Oldi-sotdi (7/12)
Ikkinchi Qism
446-modda. Tovarlarning sotib oluvchi tomonidan qabul qilinishi
Sotib oluvchi (oluvchi) shartnomaga muvofiq yetkazib berilgan tovarlarning qabul qilinishini ta’minlaydigan barcha zarur harakatlarni amalga oshirishi lozim.
Sotib oluvchi (oluvchi) o‘zi qabul qilgan tovarni qonunchilikda, mahsulot yetkazib berish shartnomasida yoki ish muomalasi odatlarida belgilangan muddatda ko‘zdan kechirishi lozim.
Sotib oluvchi (oluvchi) xuddi shu muddatda qabul qilingan tovarlarning miqdori va sifatini qonunchilikda, mahsulot yetkazib berish shartnomasida yoki ish muomalasi odatlarida belgilangan tartibda tekshirishi va tovarning aniqlangan nomuvofiqliklari va kamchiliklari to‘g‘risida tovar yetkazib beruvchini darhol yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
Yetkazib berilgan tovarlar transport tashkilotidan olingan taqdirda sotib oluvchi (oluvchi) tovarlarning transport va yuk hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirishi, shuningdek bu tovarlarni transport tashkilotidan belgilangan qoidalarga rioya etgan holda qabul qilishi lozim.
447-modda. Sotib oluvchi qabul qilmagan tovarni mas’uliyatli saqlash
Sotib oluvchi (oluvchi) qonunchilikka yoki mahsulot yetkazib berish shartnomasiga muvofiq mahsulot yetkazib beruvchi topshirgan tovarni rad etgan taqdirda u bu tovarning but saqlanishini ta’minlashi (mas’uliyatli saqlash) va bu haqda tovar yetkazib beruvchini darhol xabardor qilishi shart.
Mahsulot yetkazib beruvchi sotib oluvchi (oluvchi) mas’uliyatli saqlashga olgan tovarni olib chiqib ketishi yoki oqilona muddat ichida tasarruf etishi shart. Agar mahsulot yetkazib beruvchi shu muddatda tovarni tasarruf etmasa, sotib oluvchi tovarni realizatsiya qilishga yoki mahsulot yetkazib beruvchiga qaytarib yuborishga haqli.
Sotib oluvchining tovarni mas’uliyatli saqlashga qabul qilish, tovarni realizatsiya qilish yoki uni mahsulot yetkazib beruvchiga qaytarib yuborish bilan bog‘liq zarur xarajatlari mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan qoplanishi lozim. Bunda tovarni realizatsiya qilishdan tushgan pul summasi, sotib oluvchiga tegishli qismi chegirib qolingan holda, mahsulot yetkazib beruvchiga topshiriladi.
Sotib oluvchi qonunchilikda yoki shartnomada belgilangan asoslarsiz mahsulot yetkazib beruvchidan tovarni qabul qilib olmagan yoki tovarni rad etgan hollarda mahsulot yetkazib beruvchi sotib oluvchidan tovar haqini to‘lashni talab qilishga haqlidir.
448-modda. Tovarlarni tanlab olish
Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida sotib oluvchi (oluvchi)ning yetkazib beruvchi joylashgan yerda tovarlarni tanlab olishi nazarda tutilgan bo‘lsa, sotib oluvchi (oluvchi) o‘ziga topshirilayotgan tovarlarni ular topshiriladigan joyda ko‘zdan kechirishi lozim. Tovarlarning shartnomaga nomuvofiqligi aniqlanganda, u bunday tovarlarni olishdan bosh tortishga haqli.
Sotib oluvchi (oluvchi)ning tovarlarni mahsulot yetkazib berish shartnomasida belgilangan muddatda, bunday muddat belgilanmagan bo‘lsa, tovarlarning tayyorligi to‘g‘risida mahsulot yetkazib beruvchining bildirish xatini olganidan so‘ng oqilona muddatda tanlab olmasligi mahsulot yetkazib beruvchiga shartnomani bajarishdan bosh tortish yoki sotib oluvchidan tovarlar haqini to‘lashni talab qilish huquqini beradi.
449-modda. Yetkazib beriladigan tovarlar uchun hisob-kitoblar
Sotib oluvchi yetkazib beriladigan tovarlar haqini shartnomada nazarda tutilgan hisob-kitoblar tartibi va shakliga amal qilgan holda to‘laydi. Agar taraflar kelishuvida hisob-kitoblar tartibi va shakli belgilanmagan bo‘lsa, hisob-kitoblar to‘lov topshiriqnomalari bilan amalga oshiriladi.
Agar shartnomada tovarlarni to‘plamga kiradigan alohida qismlar bo‘yicha yetkazib berish nazarda tutilgan bo‘lsa, sotib oluvchi tovarlar haqini, basharti shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, to‘plamga kiradigan so‘nggi qism jo‘natilganidan (tanlab olinganidan) keyin to‘laydi.
Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida tovarlar haqi oluvchi (to‘lovchi) tomonidan to‘lanishi nazarda tutilgan bo‘lsa va u haq to‘lashdan asossiz bosh tortsa yoki tovarlar haqini shartnomada belgilangan muddatda to‘lamagan bo‘lsa, yetkazib beruvchi sotib oluvchidan yetkazib berilgan tovarlar haqini to‘lashni talab qilishga haqli.
450-modda. Idishlar va o‘rash materiallarini qaytarish
Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sotib oluvchi (oluvchi) tovar keltirilgan ko‘p marta ishlatiladigan idish va o‘rash materiallarini yetkazib beruvchiga qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda qaytarishi shart.
Boshqa idish va o‘rash materiallari faqat mahsulot yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yetkazib beruvchiga qaytarilishi lozim.
451-modda. Tegishli darajada sifatli bo‘lmagan tovarlarni yetkazib berish oqibatlari
Tegishli darajada sifatli bo‘lmagan tovarlar yetkazib berilgan sotib oluvchi (oluvchi) mahsulot yetkazib beruvchiga ushbu Kodeksning 434-moddasida nazarda tutilgan talablarni qo‘yishga haqli, yetkazib berilgan tovarlarning sifatsizligi to‘g‘risida sotib oluvchidan bildirish olgan mahsulot yetkazib beruvchi yetkazib berilgan tovarlarni tegishli darajada sifatli tovarlar bilan darhol almashtirgan hollar bundan mustasno.
O‘ziga yetkazib berilgan tovarlarni chakanalab sotadigan sotib oluvchi (oluvchi), agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, iste’molchi tomonidan qaytarilgan tegishli darajada sifatli bo‘lmagan tovarni oqilona muddat ichida almashtirishni talab qilishga haqli.
452-modda. But bo‘lmagan tovarlar yetkazib berish oqibatlari
Mahsulot yetkazib berish shartnomasining shartlari, qonunchilikning talablari yoki tovarlarning but bo‘lishiga qo‘yiladigan odatdagi talablarni buzgan holda tovarlar yetkazib berganida sotib oluvchi (oluvchi) mahsulot yetkazib beruvchiga ushbu Kodeksning 413-moddasida nazarda tutilgan talablarni qo‘yishga haqli, mahsulot yetkazib beruvchi yetkazib berilgan tovarlarning but emasligi to‘g‘risida sotib oluvchidan bildirish olganidan keyin tovarlarni darhol butlagan yoki ularni but tovarlar bilan almashtirgan hollar bundan mustasno.
Tovarlarni chakana narxlarda sotayotgan sotib oluvchi (oluvchi), agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, iste’molchi tomonidan qaytarilgan but bo‘lmagan tovarlarni oqilona muddat ichida but tovarlar bilan almashtirishni talab qilishga haqli.
453-modda. Tovarlar to‘liq yetkazib berilmagan, tovarlarning kamchiliklarini bartaraf etish yoki tovarlarni butlash to‘g‘risidagi talablar bajarilmagan hollarda sotib oluvchining huquqlari
Agar mahsulot yetkazib beruvchi tovarlarni mahsulot yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda yetkazib bermagan bo‘lsa yoxud sotib oluvchining (oluvchining) tegishli darajada sifatli bo‘lmagan tovarlarni almashtirish yoki tovarlarni butlash to‘g‘risidagi talablarini belgilangan muddatda bajarmasa, sotib oluvchi yetkazib berilmagan tovarlarni boshqa shaxslardan olib, ularni olish bilan bog‘liq barcha zarur va oqilona xarajatlarni mahsulot yetkazib beruvchi zimmasiga yuklash huquqiga ega.
Mahsulot yetkazib beruvchi tovarlarni to‘liq yetkazib bermagan yoki sotib oluvchining tovarlarning kamchiliklarini bartaraf etish yoki tovarlarni butlash to‘g‘risidagi talablarini bajarmagan hollarda sotib oluvchining boshqa shaxslardan tovarlar olishga qilgan xarajatlari ushbu Kodeks 456-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq hisoblab chiqariladi.
Sotib oluvchi (oluvchi) tovarlarning kamchiligi bartaraf etilguncha va ular butlanguncha yoki almashtirilguncha tegishli darajada sifatli bo‘lmagan va but bo‘lmagan tovarlar haqini to‘lashdan bosh tortish, bordi-yu, tovarlar haqi to‘langan bo‘lsa, –– to‘langan summani qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
454-modda. Tovarlarni to‘liq yetkazib bermaganlik uchun neustoyka
Tovarlarni to‘liq yetkazib bermaganlik yoki yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborganlik uchun qonunda yoki shartnomada belgilangan neustoyka, agar neustoykani undirishning boshqacha tartibi qonunda yoki shartnomada belgilanmagan bo‘lsa, mahsulot yetkazib beruvchidan shartnomaning amal qilish muddatida majburiyat amalda bajarilgunga qadar undiriladi.
455-modda. Mahsulot yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortish
Mahsulot yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bir tomonlama (to‘liq yoki qisman) bosh tortishga taraflarning biri shartnomani jiddiy buzgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Mahsulot yetkazib beruvchining mahsulot yetkazib berish shartnomasini buzishi quyidagi hollarda jiddiy deb hisoblanishi mumkin:
tegishli darajada sifatli bo‘lmagan, sotib oluvchi uchun maqbul muddatda bartaraf qilib bo‘lmaydigan kamchiliklarga ega bo‘lgan tovarlarni yetkazib berish;
tovarlarni yetkazib berish muddatlarini bir necha bor buzish.
Sotib oluvchining mahsulot yetkazib berish shartnomasini buzishi quyidagi hollarda jiddiy deb hisoblanishi mumkin:
tovarlar haqini to‘lash muddatlarini bir necha bor buzish;
tovarlarni bir necha bor olib ketmaslik.
Taraflarning kelishuvida mahsulot yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortish yoki uni bir tomonlama o‘zgartirishning boshqa asoslari ham nazarda tutilishi mumkin.
Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasini bekor qilish yoki o‘zgartirishning boshqa muddati bildirish xatida nazarda tutilmagan yoki taraflar kelishuvida belgilanmagan bo‘lsa, shartnoma bir taraf boshqa tarafdan shartnomani bajarishdan to‘la yoki qisman bir taraflama bosh tortish to‘g‘risida bildirish xati olgan paytdan boshlab o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan hisoblanadi.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 446-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Tovarlarni olib borib berish
- Tovarlarning sotib oluvchi tomonidan qabul qilinishi
- Tovarlarni tanlab olish
- Yetkazib beriladigan tovarlar uchun hisob-kitoblar
To‘g‘ri javob: Tovarlarning sotib oluvchi tomonidan qabul qilinishi. 446-modda: Tovarlarning sotib oluvchi tomonidan qabul qilinishi.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Tovarlarning sotib oluvchi tomonidan qabul qilinishi» qaysi moddada belgilangan?
- 446-modda
- 442-modda
- 448-modda
- 449-modda
To‘g‘ri javob: 446-modda. 446-modda: Tovarlarning sotib oluvchi tomonidan qabul qilinishi.
Mahsulot yetkazib berish shartnomasida sotib oluvchi qabul qilingan tovarlarning aniqlangan nomuvofiqliklari va kamchiliklari haqida yetkazib beruvchini qanday xabardor qilishi lozim?
- Bir oy ichida og‘zaki
- Darhol yozma ravishda
- Faqat sud orqali
- Faqat yetkazib beruvchi so‘rasa
To‘g‘ri javob: Darhol yozma ravishda. 446-moddaga ko‘ra kamchiliklar haqida yetkazib beruvchi darhol yozma ravishda xabardor qilinadi.
Yetkazib berilgan tovarlar transport tashkilotidan olingan taqdirda sotib oluvchi nimani tekshirishi lozim?
- Tovarlarning faqat narxi va sotuvchi ko‘rsatgan reklama ma’lumotlariga muvofiqligini
- Tovarlarning davlat standartlari va soliq hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligini
- Tovarlarning transport va yuk hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligini
- Transport tashkilotining tarif va yuk hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mosligini
To‘g‘ri javob: Tovarlarning transport va yuk hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligini. 446-moddaga ko‘ra sotib oluvchi tovarlarning transport va yuk hujjatlaridagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshiradi.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 447-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Yetkazib beriladigan tovarlar uchun hisob-kitoblar
- Tovarlarni olib borib berish
- Sotib oluvchi qabul qilmagan tovarni mas’uliyatli saqlash
- To‘liq yetkazib berilmagan tovarlar o‘rnini to‘ldirish
To‘g‘ri javob: Sotib oluvchi qabul qilmagan tovarni mas’uliyatli saqlash. 447-modda: Sotib oluvchi qabul qilmagan tovarni mas’uliyatli saqlash.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Sotib oluvchi qabul qilmagan tovarni mas’uliyatli saqlash» qaysi moddada belgilangan?
- 443-modda
- 442-modda
- 449-modda
- 447-modda
To‘g‘ri javob: 447-modda. 447-modda: Sotib oluvchi qabul qilmagan tovarni mas’uliyatli saqlash.
Sotib oluvchi yetkazib beruvchi topshirgan tovarni rad etgan taqdirda u nimaga majbur?
- Tovarni darhol yo‘q qilishga yoki sotib yuborishga va yetkazib beruvchiga xabar bermasdan hisob-kitob qilishga
- Tovarning but saqlanishini ta’minlashga (mas’uliyatli saqlash), lekin yetkazib beruvchiga xabar berishga majbur emas
- Tovarni o‘z hisobidan yetkazib beruvchiga qaytarishga va xarajatlarni o‘zi to‘lashga, xabardor qilmasdan
- Tovarning but saqlanishini ta’minlashga (mas’uliyatli saqlash) va yetkazib beruvchini darhol xabardor qilishga
To‘g‘ri javob: Tovarning but saqlanishini ta’minlashga (mas’uliyatli saqlash) va yetkazib beruvchini darhol xabardor qilishga. 447-moddaga ko‘ra rad etilgan tovar but saqlanishi ta’minlanadi va yetkazib beruvchi darhol xabardor qilinadi.
Sotib oluvchi Aziza MChJ rad etgan tovarni mas’uliyatli saqlashga oldi. Yetkazib beruvchi Zafar MChJ oqilona muddat ichida tovarni olib chiqib ketmadi va tasarruf etmadi. Aziza MChJ nimaga haqli?
- Tovarni oqilona muddatdan keyin sudsiz mustaqil yo‘q qilib yuborishga
- Tovarni realizatsiya qilishga yoki yetkazib beruvchiga qaytarib yuborishga
- Tovarni faqat yetkazib beruvchining yozma roziligi bilan realizatsiya qilishga
- Tovarni ikki yil mobaynida saqlashga va saqlash haqini talab qilmaslikka
To‘g‘ri javob: Tovarni realizatsiya qilishga yoki yetkazib beruvchiga qaytarib yuborishga. 447-moddaga ko‘ra yetkazib beruvchi muddatda tasarruf etmasa, sotib oluvchi realizatsiya qilishga yoki qaytarib yuborishga haqli.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash