilarni
  2. Rim imperiyasiga soliq to‘lamagan barcha viloyatlar va xalqlarni ham
  3. Tillari o‘zlari uchun tushunarli bo‘lmagan barcha qabila va xalqlarni
  4. Faqat german qabilalarining jangchilari va ularning sarkardalarini

To‘g‘ri javob: Tillari o‘zlari uchun tushunarli bo‘lmagan barcha qabila va xalqlarni. Yunonlar tilini tushunmagan xalqlarni varvarlar deb atagan, rimliklar esa madaniy jihatdan quyi xalqlarni shunday nomlagan.

Milodiy III asrda Rim imperiyasi zaiflasha boshlaganining belgisi nima edi?
  1. Imperatorni xalq majlisi ochiq ovoz bilan saylar edi
  2. Imperatorlar yirik bosqinchilik urushlarini davom ettirar edi
  3. Chegarada armiya saqlashga hojat qolmagan edi
  4. Imperatorni armiya saylar va armiyaning o‘zida guruhlar kurashar edi

To‘g‘ri javob: Imperatorni armiya saylar va armiyaning o‘zida guruhlar kurashar edi. Matnda III asrda imperatorni armiya saylashi va armiya ichidagi kurash zaiflik belgisi sifatida ko‘rsatilgan.

Milodiy III asrdan boshlab Rim imperiyasi chegaralarining shimoli-g‘arbida ko‘chmanchi qabilalar paydo bo‘ldi. Bu holat rimliklarni qanday qarorga majbur qildi?
  1. Chegara bo‘ylab savdo shaharlari qurib, qabilalarga soliq solishga
  2. Poytaxtni Sharqqa ko‘chirib, chegarani butunlay tark etishga
  3. Chegarada katta armiya saqlab turishga
  4. Qabilalar yerlarini bosib olish uchun yirik bosqinchilik urushlari boshlashga

To‘g‘ri javob: Chegarada katta armiya saqlab turishga. Rimliklar “varvarlar” deb atagan qabilalardan himoyalanish uchun chegarada katta armiya saqlashga majbur bo‘lgan.

Imperator Konstantin zamonida Bosfor bo‘g‘ozidagi Vizantiy shahri qaysi yilda Rim imperiyasining poytaxti deb e’lon qilingan?
  1. Milodiy 410-yilda
  2. Milodiy 395-yilda
  3. Milodiy 330-yilda
  4. Milodiy 313-yilda

To‘g‘ri javob: Milodiy 330-yilda. Vizantiy shahri milodiy 330-yilda imperiya poytaxti deb e’lon qilingan.

Bosfor bo‘g‘ozidagi Vizantiy shahri imperator Konstantin sharafiga qanday nom oldi?
  1. Aleksandriya
  2. Nikeya
  3. Antioxiya
  4. Konstantinopol

To‘g‘ri javob: Konstantinopol. Yangi qurilgan shahar imperator sharafiga Konstantinopol deb atala boshlagan.

Imperator Feodosiy vafotidan so‘ng Rim imperiyasi qaysi yilda G‘arbiy va Sharqiy qismlarga bo‘lingan?
  1. Milodiy 410-yilda
  2. Milodiy 476-yilda
  3. Milodiy 395-yilda
  4. Milodiy 330-yilda

To‘g‘ri javob: Milodiy 395-yilda. Feodosiy o‘limidan keyin milodiy 395-yilda imperiya uning ikki o‘g‘li o‘rtasida bo‘lib olingan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiRim respublikasining qulashiKeyingi →Qadimgi Rim madaniyati