XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Fuqarolik kodeksi (II qism) · 749–754-m.

Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) (1/2)

Ikkinchi Qism

749-modda. Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) to‘g‘risidagi umumiy qoidalar

Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) shartnomasi bo‘yicha bir taraf (moliya agenti) ikkinchi tarafga (mijozga) shu mijozning (kreditorning) uchinchi shaxsga — yuridik shaxsga yoki tadbirkorlik subyektiga (qarzdorga) pul talabnomasi hisobidan pul mablag‘larini beradi yoki berish majburiyatini oladi, mijoz esa moliya agentiga ushbu pul talabnomasini beradi yoki berish majburiyatini oladi.

Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq voz kechiladigan pul talabnomasi:

tovarlarni berishdan, shu jumladan ijaraga berishdan;

ishlarni bajarishdan yoki xizmatlar ko‘rsatishdan;

intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan mulkiy huquqlarni o‘tkazishdan kelib chiqishi mumkin.

Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi ushbu Kodeks 751-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq pul talabnomasini tavsiflab bergan holda yozma ravishda tuziladi.

Mijoz o‘zining moliya agenti oldidagi majburiyatlari bajarilishini ta’minlash maqsadida ham qarzdorga nisbatan pul talabnomasidan moliya agenti foydasiga voz kechishi mumkin.

Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi bo‘yicha moliya agentining majburiyatlari mijoz uchun buxgalteriya hisobini yuritishni, shuningdek mijozga boshqa shaxs foydasiga voz kechish narsasi bo‘lgan pul talabnomalari bilan bog‘liq boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishni ham o‘z ichiga olishi mumkin.

749-modda. Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) to‘g‘risidagi umumiy qoidalar (davomi)

Majburiyatni bajarish ta’minoti sifatida moliya agenti foydasiga voz kechilgan pul talabnomasiga nisbatan ushbu Kodeksning garovga tegishli qoidalari qo‘llaniladi, bundan ushbu Kodeksning 269, 273 — 278, 288 va 289-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar mustasno.

Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasiga nisbatan ushbu Kodeksning majburiyatdagi shaxslarning o‘zgarishi to‘g‘risidagi qoidalari qo‘llaniladi, bundan ushbu Kodeksning 319 va 321-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar mustasno.

750-modda. Moliya agenti

Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalashtirish shartnomalarini moliya agenti sifatida banklar, faktoring tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlari tuzishi mumkin.

751-modda. Mablag‘ olish maqsadida boshqa shaxs foydasiga voz kechiladigan pul talabnomasi

To‘lov muddati kelgan pul talabnomasi ham (mavjud talabnoma), shuningdek kelajakda vujudga keladigan pul mablag‘larini olish huquqi (bo‘lajak talabnoma) ham moliyalash evaziga boshqa shaxs foydasiga voz kechiladigan narsa bo‘lishi mumkin.

Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasida boshqa shaxs foydasiga voz kechish narsasi bo‘lgan pul talabnomasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan ma’lumotlar bo‘lishi kerak.

Bo‘lajak pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechilganida, u shartnomada nazarda tutilgan talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechish narsasi bo‘lgan pul mablag‘larini qarzdordan olish huquqi vujudga kelganidan keyin moliya agentiga o‘tgan hisoblanadi. Agar pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish ma’lum voqeaga bog‘liq bo‘lsa, boshqa shaxs foydasiga voz kechish ushbu voqea yuz berganidan keyin kuchga kiradi. Bunday hollarda pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechishni qo‘shimcha rasmiylashtirish talab qilinmaydi.

Moliya agentining pul talabnomasiga bo‘lgan huquqi mazkur talabnomadan kelib chiqadigan barcha daromadlarga nisbatan tatbiq etiladi.

752-modda. Mijozning moliya agenti oldidagi javobgarligi

Mijoz qarzdorning mijozga nisbatan qarshi talablari mavjudligi to‘g‘risida axborot taqdim etilishi va boshqa shaxs foydasiga voz kechish narsasi bo‘lgan pul talabnomasining haqiqiyligi uchun moliya agenti oldida javobgar bo‘ladi.

Agar mijoz pul talabnomasini topshirish huquqiga ega bo‘lsa va ushbu talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechish paytida u qarzdor bu huquqni bajarmaslikka haqli bo‘ladigan vaziyatlardan bexabar bo‘lsa, boshqa shaxs foydasiga voz kechish narsasi bo‘lgan pul talabnomasi haqiqiy hisoblanadi.

Agar pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qarzdor boshqa shaxs foydasiga voz kechish narsasi bo‘lgan pul talabnomasini bajarmaganligi yoki tegishli darajada bajarmaganligi uchun mijoz javobgar bo‘lmaydi.

Agar pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mijoz pul talabnomasini uchinchi shaxslarning har qanday huquqlaridan ozod holda topshirishi kerak.

753-modda. Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechishni taqiqlashning haqiqiy emasligi

Mijoz bilan uning qarzdori o‘rtasida talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechishni taqiqlash yoki cheklash haqida kelishuv bo‘lgan taqdirda ham, pul talabnomasidan moliya agenti foydasiga voz kechish haqiqiy hisoblanadi.

Mijoz va moliya agenti pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga doir taqiqni yoki cheklovni buzganligi uchun qarzdor oldida javobgar bo‘lmaydi.

754-modda. Pul talabnomasidan o‘z navbatida boshqa shaxs foydasiga voz kechish

Moliya agentining pul talabnomasidan o‘z navbatida boshqa shaxs foydasiga voz kechishiga nisbatan ushbu bobning qoidalari qo‘llaniladi.

Bilimingizni sinang

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 749-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Tijorat krediti
  2. Moliya agenti
  3. Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) to‘g‘risidagi umumiy qoidalar
  4. Davlat zayomi shartnomasi

To‘g‘ri javob: Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) to‘g‘risidagi umumiy qoidalar. 749-modda: Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) to‘g‘risidagi umumiy qoidalar.

Fuqarolik kodeksi (II qism): «Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) to‘g‘risidagi umumiy qoidalar» qaysi moddada belgilangan?
  1. 750-modda
  2. 743-modda
  3. 749-modda
  4. 748-modda

To‘g‘ri javob: 749-modda. 749-modda: Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) to‘g‘risidagi umumiy qoidalar.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) shartnomasi bo‘yicha mijoz moliya agentiga nimani beradi yoki berish majburiyatini oladi?
  1. O‘z mol-mulkining mulk huquqini
  2. Garov reyestridan ko‘chirmani
  3. Qarz summasini foizlari bilan
  4. Ushbu pul talabnomasini

To‘g‘ri javob: Ushbu pul talabnomasini. 749-modda: moliya agenti pul beradi, mijoz esa ushbu pul talabnomasini moliya agentiga beradi.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, moliya agentining majburiyatlari qaysi xizmatni ham o‘z ichiga olishi mumkin?
  1. Qarzdorning mol-mulkini musodara qilishni
  2. Mijoz uchun buxgalteriya hisobini yuritishni
  3. Mijozning shartnomalarini sud orqali bekor qilishni
  4. Mijoz xodimlariga ish haqi hisoblashni

To‘g‘ri javob: Mijoz uchun buxgalteriya hisobini yuritishni. 749-moddaning oxirgi qismida moliya agenti buxgalteriya hisobini yuritishi mumkinligi aytilgan.

Pul talabnomasidan mijozning moliya agenti oldidagi majburiyatlari bajarilishini ta’minlash maqsadida voz kechildi. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, voz kechilgan talabnomaga nisbatan qaysi qoidalar qo‘llaniladi?
  1. Sovg‘a shartnomasiga oid qoidalar, garov qoidalaridan tashqari
  2. Meros va vasiyat to‘g‘risidagi qoidalar, ayrim moddalardan tashqari
  3. Kodeksning garovga tegishli qoidalari (ayrim moddalardan tashqari)
  4. Ijara shartnomasiga oid qoidalar, garov qoidalarisiz va to‘liq

To‘g‘ri javob: Kodeksning garovga tegishli qoidalari (ayrim moddalardan tashqari). 749-modda davomida garov qoidalari qo‘llanishi, 269, 273–278, 288, 289-moddalar mustasno ekanligi aytilgan.

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 750-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Moliya agenti
  2. Mablag‘ olish maqsadida boshqa shaxs foydasiga voz kechiladigan pul talabnomasi
  3. Kredit shartnomasining shakli
  4. Pul talabnomasidan o‘z navbatida boshqa shaxs foydasiga voz kechish

To‘g‘ri javob: Moliya agenti. 750-modda: Moliya agenti.

Fuqarolik kodeksi (II qism): «Moliya agenti» qaysi moddada belgilangan?
  1. 745-modda
  2. 750-modda
  3. 751-modda
  4. 754-modda

To‘g‘ri javob: 750-modda. 750-modda: Moliya agenti.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, faktoring shartnomalarini moliya agenti sifatida kimlar tuzishi mumkin?
  1. Istalgan jismoniy shaxs, litsenziya va ro‘yxatdan o‘tmasdan
  2. Faqat sug‘urta kompaniyalari va ularning filiallari bo‘lgan holda
  3. Faqat davlat organlari va ularning tarkibiy bo‘linmalari
  4. Banklar, faktoring tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlari

To‘g‘ri javob: Banklar, faktoring tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlari. 750-modda moliya agenti bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslarni sanaydi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiQarz va kredit (2/2)Keyingi →Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) (2/2)