Omonat saqlash (3/4)
Ikkinchi Qism
895-modda. Lombarddan talab qilib olinmagan ashyolar
Yuk topshiruvchi ashyolarni qaytarib olishdan bosh tortgan taqdirda, lombard ularni uch oy mobaynida saqlab turishi shart. Bu muddat o‘tganidan keyin talab qilib olinmagan ashyolar lombard tomonidan ushbu Kodeks 289-moddasining yettinchi qismida belgilab qo‘yilgan tartibda sotilishi mumkin.
Ashyolarni sotishdan tushgan puldan saqlash haqi va lombardga tegishli boshqa to‘lovlar qoplanadi. Pulning qolgan qismi lombard tomonidan saqlov pattasining egasiga u taqdim etilganida qaytarib beriladi.
896-modda. Boyliklarni bankda saqlash
Bank qimmatli qog‘ozlarni, qimmatbaho metallar va toshlarni, boshqa boyliklarni, shuningdek hujjatlarni saqlash uchun qabul qilishi mumkin.
Bankda boyliklarni saqlash shartnomasi bank tomonidan boylik topshiruvchiga nomi yozilgan saqlov hujjatini berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi. Bu hujjatni taqdim etish bank tomonidan saqlanayotgan boyliklarni boylik topshiruvchiga berish uchun asos bo‘ladi.
Qimmatli qog‘ozlarni saqlash (depozit) shartnomasida nazarda tutilgan hollarda bank ularning to‘liq saqlanishini ta’minlashdan tashqari, ushbu qog‘ozlarga nisbatan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni ham (vakillik va hokazo) amalga oshiradi.
Boyliklarni yakka tartibdagi po‘lat sandiqdan (po‘lat sandiq bo‘linmasidan, saqlash uchun mo‘ljallangan alohida binodan) foydalangan holda saqlash shartnomasi bank tomonidan boyliklarni saqlash uchun qabul qilish harakatlarini amalga oshirish va boylik topshiruvchiga po‘lat sandiq kalitini, boylik topshiruvchini ko‘rsatadigan varaqcha, ko‘rsatuvchining po‘lat sandiqni ochish va undan boyliklarni olish huquqini tasdiqlaydigan boshqa belgi yoki hujjat berish yo‘li bilan tuzilishi mumkin.
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, boylik topshiruvchi istagan vaqtda boyliklarni po‘lat sandiqdan olishi, ularni qayta qo‘yishi, saqlanayotgan hujjatlar bilan ishlashi mumkin. Bunda bank boylik topshiruvchining boyliklarni olishini va qaytarib topshirishini hisobga olish huquqiga ega.
896-modda. Boyliklarni bankda saqlash (davomi)
Boylik topshiruvchi boyliklarning bir qismini po‘lat sandiqdan olgan taqdirda, bank boyliklarning qolgan qismi but saqlanishi uchun javobgar bo‘ladi.
Ushbu moddada belgilangan bankning po‘lat sandig‘ida boyliklarni saqlash qoidalari bank o‘z po‘lat sandig‘ini mulk ijarasi shartlari asosida foydalanish uchun boshqa shaxsga beradigan hollarga taalluqli bo‘lmaydi.
897-modda. Ashyolarni transport tashkilotlarining yukxonalarida saqlash
Transport tashkilotlarining ixtiyoridagi yukxonalar yo‘lovchilar va boshqa fuqarolardan, ularda yo‘l hujjatlari bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar, ashyolarni saqlash uchun qabul qilishi shart. Ashyoni transport tashkilotlarining yukxonalarida saqlash shartnomasi ommaviy hisoblanadi.
Ashyo saqlash uchun yukxonaga qabul qilinganligini tasdiqlash yuzasidan (avtomat yukxonalardan tashqari) yuk topshiruvchiga patta yoki nomerli jeton beriladi.
Patta yoki jeton yo‘qotilgan taqdirda yukxonaga topshirilgan ashyo yuk topshiruvchiga ushbu ashyo o‘ziga qarashli ekanligining isbotini taqdim etgan taqdirda beriladi.
Yukxonaga topshirilgan ashyo yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi oqibatida yuk topshiruvchi ko‘rgan zarar summasi, agar ashyoni saqlashga topshirish paytida u narxlangan bo‘lsa yoki zararning o‘rnini qoplashga kerakli summa xususida taraflar kelishib olgan bo‘lsalar, zararni qoplash to‘g‘risida talab qo‘yilgan paytdan boshlab bir sutka muddatda yuk topshiruvchiga to‘lanadi.
Ashyo maxsus qoidalar yoki taraflarning kelishuvi bilan belgilangan muddatga yukxonaga topshirilishi mumkin. Ko‘rsatilgan muddatda talab qilib olinmagan ashyoni yukxona yana o‘ttiz kun saqlab turishi shart. Ushbu muddat tamom bo‘lgach, talab qilib olinmagan ashyo sotilishi, sotishdan tushgan pul esa ushbu Kodeksning 895-moddasiga muvofiq taqsimlanishi mumkin.
898-modda. Ashyoni tashkilotlarning kiyimxonalarida saqlash
Agar tashkilotlarning kiyimxonalarida ashyolarni haq evaziga saqlash haqida ashyoni saqlashga topshirish vaqtida kelishib qo‘yilgan yoki boshqa ochiq usulda shartlashilgan bo‘lmasa, ularda ashyo saqlash bepul hisoblanadi.
Ashyo kiyimxonada saqlash uchun qabul qilib olinganligini tasdiqlash uchun saqlovchi yuk topshiruvchiga nomerli jeton yoki ashyo saqlash uchun qabul qilib olinganligini tasdiqlovchi boshqa belgi beradi.
Kiyimxonaga topshirilgan ashyo jeton taqdim etuvchiga beriladi. Bunda saqlovchi jeton taqdim etuvchining ashyoni olishga vakolatlarini tekshirishi shart emas. Biroq, omonat saqlovchi jeton uni taqdim etuvchiga qarashli ekanligiga shubhalansa, ashyoni jeton taqdim etuvchiga qaytarib berishni to‘xtatib turishga haqli.
Yuk topshiruvchi jetonni yo‘qotib qo‘ygan, lekin uning ashyolarni kiyimxonaga topshirganligi yoki ashyolarning unga tegishliligi saqlovchida shubha tug‘dirmagan yoxud yuk topshiruvchi tomonidan isbotlangan hollarda ham saqlovchi kiyimxonadagi ashyoni berishga haqli. Tashkilotlarning ashyolar kiyimxonalarda but saqlanishi uchun javobgarligi, shuningdek talab qilib olinmagan ashyolarni saqlash muddatlari ushbu Kodeks 897-moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlarida ko‘rsatilgan qoidalar bo‘yicha belgilanadi.
899-modda. Ashyoni mehmonxonada saqlash
Mehmonxona unda yashayotgan shaxs tomonidan olib kirilgan ashyolarning yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun omonat saqlovchi sifatida alohida kelishuv bo‘lmagan taqdirda ham javob beradi, ashyo yengib bo‘lmaydigan kuch, ashyoning o‘z xossalari oqibatida yoki mehmonxonada yashovchining o‘zi, uning hamrohlari yoki uning yoniga kelgan shaxslar aybi bilan yo‘qolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan hollar bundan mustasno.
Mehmonxona xodimlariga ishonib topshirilgan ashyo yoki mo‘ljallangan joyga (mehmonxona nomeri va boshqalarga) joylashtirilgan ashyo mehmonxonaga olib kirilgan ashyo deb hisoblanadi.
Pul, boshqa valyuta qimmatliklari, qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho ashyolar saqlash uchun alohida omonat saqlash shartnomasi bo‘yicha qabul qilib olingan bo‘lsagina, mehmonxona ularning yo‘qolganligi uchun javobgar bo‘ladi.
Mehmonxonada yashayotgan, o‘z ashyolarining yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligini bilib qolgan shaxs mehmonxona ma’muriyatiga bu haqda kechiktirmay xabar qilishi shart. Aks holda mehmonxona ashyolarning to‘liq saqlanmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
Mehmonxona bu yerda yashayotgan shaxslarning ashyolari saqlanishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmasligini e’lon qilgan taqdirda ham, javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
Mehmonxonalarda talab qilib olinmagan ashyolarni saqlash muddatlari va ularning taqdiri ushbu Kodeks 897-moddasining beshinchi qismida yozib qo‘yilgan qoidalarga muvofiq belgilanadi.
899-modda. Ashyoni mehmonxonada saqlash (davomi)
Ushbu moddaning qoidalari motellar, dam olish uylari, sanatoriylar, yotoqxonalar, hammomlarda, shuningdek tashkilotga keladigan fuqarolarning ashyolarini saqlash uchun maxsus ajratilgan joylarga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlarda ham ashyolarni saqlashga nisbatan qo‘llanadi.
900-modda. Nizoli ashyolarni saqlash (sekvestr)
Sekvestr to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha ashyoga egalik qilish xususida oralarida nizo chiqqan ikki yoki bir necha shaxs nizoli ashyoni uchinchi shaxsga beradilar. Uchinchi shaxs nizo hal bo‘lgach, ashyoni sud qarori bilan yoki nizolashayotgan hamma shaxslarning kelishuviga muvofiq kimga tegishli bo‘lsa, o‘sha shaxsga qaytarib berish majburiyatini oladi (shartnoma sekvestri).
Nizoli ashyo sudning qaroriga ko‘ra sekvestr tartibida saqlash uchun topshirilishi mumkin (sud sekvestri).
Sud tomonidan tayinlangan shaxs ham, shuningdek bahslashayotgan taraflarning o‘zaro kelishuviga muvofiq belgilanadigan shaxs ham sud sekvestri bo‘yicha omonat saqlovchi bo‘lishi mumkin. Har ikkala holda ham, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, omonat saqlovchining roziligi talab qilinadi.
Sekvestr tartibida saqlashga ko‘char mulklar ham, shuningdek ko‘chmas mulklar ham topshirilishi mumkin.
3-§. Tovar omborida omonat saqlash
901-modda. Tovar ombori
Tadbirkorlik faoliyati sifatida tovarlarni saqlaydigan va saqlash bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatadigan tashkilot tovar ombori deyiladi.
902-modda. Umumiy foydalanishdagi tovar ombori
Agar qonunchilikka muvofiq tovar ombori tovarlarni saqlash uchun chegaralangan doiradagi shaxslardan qabul qilishi mumkin bo‘lgan omborlar jumlasiga kiritilgan bo‘lmasa, u umumiy foydalanishdagi ombor deb hisoblanadi.
Umumiy foydalanishdagi tovar ombori tomonidan tuziladigan omborda omonat saqlash shartnomasi ommaviy shartnoma deb hisoblanadi.
903-modda. Omborda omonat saqlash shartnomasi
Omborda omonat saqlash shartnomasi bo‘yicha tovar ombori (saqlovchi) tovar egasi (yuk topshiruvchi) tomonidan o‘ziga topshirilgan tovarlarni haq evaziga saqlash va ularni to‘liq holicha qaytarib berish majburiyatini oladi.
Omborda omonat saqlash shartnomasi yozma ravishda tuziladi. Agar omborda saqlash shartnomasini tuzish va tovarni omborga qabul qilib olish ombor hujjati bilan tasdiqlangan bo‘lsa, omborda omonat saqlash shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
904-modda. Ashyolarni tasarruf qilish huquqi bilan saqlash
Agar qonunchilikdan yoki omborda omonat saqlash shartnomasidan tovar ombori o‘ziga saqlash uchun topshirilgan tovarlarni tasarruf etishi mumkinligi kelib chiqsa, u holda taraflarning munosabatlariga ushbu Kodeks 41-bobining qoidalari qo‘llanadi, biroq tovarlarni qaytarib berish vaqti va joyi ushbu bobning qoidalari bilan belgilanadi.
Bilimingizni sinang
Yuk topshiruvchi ashyolarni qaytarib olishdan bosh tortsa, lombard ularni qancha vaqt saqlab turishi shart?
- Ikki oy
- Olti oy
- Uch oy
- Bir oy
To‘g‘ri javob: Uch oy. Ashyolar qaytarib olinmasa, lombard ularni uch oy mobaynida saqlaydi; keyin ular sotilishi mumkin.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 895-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Omonat saqlovchiga yetkazilgan zararni qoplash
- Lombarddan talab qilib olinmagan ashyolar
- Ashyoni tashkilotlarning kiyimxonalarida saqlash
- Omonat saqlovchining javobgarlik darajasi
To‘g‘ri javob: Lombarddan talab qilib olinmagan ashyolar. 895-modda: Lombarddan talab qilib olinmagan ashyolar.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Lombarddan talab qilib olinmagan ashyolar» qaysi moddada belgilangan?
- 898-modda
- 895-modda
- 890-modda
- 891-modda
To‘g‘ri javob: 895-modda. 895-modda: Lombarddan talab qilib olinmagan ashyolar.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, yuk topshiruvchi ashyolarni qaytarib olishdan bosh tortgan taqdirda lombard ularni qancha muddat saqlab turishi shart?
- Uch oy
- Bir oy
- Olti oy
- Bir yil
To‘g‘ri javob: Uch oy. 895-moddaning birinchi qismiga ko‘ra, lombard talab qilib olinmagan ashyolarni uch oy mobaynida saqlaydi.
Lola lombardga oltin uzugini topshirdi, ammo uch oydan ko‘p vaqt davomida uni qaytarib olmadi. Lombard uzukni sotdi, sotishdan tushgan pul saqlash haqi va boshqa to‘lovlardan ortiq chiqdi. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, pulning qolgan qismi bilan nima qilinadi?
- Lombardning daromadi sifatida qoladi
- Saqlov pattasi egasiga u taqdim etilganida qaytarib beriladi
- Davlat byudjetiga o‘tkaziladi
- Lolaning pasportini ko‘rsatmasdan boshqa istalgan shaxsga beriladi
To‘g‘ri javob: Saqlov pattasi egasiga u taqdim etilganida qaytarib beriladi. 895-moddaning ikkinchi qismi: qolgan pul saqlov pattasining egasiga u taqdim etilganda qaytariladi.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 896-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ashyoni tashkilotlarning kiyimxonalarida saqlash
- Ashyo yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun omonat saqlovchining javobgarligi
- Nizoli ashyolarni saqlash (sekvestr)
- Boyliklarni bankda saqlash
To‘g‘ri javob: Boyliklarni bankda saqlash. 896-modda: Boyliklarni bankda saqlash.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Boyliklarni bankda saqlash» qaysi moddada belgilangan?
- 889-modda
- 900-modda
- 896-modda
- 898-modda
To‘g‘ri javob: 896-modda. 896-modda: Boyliklarni bankda saqlash.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, bankda boyliklarni saqlash shartnomasi bank tomonidan boylik topshiruvchiga qanday hujjat berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi?
- Bank kafolati
- Notarial tasdiqlangan ishonchnoma
- Nomi yozilgan saqlov hujjati
- Ko‘rsatuvchiga yozilgan veksel
To‘g‘ri javob: Nomi yozilgan saqlov hujjati. 896-moddaning ikkinchi qismi nomi yozilgan saqlov hujjatini berishni nazarda tutadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash