XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Fuqarolik kodeksi (I qism) · 121–128-m.

O‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqar … (3/3)

I Bo‘Lim

121-modda. O‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi

Garchi muomalaga layoqatli bo‘lsa-da, biroq bitim tuzish vaqtida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan holatda bo‘lgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitim shu fuqaroning yoki huquqlari yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari bunday bitimni tuzish natijasida buzilgan boshqa shaxslarning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Keyinchalik muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimni, agar bitimni tuzish paytida fuqaro o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaganligi yoki ularni boshqara olmaganligi isbotlangan bo‘lsa, uning vasiysi qilgan da’voga muvofiq sud haqiqiy emas deb topishi mumkin.

Agar bitim ushbu modda asosida haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa, ushbu Kodeks 117-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi.

Bundan tashqari, bitim tuzish paytida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmagan yoki ularni boshqara olmagan tarafga ikkinchi taraf, agar u o‘zi bilan bitim tuzgan fuqaroning bunday holatda ekanligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan bo‘lsa, qilingan xarajatlarni, yo‘qotilgan mol-mulkning yoki unga yetkazilgan shikastning haqini to‘lashi kerak.

122-modda. Yanglishish ta’sirida tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi

Jiddiy ahamiyatga ega bo‘lgan yanglishish ta’sirida tuzilgan bitim yanglishish ta’sirida harakat qilgan tarafning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Bitimning tabiati, uning narsasining o‘z vazifasi bo‘yicha foydalanish imkoniyatini ancha pasaytiradigan o‘xshashligi yoki sifati haqida yanglishish jiddiy ahamiyatga egadir. Bitimning sabablari xususida yanglishish jiddiy ahamiyatga ega emas.

Agar bitim yanglishish ta’sirida tuzilganligi tufayli haqiqiy emas deb topilsa, ushbu Kodeks 114-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi.

Bundan tashqari, o‘z da’vosiga ko‘ra bitim haqiqiy emas deb topilgan taraf yanglishish ikkinchi tarafning aybi bilan yuz berganligini isbotlay olsa, ikkinchi tarafdan o‘ziga yetkazilgan haqiqiy zararni to‘lashni talab qilishga haqli. Agar bu hol isbotlanmasa, o‘z da’vosiga ko‘ra bitim haqiqiy emas deb topilgan taraf ikkinchi tarafning talabi bilan, basharti hatto yanglishish yanglishgan tarafga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra yuz bergan bo‘lsa ham, yetkazilgan haqiqiy zararni unga to‘lashi shart.

123-modda. Aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi yoki og‘ir holatlar yuz berishi ta’sirida tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi

Aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi ta’sirida tuzilgan bitim, shuningdek fuqaro og‘ir holatlar yuz berishi tufayli o‘zi uchun o‘ta noqulay shartlar bilan tuzishga majbur bo‘lgan, ikkinchi taraf esa bundan foydalanib qolgan bitim (asoratli bitim) jabrlanuvchining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Agar bitim yuqorida ko‘rsatilgan asoslardan biriga ko‘ra haqiqiy emas deb topilsa, ikkinchi taraf jabrlanuvchiga uning bitim bo‘yicha bajargan hamma narsasini qaytarib berishi kerak, olingan narsani asl holida qaytarishning iloji bo‘lmaganida esa — uning qiymatini pul bilan to‘lashi kerak. Jabrlanuvchi bitim bo‘yicha ikkinchi tarafdan olgan mol-mulk, shuningdek ikkinchi tarafga topshirilgan narsa evaziga o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk davlat daromadiga o‘tkaziladi. Mol-mulkni asl holida davlat daromadiga o‘tkazish mumkin bo‘lmasa, uning qiymati pul bilan undirib olinadi. Bundan tashqari, jabrlanuvchiga ikkinchi taraf uning qilgan xarajatlarini, uning mol-mulki yo‘qotilishi yoki buzilishi natijasida yetkazilgan zararni to‘laydi.

124-modda. Qalbaki va ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi

Yuridik oqibatlar tug‘dirish niyati bo‘lmagan holda, nomigagina tuzilgan bitim (qalbaki bitim) o‘z-o‘zidan haqiqiy emasdir.

Agar bitim boshqa bitimni niqoblash maqsadida tuzilgan bo‘lsa (ko‘zbo‘yamachilik bitimi), taraflar haqiqatda nazarda tutgan bitimga doir qoidalar qo‘llaniladi.

125-modda. Yuridik shaxs huquqiy layoqatidan tashqariga chiqadigan bitimning haqiqiy emasligi

Yuridik shaxs tomonidan uning ustav maqsadlariga zid holda tuzilgan yoki tegishli faoliyat bilan shug‘ullanishga litsenziyasi bo‘lmagan yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitim uning muassisi (ishtirokchisi) yoki vakolatli davlat organining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

126-modda. Bitim tuzish vakolatlarini cheklash oqibatlari

Agar shaxsning bitim tuzish vakolatlari shartnoma bilan yoki yuridik shaxs vakolatlari uning ta’sis hujjatlari bilan ishonchnomada, qonunda belgilab qo‘yilganiga nisbatan yoinki bitim tuzilayotgan vaziyatdan aniq ko‘rinib turgan deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan vakolatlariga nisbatan cheklab qo‘yilgan bo‘lsa va bitimni tuzish paytida bunday shaxs yoki organ ana shu cheklashlar doirasidan chiqib ketgan bo‘lsalar, bitimdagi ikkinchi taraf mazkur cheklashlarni bilgan yoki oldindan bilishi lozim bo‘lganligi isbotlangan hollardagina bitim cheklash belgilanishidan manfaatdor bo‘lgan shaxsning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

127-modda. Bitimning haqiqiy emas deb hisoblanish payti

Haqiqiy emas deb topilgan bitim u tuzilgan paytdan boshlab haqiqiy emas hisoblanadi. Bitimning mazmunidan uning faqat kelajak vaqt uchun bekor qilinishi mumkinligi anglashilsa, haqiqiy emas deb topilgan bitim kelajak vaqt uchun harakatdan to‘xtaydi.

128-modda. Bitimning bir qismi haqiqiy emasligining oqibatlari

Bitimning bir qismi haqiqiy sanalmasligi bitimga haqiqiy sanalmagan qism qo‘shilmasa ham u tuzilgan bo‘lar edi, deb taxmin qilish mumkin bo‘lsa, uning boshqa qismlarining haqiqiy sanalmasligiga sabab bo‘lmaydi.

Bilimingizni sinang

Fuqarolik kodeksi (I qism) — 121-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Qonunchilikning talablariga muvofiq bo‘lmagan bitimning haqiqiy emasligi
  2. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi
  3. O‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi
  4. O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi

To‘g‘ri javob: O‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi. 121-modda: O‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi.

Fuqarolik kodeksi (I qism): «O‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 119-modda
  2. 121-modda
  3. 118-modda
  4. 116-modda

To‘g‘ri javob: 121-modda. 121-modda: O‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi.

Muomalaga layoqatli bo‘lsa-da, bitim tuzish vaqtida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmagan fuqaro tuzgan bitim kim da’vosi bilan haqiqiy emas deb topilishi mumkin?
  1. Faqat ikkinchi tarafning yoki prokurorning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan, fuqaroning o‘zi da’vo qila olmaydi
  2. Shu fuqaroning yoki huquqlari bitim natijasida buzilgan boshqa shaxslarning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan
  3. Shu fuqaroning yoki uning ish beruvchisining da’vosi bo‘yicha faqat notarius yoki prokuror tomonidan
  4. Faqat shu fuqaroning o‘zi da’vosi bo‘yicha, boshqa shaxslarning huquqlari buzilgan taqdirda ham sud tomonidan

To‘g‘ri javob: Shu fuqaroning yoki huquqlari bitim natijasida buzilgan boshqa shaxslarning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan. 121-modda birinchi qismi.

Keyinchalik muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tuzgan bitimni qachon va kimning da’vosi bilan sud haqiqiy emas deb topishi mumkin?
  1. Bitim tuzilgan paytda fuqaro muomalaga layoqatli bo‘lganligi isbotlansa, uning vasiysi da’vosi bilan
  2. Bitim tuzish paytida fuqaro harakatlarini tushuna olmaganligi isbotlansa, faqat prokuror da’vosi bilan
  3. Bitim tuzilgan paytdan boshlab uch yil o‘tgunga qadar, ikkinchi tarafning roziligi bilan va vasiy da’vosisiz
  4. Bitim tuzish paytida fuqaro harakatlarini tushuna olmaganligi isbotlansa, uning vasiysi da’vosi bilan

To‘g‘ri javob: Bitim tuzish paytida fuqaro harakatlarini tushuna olmaganligi isbotlansa, uning vasiysi da’vosi bilan. 121-modda ikkinchi qismi.

Fuqarolik kodeksi (I qism) — 122-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi
  2. Yanglishish ta’sirida tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi
  3. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi
  4. O‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi

To‘g‘ri javob: Yanglishish ta’sirida tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi. 122-modda: Yanglishish ta’sirida tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi.

Fuqarolik kodeksi (I qism): «Yanglishish ta’sirida tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 119-modda
  2. 120-modda
  3. 122-modda
  4. 121-modda

To‘g‘ri javob: 122-modda. 122-modda: Yanglishish ta’sirida tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi.

Qanday yanglishish bitimni haqiqiy emas deb topish uchun jiddiy ahamiyatga ega hisoblanadi?
  1. Bitimning tabiati yoki narsaning foydalanish imkoniyatini ancha pasaytiradigan o‘xshashligi yoki sifati haqida yanglishish
  2. Bitim tuzilgan paytdagi narx va to‘lov tartibi haqida har qanday yanglishish, narsaning sifatidan qat’i nazar
  3. Bitimning sabablari yoki taraflarning shaxsiy niyatlari haqida har qanday yanglishish, narsaning sifatidan qat’i nazar
  4. Narsaning foydalanish imkoniyatiga ta’sir qilmaydigan ikkinchi darajali tafsilotlari haqida yanglishish

To‘g‘ri javob: Bitimning tabiati yoki narsaning foydalanish imkoniyatini ancha pasaytiradigan o‘xshashligi yoki sifati haqida yanglishish. 122-modda ikkinchi qismi: sabablar haqida yanglishish ahamiyatga ega emas.

Yanglishish ta’sirida tuzilgan bitim kimning da’vosi bo‘yicha sud haqiqiy emas deb topishi mumkin?
  1. Yanglishishdan foyda ko‘rgan tarafning da’vosi bo‘yicha
  2. Faqat notarius yoki prokuror da’vosi bo‘yicha sud tomonidan
  3. Yanglishish ta’sirida harakat qilgan tarafning da’vosi bo‘yicha
  4. Yanglishishni bilgan ikkinchi tarafning da’vosi bo‘yicha

To‘g‘ri javob: Yanglishish ta’sirida harakat qilgan tarafning da’vosi bo‘yicha. 122-modda birinchi qismi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiBitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (2/3)Keyingi →Vakillik (1/2)