Renta (2/2)
Ikkinchi Qism
521-modda. To‘lovchining doimiy rentani sotib olish huquqi
Doimiy rentani to‘lovchi uni sotib olish yo‘li bilan bundan buyon renta to‘lashdan bosh tortishga haqli. Agar renta to‘lovchi renta to‘lashdan bu tarzda bosh tortishini renta to‘lashni to‘xtatishidan kamida uch oy yoki shartnomada nazarda tutilganidek undan ham avvalroq yozma ravishda ma’lum qilgan bo‘lsa, bunday bosh tortish haqiqiy hisoblanadi. Bunda renta to‘lash majburiyati, agar shartnomada sotib olishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, renta oluvchi sotib olish summasining hammasini olib bo‘lgunga qadar to‘xtatilmaydi.
Shartnomaning doimiy renta to‘lovchi uni sotib olish huquqidan voz kechishi to‘g‘risidagi sharti o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.
Shartnomada doimiy rentani sotib olish huquqini renta oluvchi hayotligida yoki shartnoma tuzilgan paytdan boshlab o‘ttiz yildan oshmaydigan muddat mobaynida amalga oshirib bo‘lmasligi nazarda tutilishi mumkin.
522-modda. Renta oluvchining talabiga ko‘ra doimiy rentani sotib olish
Quyidagi hollarda doimiy renta oluvchi to‘lovchidan rentani sotib olishni talab qilishga haqli:
agar shartnomada boshqacha muddat belgilangan bo‘lmasa, renta to‘lovchi uni to‘lash muddatini bir yildan ortiq kechiktirib yuborgan taqdirda;
renta to‘lovchi rentani to‘lashni ta’minlash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini buzgan taqdirda;
renta to‘lovchi to‘lovga qodir emas deb topilgan yoki u rentani shartnomada belgilangan miqdor va muddatlarda to‘lamasligini ko‘rsatadigan boshqa vaziyatlar vujudga kelgan taqdirda;
renta to‘lash sharti bilan topshirilgan ko‘chmas mulk umumiy mulkka aylangan yoki bir necha shaxs o‘rtasida taqsimlangan taqdirda;
shuningdek, shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda.
523-modda. Doimiy rentani sotib olish bahosi
Ushbu Kodeksning 521 va 522-moddalarida nazarda tutilgan hollarda doimiy renta shartnomada belgilangan bahoda sotib olinadi.
Renta to‘lash sharti bilan mol-mulk haq evaziga topshirilgan doimiy renta shartnomasida sotib olish bahosi to‘g‘risida shart bo‘lmaganida sotib olish yillik renta to‘lovlari summasiga mos bahoda amalga oshiriladi.
Renta to‘lash sharti bilan mol-mulk tekinga berilgan doimiy renta shartnomasida sotib olish bahosi to‘g‘risida shart bo‘lmaganida sotib olish bahosiga yillik renta to‘lovlari summasi bilan bir qatorda topshirilgan mol-mulkning ushbu Kodeks 356-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha aniqlanadigan bahosi ham kiritiladi.
524-modda. Doimiy renta to‘lash sharti bilan topshirilgan mol-mulkning tasodifan nobud bo‘lish yoki tasodifan buzilish xavfi
Doimiy renta to‘lash sharti bilan bepul topshirilgan mol-mulkning tasodifan nobud bo‘lish yoki tasodifan buzilish xavfi renta to‘lovchi zimmasida bo‘ladi.
Doimiy renta to‘lash sharti bilan haq evaziga topshirilgan mol-mulk tasodifan nobud bo‘lganda yoki tasodifan buzilganda to‘lovchi renta to‘lash majburiyatini tegishli ravishda to‘xtatishni yoki uni to‘lash shartlarini o‘zgartirishni talab qilishga haqli.
3-§. Umrbod renta
525-modda. Umrbod renta oluvchilar
Umrbod renta mulkini renta to‘lash sharti bilan topshirayotgan fuqaro hayot bo‘lgan davrga yoki u ko‘rsatgan boshqa fuqaro hayot bo‘lgan davrga belgilanishi mumkin.
Umrbod rentani bir necha fuqaro foydasiga belgilashga yo‘l qo‘yiladi, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, renta olish huquqida ularning ulushlari teng deb hisoblanadi.
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, renta oluvchilarning biri vafot etgan taqdirda uning renta olish huquqidagi ulushi undan keyin hayot bo‘lgan renta oluvchilarga o‘tadi, oxirgi renta oluvchi vafot etgan taqdirda renta to‘lash majburiyati bekor bo‘ladi.
Shartnoma tuzilgan paytgacha vafot etgan fuqaro foydasiga umrbod renta belgilaydigan shartnoma o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.
526-modda. Umrbod renta miqdori
Umrbod renta shartnomada renta oluvchi hayot bo‘lgan davrda unga vaqti-vaqti bilan to‘lanadigan pul summasi sifatida belgilanadi.
Umrbod rentaning shartnomada belgilanadigan bir oylik miqdori qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan oz bo‘lmasligi kerak, ushbu Kodeksning 247-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa oshirilishi lozim.
527-modda. Umrbod rentani to‘lash muddatlari
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, umrbod renta har bir kalendar oy tugashi bilan to‘lanadi.
528-modda. Umrbod renta shartnomasini renta oluvchining talabi bilan bekor qilish
Renta to‘lovchi umrbod renta shartnomasini jiddiy buzgan hollarda renta oluvchi renta to‘lovchidan rentani ushbu Kodeksning 523-moddasida nazarda tutilgan shartlarda sotib olishni yoki shartnomani bekor qilish va zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega.
Agar umrbod renta to‘lash sharti bilan tekinga kvartira, uy yoki boshqa mol-mulk topshirilgan bo‘lsa, renta to‘lovchi shartnomaning muhim shartlarini jiddiy buzgan taqdirda renta oluvchi bu mol-mulkni uning qiymatini sotib olinadigan renta hisobiga qo‘shgan holda qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
529-modda. Renta to‘lash sharti bilan topshirilgan mol-mulkning tasodifan nobud bo‘lish yoki tasodifan buzilish xavfi
Umrbod renta to‘lash sharti bilan topshirilgan mol-mulkning tasodifan nobud bo‘lishi yoki tasodifan buzilishi renta to‘lovchini rentani shartnomada nazarda tutilgan shartlarda to‘lash majburiyatidan ozod qilmaydi.
Bilimingizni sinang
Doimiy renta to‘lovchi rentani sotib olish yo‘li bilan to‘lashdan bosh tortishini renta to‘lashni to‘xtatishdan kamida qancha oldin yozma ravishda ma’lum qilsa, bunday bosh tortish haqiqiy hisoblanadi?
- bir yil
- bir oy
- uch oy
- olti oy
To‘g‘ri javob: uch oy. Bosh tortish renta to‘lashni to‘xtatishdan kamida uch oy oldin yozma ma’lum qilingan bo‘lsa haqiqiy hisoblanadi.
Doimiy rentani sotib olish huquqini shartnoma tuzilgan paytdan boshlab amalga oshirib bo‘lmasligi shartnomada ko‘pi bilan qancha muddatga nazarda tutilishi mumkin?
- ellik yildan
- o‘ttiz yildan
- o‘n yildan
- yigirma yildan
To‘g‘ri javob: o‘ttiz yildan. Shartnomada sotib olish huquqini shartnoma tuzilgan paytdan boshlab o‘ttiz yildan oshmaydigan muddat amalga oshirib bo‘lmasligi belgilanishi mumkin.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 521-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Doimiy rentani to‘lash muddatlari
- To‘lovchining doimiy rentani sotib olish huquqi
- Umrbod rentani to‘lash muddatlari
- Doimiy renta shakli va miqdori
To‘g‘ri javob: To‘lovchining doimiy rentani sotib olish huquqi. 521-modda: To‘lovchining doimiy rentani sotib olish huquqi.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «To‘lovchining doimiy rentani sotib olish huquqi» qaysi moddada belgilangan?
- 519-modda
- 527-modda
- 521-modda
- 520-modda
To‘g‘ri javob: 521-modda. 521-modda: To‘lovchining doimiy rentani sotib olish huquqi.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, doimiy rentani to‘lovchi uni sotib olish yo‘li bilan renta to‘lashdan bosh tortishi haqiqiy bo‘lishi uchun oldindan qanday xabar berishi lozim?
- Yozma ravishda, renta to‘lashni to‘xtatishidan kamida bir oy yoki shartnomada nazarda tutilganidek undan ham avvalroq
- Yozma ravishda, renta to‘lashni to‘xtatishidan kamida uch oy yoki shartnomada nazarda tutilganidek undan ham avvalroq
- Og‘zaki ravishda, renta oluvchiga kamida olti oy oldin yoki shartnomada nazarda tutilganidek undan ham keyinroq
- Notarial tartibda, sudga murojaat qilishdan kamida bir yil oldin va shartnomada nazarda tutilmagan holda
To‘g‘ri javob: Yozma ravishda, renta to‘lashni to‘xtatishidan kamida uch oy yoki shartnomada nazarda tutilganidek undan ham avvalroq. 521-modda birinchi qismi: kamida uch oy yoki shartnomada nazarda tutilganidek avvalroq yozma ma’lum qilinishi kerak.
Doimiy renta shartnomasida Sanjar renta to‘lovchi sifatida uni sotib olish huquqidan voz kechishi shart qilib qo‘yildi. Keyinroq u rentani sotib olmoqchi bo‘ldi, renta oluvchi esa shartga tayandi. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, bu shart qanday hisoblanadi?
- Faqat sud orqali haqiqiy emas deb tan olinadi
- Haqiqiy, agar renta oluvchi rozi bo‘lsa
- O‘z-o‘zidan haqiqiy emas
- Haqiqiy, ammo o‘ttiz yildan keyin bekor bo‘ladi
To‘g‘ri javob: O‘z-o‘zidan haqiqiy emas. 521-modda ikkinchi qismi: sotib olish huquqidan voz kechish sharti o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, doimiy rentani sotib olish huquqini amalga oshirib bo‘lmasligi shartnomada qanday muddatga nazarda tutilishi mumkin?
- Renta to‘lovchi hayotligida yoki shartnoma tuzilgan paytdan boshlab o‘n yildan oshmaydigan muddat mobaynida
- Faqat shartnoma tuzilgan paytdan boshlab besh yildan oshmaydigan muddat mobaynida, renta oluvchi hayotligidan qat’i nazar
- Muddat cheklanmaydi, renta to‘lovchi hayotligida yoki sud belgilagan har qanday muddat mobaynida
- Renta oluvchi hayotligida yoki shartnoma tuzilgan paytdan boshlab o‘ttiz yildan oshmaydigan muddat mobaynida
To‘g‘ri javob: Renta oluvchi hayotligida yoki shartnoma tuzilgan paytdan boshlab o‘ttiz yildan oshmaydigan muddat mobaynida. 521-modda uchinchi qismi: renta oluvchi hayotligida yoki o‘ttiz yildan oshmaydigan muddat mobaynida.
Shartnomada boshqacha muddat belgilanmagan bo‘lsa, doimiy renta to‘lovchi rentani to‘lash muddatini qancha vaqtdan ortiq kechiktirsa, renta oluvchi rentani sotib olishni talab qilishga haqli?
- uch oydan
- ikki yildan
- olti oydan
- bir yildan
To‘g‘ri javob: bir yildan. Renta to‘lovchi to‘lash muddatini bir yildan ortiq kechiktirsa, renta oluvchi sotib olishni talab qilishga haqli.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash