Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) (2/2)
Ikkinchi Qism
869-modda. Litsenziarning litsenziatga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha javobgarligi
Litsenziat kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bo‘yicha sotayotgan (bajarayotgan, ko‘rsatayotgan) tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifati shartnomaga mos emasligi to‘g‘risida litsenziatga qo‘yiladigan talablar yuzasidan litsenziar subsidiar javobgar bo‘ladi.
Litsenziatga litsenziarning mahsulotini (tovarlarini) tayyorlovchi sifatida qo‘yiladigan talablar yuzasidan litsenziar litsenziat bilan solidar javobgar bo‘ladi.
870-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini o‘zgartirish
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi ushbu Kodeks 28-bobining qoidalariga muvofiq o‘zgartirilishi mumkin.
Tegishli o‘zgartishlar ushbu Kodeksning 863-moddasida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan paytdan boshlab shartnoma o‘zgartirilgan deb hisoblanadi.
871-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini bekor qilish
Muddati ko‘rsatilib tuzilgan kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi ushbu Kodeks 28-bobining qoidalariga muvofiq bekor qilinishi mumkin.
Taraflardan har biri muddatsiz kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasidan istagan vaqtda bosh tortishga haqli bo‘lib, agar shartnomada uzoqroq muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, bu haqda ikkinchi tarafni olti oy oldin xabardor qilishi kerak.
Litsenziya kompleksiga kirgan firma nomini yangi firma nomi bilan almashtirmasdan unga bo‘lgan huquq bekor qilingan taqdirda kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bekor qilinadi.
Muddati ko‘rsatib tuzilgan kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish, shuningdek muddatsiz kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini bekor qilish ushbu Kodeksning 863-moddasida belgilangan tartibda ro‘yxatga olinishi kerak.
872-modda. Taraflar o‘zgarganida kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining o‘z kuchida qolishi
Litsenziya kompleksiga kiruvchi biron-bir alohida huquqning boshqa shaxsga o‘tishi kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi. Yangi litsenziar o‘ziga o‘tgan alohida huquq jumlasiga kiruvchi huquqlar va majburiyatlar bo‘yicha shartnomaga kirishadi.
Litsenziar fuqaro vafot etgan taqdirda, uning kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bo‘yicha huquq va majburiyatlari merosxo‘rga, basharti bu merosxo‘r tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lsa yoki meros ochilgan kundan e’tiboran olti oy mobaynida tadbirkor sifatida ro‘yxatga olinsa, o‘tadi. Aks holda shartnoma bekor qilinadi.
Merosxo‘r tegishli huquq va majburiyatlarni qabul qilib olguncha yoki merosxo‘r tadbirkor sifatida ro‘yxatga olinguncha bo‘lgan davrda litsenziya kompleksini notarius tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadigan boshqaruvchi idora qiladi.
873-modda. Firma nomi o‘zgarganida kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining o‘z kuchida qolishi
Litsenziar o‘zining firma nomini o‘zgartirgan taqdirda, agar litsenziat shartnomani bekor qilishni talab qilmasa, kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi saqlanib qoladi va litsenziarning yangi firma nomiga nisbatan amal qiladi. Shartnomaning amal qilishi saqlanib qolgan taqdirda litsenziat litsenziarga tegishli bo‘lgan haqni mutanosib ravishda kamaytirishni talab qilishga haqli bo‘ladi.
874-modda. Litsenziya kompleksiga kiradigan alohida huquqning bekor bo‘lish oqibatlari
Agar kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi amal qilib turgan davrda litsenziya kompleksiga kiruvchi alohida huquqning amal qilish muddati tugasa yoki bunday huquq boshqa asosga ko‘ra bekor bo‘lsa, shartnoma bekor bo‘lgan huquqqa taalluqli qoidalarni chegirib tashlagan holda saqlanib qoladi, litsenziat esa, agar shartnomada boshqa hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, litsenziarga tegishli bo‘lgan haqni mutanosib ravishda kamaytirishni talab qilishga haqli bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 869-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini o‘zgartirish
- Litsenziya kompleksiga kiradigan alohida huquqning bekor bo‘lish oqibatlari
- Litsenziarning litsenziatga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha javobgarligi
- Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi
To‘g‘ri javob: Litsenziarning litsenziatga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha javobgarligi. 869-modda: Litsenziarning litsenziatga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha javobgarligi.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Litsenziarning litsenziatga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha javobgarligi» qaysi moddada belgilangan?
- 869-modda
- 870-modda
- 874-modda
- 862-modda
To‘g‘ri javob: 869-modda. 869-modda: Litsenziarning litsenziatga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha javobgarligi.
Litsenziatga litsenziarning mahsulotini (tovarlarini) tayyorlovchi sifatida qo‘yiladigan talablar yuzasidan franshiza shartnomasida litsenziar qanday javobgar bo‘ladi?
- Faqat subsidiar javobgar bo‘ladi, bevosita emas
- Litsenziat bilan solidar javobgar bo‘ladi
- Javobgar bo‘lmaydi, javobni litsenziat oladi
- Litsenziat yakka o‘zi javobgar bo‘ladi
To‘g‘ri javob: Litsenziat bilan solidar javobgar bo‘ladi. 869-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, litsenziar mahsulotini tayyorlovchi sifatida qo‘yiladigan talablar bo‘yicha litsenziat bilan solidar javobgar bo‘ladi.
Litsenziat Dilshod franshiza asosida o‘zi tayyorlagan taomni sotdi. Taom sifati shartnomaga mos emasligi sababli xaridor Dilshodga talab qo‘ydi. Litsenziar bu talablar yuzasidan qanday javobgar bo‘ladi?
- Subsidiar javobgar bo‘ladi
- Solidar javobgar bo‘ladi
- Javobgar bo‘lmaydi
- Faqat sud qaroriga ko‘ra javobgar bo‘ladi
To‘g‘ri javob: Subsidiar javobgar bo‘ladi. 869-moddaning birinchi qismiga ko‘ra, sifat shartnomaga mos emasligi to‘g‘risida litsenziatga qo‘yiladigan talablar yuzasidan litsenziar subsidiar javobgar bo‘ladi.
Muddatsiz kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomasidan bosh tortayotgan taraf ikkinchi tarafni, uzoqroq muddat bo‘lmasa, qancha oldin xabardor qilishi kerak?
- Olti oy
- Uch oy
- Bir yil
- Bir oy
To‘g‘ri javob: Olti oy. Muddatsiz franshizing shartnomasidan istalgan vaqtda bosh tortish mumkin, bunda ikkinchi taraf olti oy oldin xabardor qilinadi.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 871-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini bekor qilish
- Ashyoni saqlashga qabul qilish majburiyatini bajarish
- Litsenziya kompleksiga kiradigan alohida huquqning bekor bo‘lish oqibatlari
- Omonat saqlash muddati
To‘g‘ri javob: Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini bekor qilish. 871-modda: Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini bekor qilish.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini bekor qilish» qaysi moddada belgilangan?
- 878-modda
- 871-modda
- 874-modda
- 876-modda
To‘g‘ri javob: 871-modda. 871-modda: Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini bekor qilish.
Litsenziar Bobur muddatsiz franshiza shartnomasidan bir oy oldin xabar berib bosh tortmoqchi. Shartnomada xabar qilishning uzoqroq muddati nazarda tutilmagan. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Bir oy oldin xabar berish yetarli, uzoqroq muddat shart emas
- Bir hafta oldin xabar berish yetarli, boshqa talab yo‘q
- Xabar berish umuman shart emas, bir tomonlama bosh tortadi
- Ikkinchi tarafni olti oy oldin xabardor qilishi kerak
To‘g‘ri javob: Ikkinchi tarafni olti oy oldin xabardor qilishi kerak. 871-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, muddatsiz shartnomadan bosh tortish haqida ikkinchi tarafni olti oy oldin xabardor qilish kerak.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash