Pudrat (4/8)
Ikkinchi Qism
658-modda. Taklif etilayotgan ish to‘g‘risida buyurtmachiga axborot berish
Maishiy pudrat shartnomasi tuzilguniga qadar pudratchi taklif qilinayotgan ish, uning turlari va xususiyatlari, bahosi, haq to‘lash shakli to‘g‘risida buyurtmachiga zarur va ishonarli axborotni topshirishi, shuningdek buyurtmachining iltimosiga binoan shartnomaga va tegishli ishga doir ma’lumotlarni unga berishi shart. Agar ishning xususiyati bo‘yicha ahamiyati bo‘lsa, pudratchi uni bajaradigan aniq shaxsni ko‘rsatishi kerak.
Pudratchidan olingan axborotning to‘liq yoki ishonchli bo‘lmaganligi oqibatida buyurtmachi nazarda tutgan xususiyatlarga ega bo‘lmagan ishni bajarish to‘g‘risida shartnoma tuzilgan bo‘lsa, buyurtmachi bajarilgan ishga haq to‘lamagan holda maishiy pudrat shartnomasini bekor qilishni va yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
659-modda. Bajarilgan ishdan foydalanish shartlari to‘g‘risida buyurtmachini ogohlantirish
Pudratchi buyurtmachiga ishni topshirish vaqtida ish natijasidan samarali va xavfsiz foydalanish uchun rioya etilishi zarur bo‘lgan talablarni, shuningdek tegishli talablarga rioya qilmaslik buyurtmachining shaxsan o‘zi va boshqa shaxslar uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ma’lum qilishi shart.
660-modda. Ishni pudratchining materialidan foydalanib bajarish
Agar maishiy pudrat shartnomasi bo‘yicha ish pudratchining materialidan foydalanib bajarilsa, buyurtmachi material haqining hammasini shartnoma tuzish vaqtida to‘laydi yoki uning shartnomada ko‘rsatilgan qismi to‘lanib, pudratchi bajargan ishni buyurtmachi qabul qilib olayotganida to‘la hisob-kitob qilinadi.
Maishiy pudrat shartnomasiga binoan material pudratchi tomonidan nasiyaga berilishi, shu jumladan buyurtmachi tomonidan materialning haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan ham berilishi mumkin.
Pudratchi tomonidan berilgan material bahosining maishiy pudrat shartnomasi tuzilganidan so‘ng o‘zgarishi qayta hisob-kitob qilishga sabab bo‘lmaydi.
661-modda. Ishni buyurtmachining materialidan foydalanib bajarish
Agar maishiy pudrat shartnomasi bo‘yicha ish buyurtmachining materialidan foydalanib bajarilsa, shartnoma tuzilayotganda buyurtmachiga pudratchi tomonidan beriladigan pattada yoki boshqa hujjatda materialning aniq nomi, ta’rifi va taraflarning kelishuvi bo‘yicha belgilanadigan bahosi ko‘rsatilishi kerak. Patta yoki shunga o‘xshash boshqa hujjatdagi materialning bahosi xususida buyurtmachi keyinchalik sudda nizolashishi mumkin.
662-modda. Ishning bahosi va uni to‘lash
Maishiy pudrat shartnomasida ishning bahosi taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi va u pudratchi e’lon qilgan preyskurantda ko‘rsatilganidan yuqori bo‘lishi mumkin emas. Pudratchi ishni butunlay topshirganidan so‘ng buyurtmachi unga haq to‘laydi. Taraflarning kelishuviga muvofiq buyurtmachi shartnoma tuzilayotganda ish uchun haqni to‘liq yoki bo‘nak berish yo‘li bilan to‘lashi mumkin.
663-modda. Bajarilgan ishda kamchiliklar borligini aniqlash oqibatlari
Buyurtmachi ish natijasini qabul qilib olayotgan yoki pudrat narsasidan foydalanayotgan paytda kamchiliklarni aniqlasa, ushbu Kodeksning 650-moddasida nazarda tutilgan huquqlaridan birini ushbu Kodeks 652-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan umumiy muddat davomida, kafolat muddati bo‘lganida esa, shu muddat davomida amalga oshirishi mumkin.
Maishiy pudrat shartnomasi bo‘yicha bajarilgan ishning buyurtmachining o‘zi va boshqa shaxslar hayotiga yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarini tekin bartaraf etish to‘g‘risidagi talab, agar qonunda belgilangan tartibda uzoqroq muddat (xizmat muddati) nazarda tutilgan bo‘lmasa, buyurtmachi yoki uning qonuniy vorisi tomonidan ish natijasi qabul qilib olingan paytdan boshlab o‘n yil davomida qo‘yilishi mumkin. Bunday talab ushbu kamchiliklar qachon aniqlanganligidan qat’i nazar, shu jumladan ular kafolat muddati tugagandan so‘ng aniqlangan bo‘lsa ham, qo‘yilishi mumkin. Mazkur talab pudratchi tomonidan bajarilmasa, buyurtmachi yuqorida ko‘rsatilgan muddat davomida yo ish uchun to‘langan haqning tegishli qismini qaytarishni yoxud o‘z kuchi bilan yoki uchinchi shaxslar yordamida kamchiliklarni bartaraf etish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplashni talab qilishga haqli.
664-modda. Buyurtmachi ish natijasini qabul qilish uchun kelmasligining oqibatlari
Buyurtmachi bajarilgan ish natijasini qabul qilish uchun kelmagan yoki ishni qabul qilishdan boshqacha tarzda bo‘yin tovlagan taqdirda, pudratchi buyurtmachini yozma ravishda ogohlantirib, bunday ogohlantirishdan keyin ikki oy o‘tgach, ishning natijasini oqilona narxda sotishga, tushgan pulni esa, undan o‘ziga tegishli bo‘lgan butun to‘lovlarni chegirib qolib, ushbu Kodeksning 249-moddasiga muvofiq buyurtmachining nomiga depozitga o‘tkazishga haqli.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hollarda pudratchi ish natijasini sotish o‘rniga uni ushlab turish yoki keltirilgan zararni buyurtmachidan undirib olish huquqidan foydalanishi mumkin.
665-modda. Maishiy pudrat shartnomasi bo‘yicha ish tegishli darajada yoki umuman bajarilmagan taqdirda buyurtmachining huquqlari
Maishiy pudrat shartnomasi bo‘yicha ish tegishli darajada yoki umuman bajarilmagan taqdirda buyurtmachi ushbu Kodeksning 434 — 436-moddalariga muvofiq sotib oluvchiga berilgan huquqlardan foydalanishi mumkin.
3-§. Qurilish pudrati
666-modda. Qurilish pudrati shartnomasi
Qurilish pudrati shartnomasi bo‘yicha pudratchi shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirig‘i bilan muayyan obyektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoit yaratib berish, ishni qabul qilish va kelishilgan haqni to‘lash majburiyatini oladi.
Qurilish pudrati shartnomasi korxonani, binoni (jumladan uy-joy binosini), inshootni yoki boshqa obyektni qurish yoki qayta qurish haqida, shuningdek montaj, sozlash-ishga tushirish va qurilayotgan obyekt bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa ishlarni bajarish haqida tuziladi. Qurilish pudrati shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bino va inshootlarni kapital ta’mirlash ishlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan hollarda obyektni buyurtmachi qabul qilib olganidan keyin uni shartnomada ko‘rsatilgan muddatda ishlatishni ta’minlash majburiyatini pudratchi o‘z zimmasiga oladi.
Tugallanmagan qurilishning mulkdori u buyurtmachiga topshirilguncha va uning haqi to‘languncha pudratchi hisoblanadi.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 658-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Taraflar olgan axborotning maxfiyligi
- Ish sifatining tegishli darajada emasligi xususida da’vo qo‘zg‘atish muddati
- Taklif etilayotgan ish to‘g‘risida buyurtmachiga axborot berish
- Buyurtmachi ish natijasini qabul qilish uchun kelmasligining oqibatlari
To‘g‘ri javob: Taklif etilayotgan ish to‘g‘risida buyurtmachiga axborot berish. 658-modda: Taklif etilayotgan ish to‘g‘risida buyurtmachiga axborot berish.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Taklif etilayotgan ish to‘g‘risida buyurtmachiga axborot berish» qaysi moddada belgilangan?
- 658-modda
- 664-modda
- 652-modda
- 654-modda
To‘g‘ri javob: 658-modda. 658-modda: Taklif etilayotgan ish to‘g‘risida buyurtmachiga axborot berish.
Maishiy pudrat shartnomasi tuzilguniga qadar pudratchi buyurtmachiga nimalar to‘g‘risida zarur va ishonarli axborotni topshirishi shart?
- taklif qilinayotgan ish, uning muddati va pudratchining boshqa buyurtmachilari, daromadi to‘g‘risida
- taklif qilinayotgan ish, uning turlari va xususiyatlari, bahosi, haq to‘lash shakli to‘g‘risida
- pudratchining malakasi, ish tajribasi, foydalaniladigan uskunalar va xodimlari soni to‘g‘risida
- faqat shartnoma muddati, ish bajariladigan joy va pudratchining ro‘yxatdan o‘tgan manzili to‘g‘risida
To‘g‘ri javob: taklif qilinayotgan ish, uning turlari va xususiyatlari, bahosi, haq to‘lash shakli to‘g‘risida. 658-moddaga ko‘ra pudratchi ish, uning turlari, xususiyatlari, bahosi va haq to‘lash shakli to‘g‘risida axborot topshirishi shart.
Pudratchi ustaxona buyurtmachi Dilfuzaga mebelning xususiyatlari haqida to‘liq bo‘lmagan axborot berdi. Natijada Dilfuza kutmagan xususiyatli mebel tayyorlandi. Dilfuza nimani talab qilishga haqli?
- bajarilgan ishga haq to‘lamagan holda shartnomani bekor qilishni va zararni qoplashni
- bajarilgan ishga to‘liq haq to‘lagan holda shartnomani bekor qilishni va zararni qoplashni
- faqat mebelni yangidan tayyorlashni va ish haqini ikki baravar oshirib to‘lashni
- ishning bahosini yarmiga kamaytirishni va shartnomani bekor qilmasdan davom ettirishni
To‘g‘ri javob: bajarilgan ishga haq to‘lamagan holda shartnomani bekor qilishni va zararni qoplashni. 658-moddaga ko‘ra axborot to‘liq yoki ishonchli bo‘lmasa, buyurtmachi haq to‘lamagan holda shartnomani bekor qilishni va zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 659-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Maishiy pudrat shartnomasi bo‘yicha ish tegishli darajada yoki umuman bajarilmagan taqdirda buyurtmachining huquqlari
- Bajarilgan ishdan foydalanish shartlari to‘g‘risida buyurtmachini ogohlantirish
- Ish sifatining tegishli darajada emasligi xususida da’vo qo‘zg‘atish muddati
- Buyurtmachi ish natijasini qabul qilish uchun kelmasligining oqibatlari
To‘g‘ri javob: Bajarilgan ishdan foydalanish shartlari to‘g‘risida buyurtmachini ogohlantirish. 659-modda: Bajarilgan ishdan foydalanish shartlari to‘g‘risida buyurtmachini ogohlantirish.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Bajarilgan ishdan foydalanish shartlari to‘g‘risida buyurtmachini ogohlantirish» qaysi moddada belgilangan?
- 665-modda
- 652-modda
- 659-modda
- 664-modda
To‘g‘ri javob: 659-modda. 659-modda: Bajarilgan ishdan foydalanish shartlari to‘g‘risida buyurtmachini ogohlantirish.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, maishiy pudratda pudratchi ishni topshirish vaqtida buyurtmachiga nimani ma’lum qilishi shart?
- ish natijasini keyinchalik qayta sotish uchun zarur bo‘lgan bozor narxi va foyda me’yorlarini
- pudratchi ishlatgan materiallarning narxi, xaridorlari va ularning yetkazib beruvchilari ro‘yxatini
- ish natijasidan samarali va xavfsiz foydalanish uchun rioya etilishi zarur bo‘lgan talablarni
- ish natijasi bo‘yicha pudratchining soliq majburiyatlari va ish uchun olgan daromadi miqdorini
To‘g‘ri javob: ish natijasidan samarali va xavfsiz foydalanish uchun rioya etilishi zarur bo‘lgan talablarni. 659-moddaga ko‘ra pudratchi ish natijasidan samarali va xavfsiz foydalanish uchun zarur talablarni va ularga rioya qilmaslik oqibatlarini ma’lum qilishi shart.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 660-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Taklif etilayotgan ish to‘g‘risida buyurtmachiga axborot berish
- Maishiy pudrat shartnomasi bo‘yicha ish tegishli darajada yoki umuman bajarilmagan taqdirda buyurtmachining huquqlari
- Bajarilgan ishdan foydalanish shartlari to‘g‘risida buyurtmachini ogohlantirish
- Ishni pudratchining materialidan foydalanib bajarish
To‘g‘ri javob: Ishni pudratchining materialidan foydalanib bajarish. 660-modda: Ishni pudratchining materialidan foydalanib bajarish.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash