XotirAI logotipiXotirAI
📜 6-sinf · Qadimgi dunyo · 49–50-§

Qadimgi Rim madaniyati

Qadimgi Rim

49–50-§. Qadimgi Rim madaniyati

RIMLIKLARNING TURMUSH TARZI Qadimgi zamonlarda rimlik zodagonlar bo‘lmish patritsiylar bir qavatli oddiy uylarda yashardilar, xo‘jalikda qullar ham unchalik ko‘p emasdi.

Vaqt o‘tib, rimliklar turmushida keskin o‘zgarishlar ro‘y beradi. Badavlat kishilar yashaydigan tepaliklar bag‘rida tomoshabog‘lar va chorbog‘lar paydo bo‘lgan. Bu joylarning havosi ancha sog‘lom va toza bo‘lgan. Imperatorning yaqin kishilari muhtasham koshonalarga egalik qilar edi.

Oddiy rimliklar tepaliklar o‘rtasidagi tekis joylarda yashagan. Bu yerlarda ko‘chalar tor bo‘lgan.

Rimlik imperatorlar poytaxt aholisi uchun “termalar” deb atalgan ko‘rkam hammomlar qurdirgan edilar (yunoncha termos – “issiq” so‘zi ham shundan kelib chiqqan). Arzimas to‘lov evaziga har bir rimlik termalarga tushish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu yerda suzish uchun basseynlar, sport zallari mavjud edi. Termalar qoshida ta’lim olish va fanlar bilan shug‘ullanish uchun kutubxona ham bo‘lgan.

49–50-§. Qadimgi Rim madaniyati

Rim hammomlari – termalar

O‘ylab ko‘ring

Savollar: Sizningcha, Rim va zamonaviy shaharlar o‘rtasidagi asosiy farq nimada? Matn va rasmga asoslanib, Rimda qanday “sayohat qilganingizni” ayting.

Rim arxitekturasi namunalari

Bolalarni maktabda o‘qitish manzarasi.

Zamonaviy rasm

Triumf arkasi

TA’LIM Kambag‘al rimliklarning farzandlari xo‘jalik ishlarida ota-onalariga yordam berganliklari sababli maktabda o‘qimas edilar. Badavlat xonadon farzandlari esa 6 yoshdan maktabga qatnagan.

Yozuvni o‘rganayotgan bolalar stil degan metall tayoqcha bilan harflarni mum qoplangan taxtachalarga o‘yib yozardilar.

O‘qish, yozish va hisoblashni o‘rganganidan keyin ko‘pchilik ta’lim olishni yakunlar edi. Ayrimlar grammatikada (o‘rta maktabda) tahsilni davom ettirgan. U yerda tarix, geografiya, geometriya, musiqa va astronomiya o‘qitilardi. ME’MORCHILIK VA HAYKALTAROSHLIK Rim imperiyasida qurilish ishlari ayniqsa taraqqiy etgandi. Amfiteatrlar, sirklar va teatrlar, ibodatxonalar, saroylar, triumf arkalar va ko‘p qavatli uylar barpo etildi. Shaharni baland devorlar o‘rab turardi. Rim me’morchiligi yunon me’morchiligidan imoratlari rang-barangligi va muhtashamligi bilan farqlangan. Milodiy I asrda Rim eng yirik va aholisi ko‘p shaharga aylangan. O‘sha kezlarda hatto shunday bir maqol to‘qilgan: “Barcha yo‘llar Rimga boradi”. O‘rmonlar, tog‘lar va botqoqlar orqali yo‘llar o‘tkazilgan. Rimda suv o‘tkazish tizimlari – suv quvurlari qoldiqlari ham hozirga qadar saqlanib qolgan.

O‘ylab ko‘ring

Quvurlar nishablik asosida qurilgan bo‘lib, tog‘dagi buloqlardan suvning o‘zi oqib kelar edi. Suv quvurlarini jarlar, daralar va vodiylardan o‘tkazish uchun akveduklar – anhorlarning yuqori qismidan o‘tkazilgan ko‘priklar qurilgan.

Ulkan ko‘priklarni butunlay toshdan qurish qimmatga tushar va uzoq davom etar edi. Rimliklar yangi qurilish materiali bo‘lmish betonni ixtiro qilishgan. Qotganidan keyin u toshdan ham mustahkam bo‘lib qolgan. Beton ishlatilishi rimliklarga tez va pishiq inshootlar qurishga imkon bergan.

Beton ixtiro etilganidan keyin shiftlar gumbaz shaklida ustunlarsiz quriladigan bo‘ldi. Rimdagi Panteon (yunonchada “barcha xudolar ibodatxonasi” ma’nosini anglatadi) shu taxlitda qurilgan.

O‘ylab ko‘ring

Rimning eng katta amfiteatri bo‘lmish Kolizey o‘tmishdagi ulug‘vorlik namunasi sifatida hozirgacha saqlangan.

Qadimgi Rimda mashhur tarixiy asarlar yaratilgan. Tarixchi Tit Liviy “Rim tarixi”ni yozgan. Plutarx yunon-rim sarkardalari hayoti haqida kitob yozib qoldirgan. Kvint Kursiy Ruf “Makedoniyalik Aleksandr tarixi” asarini yaratgan. Mazkur asarlar bizgacha yetib kelgan. Qadimgi Rim me’morchiligi namunalari.

Golgofa tog‘i

Dastlabki xristianlar ibodatxonasining ko‘rinishi

XRISTIANLIKNING VUJUDGA KELISHI Milodiy I asr boshlarida Rim hokimiyati ostida bo‘lgan Falastindagi Vifleyem shahrida mo‘jizaviy bolakay – Iso tug‘ilganligi haqida rivoyatlar keng tarqala boshlagan.

O‘ylab ko‘ring

Rivoyatlarga ko‘ra, 30 yoshida Iso o‘n ikki nafar shogirdi bilan Falastin bo‘ylab sayohat qilib, Xudo oyatlari haqida hikoyalar so‘zlab beradi va ularni amalda ko‘rsatadi: o‘liklarni tiriltiradi, yashashdan umidini uzgan, tuzalmas xastalarni davolaydi.

Mahalliy ruhoniylar Iso payg‘ambarni mavjud diniy haqiqatlarni buzib talqin etishda ayblab, uni o‘lim jazosiga mahkum etadilar. Rim noibi Pontiy Pilat bu hukmni tasdiqlagan.

Iso vafotidan keyin uning jasadini shogirdlari Golgofa tog‘idagi bir g‘orga dafn qilishadi. Rivoyatga ko‘ra, uchinchi kuni Iso Masih qayta tirilib, osmonga ko‘tarilib ketgan.

Odamlar Iso payg‘ambarning qayta tirilib, me’rojga ko‘tarilishiga va Yer yuziga qaytib kelishiga ishonganlar.

O‘ylab ko‘ring

Iso Masih haqidagi rivoyatlar Yevangeliya (Injil) nomini olgan, yunonchadan tarjima qilganda bu so‘z “xushxabar” ma’nosini anglatadi. Iso payg‘ambar ta’limoti izdoshlari xristianlardir. Shogirdlari apostollar (havoriylar) deb atalgan. Xristianlar jamoalariga yepiskoplar peshvolik qiladi. Milodiy I asr xristianlik vujudga kelgan sana hisoblanadi.

Rim hukmdorlari xristianlarni ta’qib etadilar, yirtqich hayvonlar changaliga tashlaydilar, turli qiynoqlarga soladilar. Bu esa odamlarning noroziligiga sabab bo‘lardi.

Milodiy 313-yilda imperator Konstantin xristianlik boshqa dinlar bilan teng bir din deb e’lon qilingan farmon chiqardi. Farmon xristianlarga ibodatxonalar qurish va oshkora ibodat qilish imkonini berdi.

O‘ylab ko‘ring

Imperator Konstantin

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

Savollar: 1. Qadimgi rimlik nomidan hikoya tuzing. 2. Rim maktablarida nimalarni o‘qitishgan? 3. Rim me’morchiligining xususiyatlarini ayting. 4. Rim tarixi namoyandalari nomini ayting.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Rim imperatorlari poytaxt aholisi uchun qurdirgan ko‘rkam hammomlar nima deb atalgan?
  1. Forumlar
  2. Akveduklar
  3. “Termalar”
  4. Amfiteatrlar

To‘g‘ri javob: “Termalar”. Imperatorlar poytaxt aholisi uchun “termalar” deb atalgan ko‘rkam hammomlar qurdirgan.

Rim hammomlari – “termalar” nomi kelib chiqqan yunoncha “termos” so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
  1. Hammom
  2. Suv
  3. Sovuq
  4. Issiq

To‘g‘ri javob: Issiq. Yunoncha termos so‘zi “issiq” ma’nosini bildiradi va “termalar” nomi shundan kelib chiqqan.

Rim hammomlari – termalar qoshida aholi uchun yana qanday muassasa bo‘lgan?
  1. Gladiatorlar maktabi va jang uchun mashq qilish maydoni
  2. Savdogarlar uchun rasta va hunarmandlar ustaxonalari
  3. Ta’lim olish va fanlar bilan shug‘ullanish uchun kutubxona
  4. Harbiy o‘quv lageri va jangchilar uchun mashq maydoni

To‘g‘ri javob: Ta’lim olish va fanlar bilan shug‘ullanish uchun kutubxona. Termalar qoshida ta’lim va fanlar bilan shug‘ullanish uchun kutubxona ham bo‘lgan.

Rim madaniyatiga oid hukmlarni ko‘rib chiqing. I. Termalarda basseyn va sport zallari bilan birga ta’lim olish uchun kutubxona ham bo‘lgan. II. Badavlat xonadon farzandlari 6 yoshdan maktabga qatnagan. III. Kambag‘al rimliklarning bolalari maktab haqini to‘lay olmagani uchun o‘qimagan. Qaysilari to‘g‘ri?
  1. faqat III
  2. II va III
  3. I va II
  4. I, II va III

To‘g‘ri javob: I va II. Termalar qoshida kutubxona bo‘lgan va badavlat bolalar 6 yoshdan o‘qigan; kambag‘al bolalar esa xo‘jalik ishlarida yordam berganliklari sababli o‘qimagan.

Qadimgi Rimda yozuvni o‘rganayotgan bolalar mum qoplangan taxtachalarga harf o‘yib yozgan metall tayoqcha nima deb atalgan?
  1. Qamish
  2. Stil
  3. Kalam
  4. Papirus

To‘g‘ri javob: Stil. Bolalar stil degan metall tayoqcha bilan harflarni mum qoplangan taxtachalarga o‘yib yozgan.

Qadimgi Rimda o‘qish, yozish va hisoblashni o‘rganganidan keyin tahsilni davom ettirganlar o‘qigan o‘rta maktab nima deb atalgan?
  1. Mantiq
  2. Retorika
  3. Falsafa
  4. Grammatika

To‘g‘ri javob: Grammatika. Ayrim rimliklar o‘rta maktab – grammatikada tahsilni davom ettirib, tarix, geografiya, geometriya, musiqa va astronomiyani o‘rgangan.

Qadimgi Rim qaysi asrda eng yirik va aholisi ko‘p shaharga aylangan?
  1. Milodiy II asrda
  2. Milodiy V asrda
  3. Milodiy I asrda
  4. Milodiy III asrda

To‘g‘ri javob: Milodiy I asrda. Milodiy I asrda Rim eng yirik va aholisi ko‘p shaharga aylangan.

Qadimgi Rimda bolalar mum qoplangan taxtachalarga harflarni nima bilan o‘yib yozgan?
  1. Stil deb atalgan metall tayoqcha bilan
  2. Qamishdan yasalgan qalam, siyoh bilan
  3. Ko‘mir bo‘lagi va yog‘och cho‘p bilan
  4. Yog‘och cho‘tka va qora bo‘yoq bilan

To‘g‘ri javob: Stil deb atalgan metall tayoqcha bilan. Yozuvni o‘rganayotgan bolalar stil degan metall tayoqcha bilan yozgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiG‘arbiy Rim imperiyasining tanazzuli va halokatiKeyingi →Tarixiy atamalar lug‘ati