Korporativ shartnoma (2/2)
Iii Bo‘Lim
358¹-modda. Korporativ shartnoma
Xo‘jalik jamiyatining ishtirokchilari yoki ayrim ishtirokchilari o‘z a’zolik huquqlarini amalga oshirish to‘g‘risida o‘zaro korporativ shartnoma tuzishga haqli. Ushbu shartnomaga muvofiq mazkur xo‘jalik jamiyatining ishtirokchilari o‘z a’zolik huquqlarini amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o‘zini tiyish (voz kechish), shu jumladan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida ovoz berish, jamiyatni boshqarish bo‘yicha harakatlarni kelishib amalga oshirish o‘z ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (aksiyalarini) ma’lum narxda yoki muayyan holatlar yuzaga kelganda qo‘lga kiritish yoki boshqa shaxsga berish yoxud qo‘lga kiritishdan yoki boshqa shaxsga berishdan o‘zini tiyish majburiyatini oladi.
Korporativ shartnoma yozma shaklda tuziladi va shartnoma taraflari uchun majburiydir.
Korporativ shartnomaga jamiyat ishtirokchilari jamiyat organlarining ko‘rsatmalariga muvofiq ovoz berishi to‘g‘risidagi va jamiyat organlarining tuzilishini hamda ularning vakolatlarini belgilash haqidagi shartlar kiritilishi mumkin emas. Mazkur shartlarga zid bo‘lgan korporativ shartnomaning shartlari o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.
Korporativ shartnoma taraflari xo‘jalik jamiyatini korporativ shartnoma tuzilganligi to‘g‘risida shartnoma tuzilgan kundan e’tiboran o‘n besh kundan kechiktirmay yozma shaklda xabardor qilishi shart, bunda uning mazmunini oshkor etish talab qilinmaydi. Xabarnoma taraflarning kelishuviga ko‘ra korporativ shartnoma taraflaridan biri tomonidan yuborilishi mumkin. Mazkur majburiyat bajarilmagan taqdirda, korporativ shartnoma taraflari bo‘lmagan jamiyat ishtirokchilari o‘ziga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashni talab qilishga haqlidir.
358¹-modda. Korporativ shartnoma (davomi)
Agar korporativ shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, korporativ shartnoma taraflaridan birining xo‘jalik jamiyati ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga (aksiyasiga) bo‘lgan huquqining bekor bo‘lishi qolgan taraflar uchun shartnomaning bekor bo‘lishiga olib kelmaydi.
Korporativ shartnomada shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash usullari va bunday majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik nazarda tutilishi mumkin.
359-modda. Shartnomaning namunaviy shartlari
Shartnomada uning ayrim shartlari tegishli turdagi shartnomalar uchun ishlab chiqilgan namunaviy shartlar bilan belgilanishi nazarda tutilishi mumkin.
Shartnomada namunaviy shartlarga havola qilinmagan hollarda bunday namunaviy shartlar taraflarning munosabatlariga ish muomalasi odatlari sifatida qo‘llaniladi.
Namunaviy shartlar namunaviy shartnoma yoki ushbu shartlarni o‘z ichiga oluvchi boshqa hujjat shaklida ifodalanishi mumkin.
360-modda. Qo‘shilish shartnomasi
Shartlarini taraflardan biri formulyarlar yoki boshqa standart shakllarda ta’riflagan hamda ikkinchi taraf faqat taklif qilingan shartnomaga butunlay qo‘shilish yo‘li bilan qabul qilishi mumkin bo‘lgan shartnoma qo‘shilish shartnomasi deyiladi.
Agar qo‘shilish shartnomasi garchi qonunchilikka zid bo‘lmasa-da, biroq qo‘shiluvchi tarafni odatda ana shunday turdagi shartnomalar asosida beriladigan huquqlardan mahrum etsa, ikkinchi tarafning majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarligini istisno etsa yoki cheklasa yohud unda qo‘shilgan taraf uchun ochiqdan-ochiq og‘ir bo‘lgan, bu tarafda shartnoma shartlarini belgilashda qatnashish imkoniyati bo‘lganida u o‘zining manfaatlarini ko‘zlab qabul qilmaydigan shartlar yozib qo‘yilgan bo‘lsa, shartnomaga qo‘shilgan taraf shartnomani bekor qilishni yoki o‘zgartirishni talab qilishga haqli.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lganida o‘z tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi munosabati bilan shartnomaga qo‘shilgan taraf qanday shartlar asosida shartnoma tuzayotganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan bo‘lsa, shartnomaga qo‘shilgan tarafning shartnomani bekor qilish yoki o‘zgartirish haqida qo‘ygan talabi qondirilmaydi.
361-modda. Dastlabki shartnoma
Dastlabki shartnoma bo‘yicha taraflar kelgusida mol-mulk berish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish haqida dastlabki shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida shartnoma tuzish (asosiy shartnoma) majburiyatini oladilar.
Dastlabki shartnoma asosiy shartnoma uchun belgilangan shaklda, bordi-yu, asosiy shartnomaning shakli aniqlanmagan bo‘lsa, yozma shaklda tuziladi. Dastlabki shartnomaning shakli to‘g‘risidagi qoidalarga rioya qilmaslik uning haqiqiy sanalmasligiga sabab bo‘ladi.
Dastlabki shartnomada asosiy shartnomaning narsasini, shuningdek boshqa muhim shartlarini belgilab qo‘yish imkonini beradigan shartlar bo‘lishi kerak.
Dastlabki shartnomada taraflar qancha muddatda asosiy shartnomani tuzish majburiyatini olishi ko‘rsatiladi. Agar dastlabki shartnomada bunday muddat belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, asosiy shartnoma dastlabki shartnoma tuzilgan paytdan boshlab bir yil ichida tuzilishi shart.
Dastlabki shartnomani tuzgan taraf asosiy shartnomani tuzishdan bosh tortgan taqdirda ushbu Kodeks 377-moddasining oltinchi va yettinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi.
Agar taraflar asosiy shartnomani tuzishlari lozim bo‘lgan muddatning oxirigacha u tuzilmasa yoki taraflarning birontasi ham ikkinchi tarafga ana shunday shartnoma tuzish haqida taklif yubormasa, dastlabki shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bekor bo‘ladi.
362-modda. Uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan shartnoma
Taraflar qarzdor ijroni kreditorga emas, balki shartnomada ko‘rsatilgan yoki ko‘rsatilmagan, qarzdordan majburiyatni o‘z foydasiga bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘lgan uchinchi shaxsga bajarishi majbur deb belgilab qo‘ygan shartnoma uchinchi shaxs foydasiga tuzilgan shartnoma deyiladi.
Agar qonunchilikda yoki shartnomada o‘zgacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, uchinchi shaxs shartnoma bo‘yicha o‘z huquqidan foydalanish niyatini qarzdorga bildirgan paytdan boshlab taraflar o‘zlari tuzgan shartnomani uchinchi shaxsning roziligisiz bekor qilishlari yoki o‘zgartirishlari mumkin emas.
Qarzdor kreditorga qarshi qo‘yishi mumkin bo‘lgan e’tirozlarini shartnomada uchinchi shaxsning talablariga qarshi qo‘yishga haqli.
Uchinchi shaxs shartnoma bo‘yicha o‘ziga berilgan huquqdan foydalanishdan voz kechgan taqdirda, basharti qonunchilik va shartnomaga zid bo‘lmasa, kreditor bu huquqdan foydalanishi mumkin.
363-modda. Shartnomani sharhlash
Sud shartnoma shartlarini sharhlashda undagi so‘z va iboralarning asl ma’nosini e’tiborga oladi. Shartnomaning sharti aniq bo‘lmasa, uning asl ma’nosi uni boshqa shartlarga va butun shartnomaning ma’nosiga taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi.
Agar ushbu moddaning birinchi qismida bayon etilgan qoidalar shartnomaning mazmunini aniqlash imkonini bermasa, taraflarning haqiqiy umumiy xohish-irodasi shartnomaning maqsadini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak. Bunda barcha tegishli holatlar, shu jumladan shartnoma tuzish oldidan olib borilgan muzokaralar va yozishmalar, taraflarning o‘zaro munosabatlarida qaror topgan amaliyot, ish muomalasi odatlari, taraflarning keyinchalik o‘zlarini qanday tutganligi e’tiborga olinadi.
Bilimingizni sinang
Korporativ shartnoma taraflari xo‘jalik jamiyatini shartnoma tuzilgan kundan e’tiboran necha kundan kechiktirmay yozma shaklda xabardor qilishi shart?
- o‘ttiz kundan
- yigirma kundan
- o‘n kundan
- o‘n besh kundan
To‘g‘ri javob: o‘n besh kundan. Taraflar jamiyatni korporativ shartnoma tuzilganligi haqida o‘n besh kundan kechiktirmay yozma xabardor qiladi.
Fuqarolik kodeksi (I qism) — 358¹-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Shartnomaning tuzilish payti
- Haq evaziga va tekinga tuziladigan shartnomalar
- Korporativ shartnoma
- Shartnomaning amal qilishi
To‘g‘ri javob: Korporativ shartnoma. 358¹-modda: Korporativ shartnoma.
Fuqarolik kodeksi (I qism): «Korporativ shartnoma» qaysi moddada belgilangan?
- 365-modda
- 357-modda
- 358¹-modda
- 355-modda
To‘g‘ri javob: 358¹-modda. 358¹-modda: Korporativ shartnoma.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, xo‘jalik jamiyatining ishtirokchilari o‘z a’zolik huquqlarini amalga oshirish to‘g‘risida qanday shartnoma tuzishga haqli?
- Korporativ shartnoma
- Dastlabki shartnoma
- Qo‘shilish shartnomasi
- Ommaviy shartnoma
To‘g‘ri javob: Korporativ shartnoma. Xo‘jalik jamiyati ishtirokchilari a’zolik huquqlarini amalga oshirish haqida o‘zaro korporativ shartnoma tuzishga haqli (358¹-modda).
Korporativ shartnoma qanday shaklda tuziladi?
- Og‘zaki shaklda
- Notarial tasdiqlangan shaklda
- Davlat ro‘yxatidan o‘tgan shaklda
- Yozma shaklda
To‘g‘ri javob: Yozma shaklda. Korporativ shartnoma yozma shaklda tuziladi va taraflar uchun majburiydir (358¹-modda).
Xo‘jalik jamiyati ishtirokchilari Rustam va Dilshod korporativ shartnoma tuzib, unga «ishtirokchilar jamiyat organlarining ko‘rsatmalariga muvofiq ovoz beradi» degan shartni kiritdi. Bu shartning huquqiy holati qanday?
- Shart faqat jamiyat roziligi bilan haqiqiy bo‘ladi
- Shart haqiqiy, lekin sudda bekor qilinishi mumkin
- Shart o‘z-o‘zidan haqiqiy emas
- Shart faqat bir yil davomida haqiqiy
To‘g‘ri javob: Shart o‘z-o‘zidan haqiqiy emas. Jamiyat organlarining ko‘rsatmalariga muvofiq ovoz berish haqidagi shartlar kiritilishi mumkin emas, ular o‘z-o‘zidan haqiqiy emas (358¹-modda).
Korporativ shartnoma taraflari xo‘jalik jamiyatini shartnoma tuzilganligi haqida shartnoma tuzilgan kundan e’tiboran necha kundan kechiktirmay yozma xabardor qilishi shart?
- O‘ttiz kundan
- O‘n besh kundan
- Yigirma kundan
- Ikki oy ichida
To‘g‘ri javob: O‘n besh kundan. Taraflar jamiyatni shartnoma tuzilganidan o‘n besh kundan kechiktirmay yozma xabardor qilishi shart (358¹-modda).
Korporativ shartnoma taraflari xo‘jalik jamiyatiga shartnoma tuzilganligini xabar qilishda qaysi qoida to‘g‘ri?
- Shartnomaning to‘liq matnini oshkor etish shart
- Shartnomaning mazmunini oshkor etish talab qilinmaydi
- Xabarnoma faqat og‘zaki yuboriladi
- Xabarnomani faqat jamiyat direktori yuborishi mumkin
To‘g‘ri javob: Shartnomaning mazmunini oshkor etish talab qilinmaydi. Xabardor qilishda shartnoma mazmunini oshkor etish talab qilinmaydi (358¹-modda).
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash