Mulk ijarasi (3/7)
Ikkinchi Qism
555-modda. Ijaraga olingan mol-mulkni yaxshilash
Agarda mulk ijarasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ijaraga oluvchi tomonidan mol-mulkning ajratib olsa bo‘ladigan tarzda yaxshilanishi uning mulki hisoblanadi.
Ijaraga oluvchi ijaraga olingan mol-mulkni o‘z mablag‘lari hisobidan va ijaraga beruvchining roziligi bilan yaxshilagan, bu yaxshilashni mol-mulkka zarar yetkazmagan holda ajratib olish mumkin bo‘lmagan taqdirda, ijaraga oluvchi shartnoma bekor bo‘lganidan keyin, basharti shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, bu yaxshilashlar qiymatini to‘lashni talab qilish huquqiga ega.
Agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga beruvchining roziligisiz amalga oshirilgan va ijaraga berilgan mol-mulkdan ajratib olib bo‘lmaydigan yaxshilashlarning qiymati to‘lanmaydi.
Ijaraga olingan mol-mulkdan amortizatsiya ajratmalari hisobiga amalga oshirilgan, mol-mulkdan ajratib olish mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan yaxshilashlar ijaraga beruvchining mulki bo‘ladi.
556-modda. Ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish
Mulk ijarasi shartnomasida ijaraga olingan mol-mulk ijara shartnomasining muddati tamom bo‘lganidan keyin yoki tamom bo‘lmasdan oldin ijaraga oluvchi shartnomada kelishilgan sotib olish bahosining hammasini to‘lagan taqdirda uning mulkiga aylanishi nazarda tutilishi mumkin.
Agar ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish sharti shartnomada nazarda tutilmagan bo‘lsa, u taraflarning qo‘shimcha kelishuvi bilan belgilanishi mumkin, bunda taraflar mol-mulkdan foydalanganlik uchun ilgari to‘langan haqni xarid narxiga kiritish to‘g‘risida kelishishga haqlidirlar.
Qonun hujjatlarida ijaraga olingan mol-mulkni sotib olishni taqiqlash hollari belgilab qo‘yilishi mumkin.
557-modda. Mulk ijarasi ayrim turlarining va ayrim turdagi mol-mulkni ijaraga berishning xususiyatlari
Mulk ijarasi shartnomasining ayrim turlariga va ayrim turdagi mol-mulkni ijaraga berish shartnomalariga (prokat, transport vositalari ijarasi, korxonalar ijarasi, moliyaviy mablag‘lar ijarasi va hokazolar), agarda ushbu Kodeksning qoidalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanadi.
2-§. Prokat
558-modda. Prokat shartnomasi
Prokat shartnomasi bo‘yicha doimiy tadbirkorlik faoliyati sifatida mol-mulkni ijaraga beruvchi haq evaziga ijaraga oluvchiga vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun ko‘char mol-mulkni topshirish majburiyatini oladi.
Prokat shartnomasi bo‘yicha topshirilgan mol-mulkdan, agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, iste’mol maqsadlarida foydalaniladi.
Prokat shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Prokat shartnomasi ommaviydir.
559-modda. Prokat shartnomasining muddati
Prokat shartnomasi bir yilgacha muddatga tuziladi.
Mulk ijarasi shartnomasini nomuayyan muddatga qaytadan tuzish va ijaraga oluvchining mulk ijarasi shartnomasini qaytadan tuzishga imtiyozli huquqi haqidagi qoidalar prokat shartnomasiga nisbatan qo‘llanmaydi.
Ijaraga oluvchi prokat shartnomasini bajarishni istagan vaqtida rad etishga haqli.
560-modda. Ijarachiga mol-mulkni topshirish
Prokat shartnomasini tuzgan ijaraga beruvchi ijaraga topshirilayotgan mol-mulkning sozligini ijaraga oluvchi ishtirokida tekshirishi, shuningdek uni mol-mulkdan foydalanish qoidalari bilan tanishtirishi yoki unga bu mol-mulkdan foydalanish haqidagi yozma qo‘llanmani berishi shart.
561-modda. Ijaraga topshirilgan mol-mulkdagi kamchiliklarni bartaraf etish
Agar ijaraga topshirilgan mol-mulkdagi kamchiliklar ijaraga oluvchi tomonidan mol-mulkdan foydalanish va uni saqlash qoidalarining buzilishi natijasida vujudga kelgan bo‘lsa, ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga mol-mulkni ta’mirlash va transportda tashish xarajatlarini to‘laydi.
562-modda. Prokat shartnomasi bo‘yicha mol-mulkdan foydalanganlik haqi
Prokat shartnomasi bo‘yicha mol-mulkdan foydalanganlik haqi vaqti-vaqti bilan yoki bir yo‘la to‘lanadigan qat’iy summadagi to‘lovlar shaklida belgilanadi.
Ijaraga oluvchi mol-mulkni muddatidan oldin qaytargan taqdirda ijaraga beruvchi unga mol-mulkdan foydalanganlik uchun olingan haqdan tegishli qismini mol-mulk amalda qaytarilgan kunning ertasidan boshlab hisoblagan holda qaytaradi.
Mol-mulkdan foydalanganlik haqi bo‘yicha ijaraga oluvchining qarzlari notariusning ijro ustxati asosida so‘zsiz undirib olinadi.
563-modda. Ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish
Prokat shartnomasi bo‘yicha ijaraga topshirilgan mol-mulkni kapital va joriy ta’mirlash ijaraga beruvchining burchidir.
Prokat shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchiga topshirilgan mol-mulkni ikkilamchi ijaraga berishga, ijaraga oluvchi prokat shartnomasi bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazishiga, bu mol-mulkning bepul foydalanish uchun berib qo‘yilishiga, ijaraga oluvchining huquqlarini garovga qo‘yishga va ularni xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarining ustav fondiga (kapitaliga) hissa tariqasida, ishlab chiqarish kooperativlariga pay badallari tariqasida qo‘shishga yo‘l qo‘yilmaydi.
3-§. Transport vositalarining ijarasi
564-modda. Transport vositasini ijaraga berish shartnomasi
Transport vositasini ekipaji bilan ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha ijaraga beruvchi transport vositasini vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun haq evaziga ijaraga oluvchiga beradi va o‘z kuchi bilan uni boshqarish hamda texnik foydalanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.
Transport vositasini ekipajsiz ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha ijaraga beruvchi transport vositasini boshqarish va texnik foydalanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatmagan holda vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun ijaraga oluvchiga haq evaziga beradi.
Ushbu bobning ijara shartnomasini nomuayyan muddatga qayta tuzish va ijaraga oluvchining ijara shartnomasini yangi muddatga qaytadan tuzishga imtiyozli huquqi haqidagi qoidalari transport vositasini ijaraga berish shartnomasiga nisbatan qo‘llanmaydi.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 555-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Taraflar o‘zgarganda mol-mulk ijarasi shartnomasining o‘z kuchida qolishi
- Ijaraga olingan mol-mulkni yaxshilash
- Prokat shartnomasining muddati
- Ijaraga oluvchining ijaraga olingan mol-mulkni saqlash majburiyatlari
To‘g‘ri javob: Ijaraga olingan mol-mulkni yaxshilash. 555-modda: Ijaraga olingan mol-mulkni yaxshilash.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Ijaraga olingan mol-mulkni yaxshilash» qaysi moddada belgilangan?
- 559-modda
- 549-modda
- 548-modda
- 555-modda
To‘g‘ri javob: 555-modda. 555-modda: Ijaraga olingan mol-mulkni yaxshilash.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, shartnomada boshqacha tartib bo‘lmasa, ijaraga oluvchi tomonidan mol-mulkning ajratib olsa bo‘ladigan tarzda yaxshilanishi kimning mulki hisoblanadi?
- Ijaraga beruvchining
- Ikkala tarafning teng ulushda
- Ijaraga oluvchining
- Davlatning
To‘g‘ri javob: Ijaraga oluvchining. 555-modda birinchi qismi: ajratib olsa bo‘ladigan yaxshilash ijaraga oluvchining mulki.
Ijarachi Shohruh ijaraga olgan binoda ijaraga beruvchining roziligisiz devor ichiga ajratib olib bo‘lmaydigan jihoz o‘rnatdi. Shartnoma bekor bo‘lgach, u jihoz qiymatini talab qildi. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra qanday xulosa to‘g‘ri?
- Qiymat to‘liq to‘lanadi, chunki jihoz ijarachi mablag‘iga o‘rnatilgan
- Qiymat yarmi miqdorida to‘lanadi, chunki jihoz binoni yaxshilagan
- Qiymat to‘lanmaydi, chunki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan
- Qiymat sud tomonidan baholanib, ijaraga beruvchi roziligisiz ham to‘lanadi
To‘g‘ri javob: Qiymat to‘lanmaydi, chunki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan. 555-modda uchinchi qismi: roziligisiz amalga oshirilgan ajratib bo‘lmaydigan yaxshilashlar qiymati to‘lanmaydi.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, mulk ijarasi shartnomasida ijaraga olingan mol-mulk qachon ijaraga oluvchining mulkiga aylanishi nazarda tutilishi mumkin?
- Ijaraga oluvchi shartnomada kelishilgan sotib olish bahosining hammasini to‘lagan taqdirda
- Ijara muddati tugab, ijaraga oluvchi mol-mulkni ijaraga beruvchiga qaytarmagan taqdirda
- Ijaraga oluvchi shartnomada kelishilgan sotib olish bahosining yarmini to‘lagan taqdirda
- Ijaraga beruvchi mol-mulkni sotishga rozilik berib, ijara haqini birinchi marta olganda
To‘g‘ri javob: Ijaraga oluvchi shartnomada kelishilgan sotib olish bahosining hammasini to‘lagan taqdirda. 556-modda birinchi qismi: sotib olish bahosining hammasi to‘langanda mulkka aylanishi nazarda tutilishi mumkin.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 557-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Mulk ijarasi ayrim turlarining va ayrim turdagi mol-mulkni ijaraga berishning xususiyatlari
- Ijarachiga mol-mulkni topshirish
- Ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish
- Ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish
To‘g‘ri javob: Mulk ijarasi ayrim turlarining va ayrim turdagi mol-mulkni ijaraga berishning xususiyatlari. 557-modda: Mulk ijarasi ayrim turlarining va ayrim turdagi mol-mulkni ijaraga berishning xususiyatlari.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Mulk ijarasi ayrim turlarining va ayrim turdagi mol-mulkni ijaraga berishning xususiyatlari» qaysi moddada belgilangan?
- 563-modda
- 557-modda
- 560-modda
- 556-modda
To‘g‘ri javob: 557-modda. 557-modda: Mulk ijarasi ayrim turlarining va ayrim turdagi mol-mulkni ijaraga berishning xususiyatlari.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 558-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ijaraga topshirilgan mol-mulkdagi kamchiliklarni bartaraf etish
- Mulk ijarasi ayrim turlarining va ayrim turdagi mol-mulkni ijaraga berishning xususiyatlari
- Yangi muddatga mulk ijarasi shartnomasi tuzishda ijaraga oluvchining imtiyozli huquqi
- Prokat shartnomasi
To‘g‘ri javob: Prokat shartnomasi. 558-modda: Prokat shartnomasi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash