XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Fuqarolik kodeksi (II qism) · 826–831-m.

Begona shaxsning manfaatini ko‘zlab topshiriqsiz harakat qilish

Ikkinchi Qism

826-modda. Begona shaxsning manfaatini ko‘zlab harakat qilish shartlari

Manfaatdor shaxsga yoki uning mol-mulkiga zarar yetkazilishining oldini olish, uning majburiyatlarini bajarish yoki uning qonunga zid bo‘lmagan boshqa manfaatlarini ko‘zlab, uning topshirig‘isiz, boshqa ko‘rsatmasisiz yoki oldindan va’da berilgan roziligisiz qilingan harakatlar (begona shaxsning manfaatini ko‘zlab qilingan harakatlar) ochiq ko‘rinib turgan manfaat yoki foydadan hamda manfaatdor shaxsning haqiqiy yoki ehtimol tutilgan niyatlaridan kelib chiqib hamda ishning holatlariga ko‘ra zarur g‘amxo‘rlik va ehtiyotkorlik bilan qilinmog‘i kerak.

Ushbu bobda nazarda tutilgan qoidalar bunday harakatlar faoliyatining maqsadlaridan biri bo‘lgan davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari boshqa shaxslar manfaatlari yo‘lida amalga oshiradigan harakatlarga nisbatan qo‘llanmaydi.

827-modda. Boshqa shaxsning manfaatini ko‘zlab topshiriqsiz harakat qiluvchi shaxsning majburiyatlari

Boshqa shaxsning manfaatlarini ko‘zlab, uning topshirig‘isiz harakat qiluvchi shaxs birinchi imkoniyat tug‘ilishi bilanoq, bu haqda manfaatdor shaxsga xabar berishi shart. Agar manfaatdor shaxs bu harakatlarni ma’qullasa, shundan keyin topshiriq shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar taraflarning munosabatlariga nisbatan qo‘llanadi. Mazkur harakatlar ma’qullanmagan taqdirda ular bo‘yicha javobgarlik topshiriqsiz harakat qilgan shaxs zimmasiga yuklatiladi.

Manfaatdor shaxsni xabardor qilish mumkin bo‘lmasa, harakatlarni topshiriqsiz boshlagan shaxs ularni oxiriga yetkazishi, manfaatdor shaxs uchun salbiy mulkiy oqibatlarning oldini olish bo‘yicha o‘ziga bog‘liq bo‘lgan hamma choralarni ko‘rishi shart. Bunda topshiriqsiz harakat qilgan shaxs ishni yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan hamma narsani, shu jumladan tuzilgan bitimlar bo‘yicha majburiyatlarni ham o‘z zimmasiga olishi shart.

Agar boshqa shaxsning manfaatlarini ko‘zlab uning topshirig‘isiz harakat qilayotgan shaxs birinchi imkoniyat tug‘ilishi bilanoq bu haqda manfaatdor shaxsni xabardor qilmasa, u qilingan xarajatlarni qoplashni talab qilishga haqli emas.

Boshqa shaxsning manfaatini ko‘zlab topshiriqsiz harakat qilayotgan shaxs tegishli faoliyatning amalga oshirilishidan manfaatdor bo‘lgan fuqaro vafot etgan yoki yuridik shaxsning faoliyati to‘xtatilgan taqdirda ham manfaatdor shaxsning merosxo‘rlari (qonuniy vorislari) uning o‘rnini olgunlaricha boshlangan faoliyatni davom ettirishi shart.

828-modda. Boshqa shaxsning manfaatini ko‘zlab bitim tuzish

Boshqa shaxsning manfaatini ko‘zlab tuzilgan bitim bo‘yicha majburiyatlar bitim tuzilishidan manfaatdor bo‘lgan shaxs mazkur bitimni ma’qullagan paytdan boshlab unga o‘tadi, basharti boshqa taraf majburiyatlarning bunday o‘tishiga e’tiroz bildirmasa yoki bitimni tuzish paytida bitim boshqa shaxsning manfaatini ko‘zlab tuzilganligini bilgan yoxud bilishi lozim bo‘lgan bo‘lsa. Bunday bitim bo‘yicha majburiyatlar bitim tuzilishidan manfaatdor bo‘lgan shaxsga o‘tganida, ushbu bitim bo‘yicha huquqlar ham shu shaxsga berilishi zarur.

Bitim tuzgan shaxs boshqa shaxsning manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilgan faoliyat tufayli qilgan xarajatlari qoplanguncha huquqlarni topshirishni kechiktirib turishi mumkin.

829-modda. Topshiriqsiz qilingan harakatlardan manfaatdor shaxsning majburiyatlari

Topshiriqsiz qilingan harakatlardan manfaatdor bo‘lgan shaxs uning manfaatlarini ko‘zlab ish olib borgan shaxsga zarur xarajatlarni va boshqa haqiqiy zararni qoplashi shart. Mazkur majburiyat boshqa shaxsning manfaatlari yo‘lidagi harakatlar oqilona bo‘lib, biroq ko‘zlangan natijaga erishilmagan hollarda ham saqlanib qoladi. Lekin boshqa shaxsning mol-mulkiga zarar yetkazishning oldi olingan hollarda o‘rnini qoplash haqining miqdori mol-mulkning qiymatidan oshib ketmasligi kerak.

Agar shaxsning harakatlari bevosita boshqa shaxsning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan bo‘lmasa, shu jumladan ularni amalga oshirgan shaxs o‘z manfaatlarimni ko‘zlab harakat qilyapman deb xato o‘ylagan va uning harakatlari boshqa shaxsning asossiz boyib ketishiga olib kelgan hollarda ham ushbu Kodeksning 58-bobida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanadi. Boshqa shaxsning manfaatlarini ko‘zlab qilingan harakatlar uning tadbirkorlik faoliyati doirasiga kirgan taqdirda, bu shaxs haqiqiy zararning o‘rnini qoplash bilan bir qatorda tegishli miqdorda haq to‘lanishini ham talab qilishga haqli.

Boshqa shaxsning manfaatlarini ko‘zlab harakat qilgan shaxsning manfaatdor shaxs ma’qullaganidan keyingi harakatlari munosabati bilan qilgan xarajatlari va ko‘rgan boshqa zararlari tegishli turdagi shartnoma to‘g‘risidagi qoidalarga muvofiq qoplanadi.

830-modda. Boshqa shaxsning manfaatlarini ko‘zlab qilingan harakatlar tufayli yetkazilgan zararni qoplash

Boshqa shaxsning manfaatlarini ko‘zlab qilingan harakatlar tufayli manfaatdor shaxsga yoki uchinchi shaxsga yetkazilgan zararni qoplash sohasidagi munosabatlar ushbu Kodeks 57-bobining qoidalariga muvofiq tartibga solinadi.

831-modda. Boshqa shaxsning manfaatini ko‘zlab harakat qilgan shaxsning hisoboti

Boshqa shaxsning manfaatini ko‘zlab harakat qilgan shaxs kimning manfaatini ko‘zlab faoliyat olib borgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga olingan daromadlar, qilingan xarajatlar va ko‘rilgan zararni ko‘rsatgan holda hisobot taqdim etishi shart.

Bilimingizni sinang

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, qanday harakatlar begona shaxsning manfaatini ko‘zlab qilingan harakatlar hisoblanadi?
  1. Manfaatdor shaxsning zarar yetkazilishining oldini olish uchun uning topshirig‘isiz, boshqa ko‘rsatmasisiz yoki oldindan va’da berilgan roziligisiz qilingan harakatlari
  2. Manfaatdor shaxsning yozma topshirig‘iga va uning oldindan bergan roziligiga asoslanib, zarar yetkazilishining oldini olish uchun qilingan har qanday harakatlari
  3. Vakilning ishonchnoma asosida, vakil qilgan shaxsning nomidan va uning manfaatini ko‘zlab uchinchi shaxslar bilan tuzgan bitimlari hamda boshqa harakatlari
  4. Davlat organlarining o‘z vakolatlari doirasida, qonunda belgilangan tartibda fuqarolar va tashkilotlar manfaati yo‘lida amalga oshiradigan majburiy harakatlari

To‘g‘ri javob: Manfaatdor shaxsning zarar yetkazilishining oldini olish uchun uning topshirig‘isiz, boshqa ko‘rsatmasisiz yoki oldindan va’da berilgan roziligisiz qilingan harakatlari. 826-moddaning birinchi qismida bunday harakatlar topshiriqsiz, ko‘rsatmasiz yoki oldindan roziliksiz qilingan harakatlar sifatida ta’riflangan.

Begona shaxsning manfaatini ko‘zlab topshiriqsiz harakat qilish haqidagi qoidalar quyidagilardan qaysi birining harakatlariga nisbatan qo‘llanmaydi?
  1. Fuqarolarning o‘z qo‘shnilari manfaati yo‘lida zarar yetkazilishining oldini olish uchun amalga oshiradigan harakatlariga
  2. Davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari boshqa shaxslar manfaati yo‘lida amalga oshiradigan harakatlarga
  3. Tadbirkorlarning bir-birining manfaati yo‘lida topshiriqsiz amalga oshiradigan va xarajatlar bilan bog‘liq harakatlariga
  4. Yuridik shaxslarning boshqa yuridik shaxslar manfaati yo‘lida o‘z ustavlari doirasida amalga oshiradigan harakatlariga

To‘g‘ri javob: Davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari boshqa shaxslar manfaati yo‘lida amalga oshiradigan harakatlarga. 826-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, bu qoidalar davlat organlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlari amalga oshiradigan harakatlarga qo‘llanmaydi.

Boshqa shaxsning manfaatini ko‘zlab topshiriqsiz harakat qiluvchi shaxs manfaatdor shaxsga qachon xabar berishi shart?
  1. Harakatlar tugagach, bir yil ichida
  2. Faqat manfaatdor shaxs so‘raganda
  3. Birinchi imkoniyat tug‘ilishi bilanoq
  4. Faqat sud talabiga ko‘ra

To‘g‘ri javob: Birinchi imkoniyat tug‘ilishi bilanoq. 827-moddaning birinchi qismiga ko‘ra, xabar birinchi imkoniyat tug‘ilishi bilanoq beriladi.

Nodir qo‘shnisi Malikaning uyi tomi ko‘chib ketganini ko‘rib, uni ta’mirlatdi, lekin Malikani birinchi imkoniyatda ham xabardor qilmadi. Keyin xarajatlarini undirmoqchi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Nodir qilingan xarajatlarni to‘liq undirishga haqli bo‘ladi
  2. Nodir xarajatlarning faqat yarmini undirishga haqli bo‘ladi
  3. Xarajatlar mahalla fuqarolar yig‘ini zimmasiga o‘tkaziladi
  4. Nodir qilingan xarajatlarni qoplashni talab qilishga haqli emas

To‘g‘ri javob: Nodir qilingan xarajatlarni qoplashni talab qilishga haqli emas. 827-moddaning uchinchi qismiga ko‘ra, birinchi imkoniyatda xabardor qilmagan shaxs xarajatlarni qoplashni talab qila olmaydi.

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 828-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Topshiriqsiz qilingan harakatlardan manfaatdor shaxsning majburiyatlari
  2. Begona shaxsning manfaatini ko‘zlab harakat qilish shartlari
  3. Boshqa shaxsning manfaatini ko‘zlab bitim tuzish
  4. Topshiriq shartnomasini bekor qilish oqibatlari

To‘g‘ri javob: Boshqa shaxsning manfaatini ko‘zlab bitim tuzish. 828-modda: Boshqa shaxsning manfaatini ko‘zlab bitim tuzish.

Fuqarolik kodeksi (II qism): «Boshqa shaxsning manfaatini ko‘zlab bitim tuzish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 824-modda
  2. 826-modda
  3. 829-modda
  4. 828-modda

To‘g‘ri javob: 828-modda. 828-modda: Boshqa shaxsning manfaatini ko‘zlab bitim tuzish.

Valijon begona shaxs Karimning manfaatini ko‘zlab Karimning topshirig‘isiz uchinchi shaxs bilan bitim tuzdi. Bitim bo‘yicha majburiyatlar Karimga qachon o‘tadi?
  1. Bitim tuzilgan zahoti avtomatik ravishda, Karimning ma’qullashi yoki boshqa tarafning bilishi-bilmasligidan qat’i nazar, hech qanday qo‘shimcha shartlarsiz va sud tasdig‘isiz o‘tadi
  2. Karim bitimni ma’qullagan paytdan boshlab, basharti boshqa taraf bunga e’tiroz bildirmasa va bitim paytida boshqa shaxs manfaatiga tuzilganini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan bo‘lsa
  3. Hech qachon o‘tmaydi, bitim bo‘yicha barcha majburiyatlar, Karim ma’qullagan taqdirda ham, faqat Valijonning o‘zida qoladi va uchinchi shaxsga nisbatan ham shunday saqlanadi
  4. Faqat sud qarori chiqqandan keyin, basharti Karim bitimni ma’qullagan bo‘lsa va boshqa taraf bitim tuzilganda manfaatdor shaxs haqida bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan bo‘lsa

To‘g‘ri javob: Karim bitimni ma’qullagan paytdan boshlab, basharti boshqa taraf bunga e’tiroz bildirmasa va bitim paytida boshqa shaxs manfaatiga tuzilganini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan bo‘lsa. 828-moddaning birinchi qismiga ko‘ra, majburiyatlar manfaatdor shaxs bitimni ma’qullagan paytdan boshlab unga o‘tadi (belgilangan shartlarda).

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 829-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Qo‘shimcha vositachilik
  2. Topshiriqsiz qilingan harakatlardan manfaatdor shaxsning majburiyatlari
  3. Topshiriq shartnomasining bekor bo‘lishi
  4. Topshiriq shartnomasini bekor qilish oqibatlari

To‘g‘ri javob: Topshiriqsiz qilingan harakatlardan manfaatdor shaxsning majburiyatlari. 829-modda: Topshiriqsiz qilingan harakatlardan manfaatdor shaxsning majburiyatlari.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiTopshiriqKeyingi →Vositachilik (1/2)