Fuqaro (jismoniy shaxs) tushunchasi (1/3)
I Bo‘Lim
16-modda. Fuqaro (jismoniy shaxs) tushunchasi
Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi.
Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, ushbu Kodeksning qoidalari barcha fuqarolarga nisbatan qo‘llaniladi.
17-modda. Fuqarolarning huquq layoqati
Barcha fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlariga ega bo‘lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda e’tirof etiladi.
Fuqaroning huquq layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi.
18-modda. Fuqarolar huquq layoqatining mazmuni
Fuqarolar:
mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo‘lishlari; mol-mulkni meros qilib olishlari va vasiyat qilib qoldirishlari; bankda jamg‘armalarga ega bo‘lishlari; tadbirkorlik, dehqon (fermer) xo‘jaligi bilan hamda qonunda taqiqlab qo‘yilmagan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishlari; yollanma mehnatdan foydalanishlari; yuridik shaxslar tashkil etishlari; bitimlar tuzishlari va majburiyatlarda ishtirok etishlari; yetkazilgan zararning to‘lanishini talab qilishlari; mashg‘ulot turini va yashash joyini tanlashlari; fan, adabiyot va san’at asarlarining, ixtironing, qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa intellektual faoliyat natijalarining muallifi huquqiga ega bo‘lishlari mumkin.
Fuqarolar boshqa mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
19-modda. Fuqaroning ismi
Agar qonundan yoki milliy odatdan boshqacha tartib kelib chiqmasa, fuqaro o‘z familiyasi va nomidan, shuningdek otasining ismi bilan huquq va burchlarga ega bo‘ladi hamda ularni amalga oshiradi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda fuqaro taxallusdan (to‘qilgan ismdan) foydalanishi mumkin.
Fuqaro qonunda belgilangan tartibda o‘z ismini o‘zgartirishga haqli. Fuqaroning o‘z ismini o‘zgartirishi avvalgi ismi bilan olgan huquq va burchlarini bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun asos bo‘lmaydi.
Fuqaro o‘z ismini o‘zgartirganligi haqida qarzdorlari va kreditorlariga xabar berish uchun zarur choralarni ko‘rishi shart va u mazkur shaxslarda fuqaroning ismi o‘zgarganligi haqida ma’lumot yo‘qligi tufayli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlar xavfini o‘z zimmasiga oladi.
Ismini o‘zgartirgan fuqaro o‘zining avvalgi ismiga rasmiylashtirilgan hujjatlarga o‘z hisobidan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini talab qilishga haqli.
Fuqaro tug‘ilgan vaqtida olgan ismini, shuningdek o‘zgartirilgan ismini fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.
Boshqa shaxs ismidan foydalanib huquq va burchlarga ega bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.
20-modda. Ismni himoya qilish
O‘z ismi bilan yashash huquqiga e’tiroz bildirilayotgan yoki ismidan qonunsiz foydalanilayotganligi munosabati bilan manfaatlari buzilayotgan shaxs manfaatlarini buzuvchidan bunday harakatlarga chek qo‘yishni va raddiya berishni talab qilishi mumkin. Agar manfaatlar qasddan buzilayotgan bo‘lsa, jabrlangan shaxs qo‘shimcha suratda zararni qoplashni talab qilishi mumkin. Zararni qoplash uchun manfaatni buzgan shaxsning daromadini berish talab qilinishi mumkin. Manfaat qasddan buzilganida jabrlanuvchi ma’naviy ziyonning qoplanishini ham talab qilish huquqiga ega.
Ism yoki shaxsiy sha’n egasi bo‘lmagan, lekin oilaviy mavqeyiga ko‘ra bundan manfaatdor bo‘lgan shaxs ham ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan harakatlarga chek qo‘yish yoki raddiya berish haqidagi talablarni qo‘yishi mumkin. Bu shaxs boshqa shaxsning o‘limidan keyin ham uning ismini va sha’nini himoya qilishga qaratilgan talablarning bajarilishiga harakat qilishi mumkin. Ismni va sha’nni buzish tufayli keltirilgan zararni qoplash talabi o‘limdan keyin tan olinmaydi.
21-modda. Fuqaroning yashash joyi
Fuqaroning doimiy yoki asosan yashab turgan joyi uning yashash joyi hisoblanadi.
O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlarning (kichik yoshdagi bolalarning) yoki vasiylikda bo‘lgan fuqarolarning qonuniy vakillari — ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari yashaydigan joy voyaga yetmaganlar yoki vasiylikda bo‘lgan fuqarolarning yashash joyi hisoblanadi.
22-modda. Fuqaroning muomala layoqati
Fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati (muomala layoqati) u voyaga yetgach, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi.
Voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran to‘la hajmda muomala layoqatiga ega bo‘ladi.
Nikoh tuzish natijasida ega bo‘lingan muomala layoqati o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan turib nikoh bekor qilingan taqdirda ham to‘la saqlanib qoladi.
Nikoh haqiqiy emas deb topilganida sud voyaga yetmagan er (xotin) sud belgilagan paytdan boshlab to‘la muomala layoqatini yo‘qotganligi haqida qaror qabul qilishi mumkin.
23-modda. Fuqaroning huquq layoqati va muomala layoqatini cheklashga yo‘l qo‘yilmasligi
Qonunda belgilangan hollar va tartibdan tashqari, hech kimning huquq va muomala layoqati cheklanishi mumkin emas.
Fuqarolarning muomala layoqatini cheklashning qonunda belgilab qo‘yilgan shartlari va tartibiga rioya qilmaslik davlat organining tegishli cheklashni belgilaydigan hujjati haqiqiy emasligiga sabab bo‘ladi.
Fuqaroning huquq layoqatidan yoki muomala layoqatidan to‘la yoki qisman voz kechishi va huquq layoqati yoki muomala layoqatini cheklashga qaratilgan boshqa bitimlar o‘z-o‘zidan haqiqiy emasdir, bunday bitimlarga qonun tomonidan yo‘l qo‘yiladigan hollar bundan mustasno.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 16-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Fuqaro (jismoniy shaxs) tushunchasi
- Fuqarolar huquq layoqatining mazmuni
- Fuqarolik huquqlarini shaxsning o‘zi himoya qilishi
- Fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari
To‘g‘ri javob: Fuqaro (jismoniy shaxs) tushunchasi. 16-modda: Fuqaro (jismoniy shaxs) tushunchasi.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Fuqaro (jismoniy shaxs) tushunchasi» qaysi moddada belgilangan?
- 11-modda
- 18-modda
- 16-modda
- 13-modda
To‘g‘ri javob: 16-modda. 16-modda: Fuqaro (jismoniy shaxs) tushunchasi.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, «fuqarolar (jismoniy shaxslar)» tushunchasiga kimlar kiradi?
- O‘zbekiston fuqarolari, boshqa davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
- Faqat O‘zbekiston fuqarolari hamda ularning voyaga yetgan oila a’zolari
- O‘zbekiston fuqarolari va doimiy yashovchi chet elliklar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarsiz
- Faqat voyaga yetgan shaxslar: O‘zbekiston fuqarolari va boshqa davlat fuqarolari
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston fuqarolari, boshqa davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar. 16-moddaga ko‘ra jismoniy shaxslar tushunchasiga uch toifa kiradi.
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 17-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Fuqaroning yashash joyi
- Fuqarolarning huquq layoqati
- Fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari
- Fuqaroning muomala layoqati
To‘g‘ri javob: Fuqarolarning huquq layoqati. 17-modda: Fuqarolarning huquq layoqati.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Fuqarolarning huquq layoqati» qaysi moddada belgilangan?
- 22-modda
- 17-modda
- 11-modda
- 21-modda
To‘g‘ri javob: 17-modda. 17-modda: Fuqarolarning huquq layoqati.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, fuqarolarning huquq layoqati qachon vujudga keladi?
- O‘n to‘rt yoshga to‘lgan paytdan
- O‘n sakkiz yoshga to‘lgan paytdan
- Tug‘ilgan paytdan e’tiboran
- Pasport olingan paytdan
To‘g‘ri javob: Tug‘ilgan paytdan e’tiboran. 17-moddaga ko‘ra huquq layoqati tug‘ilgan paytdan vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, fuqarolarning huquq layoqati qanday e’tirof etiladi?
- Yoshiga qarab turlicha e’tirof etiladi
- Mulkiy ahvoliga qarab turlicha tarzda
- Faqat voyaga yetgan shaxslar uchun
- Barcha fuqarolar uchun teng ravishda
To‘g‘ri javob: Barcha fuqarolar uchun teng ravishda. 17-moddaga ko‘ra barcha fuqarolarning huquq layoqati teng ravishda e’tirof etiladi.
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 18-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Fuqaroning mulkiy javobgarligi
- Fuqaroning muomala layoqati
- Fuqaro (jismoniy shaxs) tushunchasi
- Fuqarolar huquq layoqatining mazmuni
To‘g‘ri javob: Fuqarolar huquq layoqatining mazmuni. 18-modda: Fuqarolar huquq layoqatining mazmuni.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash