XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Fuqarolik kodeksi (II qism) · 436–445-m.

Oldi-sotdi (6/12)

Ikkinchi Qism

436-modda. Sotuvchining javobgarligi va majburiyatni asl holida bajarish

Sotuvchi chakana oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha majburiyatini bajarmagan taqdirda zararni qoplash va neustoyka to‘lash sotuvchini majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qilmaydi.

3-§. Mahsulot yetkazib berish

437-modda. Mahsulot yetkazib berish shartnomasi

Mahsulot yetkazib berish shartnomasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan mahsulot yetkazib beruvchi — sotuvchi shartlashilgan muddatda yoki muddatlarda o‘zi ishlab chiqaradigan yoxud sotib oladigan tovarlarni sotib oluvchiga tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun yoki shaxsiy, oilaviy maqsadlarda, ro‘zg‘orda va shunga o‘xshash boshqa maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun topshirish, sotib oluvchi esa tovarlarni qabul qilish va ularning haqini to‘lash majburiyatini oladi.

438-modda. Mahsulot yetkazib berish shartnomasining amal qilish muddati

Mahsulot yetkazib berish shartnomasi bir yilga, bir yildan ortiq muddatga (uzoq muddatli shartnoma) yoki taraflar kelishuvida nazarda tutilgan boshqa muddatga tuzilishi mumkin.

Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida uning amal qilish muddati belgilanmagan bo‘lsa, shartnoma bir yilga tuzilgan deb hisoblanadi.

Agar uzoq muddatli shartnomada yetkazib berilishi lozim bo‘lgan tovarlar miqdori yoki shartnomaning boshqa shartlari bir yilga yoki undan ortiq muddatga belgilangan bo‘lsa, shartnomada taraflarning bu shartlarni shartnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar keyingi davrlar uchun kelishib olish tartibi belgilanishi lozim. Shartnomada bunday tartib bo‘lmasa, shartnoma tegishincha bir yilga yoki shartnoma shartlari kelishilgan muddatga tuzilgan hisoblanadi.

Uzoq muddatli shartnoma taraflaridan biri yetkazib berilishi lozim bo‘lgan tovarlar miqdorini yoki shartnomaning boshqa shartlarini keyingi davrlar uchun shartnomada belgilangan tartibda kelishib olishni rad qilgan yoki undan bosh tortgan taqdirda boshqa taraf tegishli davrlarda tovarlarni yetkazib berish shartlarini belgilash to‘g‘risidagi yoxud shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega.

439-modda. Mahsulot yetkazib berish shartnomasini tuzish vaqtida kelib chiqadigan kelishmovchiliklarni hal qilish

Bir tarafning tovarlar yetkazib berish shartnomasini tuzish haqidagi taklifi shartnoma loyihasi shaklida boshqa tarafga yuborilgan taqdirda, ikkinchi taraf shartnomani boshqa shartlarda tuzishga rozi bo‘lsa, loyihani olganidan so‘ng kechi bilan o‘ttiz kun ichida kelishmovchiliklar bayonnomasini tuzadi va uni imzolangan shartnoma bilan qaytaradi, kelishmovchiliklar bayonnomasini olgan taraf o‘ttiz kunlik muddatda shartnoma shartlarini kelishish choralarini ko‘rishi (imkoniyat bo‘lsa, boshqa taraf bilan birgalikda) yoki shartnoma tuzishni rad etishini boshqa tarafga yozma ravishda bildirishi lozim.

Mahsulot yetkazib berish shartnomasi shartlari bo‘yicha kelishmovchiliklar bayonnomasini olgan, biroq shartnoma shartlarini kelishish choralarini ko‘rmagan va shartnoma tuzishni rad etishini ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatda boshqa tarafga ma’lum qilmagan taraf shartnoma shartlarini kelishib olishdan bosh tortish oqibatida yetkazilgan zararni qoplashga majbur.

440-modda. Mahsulot yetkazib berish davrlari

Agar taraflar tovarlarni shartnomaning amal qilish muddati mobaynida turkum-turkum qilib yetkazib berishni nazarda tutgan bo‘lsalar va unda alohida turkumlarni yetkazib berish muddatlari (yetkazib berish davrlari) belgilanmagan bo‘lsa, tovarlar har oyda bir xil turkumlarda yetkazib berilishi lozim, basharti qonunchilikdan, majburiyatning mohiyatidan yoki ish muomalasi odatlaridan boshqacha tartib anglashilmasa.

Shartnomada mahsulot yetkazib berish davrlarini belgilash bilan bir qatorda tovarlarni yetkazib berish (o‘n kunlik, sutkalik, soatlik va hokazo) jadvali ham belgilanishi mumkin.

Tovarlarni muddatidan oldin yetkazib berish sotib oluvchining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin. Muddatidan oldin yetkazib berilgan va sotib oluvchi tomonidan qabul qilingan tovarlar keyingi davrda yetkazib berilishi lozim bo‘lgan tovarlar miqdoriga kiritiladi.

441-modda. Tovarlarni yetkazib berish tartibi

Tovarlarni yetkazib berish mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan tovarlarni shartnoma bo‘yicha sotib oluvchiga yoki shartnomada oluvchi sifatida ko‘rsatilgan shaxsga jo‘natish (topshirish) yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Mahsulot yetkazib berish shartnomasida tovarlarni oluvchilarga jo‘natish to‘g‘risida sotib oluvchining sotuvchiga ko‘rsatmalar berish huquqi (jo‘natish raznaryadkasi) nazarda tutilgan hollarda, mahsulot yetkazib beruvchi tovarlarni jo‘natish raznaryadkasida ko‘rsatilgan oluvchilarga jo‘natadi (topshiradi).

Jo‘natish raznaryadkasining mazmuni va uni sotib oluvchi tomonidan mahsulot yetkazib beruvchiga yuborish muddati mahsulot yetkazib berish shartnomasida belgilanadi. Agar jo‘natish raznaryadkasini yuborish muddati shartnomada nazarda tutilgan bo‘lmasa, u mahsulot yetkazib beruvchiga mahsulot yetkazib berish davri boshlanishidan kamida o‘ttiz kun oldin yuborilishi lozim.

Sotib oluvchining belgilangan muddatda jo‘natish raznaryadkasini taqdim qilmasligi mahsulot yetkazib beruvchiga yo mahsulot yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bosh tortish, yoki sotib oluvchidan tovarlar haqini to‘lashni talab qilish huquqini beradi. Bundan tashqari mahsulot yetkazib beruvchi jo‘natish raznaryadkasini taqdim qilmaslik tufayli yetkazilgan zararni to‘lashni talab qilishga haqli.

442-modda. Tovarlarni olib borib berish

Tovarlarni olib borib berish yetkazib beruvchi tomonidan ularni mahsulot yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgan transportda va unda belgilangan shartlarda jo‘natish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Mahsulot yetkazib berish shartnomasida olib borib berish qaysi transport turida yoki qanday shartlarda amalga oshirilishi belgilangan bo‘lmasa, olib borib beruvchi transport turini tanlash yoki tovarni olib borib berish shartlarini belgilash huquqiga ega bo‘ladi, basharti qonunchilikdan, majburiyatning mohiyati yoki ish muomalasi odatlaridan boshqacha tartib anglashilmasa.

443-modda. To‘liq yetkazib berilmagan tovarlar o‘rnini to‘ldirish

Tovar yetkazib berishning ayrim davrida uni to‘liq yetkazib bermagan tovar yetkazib beruvchi, agar tovar yetkazib berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, yetkazib berilmagan tovarlar miqdorini shartnoma amal qilish muddati doirasidagi keyingi davrda (davrlarda) to‘ldirishi lozim.

Uzoq muddatli shartnomaga muvofiq tovar yetkazib berishning ayrim davrida mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan to‘liq yetkazib berilmagan tovarlar o‘rni, agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovarlar to‘liq yetkazib berilmagan yilning keyingi davrida (davrlarida) to‘ldirilishi lozim.

Tovarlar mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan mahsulot yetkazib berish shartnomasida yoki sotib oluvchining jo‘natish raznaryadkasida ko‘rsatilgan bir necha oluvchiga jo‘natilgan taqdirda bir oluvchiga shartnomada yoki jo‘natish raznaryadkasida nazarda tutilganidan ortiq miqdorda yetkazib berilgan tovarlar boshqa oluvchilarga to‘liq yetkazib berilmagan tovarlar o‘rnini qoplash uchun hisobga olinmaydi va agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovar yetkazib beruvchi tomonidan to‘ldirilishi lozim.

444-modda. Yetkazib berish muddati o‘tkazib yuborilgan tovarlarni qabul qilishni rad etish

Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotib oluvchi, tovar yetkazib beruvchini xabardor qilgan holda, yetkazib berish muddati o‘tkazib yuborilgan tovarlarni qabul qilishni rad etishga haqli. Tovar yetkazib beruvchi bildirish xatini olguncha yetkazib berilgan tovarlarni sotib oluvchi qabul qilishi va ularning haqini to‘lashi lozim.

445-modda. To‘liq yetkazib berilmagan tovarlar o‘rnini to‘ldirganda ularning assortimenti

To‘liq yetkazib berilmagan tovarlarning o‘rni to‘ldirilishi kerak bo‘lganida ularning assortimenti taraflar kelishuvi bilan belgilanadi. Bunday kelishuv bo‘lmaganida mahsulot yetkazib beruvchi to‘liq yetkazib berilmagan tovarlar o‘rnini to‘liq yetkazib bermaslikka yo‘l qo‘yilgan davr uchun belgilangan assortimentda to‘ldirishga majbur.

Bir nomdagi tovarlarni mahsulot yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgandan ko‘proq miqdorda yetkazib berish shu assortimentga kiradigan boshqa nomdagi to‘liq yetkazib berilmagan tovarlar o‘rnini to‘ldirish sifatida hisobga olinmaydi va uning o‘rni to‘ldirilishi lozim, bunday yetkazib berish sotib oluvchining oldindan bergan yozma roziligi bilan amalga oshirilgan hollar bundan mustasno.

Bilimingizni sinang

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 436-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Tovarni namuna bo‘yicha sotish
  2. Tovar bahosi va uning haqini to‘lash
  3. Sotuvchining javobgarligi va majburiyatni asl holida bajarish
  4. Tovarlarni yetkazib berish tartibi

To‘g‘ri javob: Sotuvchining javobgarligi va majburiyatni asl holida bajarish. 436-modda: Sotuvchining javobgarligi va majburiyatni asl holida bajarish.

Fuqarolik kodeksi (II qism): «Sotuvchining javobgarligi va majburiyatni asl holida bajarish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 441-modda
  2. 432-modda
  3. 436-modda
  4. 429-modda

To‘g‘ri javob: 436-modda. 436-modda: Sotuvchining javobgarligi va majburiyatni asl holida bajarish.

Chakana oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha majburiyatini bajarmagan sotuvchi zararni qoplab va neustoyka to‘lab bo‘lgach, nima qiladi?
  1. Majburiyatni bajarishdan to‘liq ozod bo‘ladi
  2. Majburiyatni asl holida bajarishdan ozod bo‘lmaydi
  3. Majburiyatni faqat qisman bajarishga haqli bo‘ladi
  4. Majburiyatni bajarmasdan, faqat narxni qaytaradi

To‘g‘ri javob: Majburiyatni asl holida bajarishdan ozod bo‘lmaydi. 436-moddaga ko‘ra zararni qoplash va neustoyka to‘lash sotuvchini majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qilmaydi.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, mahsulot yetkazib berish shartnomasida yetkazib beruvchi — sotuvchi kim bo‘lishi kerak?
  1. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxs
  2. Faqat davlat korxonasi yoki budjet tashkiloti
  3. Jismoniy shaxs, tadbirkorlikdan tashqari faoliyatda
  4. Istalgan fuqaro, tadbirkor bo‘lishidan qat’i nazar

To‘g‘ri javob: Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxs. 437-moddaga ko‘ra yetkazib beruvchi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxs.

Mahsulot yetkazib berish shartnomasida tovarlar qanday maqsadlarda foydalanish uchun topshiriladi?
  1. Faqat shaxsiy, oilaviy va ro‘zg‘or ehtiyojlariga mo‘ljallangan maqsadlarda, tadbirkorlik maqsadlarisiz
  2. Faqat tadbirkorlik faoliyatida, shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojlar bilan bog‘liq maqsadlarsiz
  3. Tadbirkorlik faoliyatida yoki shaxsiy, oilaviy, ro‘zg‘or bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda
  4. Davlat ehtiyojlari yoki shaxsiy, oilaviy, ro‘zg‘or bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa maqsadlarda

To‘g‘ri javob: Tadbirkorlik faoliyatida yoki shaxsiy, oilaviy, ro‘zg‘or bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda. 437-moddada tovarlar tadbirkorlik faoliyatida yoki shaxsiy, oilaviy, ro‘zg‘or bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish uchun topshiriladi.

Mahsulot yetkazib berish shartnomasida amal qilish muddati belgilanmagan bo‘lsa, shartnoma qancha muddatga tuzilgan deb hisoblanadi?
  1. bir yilga
  2. ikki yilga
  3. olti oyga
  4. uch yilga

To‘g‘ri javob: bir yilga. Amal qilish muddati belgilanmagan yetkazib berish shartnomasi bir yilga tuzilgan hisoblanadi.

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 438-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Mahsulot yetkazib berish shartnomasining amal qilish muddati
  2. Sotib oluvchiga sifati tegishli darajada bo‘lmagan tovar sotilganida uning huquqlari
  3. Mahsulot yetkazib berish shartnomasi
  4. Yetkazib berish muddati o‘tkazib yuborilgan tovarlarni qabul qilishni rad etish

To‘g‘ri javob: Mahsulot yetkazib berish shartnomasining amal qilish muddati. 438-modda: Mahsulot yetkazib berish shartnomasining amal qilish muddati.

Fuqarolik kodeksi (II qism): «Mahsulot yetkazib berish shartnomasining amal qilish muddati» qaysi moddada belgilangan?
  1. 437-modda
  2. 434-modda
  3. 438-modda
  4. 444-modda

To‘g‘ri javob: 438-modda. 438-modda: Mahsulot yetkazib berish shartnomasining amal qilish muddati.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiOldi-sotdi (5/12)Keyingi →Oldi-sotdi (7/12)