Vakillik (1/2)
I Bo‘Lim
129-modda. Vakillik
Ishonchnomaga, qonunga, sud qaroriga yoki vakil qilingan davlat organining hujjatiga asoslangan vakolat bilan bir shaxs (vakil) tomonidan boshqa shaxs (vakolat beruvchi) nomidan tuzilgan bitim vakolat beruvchiga nisbatan fuqarolik huquq va majburiyatlarini bevosita vujudga keltiradi, o‘zgartiradi va bekor qiladi.
O‘z xarakteriga ko‘ra faqat shaxsan tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimni, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa bitimlarni vakil orqali tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vakil o‘ziga vakolat bergan shaxs nomidan shaxsan o‘ziga nisbatan ham, u ayni bir vaqtda vakili bo‘lgan boshqa shaxsga nisbatan ham bitimlar tuzishi mumkin emas, tijorat vakilligi bo‘lgan hollar bundan mustasno.
130-modda. Muomalaga layoqatli shaxslar nomidan vakillik qilish
Muomalaga layoqatli shaxslar o‘zlari tanlagan vakillar orqali bitimlar tuzishlari mumkin, bitim o‘z xarakteriga ko‘ra faqat shaxsan tuzilishi mumkin bo‘lgan hollar, shuningdek qonunda ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
131-modda. Muomalaga layoqatsiz shaxslar nomidan vakillik qilish
Muomalaga layoqatsiz fuqarolar nomidan bitimlarni ularning ota-onalari, farzandlikka oluvchilari va vasiylari tuzadilar.
132-modda. Vakolatsiz vakillik
Vakil qilinmagan shaxs tomonidan boshqa shaxs nomidan tuzilgan yoki vakolatlardan tashqari chiqib tuzilgan bitim vakolat bergan shaxs ushbu bitimni keyinchalik ma’qullagan taqdirdagina uning uchun huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi, o‘zgartiradi va bekor qiladi. Bitim tuzishga vakolat bergan shaxs bitimning ijroga qabul qilinganligidan guvohlik beruvchi harakatlar qilgan holda ham bunday bitim ma’qullangan hisoblanadi.
Bitim tuzishga vakolat bergan shaxs tomonidan bitimning keyinchalik ma’qullanishi uni tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy bitimga aylantiradi.
133-modda. Tijorat vakilligi
Tadbirkorlar shartnomalar tuzayotganida ular nomidan doimo va mustaqil suratda vakillik qiluvchi shaxs (tijorat vakili) vakilning vakolatlari ko‘rsatilgan yozma shartnoma asosida, bunday vakolatlar ko‘rsatilmagan taqdirda esa — ishonchnoma asosida ham ish olib boradi.
Tijorat vakili o‘zining ishtirokida tuzilgan shartnomadagi turli taraflarning manfaatlarini faqat bu taraflarning roziligi bilan hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollardagina ayni bir vaqtda ifodalashi mumkin.
Agar taraflar bilan tuzilgan bitimda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tijorat vakili shartlashilgan haqni va topshiriqni bajarish vaqtida qilgan chiqimlarini teng ulushlarda to‘lashni shartnomadagi taraflardan talab qilishga haqli.
Tijorat vakili o‘ziga berilgan topshiriqni bajarib bo‘lganidan keyin ham savdo bitimlari to‘g‘risida o‘ziga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni sir saqlashi shart.
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim sohalaridagi tijorat vakilligining xususiyatlari qonunchilik bilan belgilanadi.
134-modda. Ishonchnoma
Bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi. Ishonchli vakil o‘ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi.
Yuridik shaxs nomidan, shuningdek yuridik shaxsga ham ishonchnoma faqat yuridik shaxsning ustavida (nizomida) ko‘rsatilgan faoliyat maqsadlariga zid bo‘lmagan bitimlarni tuzish uchungina berilishi mumkin.
135-modda. Ishonchnomaning shakli
Ishonchnoma oddiy yozma shaklda yoki notarial shaklda rasmiylashtiriladi.
Notarial shaklni talab qiluvchi bitimlarni tuzish yoxud yuridik shaxslarga nisbatan harakatlarni amalga oshirish uchun berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak, ushbu Kodeksning 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar va qonunchilik bilan ishonchnomaning o‘zgacha shakli belgilab qo‘yilgan boshqa hollar bundan mustasno.
136-modda. Notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtirilgan ishonchnomalar
Quyidagilar notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtiriladi:
gospitallarda, sanatoriylarda va boshqa harbiy-davolash muassasalarida davolanayotgan harbiy xizmatchilarning hamda boshqa shaxslarning shu muassasalarning boshliqlari, ularning tibbiy qism bo‘yicha o‘rinbosarlari, katta va navbatchi shifokorlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;
harbiy xizmatchilarning, harbiy qismlar, qo‘shilmalar, muassasalar hamda harbiy o‘quv yurtlari joylashgan, notarial idoralar va notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa organlar bo‘lmagan punktlarda esa — ishchi va xizmatchilarning, ular oilalarining va harbiy xizmatchilar oila a’zolarining shu qism, qo‘shilma, muassasa va o‘quv yurtlarining komandirlari (boshliqlari) tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;
ozodlikdan mahrum qilish joylarida bo‘lgan yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno.
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning bank kartasini tiklash uchun tijorat banklariga murojaat qilish to‘g‘risida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 129-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Yuridik shaxs huquqiy layoqatidan tashqariga chiqadigan bitimning haqiqiy emasligi
- Bitimning haqiqiy emas deb hisoblanish payti
- Vakillik
- Vakolatsiz vakillik
To‘g‘ri javob: Vakillik. 129-modda: Vakillik.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Vakillik» qaysi moddada belgilangan?
- 127-modda
- 132-modda
- 125-modda
- 129-modda
To‘g‘ri javob: 129-modda. 129-modda: Vakillik.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, vakil bilan vakolat beruvchi o‘rtasidagi munosabatda bitim vakolat beruvchiga nisbatan qanday oqibat keltiradi?
- Fuqarolik huquq va majburiyatlarini bevosita vujudga keltiradi, o‘zgartiradi va bekor qiladi
- Faqat vakilning o‘zida majburiyat vujudga keltiradi
- Huquq va majburiyatlar faqat sud ma’qullagach vujudga keladi
- Faqat huquqlarni vujudga keltiradi, majburiyatlarni esa vakil o‘z zimmasiga oladi
To‘g‘ri javob: Fuqarolik huquq va majburiyatlarini bevosita vujudga keltiradi, o‘zgartiradi va bekor qiladi. 129-moddaga ko‘ra vakil tuzgan bitim vakolat beruvchiga nisbatan huquq va majburiyatlarni bevosita vujudga keltiradi.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, vakolat qaysi asoslardan biriga tayanishi mumkin?
- Ishonchnoma, qonun, prokuror ko‘rsatmasi yoki mahalla fuqarolar yig‘ini qarori
- Faqat ishonchnoma va qonun, sud qarori yoki davlat organi hujjati esa emas
- Ishonchnoma, og‘zaki kelishuv, notarius tasdig‘i yoki vakil qilingan tashkilot qarori
- Ishonchnoma, qonun, sud qarori yoki vakil qilingan davlat organining hujjati
To‘g‘ri javob: Ishonchnoma, qonun, sud qarori yoki vakil qilingan davlat organining hujjati. 129-moddada vakolat ishonchnoma, qonun, sud qarori yoki davlat organi hujjatiga asoslanishi aytilgan.
Quyidagi bitimlardan qaysi birini vakil orqali tuzishga Fuqarolik kodeksiga ko‘ra yo‘l qo‘yilmaydi?
- Qiymati bazaviy miqdordan oshadigan har qanday ko‘chmas mulk bitimini
- Yuridik shaxs nomidan tuziladigan har qanday xizmat ko‘rsatish bitimini
- O‘z xarakteriga ko‘ra faqat shaxsan tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimni
- Notarial tasdiqlash talab etiladigan har qanday oldi-sotdi shartnomasini
To‘g‘ri javob: O‘z xarakteriga ko‘ra faqat shaxsan tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimni. 129-moddaga ko‘ra faqat shaxsan tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimni vakil orqali tuzib bo‘lmaydi.
Vakil Fuqarolik kodeksiga ko‘ra qaysi holda o‘ziga vakolat bergan shaxs nomidan o‘ziga nisbatan bitim tuzishi mumkin?
- Vakolat beruvchi og‘zaki rozilik bergan taqdirda
- Tijorat vakilligi bo‘lgan hollarda
- Bitim summasi kam bo‘lgan hollarda
- Ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lsa
To‘g‘ri javob: Tijorat vakilligi bo‘lgan hollarda. 129-moddaga ko‘ra bunday bitimlar tuzish taqiqlanadi, tijorat vakilligi bundan mustasno.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Muomalaga layoqatli shaxslar nomidan vakillik qilish» qaysi moddada belgilangan?
- 133-modda
- 136-modda
- 130-modda
- 131-modda
To‘g‘ri javob: 130-modda. 130-modda: Muomalaga layoqatli shaxslar nomidan vakillik qilish.
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 131-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtirilgan ishonchnomalar
- Ishonchnomaning boshqa shakllari
- Qalbaki va ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi
- Muomalaga layoqatsiz shaxslar nomidan vakillik qilish
To‘g‘ri javob: Muomalaga layoqatsiz shaxslar nomidan vakillik qilish. 131-modda: Muomalaga layoqatsiz shaxslar nomidan vakillik qilish.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash