Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) (1/2)
Ikkinchi Qism
862-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomasi bo‘yicha bir taraf (kompleks litsenziar) ikkinchi tarafga (kompleks litsenziatga) haq evaziga litsenziarning firma nomidan hamda qo‘riqlanadigan tijorat axborotidan, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan mutlaq huquqlarga kiruvchi boshqa obyektlardan (tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va ixtirolar hamda boshqalardan) litsenziatning tadbirkorlik faoliyatida foydalanish huquqini o‘z ichiga oladigan mutlaq huquqlar kompleksini (litsenziya kompleksi) berish majburiyatini oladi.
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi litsenziya kompleksidan, litsenziarning ish sohasidagi obro‘sidan va tijorat sohasidagi tajribasidan muayyan hajmda (xususan, minimal va yoki maksimal hajmda foydalanishni belgilab qo‘ygan holda) muayyan faoliyat sohasiga (litsenziardan olingan yoki litsenziat ishlab chiqargan tovarlarni sotish, xizmatlarni ko‘rsatish, ishlar bajarish, savdo faoliyatini amalga oshirish va hokazo) qo‘llagan holda, foydalanish hududini ko‘rsatib yoki ko‘rsatmasdan foydalanishni nazarda tutadi.
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bo‘yicha faqat tijorat tashkilotlari va tadbirkorlar sifatida ro‘yxatga olingan fuqarolargina taraflar bo‘lishi mumkin.
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi muddat ko‘rsatilgan, shuningdek ko‘rsatilmagan holda (muddatsiz shartnoma) tuzilishi mumkin.
Basharti ushbu bobda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki u shartnomaning mohiyatidan kelib chiqmasa, kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasiga ushbu Kodeksning intellektual mulk haqidagi qoidalari tegishli suratda qo‘llanadi.
863-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining shakli va uni ro‘yxatga olishga qo‘yiladigan talablar
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi yozma ravishda tuzilishi kerak va u shartnomaga muvofiq litsenziar sifatida ish ko‘radigan yuridik shaxsni yoki yakka tadbirkorni ro‘yxatga olgan organ tomonidan ro‘yxatga olinishi kerak. Ushbu qoidaga rioya qilmaslik shartnomaning haqiqiy hisoblanmasligiga sabab bo‘ladi.
864-modda. Kompleks tadbirkorlik bo‘yicha qo‘shimcha litsenziya
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasida litsenziatning o‘ziga berilgan litsenziya kompleksi yoki uning bir qismidan boshqa shaxslarning u litsenziar bilan kelishgan yoki kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasida belgilangan shartlarda foydalanishiga ruxsat berish huquqi nazarda tutilishi mumkin. Xuddi shuningdek, shartnomada litsenziatning muayyan vaqt davomida foydalanish hududini ko‘rsatgan yoki ko‘rsatmagan holda muayyan miqdorda qo‘shimcha litsenziyalar berish majburiyati ham yozib qo‘yilishi mumkin.
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining bekor qilinishi kompleks tadbirkorlik bo‘yicha qo‘shimcha litsenziyani ham bekor qiladi.
865-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bo‘yicha haq to‘lash shakli
Litsenziat litsenziarga qat’iy belgilab qo‘yilgan bir yo‘la yoki davriy to‘lovlar, tushumdan ajratmalar, litsenziar tomonidan unga qayta sotish uchun yetkazib beriladigan tovarlarning ulgurji narxlariga ustamalar shaklida yoki kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasida nazarda tutilgan boshqa shaklda haq to‘laydi.
866-modda. Litsenziarning majburiyatlari
Litsenziar:
litsenziatga texnikaviy va tijorat hujjatlarini topshirishi hamda litsenziat kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bo‘yicha o‘ziga berilgan huquqlarni amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotni taqdim etishi, shuningdek litsenziat va uning xodimlariga ushbu huquqlarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan yo‘l-yo‘riqlar berishi shart;
litsenziatga shartnomada nazarda tutilgan litsenziyalarni berishi, ularning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlashi;
litsenziatga doimiy texnikaviy va maslahat yordami ko‘rsatishi, shu jumladan xodimlarni o‘qitish va ularning malakasini oshirishda yordam berishi shart.
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasida litsenziarning boshqa majburiyatlari ham nazarda tutilishi mumkin.
867-modda. Litsenziatning majburiyatlari
Litsenziat kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bo‘yicha amalga oshiradigan faoliyatning xarakteri va xususiyatlarini hisobga olgan holda litsenziat:
shartnomada nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish chog‘ida litsenziarning firma nomidan shartnomada ko‘rsatilgan tarzda foydalanishi;
u shartnoma asosida ishlab chiqarayotgan tovarlar, ko‘rsatayotgan xizmatlar, bajarayotgan ishlar sifati bevosita litsenziarning o‘zi ishlab chiqarayotgan, ko‘rsatayotgan yoki bajarayotgan shunday tovarlar, xizmatlar yoki ishlarning sifatiga aniq mos bo‘lishini ta’minlashi;
litsenziarning litsenziya kompleksiga kiruvchi alohida huquqlardan foydalanish xarakteri, usullari va shartlari bu huquqlardan litsenziarning foydalanishiga aniq mos kelishiga qaratilgan barcha yo‘riqnomalari va ko‘rsatmalariga, shu jumladan litsenziat shartnoma bo‘yicha o‘ziga berilgan huquqlarni amalga oshirish vaqtida foydalanadigan tijorat binolarining tashqi va ichki bezaklariga doir ko‘rsatmalariga ham rioya etishi;
sotib oluvchilar (buyurtmachilar) bevosita litsenziardan tovar (xizmat, ish) ni sotib olgan (buyurtma bergan) vaqtda ularga umid qilishlari mumkin bo‘lgan hamma qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatishi;
litsenziarning ishlab chiqarish sirlarini va undan olgan boshqa maxfiy tijorat axborotini oshkor qilmasligi;
agar shartnomada to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan bo‘lsa, shartlashilgan miqdorda yordamchi litsenziyalarni berishi;
867-modda. Litsenziatning majburiyatlari (davomi)
kompleks tadbirkorlik litsenziyasi tufayli firma nomidan, tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan yoki boshqa individuallashtirish vositasidan foydalanayotganligini sotib oluvchilarga (buyurtmachilarga) ular uchun juda aniq usulda ma’lum qilishi shart.
868-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining cheklaydigan shartlari
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasida cheklaydigan (eksklyuziv) shartlar, xususan:
litsenziarning litsenziatga biriktirib qo‘yilgan hududda foydalanish uchun boshqa xuddi shunday kompleks tadbirkorlik litsenziyalarini bermaslik yoki ushbu hududda bevosita mustaqil faoliyat olib bormaslik majburiyati;
litsenziatning kompleks tadbirkorlik litsenziyasidan foydalaniladigan hududda litsenziar bilan raqobatlashmaslik majburiyati;
litsenziatning litsenziarning raqobatchilaridan (bo‘lajak raqobatchilaridan) boshqa kompleks tadbirkorlik litsenziyalarini olishdan voz kechishi;
litsenziatning shartnoma bo‘yicha o‘ziga berilgan alohida huquqlarni amalga oshirish vaqtida foydalaniladigan tijorat binolari joylashtiriladigan yerni, shuningdek ularning tashqi va ichki bezaklarini litsenziar bilan kelishish majburiyati nazarda tutilishi mumkin.
Agar cheklaydigan shartlar tegishli bozorning holatini va taraflarning iqtisodiy mavqeyini hisobga olganda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka zid bo‘lsa, bu shartlar monopoliyaga qarshi organ yoki boshqa manfaatdor shaxsning da’vosiga ko‘ra haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Agar kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining cheklaydigan shartlariga ko‘ra:
litsenziar litsenziatning tovarni sotish bahosini yoki litsenziat bajaradigan (ko‘rsatadigan) ishlar (xizmatlar) narxini belgilashga, yoki mazkur narxlarning yuqori va pastki chegaralarini belgilab qo‘yishga haqli bo‘lsa;
868-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining cheklaydigan shartlari (davomi)
litsenziat tovarlarni faqat ma’lum toifadagi sotib oluvchilarga (buyurtmachilarga) yoki shartnomada belgilab qo‘yilgan hududda joylashgan (yashaydigan) sotib oluvchilarga (buyurtmachilarga)gina sotishga, ishlarni bajarishga yoki xizmatlar ko‘rsatishga haqli bo‘lsa, bunday cheklovchi shartlar haqiqiy emas.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomasi bo‘yicha litsenziar litsenziatga haq evaziga nimani berish majburiyatini oladi?
- Mutlaq huquqlar kompleksini (litsenziya kompleksini)
- Faqat tovar belgisiga va firma nomiga bo‘lgan mulk huquqini
- Ishlab chiqarish uskunalarini va xomashyo zaxirasini
- Litsenziar korxonasining ustav kapitalidagi ulushni
To‘g‘ri javob: Mutlaq huquqlar kompleksini (litsenziya kompleksini). 862-moddaning birinchi qismiga ko‘ra, litsenziar litsenziatga mutlaq huquqlar kompleksini (litsenziya kompleksini) berish majburiyatini oladi.
Hamza tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan fuqaro, lekin franshiza asosida kafe ochmoqchi va litsenziar bilan kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini tuzmoqchi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Hamza taraf bo‘la oladi, chunki franshiza asosida kafe ochish istagi fuqaroni tadbirkor sifatida ro‘yxatga olish o‘rnini bosadi
- Hamza taraf bo‘la olmaydi, chunki faqat tijorat tashkilotlari va tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan fuqarolargina taraf bo‘lishi mumkin
- Hamza faqat litsenziat sifatida taraf bo‘lishi mumkin, tadbirkor sifatida ro‘yxatga olinmagan bo‘lsa ham, notarius ruxsati bilan
- Hamza taraf bo‘lishi mumkin, chunki shartnoma tuzilgandan keyin tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tishi uchun uch oylik muddat beriladi
To‘g‘ri javob: Hamza taraf bo‘la olmaydi, chunki faqat tijorat tashkilotlari va tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan fuqarolargina taraf bo‘lishi mumkin. 862-moddaning uchinchi qismiga ko‘ra, taraflar faqat tijorat tashkilotlari va tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan fuqarolar bo‘lishi mumkin.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 863-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining cheklaydigan shartlari
- Litsenziatning majburiyatlari
- Ishonchli boshqaruvchining javobgarligi
- Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining shakli va uni ro‘yxatga olishga qo‘yiladigan talablar
To‘g‘ri javob: Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining shakli va uni ro‘yxatga olishga qo‘yiladigan talablar. 863-modda: Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining shakli va uni ro‘yxatga olishga qo‘yiladigan talablar.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining shakli va uni ro‘yxatga olishga qo‘yiladigan talablar» qaysi moddada belgilangan?
- 863-modda
- 867-modda
- 868-modda
- 859-modda
To‘g‘ri javob: 863-modda. 863-modda: Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining shakli va uni ro‘yxatga olishga qo‘yiladigan talablar.
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining yozma shaklga yoki ro‘yxatga olishga oid talabiga rioya qilmaslik qanday oqibatga olib keladi?
- Shartnoma jarima bilan haqiqiy hisoblanadi
- Shartnoma faqat bir yilga haqiqiy bo‘ladi
- Shartnomaning haqiqiy hisoblanmasligiga sabab bo‘ladi
- Shartnoma faqat litsenziatning roziligi bilan haqiqiy bo‘ladi
To‘g‘ri javob: Shartnomaning haqiqiy hisoblanmasligiga sabab bo‘ladi. 863-moddaga ko‘ra, bu qoidaga rioya qilmaslik shartnomaning haqiqiy hisoblanmasligiga sabab bo‘ladi.
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi qaysi organ tomonidan ro‘yxatga olinishi kerak?
- Litsenziat sifatida ish ko‘radigan yuridik shaxsni yoki yakka tadbirkorni ro‘yxatga olgan organ tomonidan
- Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga oladigan davlat organi tomonidan, taraflar roziligisiz
- Notarius tomonidan tasdiqlanib, shartnoma tuzilgan joydagi sud tomonidan ro‘yxatga olinishi kerak
- Litsenziar sifatida ish ko‘radigan yuridik shaxsni yoki yakka tadbirkorni ro‘yxatga olgan organ tomonidan
To‘g‘ri javob: Litsenziar sifatida ish ko‘radigan yuridik shaxsni yoki yakka tadbirkorni ro‘yxatga olgan organ tomonidan. 863-moddaga ko‘ra, shartnoma litsenziarni ro‘yxatga olgan organ tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 864-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Kompleks tadbirkorlik bo‘yicha qo‘shimcha litsenziya
- Ishonchli boshqaruvchiga to‘lanadigan haq
- Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasining bekor bo‘lishi
- Litsenziarning majburiyatlari
To‘g‘ri javob: Kompleks tadbirkorlik bo‘yicha qo‘shimcha litsenziya. 864-modda: Kompleks tadbirkorlik bo‘yicha qo‘shimcha litsenziya.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Kompleks tadbirkorlik bo‘yicha qo‘shimcha litsenziya» qaysi moddada belgilangan?
- 864-modda
- 860-modda
- 861-modda
- 866-modda
To‘g‘ri javob: 864-modda. 864-modda: Kompleks tadbirkorlik bo‘yicha qo‘shimcha litsenziya.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash