Mulk ijarasi (1/7)
Ikkinchi Qism
535-modda. Mulk ijarasi shartnomasi
Mulk ijarasi shartnomasi bo‘yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi.
536-modda. Ijaraga oluvchining ijaraga olingan mol-mulkdan olinadigan mahsulot, mevalar va daromadlarga bo‘lgan mulk huquqi
Agar qonun yoki mulk ijarasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish natijasida oladigan mahsulot, meva va boshqa daromadlar uning mulki hisoblanadi.
537-modda. Mulk ijarasining obyektlari
Yer uchastkalari, yer osti boyliklari joylashgan uchastkalar va boshqa alohida tabiiy obyektlar, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari va foydalanish jarayonida o‘zining tabiiy xususiyatlarini yo‘qotmaydigan boshqa ashyolar (iste’mol qilinmaydigan ashyolar) mulk ijarasiga berilishi mumkin.
Qonunchilikda mulk ijarasiga berilishi mumkin bo‘lmagan yoki cheklangan korxonalar turlari (guruhlari) va mol-mulk turlari belgilab qo‘yilishi mumkin.
538-modda. Ijaraga beruvchi
Mol-mulkini ijaraga berish huquqi shu mol-mulk egasiga tegishlidir. Qonun yoki mulkdor tomonidan mol-mulkni ijaraga berish vakolati berilgan boshqa shaxslar ham ijaraga beruvchi bo‘lishlari mumkin.
539-modda. Mulk ijarasi shartnomasining shakli
Mulk ijarasi shartnomasi bir yildan ortiq muddatga mo‘ljallangan bo‘lsa, taraflardan birontasi yuridik shaxs bo‘lgan hollarda esa, muddatidan qat’i nazar, yozma shaklda tuzilishi shart.
Ko‘chmas mulk ijarasi shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va soliq organlarida hisobga qo‘yilishi lozim, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. Ko‘chmas mulk ijarasi shartnomalarini soliq organlarida hisobga qo‘yish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Mulk huquqining kelgusida ijarachiga o‘tishini nazarda tutuvchi mulk ijarasi shartnomasi, bunday mulkning oldi-sotdi shartnomasi uchun nazarda tutilgan shaklda tuziladi.
540-modda. Mulk ijarasi shartnomasining muddati
Mulk ijarasi shartnomasi shartnomada belgilangan muddatga tuziladi.
Agar mulk ijarasining muddati shartnomada belgilanmagan bo‘lsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin, ko‘chmas mulk ijarasida esa –– uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istagan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin. Qonun yoki shartnomada nomuayyan muddatga tuzilgan mulk ijarasi shartnomasini bekor qilish haqida oldindan ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilab qo‘yilishi mumkin.
Qonunda mulk ijarasining ayrim turlari uchun, shuningdek mol-mulkning ayrim turlarini ijaraga olish uchun eng ko‘p (oxirgi) muddatlar belgilab qo‘yilishi mumkin. Bunday hollarda, basharti ijara muddati shartnomada belgilangan bo‘lmasa va qonunda belgilangan oxirgi muddat tugagunicha taraflardan hech qaysisi shartnomadan voz kechmasa, oxirgi muddat o‘tishi bilan shartnoma bekor bo‘ladi. Qonunda belgilangan oxirgi muddatdan ortiq muddatga tuzilgan bunday mulk ijarasi shartnomasi oxirgi muddatga teng muddatga tuzilgan hisoblanadi.
541-modda. Ijaraga oluvchiga mol-mulkni topshirish
Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga mol-mulkni shartnoma shartlari va mol-mulkning vazifasiga muvofiq holatda topshirmog‘i lozim.
Mol-mulkni topshirishga tayyorlash, shu jumladan topshirish dalolatnomasini tuzish va imzolashga taqdim etish ijaraga beruvchining burchi bo‘lib, uning hisobidan amalga oshiriladi.
Agarda shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, mol-mulk barcha mansub ashyolari va unga aloqador hujjatlar (texnik pasport, sifat sertifikati va hokazolar) bilan birga ijaraga topshiriladi. Agarda bunday mansub ashyolar va hujjatlar topshirilgan bo‘lmasa va ularsiz ijaraga oluvchi mol-mulkdan uning o‘z vazifasi bo‘yicha foydalana olmasa yoxud shartnoma tuzish paytida mo‘ljallashga haqli bo‘lgan ancha narsasidan mahrum bo‘lsa, u ijaraga beruvchidan bunday mansub ashyolar va hujjatlarni topshirishni yoxud shartnomani bekor qilishni, shuningdek zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Agar ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga ijaraga berilgan mol-mulkni shartnomada ko‘rsatilgan muddatda, basharti shartnomada bunday muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, oqilona muddatda topshirmagan bo‘lsa, ijaraga oluvchi ushbu Kodeksning 331-moddasiga muvofiq bu mol-mulkni undan talab qilib olish va ijroning kechikkanligi tufayli yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish yoki shartnomani bekor qilish va uning bajarilmaganligi sababli yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega.
542-modda. Ijaraga topshirilgan mol-mulkdagi kamchiliklar uchun ijaraga beruvchining javobgarligi
Ijaraga beruvchi ijaraga topshirilgan mol-mulkning undan foydalanishga to‘liq yoki qisman to‘sqinlik qiladigan kamchiliklari uchun, hatto u shartnoma tuzish vaqtida bular haqida bilmagan bo‘lsa ham, javobgardir. Bunday kamchiliklar aniqlanganda ijarachi o‘z xohishiga ko‘ra:
ijaraga beruvchidan yo mol-mulkdagi kamchiliklarni tekinga bartaraf etishni yoki mol-mulkdan foydalanganlik haqini mutanosib kamaytirishni yoxud mol-mulkdagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun qilgan o‘z xarajatlarini qoplashni talab qilishga;
ijaraga beruvchini oldindan ogohlantirgan holda o‘sha kamchiliklarni bartaraf etishga sarflagan xarajatlari summasini mol-mulkdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan haqdan bevosita chegirib qolishga;
shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishga haqli.
Ijaraga oluvchining talablaridan yoki uning mol-mulkdagi kamchiliklarni ijaraga beruvchi hisobidan bartaraf etish niyatidan xabardor qilingan ijaraga beruvchi ijaraga topshirilgan mol-mulkni tegishli holatda bo‘lgan boshqa shunday mol-mulk bilan darhol almashtirib berishi yoki mol-mulkdagi kamchilikni tekinga bartaraf etishi mumkin.
Agar ijaraga oluvchining talablarini qanoatlantirish yoxud uning kamchiliklarni bartaraf etish xarajatlarini mol-mulkdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan haqdan chegirib qolishi ijaraga oluvchi ko‘rgan zararni qoplamasa, u zararning qoplanmagan qismini to‘lashni talab qilishga haqli.
Shartnoma tuzish vaqtida ijaraga beruvchi oldindan aytib qo‘ygan yoki ijaraga oluvchiga oldindan ma’lum bo‘lgan yoxud shartnomani tuzishda yoki mol-mulkni ijaraga topshirish paytida uni ko‘zdan kechirganda yoxud uning sozligini tekshirganda ijaraga oluvchi aniqlashi kerak bo‘lgan kamchiliklar uchun ijaraga beruvchi javobgar bo‘lmaydi.
543-modda. Ijaraga topshirilayotgan mol-mulkka nisbatan uchinchi shaxslarning huquqlari
Mol-mulkning ijaraga topshirilishi bu mol-mulkka nisbatan uchinchi shaxslarning huquqlari bekor bo‘lishi yoki o‘zgarishi uchun asos bo‘lmaydi.
Shartnoma tuzishda ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini ijaraga topshirilayotgan mol-mulkka nisbatan uchinchi shaxslarning barcha huquqlari (servitut, garov huquqi va hokazolar) haqida ogohlantirishi lozim. Ijaraga beruvchi tomonidan bu majburiyatning bajarilmasligi ijaraga oluvchiga mol-mulkdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan haqni kamaytirishni yoxud shartnomani bekor qilish va zararni to‘lashni talab qilish huquqini beradi.
544-modda. Mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to‘lash
Ijaraga oluvchi mol-mulkdan foydalanganlik uchun haqni o‘z vaqtida to‘lab turishi shart.
Mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to‘lash tartibi, shartlari va muddatlari mulk ijarasi shartnomasi bilan belgilanadi. Bular shartnomada belgilanmagan hollarda odatda xuddi shunday mol-mulkni o‘xshash holatlarda ijaraga berishda qo‘llaniladigan tartib, shartlar va muddatlar belgilangan deb hisoblanadi.
Mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq ijaraga olingan barcha mol-mulk uchun yaxlit holda yoki uning har bir tarkibiy qismi uchun alohida-alohida holda quyidagi ko‘rinishlarda belgilanadi:
vaqti-vaqti bilan yoki bir yo‘la to‘lanadigan qat’iy summada belgilangan to‘lovlar tariqasida;
ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish natijasida olingan mahsulot, mevalar yoki daromadlarning belgilangan ulushi tariqasida;
ijaraga oluvchi tomonidan ko‘rsatiladigan ma’lum xizmatlar tariqasida;
ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga beruvchiga shartnomada kelishilgan ashyoni mulk qilib yoki ijaraga topshirish tariqasida;
ijaraga olingan mol-mulkni yaxshilash bo‘yicha shartnomada kelishilgan xarajatlarni ijaraga oluvchi zimmasiga yuklash tariqasida.
Taraflar mulk ijarasi shartnomasida mol-mulkdan foydalanganlik uchun ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan haq shakllarini aralash amalga oshirishni yoki haq to‘lashning boshqa shakllarini nazarda tutishlari mumkin.
Agar mulk ijarasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, mol-mulkdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan haq miqdori shartnomada belgilangan muddatlarda, biroq bir yilda ko‘pi bilan bir marta taraflarning kelishuvi bilan o‘zgartirilishi mumkin. Qonunchilikda mulk ijarasining ayrim turlari uchun, shuningdek ayrim mol-mulk turlarining ijarasi uchun haq miqdorini qayta ko‘rib chiqishning boshqacha eng kam muddatlari nazarda tutilishi mumkin.
544-modda. Mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to‘lash (davomi)
Agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ijaraga oluvchi o‘zi javobgar bo‘lmagan holatlarga ko‘ra, shartnomada nazarda tutilgan foydalanish shartlari yoki mol-mulkning holati jiddiy yomonlashgan bo‘lsa, u mol-mulkdan foydalanganlik uchun ijara haqini tegishli ravishda kamaytirishni talab qilishga haqli.
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, mol-mulkdan foydalanganlik uchun ijara haqini to‘lash muddatlari ijaraga oluvchi tomonidan jiddiy buzilgan taqdirda, ijaraga beruvchi undan ijara haqini muddatidan oldin, ijaraga beruvchi belgilagan muddatda to‘lashni talab qilishga haqli. Bunda ijaraga beruvchi mol-mulkdan foydalanganlik uchun ko‘pi bilan ikki muddatning haqini muddatidan oldin to‘lashni talab qilishga haqli.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, mulk ijarasi shartnomasi bo‘yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga nima majburiyatini oladi?
- Mol-mulkni doimiy egalik qilish va tasarruf etish uchun mulk qilib topshirish majburiyatini
- Mol-mulkni vaqtincha saqlash va uni asrash uchun haq evaziga qabul qilib olish majburiyatini
- Mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini
- Mol-mulkni tekin vaqtincha foydalanish uchun, ammo egalik huquqisiz berish majburiyatini
To‘g‘ri javob: Mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini. 535-modda: haq evaziga vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyati.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 536-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Renta to‘lash sharti bilan topshirilgan mol-mulkning tasodifan nobud bo‘lish yoki tasodifan buzilish xavfi
- Ijaraga topshirilayotgan mol-mulkka nisbatan uchinchi shaxslarning huquqlari
- Ijaraga oluvchining ijaraga olingan mol-mulkdan olinadigan mahsulot, mevalar va daromadlarga bo‘lgan mulk huquqi
- Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasini o‘zgartirish yoki bekor qilish
To‘g‘ri javob: Ijaraga oluvchining ijaraga olingan mol-mulkdan olinadigan mahsulot, mevalar va daromadlarga bo‘lgan mulk huquqi. 536-modda: Ijaraga oluvchining ijaraga olingan mol-mulkdan olinadigan mahsulot, mevalar va daromadlarga bo‘lgan mulk huquqi.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Ijaraga oluvchining ijaraga olingan mol-mulkdan olinadigan mahsulot, mevalar va daromadlarga bo‘lgan mulk huquqi» qaysi moddada belgilangan?
- 543-modda
- 529-modda
- 536-modda
- 533-modda
To‘g‘ri javob: 536-modda. 536-modda: Ijaraga oluvchining ijaraga olingan mol-mulkdan olinadigan mahsulot, mevalar va daromadlarga bo‘lgan mulk huquqi.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, qonun yoki shartnomada boshqacha tartib bo‘lmasa, ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish natijasida olingan mahsulot, meva va daromadlar kimning mulki hisoblanadi?
- Ijaraga beruvchining
- Ijaraga oluvchining
- Ikkala tarafning teng ulushda
- Davlatning
To‘g‘ri javob: Ijaraga oluvchining. 536-modda: mahsulot, meva va daromadlar ijaraga oluvchining mulki hisoblanadi.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 537-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Mulk ijarasining obyektlari
- Mulk ijarasi shartnomasi
- Umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasi
- Ijaraga topshirilayotgan mol-mulkka nisbatan uchinchi shaxslarning huquqlari
To‘g‘ri javob: Mulk ijarasining obyektlari. 537-modda: Mulk ijarasining obyektlari.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Mulk ijarasining obyektlari» qaysi moddada belgilangan?
- 535-modda
- 530-modda
- 543-modda
- 537-modda
To‘g‘ri javob: 537-modda. 537-modda: Mulk ijarasining obyektlari.
Quyidagilardan qaysi biri Fuqarolik kodeksiga ko‘ra mulk ijarasi obyekti bo‘la oladi?
- Foydalanish jarayonida o‘zining tabiiy xususiyatlarini yo‘qotmaydigan ashyolar, masalan uskunalar
- Foydalanish jarayonida butunlay sarflanib ketadigan ashyolar, masalan oziq-ovqat mahsulotlari
- Faqat pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar, ya’ni ashyo shaklida bo‘lmagan mulk turlari
- Faqat ko‘chmas mulk obyektlari, masalan binolar va yer uchastkalari, boshqa ashyolar emas
To‘g‘ri javob: Foydalanish jarayonida o‘zining tabiiy xususiyatlarini yo‘qotmaydigan ashyolar, masalan uskunalar. 537-modda: tabiiy xususiyatlarini yo‘qotmaydigan (iste’mol qilinmaydigan) ashyolar ijaraga berilishi mumkin.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 538-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to‘lash
- Ijaraga oluvchining ijaraga olingan mol-mulkdan olinadigan mahsulot, mevalar va daromadlarga bo‘lgan mulk huquqi
- Ijaraga beruvchi
- Mulk ijarasi shartnomasi
To‘g‘ri javob: Ijaraga beruvchi. 538-modda: Ijaraga beruvchi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash