Tarixiy atamalar lug‘ati
ILOVA
Agora – Qadimgi Yunoniston shaharlarida xalq yig‘inlari joyi, markaziy maydon.
Akveduk – shaharga suv keladigan, ustida anhori bo‘lgan baland ko‘prik.
Altamir – Ispaniyadagi so‘nggi paleolitga oid rasmlar topilgan g‘or.
Amfiteatr – sahna atrofida tomoshabinlar o‘tirishiga mo‘ljallangan qurilmalar bilan qurshalgan tomsiz katta inshoot.
Animizm – insonni qurshab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga ishonish.
Antik – lotincha, “qadimgi”. Aramey yozuvi – Mesopotamiyaning (ikki daryo oralig‘i) o‘rta qismida joylashgan qadimgi xalq – arameylar tomonidan yaratilgan yozuv, 20 ta harfdan iborat bo‘lgan.
Arxeologiya – ashyoviy manbalarni o‘rganuvchi va ular bo‘yicha o‘tmishni qayta tiklovchi fan; qadimshunoslik.
ILOVA
Buddaviylik – mil. avv. VI asrda Hindistonda Siddhartha Gautama tomonidan asos solingan diniy ta’limot.
Falanga – og‘ir qurollangan askarlarning bir necha, odatda 9 yoki 16 qator saf tortishi.
Falsafa – filosofiya: yunoncha filo – “sevish”, sofiya – “donishmandlik” tushunchalarini anglatadi.
Fir’avn – Misr hukmdori; “ulug‘ xonadon” ma’nosini anglatadi.
Goplit – Qadimgi Yunoniston va yunon-makedon armiyalarining og‘ir qurollangan piyoda jangchisi.
Ibodatxona – muqaddas deb e’lon qilingan, odamlar xudolarga sig‘ingan bino yoki joy.
Imperator – (lotincha, “hukmdor”) qadimgi Rimda dastlab faxriy harbiy unvon, keyinchalik mutlaq hukmdorga tegishli unvon.
ILOVA
Imperiya – hukmdorning cheklanmagan hokimiyati joriy etilgan, boshqa ko‘plab xalqlarni o‘ziga bo‘ysundirgan davlat.
Italiklar – Apennin yarimorolida istiqomat qilgan qadimiy qabilalar.
Iyerogliflar – qadimgi yunonlar misrliklar yozuvini shunday atashgan, “muqaddas bitiklar” ma’nosini anglatadi.
Kapitoliy tepaligi – Rimdagi eng baland tepalik. Kohinlar – ibodatxona ruhoniylari. Koloniyalar – qadimgi davrlarda o‘z yurtini tark etgan odamlar tomonidan yangi yerlarda asos solingan manzilgoh va shaharlar.
Konsul – Respublika davrida Rimdagi oliy siyosiy lavozim. Har yili saylangan ikki nafar konsul Senat va armiyaga rahbarlik qilgan.
ILOVA
Kromanyon – zamonaviy qiyofaga ega qadimgi odamning suyaklari dastlab topilgan joyning nomi (Fransiya). Joyning nomidan kelib chiqib, bu odamni kromanyon deb atash rasm bo‘lgan.
Lojuvard – ko‘k rangdagi tabiiy tosh, ma’dan. Metek – Afinada yashovchi chet ellik. Neandertal odam – o‘rta paleolit davrida yashagan ibtidoiy odam. Uning suyak qoldiqlari dastlab Germaniyadagi Neandertal vodiysidan topilgan.
“Nom”lar – Misrdagi ilk davlatlar. Nomarx – Qadimgi Misrdagi ilk davlatning hukmdori.
Papirus – poyasi yozuv materiali tayyorlash uchun ishlatiladigan qamish.
Patritsiylar – Rimning qadimgi tub aholisi. Piramida – mahobatli tosh inshoot, fir’avnlar maqbarasi.
ILOVA
Plebeylar – Rimga ko‘chib kelgan odamlar va ularning avlodlari.
Polis (yunoncha polis) – “shahar”. Respublika – “umumiy ish” ma’nosini anglatadi; davlat boshqaruvi shakli.
Senat – “oqsoqollar kengashi” ma’nosini anglatadi.
Sun’iy sug‘orish – kanallar va ariqlar yordamida ekinlarni sug‘orish.
Sfinks – tanasi sherniki va boshi insonniki bo‘lgan, piramidalarni qo‘riqlovchi ulkan haykal – afsonaviy mavjudot.
Termalar – Qadimgi Rim shahridagi jamoat hammomlari.
Varvar – dastlab yunon tilida so‘zlashmaydigan har qanday chet mamlakatlik kishi; keyinchalik bu so‘z madaniylashmagan odamlarga nisbatan ishlatiladigan bo‘ldi.
Sivilizatsiya – qadimdagi jamiyat taraqqiyotining ancha yuksak darajasi (shaharlar, yozuv va davlatlarning rivojlanishi).
ILOVA
Zikkurat – tepasida ibodatxonasi bo‘lgan zinapoyali yirik va baland inshoot.
Muhim sanalar
- mil. avv. VI asrda — Buddaviylik – mil. avv. VI asrda Hindistonda Siddhartha Gautama tomonidan asos solingan diniy ta’limot.
Bilimingizni sinang
“Antik” so‘zi lotin tilida qanday ma’noni anglatadi?
- Mustahkam
- Zamonaviy
- Mashhur
- Qadimgi
To‘g‘ri javob: Qadimgi. Antik – lotincha “qadimgi” degan ma’noni bildiradi.
Arameylar tomonidan yaratilgan aramey yozuvi nechta harfdan iborat bo‘lgan?
- 28 ta
- 20 ta
- 18 ta
- 24 ta
To‘g‘ri javob: 20 ta. Mesopotamiyadagi arameylar yaratgan aramey yozuvi 20 ta harfdan iborat bo‘lgan.
Qadimgi Yunoniston shaharlarida xalq yig‘inlari o‘tkaziladigan markaziy maydon nima deb atalgan?
- Agora
- Akropol
- Stadion
- Forum
To‘g‘ri javob: Agora. Agora – yunon shaharlarida xalq yig‘inlari joyi va markaziy maydon.
Shaharga suv keladigan, ustida anhori bo‘lgan baland ko‘prik qanday nom bilan ataladi?
- Amfiteatr
- Akveduk
- Terma
- Zikkurat
To‘g‘ri javob: Akveduk. Akveduk – shaharga suv keltiruvchi baland ko‘prik.
Insonni qurshab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga ishonish qanday ataladi?
- Totemizm
- Buddaviylik
- Animizm
- Politeizm
To‘g‘ri javob: Animizm. Bu ishonch animizm deb ataladi.
Atamalarni ta’rifi bilan juftlang. 1) Agora 2) Akveduk 3) Termalar; a) jamoat hammomlari b) suv keladigan baland ko‘prik c) xalq yig‘inlari joyi
- 1-b, 2-c, 3-a
- 1-c, 2-b, 3-a
- 1-c, 2-a, 3-b
- 1-a, 2-b, 3-c
To‘g‘ri javob: 1-c, 2-b, 3-a. Agora – xalq yig‘inlari joyi, akveduk – shaharga suv keltiruvchi baland ko‘prik, termalar – Rimdagi jamoat hammomlari.
Hindistonda Siddhartha Gautama tomonidan asos solingan buddaviylik diniy ta’limoti qaysi asrda vujudga kelgan?
- Milodiy I asrda
- Mil. avv. VIII asrda
- Mil. avv. VI asrda
- Mil. avv. IV asrda
To‘g‘ri javob: Mil. avv. VI asrda. Buddaviylik mil. avv. VI asrda Hindistonda Siddhartha Gautama tomonidan asos solingan.
“Falsafa” (filosofiya) so‘zidagi yunoncha “filo” qismi qanday ma’noni anglatadi?
- O‘rganish
- Sevish
- Izlash
- Hurmat qilish
To‘g‘ri javob: Sevish. Filo – “sevish”, sofiya – “donishmandlik”; falsafa shu ikki tushunchadan tuzilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash