Hisob-kitoblar (1/3)
Ikkinchi Qism
790-modda. Naqd pullar bilan va naqd pulsiz hisob-kitoblar
Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan holda ular o‘rtasidagi hisob-kitoblar va fuqarolar ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pullar bilan yoki naqd pulsiz summasi cheklanmagan holda amalga oshirilishi mumkin.
Yuridik shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq holda ular ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar, agar qonunda boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, naqd pulda ham amalga oshirilishi mumkin.
Agar qonundan boshqacha tartib kelib chiqmasa va bunday tartibni foydalanilayotgan hisob-kitoblar shakli taqozo etmasa, naqd pulsiz hisob-kitoblar ularda qatnashayotgan shaxslarning hisobvaraqlari ochilgan banklar, boshqa kredit tashkilotlari (bundan buyon –– banklar) orqali amalga oshiriladi.
791-modda. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning shakllari
Naqd pulsiz hisob-kitoblar amalga oshirilganda to‘lov topshiriqnomalari, akkreditivlar, cheklar bilan hisob-kitob qilishga, inkasso bo‘yicha hisob-kitob qilishga, shuningdek qonunda, qonunga muvofiq chiqariladigan bank qoidalarida hamda bank amaliyotida qo‘llanilayotgan ish muomalasi odatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda hisob-kitob qilishga ham yo‘l qo‘yiladi.
Shartnomadagi taraflar ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hisob-kitob qilish shakllarining istalganini tanlab olishga va shartnomada nazarda tutishga haqli.
2-§. To‘lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitob qilish
792-modda. To‘lov topshiriqnomalari bilan qilinadigan hisob-kitoblar to‘g‘risida umumiy qoidalar
To‘lov topshiriqnomasi bilan hisob-kitob qilinganida bank mijozning topshirig‘iga muvofiq uning hisobvarag‘idagi mablag‘lar hisobidan ma’lum miqdor pul summasini mijoz ko‘rsatgan shaxsning shu yoki boshqa bankdagi hisobvarag‘iga qonunchilikda nazarda tutilgan muddatlarda, agar bank hisobvarag‘i shartnomasida qisqaroq muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki u bank amaliyotida qo‘llaniladigan ish muomalasi odatlarida belgilangan bo‘lmasa, o‘tkazish majburiyatini oladi.
To‘lov topshiriqnomasida mablag‘larni oluvchi sifatida ko‘rsatilgan shaxs bankdan to‘lovni amalga oshirishni talab qilish huquqiga ega bo‘lmaydi, bunday huquq qonunda yoki mijozning bank bilan tuzgan shartnomasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
793-modda. To‘lov topshiriqnomasini bankning qabul qilish shartlari
To‘lov topshiriqnomasining hamda u bilan birga taqdim etiladigan hisob-kitob hujjatlarining mazmuni va shakli bank qoidalarida belgilab qo‘yilgan talablarga mos kelishi kerak.
Mijozning topshirig‘i uning hisobvarag‘ida mablag‘lar bo‘lgan taqdirdagina, agar mijoz bilan bank o‘rtasidagi shartnomada boshqa hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, bank tomonidan ijroga qabul qilinadi.
794-modda. Topshiriqni ijro etish
Mijozning to‘lov topshiriqnomasini qabul qilgan bank tegishli pul summasini topshiriqnomada ko‘rsatilgan shaxsning hisobvarag‘iga o‘tkazish uchun uni mablag‘ oluvchining bankiga ushbu Kodeksning 792-moddasi birinchi qismida belgilab qo‘yilgan muddatlarda o‘tkazishi shart.
Bank mijozning topshiriqnomasida ko‘rsatilgan hisobvaraqqa pul mablag‘larini o‘tkazish operatsiyalarini bajarish uchun boshqa banklarni jalb qilishga haqli.
Bank mijozning talabiga ko‘ra, agar qonunda boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, topshiriqning bajarilganligi haqida unga darhol xabar berishi shart.
795-modda. Topshiriqni bajarmaganlik yoki tegishli darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik
Mijozning topshirig‘i bajarilmagan yoki tegishli darajada bajarilmagan taqdirda, bank buning uchun ushbu Kodeksning 327-moddasiga muvofiq javobgar bo‘ladi.
To‘lov topshiriqnomasi bo‘yicha hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirishda ishtirok etadigan banklar ushbu topshiriqni bergan shaxs oldida solidar javobgar bo‘ladilar.
3-§. Akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblar
796-modda. Akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblar haqida umumiy qoidalar
Akkreditiv bo‘yicha hisob-kitob qilinganida mijozning (to‘lovchining) topshirig‘i bilan va uning ko‘rsatmalariga muvofiq akkreditiv ochgan bank (bank-emitent) mablag‘larni oluvchi yoki u ko‘rsatgan shaxs (bundan keyingi matnda — mablag‘larni oluvchi) hujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda to‘lovni amalga oshirish majburiyatini oladi.
Qoplangan (deponentlangan) akkreditiv ochilgan taqdirda bank-emitent uni ochish vaqtida mijozning o‘z mablag‘larini yoki unga berilgan kreditni bank emitentning majburiyatlari amal qilib turadigan butun muddatga ijrochi bank ixtiyoriga o‘tkazishi shart.
Qoplanmagan akkreditiv ochilgan taqdirda bank-emitent ijrochi bankka akkreditivning butun summasini bank-emitentning ijrochi bankda yuritilayotgan hisobvarag‘idan o‘chirish huquqini beradi.
797-modda. Akkreditivning amal qilish muddati va u bo‘yicha hisob-kitob qilish tartibi
Akkreditivning amal qilish muddati va u bo‘yicha hisob-kitob qilish tartibi pul mablag‘larini to‘lovchi bilan oluvchi o‘rtasidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi.
Shartnomada yana quyidagilar bo‘lishi kerak:
bank-emitentning nomi;
akkreditivning turi va uni bajarish usuli;
mablag‘larni oluvchini akkreditiv ochilganligi haqida xabardor qilish usuli;
akkreditiv bo‘yicha mablag‘lar olish uchun oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati va aniq tavsifi;
tovarlar jo‘natilganidan (xizmatlar ko‘rsatilgan, ishlar bajarilganidan) keyin hujjatlarni taqdim etish muddatlari, ularni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar.
798-modda. Chaqirib olinadigan akkreditiv
Bank-emitent tomonidan mablag‘ oluvchini oldindan xabardor qilmagan holda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin bo‘lgan akkreditiv chaqirib olinadigan akkreditiv deyiladi. Akkreditivni chaqirib olish bank-emitent zimmasiga mablag‘larni oluvchi oldida biron-bir majburiyat yuklamaydi.
Agar ijro etuvchi bank operatsiyalarni bajarish paytigacha akkreditivning shartlari o‘zgartirilganligi yoki u bekor qilinganligi haqida bildirish olmagan bo‘lsa, u chaqirib olinadigan akkreditiv bo‘yicha to‘lovni yoki boshqa operatsiyalarni amalga oshirishi shart.
Agar akkreditivning matnida boshqa narsa nazarda tutilgan bo‘lmasa, u chaqirib olinadigan akkreditiv bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 790-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- To‘lov topshiriqnomasini bankning qabul qilish shartlari
- Hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi va pul mablag‘lari asossiz o‘chirilganligi uchun bankning javobgarligi
- To‘lov topshiriqnomalari bilan qilinadigan hisob-kitoblar to‘g‘risida umumiy qoidalar
- Naqd pullar bilan va naqd pulsiz hisob-kitoblar
To‘g‘ri javob: Naqd pullar bilan va naqd pulsiz hisob-kitoblar. 790-modda: Naqd pullar bilan va naqd pulsiz hisob-kitoblar.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Naqd pullar bilan va naqd pulsiz hisob-kitoblar» qaysi moddada belgilangan?
- 790-modda
- 792-modda
- 785-modda
- 793-modda
To‘g‘ri javob: 790-modda. 790-modda: Naqd pullar bilan va naqd pulsiz hisob-kitoblar.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan holda fuqarolar o‘rtasidagi hisob-kitoblar qanday amalga oshirilishi mumkin?
- Faqat naqd pulsiz tartibda, summasi qonun bilan cheklangan holda
- Naqd pullar bilan yoki naqd pulsiz, summasi cheklanmagan holda
- Faqat bank orqali va notarius tasdig‘i bilan, summasidan qat’i nazar
- Faqat naqd pullar bilan, summasi cheklangan holda amalga oshiriladi
To‘g‘ri javob: Naqd pullar bilan yoki naqd pulsiz, summasi cheklanmagan holda. 790-moddaning birinchi qismiga ko‘ra, bunday hisob-kitoblar naqd yoki naqd pulsiz, summasi cheklanmagan holda amalga oshiriladi.
Fuqarolik kodeksiga muvofiq, yuridik shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar umumiy qoida bo‘yicha qanday tartibda amalga oshiriladi?
- Naqd pulsiz tartibda
- Faqat naqd pulda
- Faqat vekselda
- Faqat tovar ayirboshlash yo‘li bilan
To‘g‘ri javob: Naqd pulsiz tartibda. 790-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, yuridik shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.
Tadbirkor Aziz o‘z sherigi MChJ bilan hisob-kitob qilmoqchi. Qonunda boshqacha tartib belgilanmagan. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Naqd pulda hisob-kitob qilish tadbirkorlar o‘rtasida umuman taqiqlanadi, faqat bank orqali o‘tkaziladi
- Hisob-kitob faqat akkreditiv orqali amalga oshirilishi shart, boshqa shakllar qo‘llanilmaydi
- Naqd pulsiz hisob-kitob asosiy tartib, ammo qonunda boshqacha tartib bo‘lmasa, naqd pulda ham mumkin
- Hisob-kitob faqat notarius guvohligida va ikkala tarafning yozma roziligi bilan amalga oshiriladi
To‘g‘ri javob: Naqd pulsiz hisob-kitob asosiy tartib, ammo qonunda boshqacha tartib bo‘lmasa, naqd pulda ham mumkin. 790-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, bunday shaxslar o‘rtasida hisob-kitob qonunda boshqacha tartib bo‘lmasa, naqd pulda ham amalga oshirilishi mumkin.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, naqd pulsiz hisob-kitoblar odatda qaysi tashkilotlar orqali amalga oshiriladi?
- Ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tgan hududdagi soliq organlari va davlat xazinasi orqali
- Notariuslar va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar orqali, ishtirokchilar roziligi bilan
- Ishtirokchilarning hisobvaraqlari ochilgan banklar va boshqa kredit tashkilotlari orqali
- Sud ijrochilari va ijro hujjatlarini bajaruvchi boshqa davlat organlari orqali
To‘g‘ri javob: Ishtirokchilarning hisobvaraqlari ochilgan banklar va boshqa kredit tashkilotlari orqali. 790-moddaning uchinchi qismiga ko‘ra, naqd pulsiz hisob-kitoblar ishtirokchilarning hisobvaraqlari ochilgan banklar orqali bajariladi.
Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari borasida shartnoma taraflari qanday huquqqa ega?
- Faqat to‘lov topshiriqnomasi shaklini tanlab, shartnomada nazarda tutishga haqli
- Shakllarni faqat bank belgilaydi, taraflar esa ularni shartnomada tanlay olmaydi
- Faqat chek bilan hisob-kitob qilishni tanlab, shartnomada nazarda tutishga haqli
- Ko‘rsatilgan hisob-kitob shakllaridan istalganini tanlab, shartnomada nazarda tutishga haqli
To‘g‘ri javob: Ko‘rsatilgan hisob-kitob shakllaridan istalganini tanlab, shartnomada nazarda tutishga haqli. 791-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, taraflar hisob-kitob shakllaridan istalganini tanlab olishga haqli.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 792-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblar haqida umumiy qoidalar
- Hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi va pul mablag‘lari asossiz o‘chirilganligi uchun bankning javobgarligi
- Hisobvaraqni tasarruf qilishning cheklanishi
- To‘lov topshiriqnomalari bilan qilinadigan hisob-kitoblar to‘g‘risida umumiy qoidalar
To‘g‘ri javob: To‘lov topshiriqnomalari bilan qilinadigan hisob-kitoblar to‘g‘risida umumiy qoidalar. 792-modda: To‘lov topshiriqnomalari bilan qilinadigan hisob-kitoblar to‘g‘risida umumiy qoidalar.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash