XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Fuqarolik kodeksi (I qism) · 24–30-m.

Fuqaroning tadbirkorlik faoliyati (2/3)

I Bo‘Lim

24-modda. Fuqaroning tadbirkorlik faoliyati

Fuqaro yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga haqlidir.

Fuqarolarning yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan, agar qonunchilikdan yoki huquqiy munosabat mohiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, ushbu Kodeksning qoidalari qo‘llaniladi.

Yuridik shaxs tashkil etmasdan ushbu moddaning birinchi qismi talablarini buzgan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan fuqaro tuzgan bitimlar xususida o‘zining tadbirkor emasligini vaj qilib ko‘rsatishga haqli emas. Sud bunday bitimlarga ushbu Kodeksning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq majburiyatlar to‘g‘risidagi qoidalarini qo‘llashi mumkin.

Aylanmadan olinadigan soliq yoki qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkor moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmaganligi sababli belgilangan tartibda davlat soliq organining taqdimnomasiga asosan harakatsiz rejimga o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida o‘z faoliyatini tiklamagan taqdirda, u ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra tugatilishi mumkin.

25-modda. Fuqaroning mulkiy javobgarligi

Fuqaro o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga qarashli butun mol-mulki bilan javob beradi, qonunga muvofiq undiruvni qaratish mumkin bo‘lmagan mol-mulk bundan mustasno.

26-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorning va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi

Yakka tartibdagi tadbirkor kreditorlarning pul majburiyatlari bo‘yicha talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmasa, sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin.

Yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs kreditorlarning pul majburiyatlari bo‘yicha talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmasa, agar tegishli talablar uning ilgarigi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqqan bo‘lsa, belgilangan tartibda sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi tartib-taomillarini amalga oshirishda uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan majburiyatlari bo‘yicha kreditorlari ham hayotga yoki sog‘liqqa yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, alimentlarni undirish haqidagi o‘z talablarini, shuningdek shaxsiy xususiyatga ega bo‘lgan boshqa talablarni qo‘yishga haqli. Mazkur kreditorlarning ular tomonidan shunday tartibda qo‘yilmagan talablari to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili tugallanganidan keyin ham o‘z kuchini saqlab qoladi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan shaxs bankrot deb topilgan taqdirda, uning kreditorlarining talablari ushbu Kodeksning 56-moddasida nazarda tutilgan tartibda qanoatlantiriladi.

26-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorning va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi (davomi)

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan shaxsni sud tomonidan bankrot deb topishning yoki uning o‘zini bankrot deb e’lon qilishining asoslari, tartibi va oqibatlari qonunda belgilanadi.

26¹-modda. Jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi

Jismoniy shaxs pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmasa, sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin.

Jismoniy shaxsni to‘lovga qobiliyatsiz deb topishning asoslari, tartibi va oqibatlari qonunda belgilanadi.

27-modda. O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning muomala layoqati

O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar, ushbu moddaning ikkinchi qismida sanab o‘tilganlardan tashqari, bitimlarni o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Bunday voyaga yetmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitim keyinchalik shaxsning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysi yozma ravishda ma’qullaganidan so‘ng, u ham haqiqiy hisoblanadi.

O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ota-onalari, farzandlikka oluvchilar va homiylarining roziligisiz quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqli:

O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq o‘zlari tuzgan bitimlar bo‘yicha mustaqil ravishda mulkiy javobgar bo‘ladilar. Bunday voyaga yetmaganlar o‘zlari yetkazgan zarar uchun ushbu Kodeksga muvofiq javobgar bo‘ladilar.

Yetarli asoslar mavjud bo‘lganida sud ota-onalar, farzandlikka oluvchilar yoki homiyning yoxud vasiylik va homiylik organining iltimosnomasiga muvofiq o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganning o‘z ish haqi, stipendiyasi yoki boshqa daromadlarini mustaqil tasarruf etish huquqini cheklab qo‘yishi yoki bu huquqdan mahrum qilishi mumkin, bunday voyaga yetmagan shaxs ushbu Kodeks 22-moddasining ikkinchi qismiga yoki 28-moddasiga muvofiq to‘la hajmda muomala layoqatiga ega bo‘lgan hollar bundan mustasno.

28-modda. Emansipatsiya

O‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan bo‘lsa yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, u to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin.

Voyaga yetmagan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish (emansipatsiya) ota-onaning, farzandlikka oluvchilarning yoki homiyning roziligi bilan vasiylik va homiylik organining qaroriga muvofiq yoxud, bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda, sudning qarori bilan amalga oshiriladi.

Ota-ona, farzandlikka oluvchilar va homiy emansipatsiya qilingan voyaga yetmaganning majburiyatlari bo‘yicha, xususan, u yetkazgan zarar oqibatida kelib chiqqan majburiyatlar bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar.

29-modda. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlarning muomala layoqati

O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun bitimlarni, ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilganlardan tashqari, ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin.

Olti yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan kichik yoshdagi bolalar quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar:

Kichik yoshdagi bolaning bitimlari bo‘yicha, shu jumladan o‘zi mustaqil tuzgan bitimlar bo‘yicha uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiyi, agar ular majburiyatning buzilishida o‘zlarining ayblari yo‘qligini isbotlay olmasalar, mulkiy javobgar bo‘ladilar. Ushbu shaxslar qonunga muvofiq kichik yoshdagi bolalar yetkazgan zarar uchun ham javobgar bo‘ladilar.

30-modda. Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish

Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonunchilikda belgilab qo‘yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin va bunday fuqaroga vasiylik belgilanadi.

Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimlarni uni vasiyi amalga oshiradi.

Fuqaroning muomalaga layoqatsiz deb topilishiga sabab bo‘lgan asoslar bekor bo‘lsa, sud uni muomalaga layoqatli deb topadi va unga belgilangan vasiylikni bekor qiladi.

Bilimingizni sinang

Yakka tartibdagi tadbirkor harakatsiz rejimga o‘tkazilgan paytdan e’tiboran qancha muddat ichida faoliyatini tiklamasa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ qaroriga ko‘ra tugatilishi mumkin?
  1. Bir yil
  2. Olti oy
  3. Ikki yil
  4. Uch yil

To‘g‘ri javob: Bir yil. Harakatsiz rejimga o‘tkazilgan paytdan bir yil ichida faoliyatini tiklamagan yakka tartibdagi tadbirkor tugatilishi mumkin.

Fuqarolik kodeksi (I qism) — 24-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Fuqaroning tadbirkorlik faoliyati
  2. Fuqaroning mulkiy javobgarligi
  3. Jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi
  4. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlarning muomala layoqati

To‘g‘ri javob: Fuqaroning tadbirkorlik faoliyati. 24-modda: Fuqaroning tadbirkorlik faoliyati.

Fuqarolik kodeksi (I qism): «Fuqaroning tadbirkorlik faoliyati» qaysi moddada belgilangan?
  1. 26¹-modda
  2. 24-modda
  3. 25-modda
  4. 29-modda

To‘g‘ri javob: 24-modda. 24-modda: Fuqaroning tadbirkorlik faoliyati.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, fuqaro tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga qaysi paytdan boshlab haqli bo‘ladi?
  1. O‘n sakkiz yoshga to‘lgan va voyaga yetgan paytdan boshlab
  2. Soliq organiga faoliyat boshlash haqida ariza bergan paytdan
  3. Yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan
  4. Bankda hisobraqami ochilgan va ro‘yxatdan o‘tgan paytdan

To‘g‘ri javob: Yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan. 24-moddaning birinchi qismiga ko‘ra, huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlanadi.

Kazus: Ro‘yxatdan o‘tmagan Rustam kiyim-kechak savdosi bilan muntazam shug‘ullanib, Nargiza bilan bitim tuzdi, so‘ng bitimdan qochish uchun «men tadbirkor emasman» dedi. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, qanday xulosa to‘g‘ri?
  1. Rustam tadbirkor emasligini vaj qilib ko‘rsatishga haqli emas
  2. Bitim haqiqiy emas, chunki Rustam ro‘yxatdan o‘tmagan
  3. Rustam tadbirkor emasligini isbotlasa, javobgarlikdan ozod bo‘ladi
  4. Sud bitimga tadbirkorlik qoidalarini qo‘llay olmaydi

To‘g‘ri javob: Rustam tadbirkor emasligini vaj qilib ko‘rsatishga haqli emas. 24-moddaning uchinchi qismiga ko‘ra, bunday fuqaro o‘zining tadbirkor emasligini vaj qilib ko‘rsatishga haqli emas.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, harakatsiz rejimga o‘tkazilgan yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini qancha vaqt ichida tiklamasa, tugatilishi mumkin?
  1. Olti oy ichida
  2. Ikki yil ichida
  3. Uch oy ichida
  4. Bir yil ichida

To‘g‘ri javob: Bir yil ichida. 24-moddaning to‘rtinchi qismiga ko‘ra, harakatsiz rejimga o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida faoliyat tiklanmasa, tugatilishi mumkin.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, harakatsiz rejimdagi yakka tartibdagi tadbirkorni tugatish to‘g‘risida qaysi organ qaror qabul qiladi?
  1. Davlat soliq organi
  2. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ
  3. Sud
  4. Vasiylik va homiylik organi

To‘g‘ri javob: Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ. 24-moddaga ko‘ra, tugatish ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Fuqarolik kodeksi (I qism) — 25-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Fuqaroning ismi
  2. Fuqaroning huquq layoqati va muomala layoqatini cheklashga yo‘l qo‘yilmasligi
  3. Fuqaroning yashash joyi
  4. Fuqaroning mulkiy javobgarligi

To‘g‘ri javob: Fuqaroning mulkiy javobgarligi. 25-modda: Fuqaroning mulkiy javobgarligi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiFuqaro (jismoniy shaxs) tushunchasi (1/3)Keyingi →Fuqaroning muomala layoqatini cheklash (3/3)