Pudrat (1/8)
Ikkinchi Qism
631-modda. Pudrat shartnomasi
Pudrat shartnomasi bo‘yicha bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ning topshirig‘iga binoan ma’lum bir ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa ish natijasini qabul qilib olish va buning uchun haq to‘lash majburiyatini oladi. Agar qonunchilikda yoxud taraflar kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ishni bajarish uchun pudratchi tavakkal qiladi.
Pudrat shartnomasining ayrim turlari (maishiy pudrat, qurilish pudrati, loyihalash yoki qidiruv ishlari pudrati, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati)ga, agar ushbu Kodeksning bunday turdagi shartnomalar to‘g‘risidagi qoidalarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanadi.
632-modda. Pudrat shartnomasi bo‘yicha bajariladigan ishlar
Pudrat shartnomasi ashyoni tayyorlash yoki uni qayta ishlash (ishlov berish) yoxud boshqa ishni bajarib, natijasini buyurtmachiga berish yoki boshqacha tarzda topshirish haqida tuziladi.
Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ish pudratchining materiallari, uning kuchi va mablag‘lari hisobidan bajariladi.
Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, buyurtmachining topshirig‘ini bajarish usullarini pudratchi mustaqil belgilaydi.
Pudratchi o‘zi bergan materiallar va uskunalarning sifati tegishli darajada bo‘lmaganligi uchun, shuningdek uchinchi shaxslar huquqlari bo‘lgan materiallar va uskunalarni berganligi uchun javobgar bo‘ladi.
633-modda. Materiallarning tasodifan nobud bo‘lish yoki tasodifan buzilish xavfi
Materiallarning tasodifan nobud bo‘lish yoki tasodifan buzilish xavfi, agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, pudratchining pudrat shartnomasida shartlashilgan ishni topshirish muddati kelguncha materiallarni bergan taraf zimmasida, bu muddatdan keyin esa ishni topshirishni kechiktirib yuborgan taraf zimmasida bo‘ladi.
634-modda. Bosh pudratchi va yordamchi pudratchi
Agar qonunchilikda yoki pudrat shartnomasida pudratchining shartnomada ko‘rsatilgan ishni shaxsan o‘zi bajarish majburiyatlari kelib chiqmasa, pudratchi o‘z majburiyatlarining bir qismini bajarish uchun boshqa shaxslar (yordamchi pudratchilar)ni jalb qilishga haqli. Bunday hollarda pudratchi bosh pudratchi hisoblanadi.
Ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga va 334-moddasiga muvofiq, bosh pudratchi buyurtmachining pudrat shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun yordamchi pudratchi oldida javobgar bo‘ladi, buyurtmachi oldida esa, yordamchi pudratchi o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligining oqibatlari uchun javobgar bo‘ladi.
Agar qonun yoki pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, buyurtmachi va yordamchi pudratchining har biri bosh pudratchi bilan tuzgan shartnomalar buzilishi bilan bog‘liq talablarni bir-biriga qo‘yishga haqli emas.
Ushbu moddaning birinchi qismidagi qoidalarni yoki pudrat shartnomasini buzib, shartnomani bajarish uchun yordamchi pudratchini jalb qilgan pudratchi ushbu yordamchi pudratchi shartnomani bajarishda qatnashib, yetkazgan zarar uchun buyurtmachi oldida javobgar bo‘ladi.
Bosh pudratchining roziligini olgan holda buyurtmachi ayrim ishlarni bajarish uchun boshqa shaxslar bilan shartnoma tuzishga haqli. Bu holda mazkur shaxslar ishni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun bevosita buyurtmachi oldida javobgar bo‘ladilar.
635-modda. Ishni bajarish muddatlari
Pudrat shartnomasida ishni bajarishning boshlang‘ich va oxirgi muddatlari ko‘rsatiladi. Taraflar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, shartnomada ishning ayrim bosqichlarini tugallash muddatlari (oraliq muddatlar) ham nazarda tutilishi mumkin.
Pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, pudratchi ishni bajarishning boshlang‘ich va oxirgi, shuningdek oraliq muddatlarini buzganlik uchun javobgar bo‘ladi.
Pudrat shartnomasida ko‘rsatilgan ishni bajarishning boshlang‘ich, oxirgi va oraliq muddatlari shartnomada nazarda tutilgan hollarda va tartibda o‘zgartirilishi mumkin.
Ushbu Kodeks 337-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan ijro muddatini kechiktirish oqibatlari ishni bajarishning oxirgi muddatiga rioya etilmagan hollarda yuzaga keladi.
636-modda. Ishning bahosi
Pudrat shartnomasida bajariladigan ishning bahosi yoki uni aniqlash usullari ko‘rsatiladi. Ular shartnomada ko‘rsatilgan bo‘lmasa, ishning bahosi ushbu Kodeks 356-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq belgilanadi.
Pudrat shartnomasidagi ishning bahosi pudratchining chiqimlarini va unga to‘lanadigan haqni o‘z ichiga oladi.
Ishning bahosi smeta tuzish yo‘li bilan aniqlanishi mumkin.
Ish pudratchi tomonidan tuzilgan smeta bo‘yicha bajarilgan taqdirda, smeta buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab kuchga ega bo‘ladi va pudrat shartnomasining bir qismi bo‘lib qoladi.
Ishning bahosi (smeta) taxminiy yoki qat’iy bo‘lishi mumkin. Pudrat shartnomasida bunday ko‘rsatma bo‘lmasa, ishning bahosi (smeta) qat’iy hisoblanadi.
Agar qo‘shimcha ishlarni bajarish zarur bo‘lib qolsa va shu sababli ishning taxminan belgilangan bahosini (taxminiy smetani) ancha oshirishga to‘g‘ri kelsa, pudratchi bu haqda buyurtmachini vaqtida ogohlantirishi shart. Buyurtmachi pudrat shartnomasida ko‘rsatilgan ishning bahosini (smetani) oshirishga rozi bo‘lmagan taqdirda, shartnomadan voz kechishga haqli. Bunday hollarda pudratchi buyurtmachidan ishning bajarilgan qismining bahosini to‘lashni talab qilishi mumkin.
Buyurtmachini pudrat shartnomasida ko‘rsatilgan ishning bahosini (smetani) oshirish zarurligi to‘g‘risida o‘z vaqtida ogohlantirmagan pudratchi ish uchun shartnomada ko‘rsatilgan baho bo‘yicha haq olish huquqini saqlab qolgan holda shartnomani bajarishi shart.
636-modda. Ishning bahosi (davomi)
Pudratchi, qoida tariqasida, qat’iy baho (qat’iy smeta)ni oshirishni, buyurtmachi esa uni kamaytirishni talab qilishga, shu jumladan bajarilishi kerak bo‘lgan ishning to‘la hajmini yoki buning uchun zarur xarajatlarni pudrat shartnomasi tuzilayotgan paytda nazarda tutish imkoniyati bo‘lmagan hollarda ham, haqli emas.
Pudratchi tomonidan taqdim qilinishi kerak bo‘lgan materiallar va uskunalar, shuningdek uchinchi shaxslar tomonidan unga ko‘rsatiladigan xizmatlar bahosi ancha oshgan va buni shartnoma tuzish vaqtida nazarda tutish mumkin bo‘lmagan hollarda ushbu Kodeksning 383-moddasiga binoan pudratchi belgilangan ish bahosini (smetani) oshirishni talab qilishga, buyurtmachi bu talabni bajarishdan bosh tortgan taqdirda esa, shartnomani bekor qilishni talab qilishga haqli.
637-modda. Pudratchining tejami
Pudratchining amaldagi xarajatlari ish bahosini aniqlash vaqtida (smeta tuzilayotganda) nazarda tutilgan xarajatlardan kam bo‘lgan hollarda, basharti buyurtmachi pudratchining tejami bajarilgan ish sifatiga ta’sir etganligini isbotlay olmasa, pudratchi ishlar uchun pudrat shartnomasida ko‘rsatilgan baho bo‘yicha haq olish huquqini saqlab qoladi.
Pudrat shartnomasida pudratchining tejami taraflar o‘rtasida taqsimlanishi nazarda tutilishi mumkin.
638-modda. Ishga haq to‘lash tartibi
Agar pudrat shartnomasida bajarilgan ishga yoki uning ayrim bosqichlariga oldindan haq to‘lash nazarda tutilgan bo‘lmasa, buyurtmachi pudratchiga shartlashilgan haqni ish tegishli tarzda va kelishilgan muddatda yoxud buyurtmachining roziligi bilan muddatidan oldin bajarilib, uning natijalari uzil-kesil topshirilganidan keyin to‘lashi shart.
Pudratchi qonunchilikda yoki pudrat shartnomasida nazarda tutilgan hollarda va miqdordagina o‘ziga bo‘nak yoki zakalat berilishini talab qilishga haqli.
639-modda. Pudratchining ushlab qolish huquqi
Shartnomaning bajarilishi munosabati bilan buyurtmachi pudratchiga belgilangan tegishli haqni yoki boshqa summani to‘lash majburiyatini bajarmagan taqdirda, buyurtmachi tomonidan tegishli summa to‘langunga qadar pudratchi ishning natijalarini, shuningdek buyurtmachiga tegishli uskunalarni, qayta ishlash (ishlov berish) uchun berilgan ashyolarni, foydalanilmay qolgan material qoldig‘i va pudratchining ixtiyoridagi boshqa mol-mulkni ushbu Kodeksning 290 va 291-moddalariga muvofiq ushlab qolish huquqiga ega.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, pudrat shartnomasi bo‘yicha pudratchi qanday majburiyat oladi?
- buyurtmachining mol-mulkini haq evaziga egalik qilish uchun olish va uni qaytarmaslik
- buyurtmachiga ma’lum xizmatni doimiy ravishda tekin ko‘rsatib borish va uni nazorat qilish
- ma’lum bir ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish
- buyurtmachi nomidan va uning topshirig‘iga ko‘ra uchinchi shaxslar bilan bitimlar tuzish
To‘g‘ri javob: ma’lum bir ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish. 631-moddaga ko‘ra pudratchi buyurtmachi topshirig‘iga binoan ma’lum ishni bajarib, natijasini belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, qonunchilikda yoki taraflar kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ishni bajarish uchun tavakkalni kim qiladi?
- pudratchi
- buyurtmachi
- ikkala taraf teng ulushda
- sug‘urta tashkiloti
To‘g‘ri javob: pudratchi. 631-moddaga ko‘ra boshqacha tartib bo‘lmasa, ishni bajarish uchun pudratchi tavakkal qiladi.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 632-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Pudrat shartnomasi bo‘yicha bajariladigan ishlar
- Tekin foydalanish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish
- Ishni bajarish muddatlari
- Tekin foydalanish uchun olingan ashyoni uchinchi shaxsga topshirish
To‘g‘ri javob: Pudrat shartnomasi bo‘yicha bajariladigan ishlar. 632-modda: Pudrat shartnomasi bo‘yicha bajariladigan ishlar.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Pudrat shartnomasi bo‘yicha bajariladigan ishlar» qaysi moddada belgilangan?
- 626-modda
- 632-modda
- 627-modda
- 635-modda
To‘g‘ri javob: 632-modda. 632-modda: Pudrat shartnomasi bo‘yicha bajariladigan ishlar.
Buyurtmachi Akmal pudratchi Sardordan uy ichida ta’mir ishlarini bajarishni buyurdi. Shartnomada ish usullari haqida hech narsa yozilmagan. Akmal ish usullarini o‘zi belgilashni talab qildi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- ish bajarish usullarini buyurtmachi o‘zi belgilaydi, shuning uchun uning talabi to‘liq asosli
- ish usullarini ikkala taraf birgalikda belgilaydi, shartnomada yozilmagan bo‘lsa ham
- ish usullarini qurilish nazorati organi belgilaydi, pudratchi ham buyurtmachi ham talab qilolmaydi
- buyurtmachining topshirig‘ini bajarish usullarini pudratchi mustaqil belgilaydi, talab asossiz
To‘g‘ri javob: buyurtmachining topshirig‘ini bajarish usullarini pudratchi mustaqil belgilaydi, talab asossiz. 632-moddaga ko‘ra boshqacha tartib bo‘lmasa, topshiriqni bajarish usullarini pudratchi mustaqil belgilaydi.
Pudratchi o‘zi bergan materiallar va uskunalarning sifati tegishli darajada bo‘lmasa, Fuqarolik kodeksiga ko‘ra nima bo‘ladi?
- buyurtmachi javobgar bo‘ladi
- pudratchi javobgar bo‘ladi
- javobgarlik taraflar o‘rtasida teng bo‘linadi
- hech kim javobgar bo‘lmaydi
To‘g‘ri javob: pudratchi javobgar bo‘ladi. 632-moddaga ko‘ra pudratchi o‘zi bergan materiallar va uskunalarning sifati uchun javobgar bo‘ladi.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 633-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Pudratchining ushlab qolish huquqi
- Materiallarning tasodifan nobud bo‘lish yoki tasodifan buzilish xavfi
- Uy-joyni tekin foydalanishga berish shartnomasining shakli
- Tekin foydalanish uchun olingan ashyoni uchinchi shaxsga topshirish
To‘g‘ri javob: Materiallarning tasodifan nobud bo‘lish yoki tasodifan buzilish xavfi. 633-modda: Materiallarning tasodifan nobud bo‘lish yoki tasodifan buzilish xavfi.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Materiallarning tasodifan nobud bo‘lish yoki tasodifan buzilish xavfi» qaysi moddada belgilangan?
- 626-modda
- 633-modda
- 626¹-modda
- 639-modda
To‘g‘ri javob: 633-modda. 633-modda: Materiallarning tasodifan nobud bo‘lish yoki tasodifan buzilish xavfi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash