Renta (1/2)
Ikkinchi Qism
512-modda. Renta shartnomasi
Renta shartnomasiga muvofiq bir taraf (renta oluvchi) ko‘chmas yoki ko‘char mol-mulkni boshqa tarafga (renta to‘lovchiga) mulk qilib beradi, renta to‘lovchi esa olingan mol-mulk o‘rniga renta oluvchiga vaqti-vaqti bilan belgilangan pul summasi yoki uni ta’minlash uchun boshqa shaklda mablag‘ berish tarzida renta to‘lash majburiyatini oladi.
Renta shartnomasiga muvofiq rentani muddatsiz (doimiy renta) yoki renta oluvchi hayot bo‘lgan muddat mobaynida to‘lash (umrbod renta) majburiyatini belgilashga yo‘l qo‘yiladi. Umrbod renta fuqaroni o‘z qaramog‘iga olgan holda umrbod ta’minlash sharti bilan belgilanishi mumkin.
513-modda. Renta shartnomasining shakli
Renta shartnomasi notarial tasdiqlanishi, ko‘chmas mol-mulkni renta to‘lash sharti bilan boshqa shaxsga berishni nazarda tutadigan shartnoma esa bundan tashqari davlat ro‘yxatidan ham o‘tkazilishi lozim.
514-modda. Mol-mulkni renta to‘lash sharti bilan boshqa shaxsga berish
Renta to‘lash sharti bilan boshqa shaxsga beriladigan mol-mulk renta oluvchi tomonidan renta to‘lovchiga haq evaziga yoki tekinga mulk qilib berilishi mumkin.
Renta shartnomasida mol-mulkni haq evaziga topshirish nazarda tutilgan taqdirda taraflarning mol-mulkni topshirish va uning haqini to‘lash bo‘yicha munosabatlariga nisbatan oldi-sotdi shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar, bunday mol-mulk tekinga berilgan hollarda esa hadya shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi, basharti ushbu bobning qoidalarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa va bu hol renta shartnomasining mohiyatiga zid kelmasa.
515-modda. Ko‘chmas mulkdan renta olish
Renta to‘lash sharti bilan berilgan yer uchastkasi, korxona, bino, inshoot yoki boshqa ko‘chmas mol-mulkdan renta olinadi. Renta to‘lovchi bunday mol-mulkni boshqa shaxsga bergan taqdirda renta shartnomasi bo‘yicha uning majburiyatlari mol-mulkni oluvchiga o‘tadi.
Renta olinadigan ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga mulk qilib bergan shaxs, agar ushbu Kodeksda, boshqa qonunda yoki shartnomada bu majburiyat bo‘yicha solidar javobgarlik nazarda tutilmagan bo‘lsa, renta oluvchining renta shartnomasi buzilgani tufayli kelib chiqqan talablari bo‘yicha boshqa shaxs bilan subsidiar javobgar bo‘ladi.
516-modda. Renta to‘lashni ta’minlash
Renta to‘lash sharti bilan yer uchastkasi yoki boshqa ko‘chmas mulk berilganida renta oluvchi renta to‘lovchi o‘z majburiyatlarini bajarishini ta’minlash maqsadida bu mulkka garov huquqini oladi.
Renta sifatida pul summasi yoki boshqa ko‘char mol-mulkni berishni nazarda tutadigan shartnomaning muhim sharti shuki, unda renta to‘lovchi o‘z majburiyatlarini bajarishning garovini taqdim etishga yoki ushbu majburiyatlarni bajarmaslik yoxud lozim darajada bajarmaslik xavfini renta oluvchi foydasiga sug‘urtalashga majbur bo‘ladi.
Renta to‘lovchi ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmasa, shuningdek renta oluvchi javobgar bo‘lmaydigan holatlarda ta’minlash yo‘qotilgan yoki ta’minlash sharoitlari yomonlashgan taqdirda renta oluvchi renta shartnomasini bekor qilishga va shartnoma bekor qilinishi tufayli ko‘rgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
517-modda. Renta to‘lashni kechiktirganlik uchun javobgarlik
Renta to‘lashni kechiktirganlik uchun renta to‘lovchi renta oluvchiga, agar renta shartnomasida boshqacha foizlar miqdori nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu Kodeksning 327-moddasida nazarda tutilgan foizlarni to‘laydi.
2-§. Doimiy renta
518-modda. Doimiy rentani oluvchi
Doimiy rentani faqat fuqarolar va notijorat tashkilotlari olishlari mumkin, basharti, bu hol qonunga zid kelmasa va ularning faoliyat maqsadiga mos bo‘lsa.
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, doimiy renta shartnomasi bo‘yicha renta oluvchining huquqlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarga talabdan voz kechish yo‘li bilan topshirilishi va vorislik bo‘yicha yoki yuridik shaxslar qayta tashkil qilinganda boshqa shaxslarga o‘tishi mumkin.
519-modda. Doimiy renta shakli va miqdori
Doimiy renta pul bilan to‘lanib, u renta to‘lash sharti bilan topshirilgan mol-mulkka o‘xshash mol-mulkni ijaraga berishda qo‘llaniladigan mol-mulkdan foydalanish haqining o‘rtacha stavkasi doirasida shartnoma bilan belgilanadigan miqdorda, renta to‘lash sharti bilan pul summasi topshirilganda esa ushbu Kodeksning 327-moddasida nazarda tutilgan bank foizining tegishli darajada joriy etilgan stavkasi doirasida bo‘ladi.
Shartnomada rentaning pul summasiga teng qiymatdagi ashyolarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan ham renta to‘lash nazarda tutilishi mumkin.
Agar doimiy renta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, mol-mulkdan foydalanish haqining tegishli stavkasi yoki bank foizi stavkasi o‘zgarsa, to‘lanadigan renta miqdori ham mutanosib ravishda o‘zgaradi.
520-modda. Doimiy rentani to‘lash muddatlari
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, doimiy renta yilning har bir kalendar choragi tugashi bilan to‘lanadi.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, renta shartnomasiga muvofiq renta to‘lovchi nima majburiyatini oladi?
- Olingan mol-mulkni bir yildan so‘ng aynan o‘sha holda renta oluvchiga qaytarish majburiyatini, shu muddat uchun haq to‘lamasdan va hech qanday foizsiz
- Mol-mulkni uchinchi shaxsga haq evaziga sotib, tushgan pulni renta oluvchiga topshirish va undan olingan foydani bo‘lishish majburiyatini
- Olingan mol-mulk o‘rniga renta oluvchiga vaqti-vaqti bilan belgilangan pul summasi yoki boshqa shaklda mablag‘ berish tarzida renta to‘lash majburiyatini
- Mol-mulkdan foydalanganlik uchun renta oluvchiga bir marta kelishilgan to‘lovni to‘lash va mol-mulkni shu zahoti qaytarib berish majburiyatini
To‘g‘ri javob: Olingan mol-mulk o‘rniga renta oluvchiga vaqti-vaqti bilan belgilangan pul summasi yoki boshqa shaklda mablag‘ berish tarzida renta to‘lash majburiyatini. 512-modda birinchi qismi: renta to‘lovchi olingan mol-mulk o‘rniga renta to‘lash majburiyatini oladi.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, umrbod renta qanday to‘lanadi?
- Muddatsiz, renta to‘lovchi hayot bo‘lgan davrda
- Besh yil muddatga, keyin yangilanadi
- Renta to‘lovchi vafot etgunga qadar
- Renta oluvchi hayot bo‘lgan muddat mobaynida
To‘g‘ri javob: Renta oluvchi hayot bo‘lgan muddat mobaynida. 512-modda ikkinchi qismi: umrbod renta renta oluvchi hayot bo‘lgan muddat mobaynida to‘lanadi.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 513-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Renta to‘lashni kechiktirganlik uchun javobgarlik
- Renta to‘lashni ta’minlash
- Hadyani bekor qilish
- Renta shartnomasining shakli
To‘g‘ri javob: Renta shartnomasining shakli. 513-modda: Renta shartnomasining shakli.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Renta shartnomasining shakli» qaysi moddada belgilangan?
- 516-modda
- 507-modda
- 513-modda
- 517-modda
To‘g‘ri javob: 513-modda. 513-modda: Renta shartnomasining shakli.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, ko‘chmas mol-mulkni renta to‘lash sharti bilan berishni nazarda tutuvchi renta shartnomasi qanday rasmiylashtirilishi lozim?
- Faqat oddiy yozma shaklda tuzilishi va imzolanishi lozim, ro‘yxat shart emas
- Faqat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi yetarli, notarial tasdiqlash esa talab qilinmaydi
- Notarial tasdiqlanishi va qo‘shimcha ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim
- Og‘zaki shaklda ham tuzilishi mumkin, taraflar kelishsa yozma shakl talab qilinmaydi
To‘g‘ri javob: Notarial tasdiqlanishi va qo‘shimcha ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. 513-modda: renta shartnomasi notarial tasdiqlanadi, ko‘chmas mulk berilsa davlat ro‘yxatidan ham o‘tkaziladi.
Renta to‘lash sharti bilan mol-mulk tekinga berilgan hollarda taraflarning munosabatlariga qaysi shartnoma qoidalari qo‘llaniladi (renta bobida boshqacha tartib bo‘lmasa)?
- Hadya shartnomasi qoidalari
- Oldi-sotdi shartnomasi qoidalari
- Ayirboshlash shartnomasi qoidalari
- Ijara shartnomasi qoidalari
To‘g‘ri javob: Hadya shartnomasi qoidalari. 514-modda ikkinchi qismi: tekinga berilganda hadya shartnomasi qoidalari, haq evaziga berilganda oldi-sotdi qoidalari qo‘llaniladi.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 515-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Doimiy renta shakli va miqdori
- Renta to‘lashni ta’minlash
- Ko‘chmas mulkdan renta olish
- Hadya va’da qilinganida huquqiy vorislik
To‘g‘ri javob: Ko‘chmas mulkdan renta olish. 515-modda: Ko‘chmas mulkdan renta olish.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Ko‘chmas mulkdan renta olish» qaysi moddada belgilangan?
- 515-modda
- 516-modda
- 510-modda
- 519-modda
To‘g‘ri javob: 515-modda. 515-modda: Ko‘chmas mulkdan renta olish.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash