Oldi-sotdi (10/12)
Ikkinchi Qism
476-modda. Energiya ta’minoti shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish
Energiya berishdagi uzilishlarga, energiya berishni to‘xtatish yoki cheklashga taraflar kelishuviga muvofiq yo‘l qo‘yiladi, abonentga qarashli energetika qurilmalarining qoniqarsiz ahvoli avariya xavfini keltirib chiqarishi mumkinligi yoki fuqarolar hayoti va xavfsizligiga tahdid tug‘dirayotgani davlat energetika nazorati organi tomonidan tasdiqlangan hollar bundan mustasno. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot abonentni energiya berishdagi uzilishlar, energiya berishni to‘xtatish yoki cheklash to‘g‘risida ogohlantirishi lozim.
Abonent bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan, biroq unga darhol xabar bergan holda energiya berishni vaqtincha uzib qo‘yish, to‘xtatish yoki cheklashga energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tizimida avariyaning oldini olish yoki uni tugatish uchun kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Energiya ta’minoti shartnomasiga muvofiq energiyadan turmushda foydalanadigan fuqaro abonent bo‘lgan taqdirda u energiya bilan ta’minlovchi tashkilotga ma’lum qilish va foydalanilgan energiya haqini to‘liq to‘lash sharti bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega.
Energiya ta’minoti shartnomasiga muvofiq energiyadan turmushda foydalanadigan fuqaro abonent bo‘lgan taqdirda abonent o‘zi foydalangan energiya haqini to‘lamagani tufayli energiya bilan ta’minlovchi tashkilot shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortish huquqiga ega, bunda u shartnomani bajarishdan bosh tortishdan kamida bir oy oldin abonentni bu haqda ogohlantirishi lozim.
476-modda. Energiya ta’minoti shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish (davomi)
Energiya ta’minoti shartnomasiga muvofiq yuridik shaxs abonent bo‘lgan hollarda energiya bilan ta’minlovchi tashkilot ushbu Kodeksning 455-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga haqli, qonunchilikda belgilab qo‘yilgan hollar bundan mustasno.
477-modda. Energiya ta’minoti shartnomasi bo‘yicha javobgarlik
Energiya ta’minoti shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan hollarda, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot shu tufayli yetkazilgan zararning, abonent esa yetkazilgan haqiqiy zararning o‘rnini qoplashi shart.
Agar energiya berishdagi uzilishlar quvvat va energiya yetishmasligi sababli energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan qonunchilik asosida iste’molni tartibga solish natijasida yuz bergan bo‘lsa, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot aybdor bo‘lgan taqdirdagina shartnoma majburiyatlarini bajarmagani yoki tegishli darajada bajarmagani uchun javob beradi.
478-modda. Energiya ta’minoti shartnomasi qoidalarini tutashtirilgan tarmoq orqali ta’minlash borasidagi boshqa munosabatlarga nisbatan qo‘llash
Agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, tutashtirilgan tarmoq orqali issiqlik energiyasi bilan ta’minlash munosabatlariga nisbatan ushbu paragraf qoidalari qo‘llanadi.
Agar qonunchilikda, shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, tutashtirilgan tarmoq orqali gaz, neft va neft mahsulotlari, suv va boshqa tovarlar bilan ta’minlash munosabatlariga nisbatan ushbu paragraf qoidalari qo‘llanadi.
7-§. Ko‘chmas mulkni sotish
479-modda. Ko‘chmas mulkni sotish shartnomasi
Ko‘chmas mulkning oldi-sotdi shartnomasiga (ko‘chmas mulkni sotish shartnomasiga) binoan sotuvchi yer uchastkasi, bino, inshoot, kvartira yoki boshqa ko‘chmas mulkni sotib oluvchiga mulk qilib topshirishni (ushbu Kodeksning 83-moddasi) o‘z zimmasiga oladi.
Korxonalarni sotishga nisbatan, basharti korxonani sotish shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalarda (ushbu Kodeksning 489-496-moddalari) boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu paragraf qoidalari qo‘llanadi.
480-modda. Ko‘chmas mulkni sotish shartnomasining shakli
Ko‘chmas mulkni sotish shartnomasi taraflar imzolagan yozma shakldagi bitta hujjat tarzida tuziladi (ushbu Kodeks 366-moddasining to‘rtinchi qismi).
Ko‘chmas mulkni sotish shartnomasining shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga sabab bo‘ladi.
481-modda. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Ko‘chmas mulkni sotish shartnomasiga binoan ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqining sotib oluvchiga o‘tganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgunga qadar taraflarning ko‘chmas mulkni sotish shartnomasini bajarishi ularning uchinchi shaxslar bilan munosabatlarini o‘zgartirishi uchun asos bo‘lmaydi.
Agar taraflardan biri ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tganligini davlat ro‘yxatdan o‘tkazishdan bo‘yin tovlasa, boshqa tarafning talabiga binoan sud mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli. Mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan asossiz ravishda bo‘yin tovlayotgan taraf boshqa tarafning ro‘yxatdan o‘tkazish kechikkanligi tufayli ko‘rgan zararini qoplashi shart.
482-modda. Bino, inshoot yoki boshqa ko‘chmas mulk sotilganida ular joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq
Bino, inshoot yoki boshqa ko‘chmas mulkni sotish shartnomasiga binoan sotib oluvchiga bunday ko‘chmas mulkka egalik huquqini topshirish bilan bir vaqtda ushbu ko‘chmas mulk joylashgan va undan foydalanish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasining muayyan qismiga bo‘lgan huquqlar ham topshiriladi.
Sotuvchi sotilayotgan ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasining mulkdori bo‘lgan taqdirda sotib oluvchiga yer uchastkasining tegishli qismiga mulk huquqi yoki ijara huquqi yoxud ko‘chmas mulkni sotish shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquq beriladi.
Agar shartnomada ko‘chmas mulkni sotib oluvchiga topshiriladigan tegishli yer uchastkasiga bo‘lgan huquq belgilangan bo‘lmasa, sotib oluvchiga yer uchastkasining ko‘chmas mulk joylashgan va bu ko‘chmas mulkdan foydalanish uchun zarur bo‘lgan muayyan qismiga mulk huquqi o‘tadi.
Sotuvchiga mulk huquqi asosida qarashli bo‘lmagan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulkni, agar bunday uchastkadan foydalanishning qonun yoki shartnomada belgilangan shartlariga zid bo‘lmasa, ana shu yer uchastkasi mulkdorining roziligisiz sotishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday ko‘chmas mulk sotilganida sotib oluvchi ko‘chmas mulkni sotayotgan shaxs yer uchastkasining tegishli qismidan qanday shartlarda foydalangan bo‘lsa, o‘sha shartlarda foydalanish huquqini qo‘lga kiritadi.
483-modda. Yer uchastkasi sotilganida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq
Sotuvchiga qarashli bino, inshoot yoki boshqa ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasi ana shu ko‘chmas mulkni sotib olayotgan shaxsga mulk qilib topshirmagan holda sotilsa, yer uchastkasining ko‘chmas mulk joylashgan va ko‘chmas mulkdan foydalanish uchun zarur bo‘lgan qismidan sotuvchining foydalanish huquqi sotish shartnomasida belgilangan shartlarda saqlab qolinadi.
Agar yer uchastkasining tegishli qismidan foydalanish shartlari uni sotish shartnomasi bilan belgilangan bo‘lmasa, sotuvchi yer uchastkasining ko‘chmas mulk joylashgan va bu ko‘chmas mulkdan ko‘zlangan maqsadlarda foydalanish uchun zarur bo‘lgan qismidan cheklangan holda foydalanish (servitut) huquqini saqlab qoladi.
484-modda. Ko‘chmas mulkni sotish shartnomasida shartnoma narsasini belgilash
Ko‘chmas mulkni sotish shartnomasida shartnoma bo‘yicha sotib oluvchiga topshirilishi lozim bo‘lgan ko‘chmas mulkni aniq belgilash imkonini beradigan ma’lumotlar, shu jumladan ko‘chmas mulk tegishli yer uchastkasida yoki boshqa ko‘chmas mulkning tarkibida qanday joylashganligini belgilash imkonini beradigan ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
Shartnomada bunday ma’lumotlar bo‘lmasa, boshqa shaxsga topshirilishi lozim bo‘lgan ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi shartni taraflar o‘zaro kelishib olmagan, tegishli shartnoma esa tuzilmagan hisoblanadi.
485-modda. Ko‘chmas mulkni sotish shartnomasida baho
Ko‘chmas mulkni sotish shartnomasida ana shu mulkning bahosi nazarda tutilgan bo‘lishi lozim.
Shartnomada taraflar yozma ravishda kelishgan ko‘chmas mulkning bahosi to‘g‘risidagi shart bo‘lmasa, uni sotish to‘g‘risidagi shartnoma tuzilmagan hisoblanadi. Bunda ushbu Kodeks 356-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan baho belgilash qoidasi qo‘llanmaydi.
Agar qonunda yoki ko‘chmas mulkni sotish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, yer uchastkasida joylashgan bino, inshoot yoki boshqa ko‘chmas mulkning shartnomada belgilangan bahosi ana shu ko‘chmas mulk bilan birga topshirilayotgan yer uchastkasi tegishli qismining bahosini yoki unga bo‘lgan huquqni o‘z ichiga oladi.
Ko‘chmas mulkni sotish shartnomasida ko‘chmas mulkning bahosi uning maydon birligiga yoki boshqa miqdor ko‘rsatkichiga qarab belgilangan bo‘lsa, bunday ko‘chmas mulkning to‘lanishi lozim bo‘lgan umumiy bahosi sotuvchiga topshirilgan ko‘chmas mulkning amaldagi miqdoriga asoslangan holda belgilanadi.
Bilimingizni sinang
Turmushda energiyadan foydalanuvchi fuqaro energiya haqini to‘lamasa, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot shartnomani bajarishdan bosh tortishdan kamida qancha oldin abonentni ogohlantirishi lozim?
- olti oy
- o‘n kun
- bir hafta
- bir oy
To‘g‘ri javob: bir oy. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bosh tortishdan kamida bir oy oldin abonentni ogohlantirishi shart.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 476-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Energiya ta’minoti shartnomasi bo‘yicha javobgarlik
- Energiya ta’minoti shartnomasining energiya miqdori to‘g‘risidagi shartini buzish oqibatlari
- Energiya sifati
- Energiya ta’minoti shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish
To‘g‘ri javob: Energiya ta’minoti shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish. 476-modda: Energiya ta’minoti shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Energiya ta’minoti shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish» qaysi moddada belgilangan?
- 477-modda
- 472-modda
- 471-modda
- 476-modda
To‘g‘ri javob: 476-modda. 476-modda: Energiya ta’minoti shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot abonentni energiya berishdagi uzilishlar, to‘xtatish yoki cheklash haqida nima qilishi lozim?
- Faqat sudga xabar qilishi lozim
- Abonentdan ruxsat so‘rashi lozim
- Hech narsa qilmasligi mumkin
- Ogohlantirishi lozim
To‘g‘ri javob: Ogohlantirishi lozim. 476-moddaga ko‘ra ta’minlovchi tashkilot abonentni uzilishlar, to‘xtatish yoki cheklash to‘g‘risida ogohlantirishi lozim.
Qaysi holda energiya bilan ta’minlovchi tashkilot abonent bilan kelishmasdan va ogohlantirmasdan, biroq darhol xabar berib, energiyani vaqtincha uzib qo‘yishi mumkin?
- Tizimda avariyaning oldini olish yoki tugatish uchun kechiktirib bo‘lmaydigan choralar zarur bo‘lsa
- Abonent energiya haqini to‘lashni uch oydan ortiq muddatga kechiktirib, qarzdorlik yuzaga kelgan bo‘lsa
- Ta’minlovchi tarmoqda rejali profilaktik ta’mir ishlarini jadvalga kiritgan va uni oldindan belgilagan bo‘lsa
- Abonent energiyadan foydalanish sifati yuzasidan ta’minlovchiga yozma shikoyat bergan va javob kutayotgan bo‘lsa
To‘g‘ri javob: Tizimda avariyaning oldini olish yoki tugatish uchun kechiktirib bo‘lmaydigan choralar zarur bo‘lsa. 476-moddaga ko‘ra avariyani oldini olish yoki tugatish uchun kechiktirib bo‘lmaydigan choralar zarur bo‘lganda mumkin.
Energiyadan turmushda foydalanadigan fuqaro abonent energiya ta’minoti shartnomasini bir tomonlama bekor qilish uchun qanday shartga rioya qilishi kerak?
- Ta’minlovchining yozma roziligini olishi va shartnoma muddatini to‘liq o‘tashi
- Ikki oy oldin sudga murojaat qilib, bekor qilish to‘g‘risida qaror olishi
- Ta’minlovchiga ma’lum qilishi va foydalanilgan energiya haqini to‘liq to‘lashi
- Energiya haqini bir yil oldindan to‘lab, ta’minlovchiga yozma ariza berishi
To‘g‘ri javob: Ta’minlovchiga ma’lum qilishi va foydalanilgan energiya haqini to‘liq to‘lashi. 476-moddaga ko‘ra fuqaro ta’minlovchiga ma’lum qilib, foydalanilgan haqni to‘liq to‘lagan holda bir tomonlama bekor qilishi mumkin.
Fuqaro abonent Rahim energiya haqini to‘lamadi. Ta’minlovchi tashkilot shartnomani bir tomonlama bajarishdan bosh tortmoqchi. U abonentni bu haqda kamida qancha vaqt oldin ogohlantirishi lozim?
- Kamida olti oy oldin
- Kamida bir hafta oldin
- Kamida bir oy oldin
- Kamida uch kun oldin
To‘g‘ri javob: Kamida bir oy oldin. 476-moddaga ko‘ra ta’minlovchi bosh tortishdan kamida bir oy oldin abonentni ogohlantirishi lozim.
Energiya ta’minoti shartnomasida yuridik shaxs abonent bo‘lsa, ta’minlovchi tashkilot shartnomani bir tomonlama bajarishdan bosh tortish uchun qaysi moddadagi asoslarga tayanadi?
- 456-moddadagi
- 455-moddadagi
- 477-moddadagi
- 413-moddadagi
To‘g‘ri javob: 455-moddadagi. 476-modda davomiga ko‘ra yuridik shaxs abonentga nisbatan 455-moddadagi asoslar qo‘llanadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash