Yuridik shaxs tushunchasi (1/4)
I Bo‘Lim
39-modda. Yuridik shaxs tushunchasi
O‘z mulkida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi.
Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak.
40-modda. Yuridik shaxslarning turlari
Foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi bo‘lmagan tashkilot) yuridik shaxs bo‘lishi mumkin.
Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs xo‘jalik shirkati va jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha shaklda tuzilishi mumkin.
Tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxs jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond va mulkdor tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasa shaklida, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha shaklda tashkil etilishi mumkin.
Tijoratchi bo‘lmagan tashkilot o‘zining ustavda belgilangan maqsadlariga mos keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.
Yuridik shaxslar uyushmalar (ittifoqlar)ga va boshqa birlashmalarga Qonunga muvofiq birlashishlari mumkin.
Yuridik shaxs ushbu Kodeks, boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek ustav va boshqa ta’sis hujjatlari asosida ish olib boradi.
41-modda. Yuridik shaxsning huquq layoqati
Yuridik shaxs o‘zining ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyati maqsadlariga muvofiq fuqarolik huquq layoqatiga ega bo‘ladi.
Yuridik shaxsning huquq layoqati u tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi (ushbu Kodeks 44-moddasining to‘rtinchi qismi) va uni tugatish yakunlangan paytdan e’tiboran tugatiladi (ushbu Kodeks 55-moddasining o‘ninchi qismi).
Yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati uning ustavi, nizomi yoki qonunchilik bilan belgilanadi.
Yuridik shaxs qonun hujjatida ro‘yxati belgilab qo‘yilgan ayrim faoliyat turlari bilan faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug‘ullanishi mumkin.
Yuridik shaxsning huquqlari qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina cheklanishi mumkin. Yuridik shaxsning huquqlarini cheklash haqidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
42-modda. Yuridik shaxslarning vujudga kelishi
Yuridik shaxslar mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs tomonidan yoxud vakolatli organning farmoyishi asosida, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladi.
Mulkdorlar yoki operativ boshqarish huquqi subyektlari yoxud ular vakil qilgan shaxslar yuridik shaxslarning muassislari hisoblanadi.
43-modda. Yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari
Yuridik shaxs ustav asosida yoki ta’sis shartnomasi va ustav asosida yoxud faqat ta’sis shartnomasi asosida ish olib boradi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxs shu turdagi tashkilotlar haqidagi nizom asosida ish olib borishi mumkin.
Yuridik shaxsning ta’sis shartnomasi uning muassislari tomonidan tuziladi, ustavi esa — tasdiqlanadi.
Ushbu Kodeksga muvofiq bir muassis tomonidan tashkil etilgan yuridik shaxs shu muassis tasdiqlagan ustav asosida ish olib boradi.
Yuridik shaxsning ustavi va boshqa ta’sis hujjatlarida yuridik shaxsning nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili), yuridik shaxs faoliyatini boshqarish tartibi belgilab qo‘yilishi, shuningdek ularda tegishli turdagi yuridik shaxslar to‘g‘risida qonunda nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Tijoratchi bo‘lmagan tashkilotlar va qonunda nazarda tutilgan hollarda tijoratchi tashkilotlarning ham ta’sis hujjatlarida yuridik shaxs faoliyatining sohasi va maqsadlari belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Ta’sis shartnomasida taraflar (muassislar) yuridik shaxs tashkil etish majburiyatini oladilar, uni tashkil etish sohasida birgalikda faoliyat ko‘rsatish tartibini, unga o‘z mol-mulklarini berish hamda uning faoliyatida ishtirok etish shartlarini belgilaydilar. Shartnomada foyda va zararlarni ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlash, yuridik shaxs faoliyatini boshqarish, muassislarning uning tarkibidan chiqish shartlari va tartibi ham belgilab qo‘yiladi. Ta’sis shartnomasiga muassislarning kelishuviga muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
43-modda. Yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari (davomi)
Ta’sis hujjatlaridagi o‘zgartishlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab, qonunda belgilangan hollarda esa — davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organ ana shunday o‘zgartishlar haqida xabardor qilingan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga ega bo‘ladi. Yuridik shaxslar va ularning muassislari mazkur o‘zgartishlarni hisobga olib ish yuritgan uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda ana shunday o‘zgartishlar ro‘yxatga olinmaganligini vaj qilib ko‘rsatishga haqli emaslar.
44-modda. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Yuridik shaxs qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi ma’lumotlar barchaning tanishib chiqishi uchun ochiq bo‘lgan yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritiladi.
Yuridik shaxsni tashkil etishning qonunda belgilab qo‘yilgan tartibini buzish yoki uning ta’sis hujjatlari qonunga mos kelmasligi yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning rad etilishiga sabab bo‘ladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning xabardor qilish tartibi belgilangan yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Yuridik shaxsni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan uni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini buzish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
Yuridik shaxs qonunda belgilangan hollardagina qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
45-modda. Yuridik shaxsning organlari
Yuridik shaxs qonunchilikka va ta’sis hujjatlariga muvofiq ish olib boradigan o‘z organlari orqali fuqarolik huquqlariga ega bo‘ladi va o‘z zimmasiga fuqarolik burchlarini oladi. Yuridik shaxs organlarini tayinlash yoki saylash tartibi qonunchilik va ta’sis hujjatlari bilan belgilanadi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxs o‘z ishtirokchilari orqali fuqarolik huquqlariga ega bo‘lishi va fuqarolik burchlarini o‘z zimmasiga olishi mumkin.
Qonunga yoki yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs nomidan ish olib boradigan shaxs o‘zi vakili bo‘lgan yuridik shaxs manfaatlari yo‘lida halol va oqilona ish olib borishi kerak. U yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari, a’zolari) talabi bilan, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, yuridik shaxsga yetkazgan zararini to‘lashi shart.
46-modda. Yuridik shaxsning nomi va joylashgan yeri
Yuridik shaxs o‘zining tashkiliy-huquqiy shaklini bildiradigan nomiga ega bo‘ladi. Tijoratchi bo‘lmagan tashkilotlar, qonunda nazarda tutilgan hollarda tijoratchi tashkilotlarning ham nomlari yuridik shaxs faoliyatining xususiyatini ko‘rsatishi kerak.
Yuridik shaxsning nomiga to‘la yoki qisqartirilgan rasmiy nomni (davlatning nomini) kiritishga, yuridik shaxs hujjatlarining rekvizitlariga yoki reklama materiallariga ana shunday nomni yoxud davlat ramzlari elementlarini qo‘shishga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Yuridik shaxsning joylashgan yeri, agar qonunga muvofiq yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy bilan belgilanadi.
Yuridik shaxs o‘zi bilan bo‘ladigan aloqa amalga oshiriladigan pochta manziliga ega bo‘lishi lozim hamda o‘zining pochta manzili o‘zgarganligi to‘g‘risida vakolatli davlat organlarini xabardor etishi shart.
Yuridik shaxsning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) uning ta’sis hujjatlarida ko‘rsatiladi.
Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs o‘z firma nomiga ega bo‘lishi lozim.
Yuridik shaxs o‘z firmasining nomidan foydalanish mutlaq huquqiga egadir.
O‘zga firma nomidan g‘ayriqonuniy suratda foydalanayotgan shaxs firma nomiga egalik qilish huquqi bo‘lgan shaxsning talabi bilan undan foydalanishni to‘xtatishi hamda yetkazilgan zararlarni to‘lashi lozim.
47-modda. Vakolatxonalar va filiallar
Vakolatxona yuridik shaxsning u turgan yerdan tashqarida joylashgan, yuridik shaxs manfaatlarini ifodalaydigan va ularni himoya qiladigan alohida bo‘linmasidir.
Filial yuridik shaxsning u turgan yerdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida bo‘linmasidir.
Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, vakolatxona va filiallar yuridik shaxs hisoblanmaydi. Ular o‘zlarini tashkil etgan yuridik shaxs tomonidan mol-mulk bilan ta’minlanadilar hamda u tasdiqlagan nizomlar asosida ish olib boradilar. Vakolatxona va filiallarning rahbarlari yuridik shaxs tomonidan tayinlanadi hamda uning ishonchnomasi asosida ish olib boradi.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 39-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Yuridik shaxslarning turlari
- Yuridik shaxs tushunchasi
- Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish haqidagi qarorning bekor qilinishi
- Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish
To‘g‘ri javob: Yuridik shaxs tushunchasi. 39-modda: Yuridik shaxs tushunchasi.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Yuridik shaxs tushunchasi» qaysi moddada belgilangan?
- 35-modda
- 40-modda
- 39-modda
- 33-modda
To‘g‘ri javob: 39-modda. 39-modda: Yuridik shaxs tushunchasi.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, quyidagi belgilardan qaysi biri yuridik shaxsga xos emas?
- O‘z nomidan sudda da’vogar va javobgar bo‘la olishi
- Alohida mol-mulkka ega bo‘lishi
- Faqat jismoniy shaxslardan tashkil topishi
- Mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishi
To‘g‘ri javob: Faqat jismoniy shaxslardan tashkil topishi. 39-moddada yuridik shaxsning belgilari sanalgan; faqat jismoniy shaxslardan tashkil topish ular orasida yo‘q.
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 40-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Vakolatxonalar va filiallar
- Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish
- Yuridik shaxslarning turlari
- Vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaro qaytib kelishining oqibatlari
To‘g‘ri javob: Yuridik shaxslarning turlari. 40-modda: Yuridik shaxslarning turlari.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Yuridik shaxslarning turlari» qaysi moddada belgilangan?
- 40-modda
- 37-modda
- 38-modda
- 47-modda
To‘g‘ri javob: 40-modda. 40-modda: Yuridik shaxslarning turlari.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, tijoratchi tashkilotning asosiy belgisi nima?
- Foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olishi
- Faqat davlat mulkida bo‘lishi va byudjetdan moliyalashtirilishi
- Foyda olishni butunlay taqiqlangan tarzda faoliyat yuritishi
- Faqat ijtimoiy maqsadlarda faoliyat yuritishi va foyda ko‘rmasligi
To‘g‘ri javob: Foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olishi. 40-moddaning birinchi qismiga ko‘ra, tijoratchi tashkilot foyda olishni asosiy maqsad qilgan tashkilotdir.
Quyidagilardan qaysi biri Fuqarolik kodeksiga ko‘ra tijoratchi tashkilot shakli hisoblanadi?
- Jamoat birlashmasi
- Ijtimoiy fond
- Mulkdor tomonidan moliyalashtiriladigan muassasa
- Ishlab chiqarish kooperativi
To‘g‘ri javob: Ishlab chiqarish kooperativi. 40-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, xo‘jalik shirkati, jamiyati va ishlab chiqarish kooperativi tijoratchi tashkilotlardir.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, tijoratchi bo‘lmagan tashkilot tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullana oladimi?
- Yo‘q, hech qanday holatda, hatto ustav maqsadlariga mos bo‘lsa ham
- Ha, ustavda belgilangan maqsadlariga mos keladigan doiralarda
- Ha, har qanday doirada, ustav maqsadlaridan qat’i nazar va cheklovsiz
- Ha, faqat sudning oldindan olingan ruxsati bilan va ustav doirasida
To‘g‘ri javob: Ha, ustavda belgilangan maqsadlariga mos keladigan doiralarda. 40-moddaning to‘rtinchi qismiga ko‘ra, u ustav maqsadlariga mos doiralarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi mumkin.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash