Transport ekspeditsiyasi
Ikkinchi Qism
726-modda. Transport ekspeditsiyasi shartnomasi
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi bo‘yicha ekspeditor haq evaziga va mijoz (yuk jo‘natuvchi yoki yuk oluvchi) hisobidan ekspeditsiya shartnomasida belgilangan yuk tashish bilan bog‘liq xizmatlarni bajarish yoki bajarishni tashkil etish majburiyatini oladi.
Transport ekspeditsiyasi shartnomasida ekspeditorning ekspeditor yoki mijoz tanlagan transportda va yo‘nalishda yuk tashishni tashkil etish majburiyati, mijoz yoki o‘zining nomidan yuk tashish shartnomasi (shartnomalari)ni tuzish, yukning jo‘natilishini va olinishini ta’minlash majburiyati, shuningdek tashish bilan bog‘liq boshqa majburiyatlari nazarda tutilishi mumkin.
Qo‘shimcha xizmatlar sifatida transport ekspeditsiyasi shartnomasida eksport yoki import uchun talab qilinadigan hujjatlarni olish, bojxona rasmiyatchiliklari yoki o‘zga rasmiyatchiliklarni bajarish, yukning miqdorini va holatini tekshirish, uni ortish va tushirish, mijoz zimmasiga yuklatiladigan bojlar, yig‘imlar va boshqa xarajatlarni to‘lash, yukni saqlash, uni belgilangan manzilda olish kabi yukni yetkazib berish uchun zarur bo‘lgan harakatlarni amalga oshirish, shuningdek shartnomada belgilangan boshqa operatsiyalar va xizmatlarni bajarish nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.
Ushbu bobning qoidalari transport ekspeditsiyasi shartnomasiga muvofiq ekspeditorning majburiyatlarini tashuvchi bajargan hollarga ham taalluqlidir.
Transport ekspeditsiyasi shartnomasini bajarish shartlari, agar transport-ekspeditsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, taraflarning kelishuvi bilan aniqlanadi.
727-modda. Shartnomaning shakli
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
Agar ekspeditorning o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun ishonchnoma zarur bo‘lsa, mijoz uni berishi shart.
728-modda. Transport ekspeditsiyasi shartnomasi bo‘yicha ekspeditorning javobgarligi
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki tegishli darajada bajarmaganligi uchun ekspeditor ushbu Kodeks 24-bobining qoidalariga muvofiq belgilanadigan asoslarda va miqdorda javobgar bo‘ladi.
Agar ekspeditor majburiyatning buzilishi tashish shartnomalari tegishli ravishda bajarilmaganligi tufayli kelib chiqqanini isbotlasa, ekspeditorning mijoz oldidagi javobgarligi tegishli tashuvchi ekspeditor oldida javobgar bo‘ladigan qoidalarga muvofiq belgilanadi.
729-modda. Ekspeditorga beriladigan hujjatlar va boshqa axborot
Mijoz ekspeditorga hujjatlar hamda yukning xossalari, uni tashish shartlari to‘g‘risidagi boshqa axborotni, shuningdek ekspeditor transport ekspeditsiyasi shartnomasida nazarda tutilgan vazifalarni bajarishi uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotni berishi shart.
Ekspeditor olingan axborotdagi aniqlangan kamchiliklar haqida mijozga xabar qilishi, axborot to‘liq bo‘lmaganida esa, mijozdan zarur qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilib olishi shart.
Mijoz zarur axborotni taqdim etmagan taqdirda, ekspeditor bunday axborot taqdim etilgunga qadar tegishli majburiyatlarni ijro etishga kirishmaslikka haqli.
Mijoz ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan axborotni taqdim etish majburiyatini buzganligi munosabati bilan ekspeditorga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi.
730-modda. Uchinchi shaxsning ekspeditor majburiyatini bajarishi
Agar transport ekspeditsiyasi shartnomasidan ekspeditorning o‘z majburiyatlarini shaxsan bajarishi shartligi kelib chiqmasa, ekspeditor o‘z majburiyatlarini bajarishga boshqa shaxslarni jalb qilishga haqli.
Majburiyatni bajarishni uchinchi shaxs zimmasiga yuklash ekspeditorni transport ekspeditsiyasi shartnomasining bajarilishi uchun mijoz oldidagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.
731-modda. Ekspeditsiya shartnomasidan bosh tortish
Mijoz yoki ekspeditor o‘n kun oldin boshqa tarafni ogohlantirib, transport ekspeditsiyasi shartnomasini bajarishdan bosh tortishga haqli.
Transport ekspeditsiyasi shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortilganida, bu haqda ma’lum qilgan taraf shartnomaning bekor qilinishi tufayli ko‘rilgan zararni ikkinchi tarafga to‘laydi.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 726-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Transport ekspeditsiyasi shartnomasi
- Shartnomaning shakli
- Yuk yoki bagaj yo‘qolganligi, kam chiqqanligi va ularga shikast yetkazilganligi (buzilganligi) uchun tashuvchining javobgarligi
- Ekspeditorga beriladigan hujjatlar va boshqa axborot
To‘g‘ri javob: Transport ekspeditsiyasi shartnomasi. 726-modda: Transport ekspeditsiyasi shartnomasi.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Transport ekspeditsiyasi shartnomasi» qaysi moddada belgilangan?
- 721-modda
- 727-modda
- 726-modda
- 729-modda
To‘g‘ri javob: 726-modda. 726-modda: Transport ekspeditsiyasi shartnomasi.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, transport ekspeditsiyasi shartnomasi bo‘yicha ekspeditor nimani bajarish majburiyatini oladi?
- Yuk tashish bilan bog‘liq xizmatlarni bajarish yoki bajarishni tashkil etishni
- Yukni mijoz nomidan sotib olish va uni uchinchi shaxslarga qayta sotishni tashkil etishni
- Faqat yukni o‘z transportida tashish va sug‘urtalashni o‘z mablag‘i hisobidan bajarishni
- Yukni saqlash omborlarini qurish va ularni mijozga ijaraga berishni tashkil etishni
To‘g‘ri javob: Yuk tashish bilan bog‘liq xizmatlarni bajarish yoki bajarishni tashkil etishni. 726-modda: ekspeditor haq evaziga va mijoz hisobidan yuk tashish bilan bog‘liq xizmatlarni bajaradi yoki tashkil etadi.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, transport ekspeditsiyasi shartnomasi qanday shaklda tuziladi?
- Og‘zaki shaklda
- Yozma shaklda
- Faqat notarial shaklda
- Taraflar ixtiyoriga ko‘ra istalgan shaklda
To‘g‘ri javob: Yozma shaklda. 727-modda: shartnoma yozma shaklda tuziladi.
Ekspeditor o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun ishonchnoma zarur. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, uni kim berishi shart?
- Ekspeditor o‘zi
- Tashuvchi
- Mijoz
- Davlat organi
To‘g‘ri javob: Mijoz. 727-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra ishonchnomani mijoz berishi shart.
Ekspeditor majburiyat buzilishi tashish shartnomalari tegishli bajarilmaganidan kelib chiqqanini isbotladi. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, ekspeditorning mijoz oldidagi javobgarligi qanday belgilanadi?
- Ekspeditor tashuvchining javobgarligidan qat’i nazar ikki baravar javobgar bo‘ladi
- Mijoz tashuvchi oldida javobgar bo‘ladigan umumiy qoidalarga muvofiq
- Ekspeditor butunlay javobgar emas, javobgarlik shartnomada belgilanishidan qat’i nazar
- Tegishli tashuvchi ekspeditor oldida javobgar bo‘ladigan qoidalarga muvofiq
To‘g‘ri javob: Tegishli tashuvchi ekspeditor oldida javobgar bo‘ladigan qoidalarga muvofiq. 728-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra javobgarlik tashuvchi ekspeditor oldida javobgar bo‘ladigan qoidalar bo‘yicha belgilanadi.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 729-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Uchinchi shaxsning ekspeditor majburiyatini bajarishi
- Qarz shartnomasining shakli
- Ekspeditorga beriladigan hujjatlar va boshqa axborot
- Qarz oluvchining qarz summasini qaytarish majburiyati
To‘g‘ri javob: Ekspeditorga beriladigan hujjatlar va boshqa axborot. 729-modda: Ekspeditorga beriladigan hujjatlar va boshqa axborot.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Ekspeditorga beriladigan hujjatlar va boshqa axborot» qaysi moddada belgilangan?
- 735-modda
- 730-modda
- 729-modda
- 733-modda
To‘g‘ri javob: 729-modda. 729-modda: Ekspeditorga beriladigan hujjatlar va boshqa axborot.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash