Hisob-kitoblar (2/3)
Ikkinchi Qism
799-modda. Chaqirib olinmaydigan akkreditiv
Mablag‘ oluvchining roziligisiz bekor qilinishi mumkin bo‘lmagan akkreditiv chaqirib olinmaydigan akkreditiv deyiladi.
Bank-emitentning iltimosiga binoan akkreditiv bo‘yicha operatsiyani o‘tkazishda ishtirok etayotgan ijrochi bank chaqirib olinmaydigan akkreditivni tasdiqlashi mumkin (tasdiqlangan akkreditiv). Bunday tasdiqlash ijrochi bank bank-emitentning majburiyatiga qo‘shimcha suratda akkreditiv shartlariga muvofiq to‘lovni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga olganligini bildiradi.
Ijrochi bank tomonidan tasdiqlangan chaqirib olinmaydigan akkreditiv ijrochi bankning roziligisiz o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.
800-modda. Akkreditivni ijro etish
Akkreditivni ijro etish uchun mablag‘ oluvchi ijrochi bankka akkreditivning hamma shartlari bajarilganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi. Ushbu shartlardan birortasi buzilgan taqdirda akkreditiv hisobidan pul to‘lanmaydi.
Agar ijrochi bank akkreditiv shartlariga muvofiq to‘lovni amalga oshirgan yoki boshqa operatsiyani bajargan bo‘lsa, bank-emitent unga qilingan xarajatlarni to‘lashi shart. Bank-emitentning ushbu xarajatlari, shuningdek akkreditivni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hamma xarajatlari mijoz tomonidan qoplanadi.
801-modda. Hujjatlarni qabul qilishdan bosh tortish
Agar ijrochi bank tashqi alomatlari bo‘yicha akkreditiv shartlariga muvofiq kelmaydigan hujjatlarni qabul qilishdan bosh tortsa, u bu haqda darhol mablag‘ oluvchiga va bank-emitentga sabablarni ko‘rsatgan holda ma’lum qilishi kerak.
Agar bank-emitent ijrochi bank tomonidan qabul qilingan hujjatlarni olgach, ular tashqi alomatlariga ko‘ra akkreditiv shartlariga mos kelmaydi deb hisoblasa, ularni qabul qilishdan bosh tortishga hamda ijrochi bankdan mablag‘ oluvchiga akkreditiv shartlarini buzgan holda to‘langan summani talab qilishga, qoplanmagan akkreditiv bo‘yicha esa to‘langan summani qoplashdan bosh tortishga haqli bo‘ladi.
802-modda. Akkreditiv shartlari buzilganligi uchun bankning javobgarligi
Akkreditiv shartlari buzilganligi uchun mijoz oldida bank-emitent, bank-emitent oldida esa ijrochi bank javobgar bo‘ladi, ushbu moddada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ijrochi bank qoplangan yoki tasdiqlangan akkreditiv bo‘yicha pul mablag‘larini to‘lashdan asossiz bosh tortgan taqdirda mablag‘larni oluvchi oldidagi javobgarlik ijrochi bank zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Ijrochi bank akkreditiv shartlarini buzish oqibatida qoplangan yoki tasdiqlangan akkreditiv bo‘yicha pul mablag‘larini noto‘g‘ri bergan taqdirda, mijoz oldidagi javobgarlik ijrochi bank zimmasiga yuklatilishi mumkin.
803-modda. Akkreditivni yopish
Akkreditiv ijrochi bankda:
akkreditiv muddati tamom bo‘lgach;
mablag‘ oluvchining akkreditivning amal qilish muddati tamom bo‘lgunicha undan foydalanishdan voz kechishi haqidagi arizasiga ko‘ra, agar bunday voz kechish mumkinligi akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa;
pul to‘lovchining akkreditivni butunlay yoki qisman chaqirib olish haqidagi talabiga muvofiq, agar bunday chaqirib olishga akkreditiv shartlari bo‘yicha yo‘l qo‘yilsa, yopiladi.
Akkreditiv yopilganligi haqida ijrochi bank bank-emitentni xabardor qilishi kerak.
Deponentlangan akkreditivning foydalanilmagan summasi akkreditiv yopilishi bilan bir vaqtda bank-emitentga qaytarib berilishi kerak. Bank-emitent qaytarib berilgan summalarni to‘lovchining mablag‘lar deponentlangan hisobvarag‘iga kiritib qo‘yishi shart.
4-§. Inkasso bo‘yicha hisob-kitoblar
804-modda. Inkasso bo‘yicha hisob-kitoblar haqida umumiy qoidalar
Inkasso bo‘yicha hisob-kitob qilinganida mijoz o‘z bankiga (bank-emitentga) pul to‘lovchidan to‘lovni va (yoki) to‘lov akseptini mijoz hisobidan qabul qilish haqida topshiriqnoma yuboradi.
Inkasso topshirig‘ini olgan bank-emitent uni bajarish uchun boshqa bankni (ijrochi bankni) jalb qilishga haqli.
Inkasso bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi qonunchilik bilan va bank amaliyotida qo‘llaniladigan ish muomalasi odatlari bilan boshqariladi.
Mijozning topshirig‘i bajarilmagan yoki tegishli suratda bajarilmagan taqdirda, bank-emitent uning oldida ushbu Kodeksning 24-bobida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra va miqdorda javobgar bo‘ladi.
Agar ijrochi bank tomonidan hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari buzilganligi munosabati bilan mijozning topshirig‘i bajarilmagan yoki tegishli suratda bajarilmagan bo‘lsa, mijoz oldidagi javobgarlik ushbu bank zimmasiga yuklatilishi mumkin.
805-modda. Inkasso topshirig‘ini bajarish
Biron-bir hujjat bo‘lmagan yoki hujjatlar tashqi alomatlariga ko‘ra inkasso topshiriqnomasiga mos bo‘lmagan taqdirda ijro etuvchi bank bu haqda darhol inkasso topshiriqnomasini bergan shaxsga xabar qilishi shart. Mazkur kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, bank topshiriqlarni bajarmasdan hujjatlarni qaytarib yuborishga haqli.
Hujjatlar qanday shaklda olingan bo‘lsa, o‘sha shaklda to‘lovchiga taqdim etiladi, inkasso operatsiyasini rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan bank belgilari va yozuvlari bundan mustasno.
Agar hujjatlar olinishi bilanoq ular bo‘yicha pul to‘lanishi shart bo‘lsa, ijrochi bank inkasso topshiriqnomasini olgan zahoti to‘lovga taqdim etishi shart.
Agar hujjatlar bo‘yicha pul boshqa muddatda to‘lanishi kerak bo‘lsa, ijrochi bank to‘lovchining akseptini olish uchun hujjatlarni inkasso topshiriqnomasi olinishi bilanoq, darhol akseptga taqdim etishi kerak, to‘lov talabi esa hujjatda ko‘rsatilgan to‘lov muddati boshlanadigan kundan kechiktirmasdan qo‘yilishi kerak.
Qisman bajariladigan to‘lovlar bank qoidalarida belgilab qo‘yilgan hollarda yoki inkasso topshiriqnomasida maxsus ruxsat bo‘lsa qabul qilinishi mumkin.
Olingan (inkassolangan) summalar ijrochi bank tomonidan darhol bank-emitent tasarrufiga topshirilishi, u esa bu summalarni mijozning hisobvarag‘iga kiritib qo‘yishi shart. Ijrochi bank inkasso qilingan summadan o‘ziga tegishli haqni va xarajatlarni qoplashga ketadigan pulni ushlab qolishga haqli.
806-modda. To‘lovdan bosh tortishni xabar qilish
Agar to‘lov va (yoki) aksept olingan bo‘lmasa, ijrochi bank pul to‘lanmaganligining yoki akseptdan bosh tortilganligining sabablari to‘g‘risida bank-emitentni darhol xabardor qilishi shart. Bank-emitent bu haqda darhol mijozga xabar berishi, undan navbatdagi harakatlar xususida ko‘rsatmalar so‘rashi shart.
Bundan keyingi harakatlar to‘g‘risida bank qoidalarida belgilangan muddatda ko‘rsatmalar olinmasa, ijrochi bank hujjatlarni inkasso topshiriqnomasi yuborgan bankka qaytarishga haqli.
5-§. Cheklar bilan hisob-kitob qilish
807-modda. Cheklar bilan hisob-kitob qilishning umumiy qoidalari
Chek beruvchining chekda ko‘rsatilgan summani chek saqlovchiga to‘lash haqida bankka hech qanday shart qo‘yilmagan topshirig‘i mavjud bo‘lgan qimmatli qog‘oz chek deyiladi.
Chek bilan hisob-kitob qilinganida faqat chek beruvchining chek berish yo‘li bilan tasarruf etishga haqli bo‘lgan mablag‘lari saqlanayotgan bankgina chek bo‘yicha pul to‘lovchi qilib ko‘rsatilishi mumkin.
Chekni taqdim etish muddati o‘tmagunicha uni chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Chekning berilishi — bajarish uchun chek berilgan pul majburiyatini bekor qilmaydi.
To‘lov muomalasida cheklardan foydalanish tartibi va shartlari ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 799-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Topshiriqni ijro etish
- To‘lov topshiriqnomasini bankning qabul qilish shartlari
- To‘lov topshiriqnomalari bilan qilinadigan hisob-kitoblar to‘g‘risida umumiy qoidalar
- Chaqirib olinmaydigan akkreditiv
To‘g‘ri javob: Chaqirib olinmaydigan akkreditiv. 799-modda: Chaqirib olinmaydigan akkreditiv.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Chaqirib olinmaydigan akkreditiv» qaysi moddada belgilangan?
- 794-modda
- 799-modda
- 792-modda
- 793-modda
To‘g‘ri javob: 799-modda. 799-modda: Chaqirib olinmaydigan akkreditiv.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, qanday akkreditiv chaqirib olinmaydigan akkreditiv deyiladi?
- Mablag‘ oluvchining roziligisiz bekor qilinishi mumkin bo‘lmagan akkreditiv
- Bank-emitentning o‘z xohishiga ko‘ra istalgan paytda bekor qilinadigan akkreditiv
- Faqat mijoz mablag‘i hisobidan ochiladigan akkreditiv
- Faqat chet el bankida ochiladigan akkreditiv
To‘g‘ri javob: Mablag‘ oluvchining roziligisiz bekor qilinishi mumkin bo‘lmagan akkreditiv. 799-moddaning birinchi qismiga ko‘ra, mablag‘ oluvchining roziligisiz bekor qilib bo‘lmaydigan akkreditiv chaqirib olinmaydigan hisoblanadi.
Bank-emitentning iltimosiga binoan chaqirib olinmaydigan akkreditivni tasdiqlashi mumkin bo‘lgan bank qaysi?
- Mijozning bankdagi hisobvarag‘i
- Markaziy hisob-kitob palatasi
- Akkreditivni ijro etishda ishtirok etayotgan ijrochi bank
- Faqat mablag‘ oluvchining banki bo‘lmagan har qanday bank
To‘g‘ri javob: Akkreditivni ijro etishda ishtirok etayotgan ijrochi bank. 799-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, akkreditivni ijrochi bank tasdiqlashi mumkin (tasdiqlangan akkreditiv).
Ijrochi bank chaqirib olinmaydigan akkreditivni tasdiqladi. Keyin mijoz va bank-emitent akkreditiv shartlarini ijrochi bankdan so‘ramasdan o‘zgartirmoqchi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- O‘zgartirish ijrochi bankning roziligisiz ham mumkin
- Ijrochi bankning roziligisiz bunday akkreditivni o‘zgartirish yoki bekor qilish mumkin emas
- Faqat mablag‘ oluvchining roziligi kifoya qiladi
- Tasdiqlangan akkreditivni umuman o‘zgartirib bo‘lmaydi, hatto barcha tomonlar rozi bo‘lsa ham
To‘g‘ri javob: Ijrochi bankning roziligisiz bunday akkreditivni o‘zgartirish yoki bekor qilish mumkin emas. 799-moddaning uchinchi qismiga ko‘ra, tasdiqlangan akkreditiv ijrochi bankning roziligisiz o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.
Akkreditivni ijro etishda mablag‘ oluvchi akkreditivning shartlaridan birortasini buzgan bo‘lsa, qanday oqibat yuzaga keladi?
- Pul to‘lanadi, lekin jarima bilan
- Pul yarmi miqdorida to‘lanadi
- Pul sudning qaroriga ko‘ra to‘lanadi
- Akkreditiv hisobidan pul to‘lanmaydi
To‘g‘ri javob: Akkreditiv hisobidan pul to‘lanmaydi. 800-moddaning birinchi qismiga ko‘ra, shartlardan biri buzilsa, akkreditiv hisobidan pul to‘lanmaydi.
Akkreditivni bajarish bilan bog‘liq bank-emitentning xarajatlari va boshqa hamma xarajatlar kim tomonidan qoplanadi?
- Mijoz tomonidan
- Ijrochi bank tomonidan
- Mablag‘ oluvchi tomonidan
- Davlat budjeti hisobidan
To‘g‘ri javob: Mijoz tomonidan. 800-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, bank-emitentning xarajatlari va akkreditivni bajarish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar mijoz tomonidan qoplanadi.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 801-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Hujjatlarni qabul qilishdan bosh tortish
- Chaqirib olinadigan akkreditiv
- Akkreditivni yopish
- Inkasso bo‘yicha hisob-kitoblar haqida umumiy qoidalar
To‘g‘ri javob: Hujjatlarni qabul qilishdan bosh tortish. 801-modda: Hujjatlarni qabul qilishdan bosh tortish.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash