Sug‘urta (2/5)
Ikkinchi Qism
924-modda. Majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi qoidalarni buzish oqibatlari
Qonun bo‘yicha foydasiga majburiy sug‘urta amalga oshirilishi lozim bo‘lgan shaxs, agar sug‘urta amalga oshirilmagani unga ma’lum bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchi sifatida zimmasiga sug‘urtalash majburiyati yuklangan shaxs uni amalga oshirishini sud tartibida talab qilishga haqli.
Agar sug‘urta qildiruvchi sifatida sug‘urtalash majburiyati zimmasiga yuklangan shaxs uni amalga oshirmagan bo‘lsa yoki sug‘urta shartnomasini naf oluvchining ahvolini qonunda belgilangan shartlarga nisbatan yomonlashtiradigan shartlarda tuzgan bo‘lsa, u sug‘urta hodisasi yuz berganida basharti tegishlicha sug‘urtalangan taqdirda sug‘urta tovoni to‘lashga asos bo‘lishi kerak bo‘lgan shartlarda javobgar bo‘ladi.
925-modda. Sug‘urtalovchi
Tijorat tashkilotlari hisoblangan va tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirishga litsenziyasi bo‘lgan yuridik shaxslar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sug‘urtalovchilar sifatida sug‘urta shartnomalarini tuzishi mumkin.
Sug‘urta tashkilotlariga qo‘yiladigan talablar, ularga litsenziya berish va ularning faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi.
926-modda. Sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarning sug‘urta qildiruvchi va naf oluvchi tomonidan bajarilishi
Naf oluvchi foydasiga sug‘urta shartnomasi tuzish, shu jumladan u sug‘urtalangan shaxs bo‘lganda ham, sug‘urta qildiruvchini, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan yoxud sug‘urta qildiruvchining zimmasidagi majburiyatlar foydasiga shartnoma tuzilgan shaxs tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, ushbu shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
Naf oluvchi mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovonini yoxud shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta to‘lovini to‘lashni talab qilganida sug‘urtalovchi undan, shu jumladan sug‘urtalangan shaxs naf oluvchi bo‘lgan taqdirda ham, sug‘urta shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni, shu bilan birga sug‘urta qildiruvchining zimmasida bo‘lgan, lekin u bajarmagan majburiyatlarni bajarishni talab qilishga haqli. Ilgari bajarilishi lozim bo‘lgan majburiyatlarni bajarmaslik yoki o‘z vaqtida bajarmaslik oqibatlari xavfi naf oluvchining zimmasida bo‘ladi.
927-modda. Sug‘urta shartnomasining shakli
Sug‘urta shartnomasi yozma yoki elektron shaklda tuzilishi lozim.
Bu talabga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy sanalmasligiga sabab bo‘ladi.
Sug‘urta shartnomasi bitta hujjatni tuzish yoxud sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta qildiruvchiga uning yozma yoki og‘zaki arizasiga binoan sug‘urtalovchi imzolagan, sug‘urta shartnomasining shartlarini o‘z ichiga olgan sug‘urta polisini topshirish yo‘li bilan tuzilishi mumkin. Bu holda sug‘urta qildiruvchining sug‘urtalovchi taklif etgan shartlarda shartnoma tuzishga rozi ekanligi sug‘urtalovchidan ko‘rsatilgan hujjatlarni qabul qilib olish va sug‘urta mukofoti to‘lash yoxud –– sug‘urta mukofoti bo‘lib-bo‘lib to‘langanda — birinchi badalni to‘lash orqali tasdiqlanadi.
Sug‘urtalovchi shartnoma tuzish chog‘ida sug‘urtaning alohida turlari bo‘yicha sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi)ning o‘zi ishlab chiqqan standart shakllarini qo‘llanishga haqli.
928-modda. Bosh polis bo‘yicha sug‘urtalash
Bir turdagi mol-mulk (tovarlar, yuklar va hokazoning) turli turkumlarini muayyan muddat davomida bir xildagi shartlarda muntazam sug‘urtalash sug‘urta qildiruvchining sug‘urtalovchi bilan kelishuviga binoan bitta sug‘urta shartnomasi –– bosh polis asosida amalga oshirilishi mumkin.
Sug‘urta qildiruvchi bosh polisning ta’sir doirasida bo‘ladigan mol-mulkning har bir turkumi to‘g‘risida sug‘urtalovchiga bunday polisda shartlashilgan ma’lumotlarni unda nazarda tutilgan muddatda, agar muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa — ular olinganidan keyin darhol xabar qilishi shart. Agar hatto bunday ma’lumotlarni olish paytigacha sug‘urtalovchi to‘lashi lozim bo‘lgan zarar ko‘rish ehtimoli o‘tib ketgan bo‘lsa ham, sug‘urta qildiruvchi bu majburiyatdan ozod bo‘lmaydi.
Sug‘urta qildiruvchining talabiga binoan sug‘urtalovchi bosh polisning ta’sir doirasida bo‘ladigan mol-mulkning alohida turkumlari bo‘yicha sug‘urta polislarini berishi shart.
Sug‘urta polisining mazmuni bosh polisga nomuvofiq bo‘lgan taqdirda, sug‘urta polisi afzal ko‘riladi.
929-modda. Sug‘urta shartnomasining muhim shartlari
Mulkiy sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urta qildiruvchi bilan sug‘urtalovchi o‘rtasida quyidagilar to‘g‘risida kelishuvga erishilishi lozim:
sug‘urta obyekti bo‘lgan muayyan mol-mulk yoxud boshqa mulkiy manfaat to‘g‘risida;
yuz berishi ehtimol tutilib sug‘urta amalga oshirilayotgan voqea (sug‘urta hodisasi)ning xususiyati to‘g‘risida;
sug‘urta summasi miqdori to‘g‘risida;
sug‘urta tovoni miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risida, agar shartnomada uni sug‘urta summasidan oz miqdorda to‘lash mumkinligi nazarda tutilgan bo‘lsa;
sug‘urta mukofotining miqdori va uni to‘lash muddati (muddatlari) to‘g‘risida;
shartnomaning amal qilish muddati to‘g‘risida.
Shaxsiy sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urta qildiruvchi bilan sug‘urtalovchi o‘rtasida quyidagilar to‘g‘risida kelishuvga erishilishi lozim:
sug‘urtalangan shaxs to‘g‘risida;
sug‘urtalangan shaxs hayotida yuz berishi ehtimol tutilib sug‘urta amalga oshirilayotgan voqea (sug‘urta hodisasi)ning xususiyati to‘g‘risida;
sug‘urta summasi miqdori to‘g‘risida;
sug‘urta mukofotining miqdori va uni to‘lash muddati (muddatlari) to‘g‘risida;
shartnomaning amal qilish muddati to‘g‘risida.
Taraflarning kelishuviga binoan shartnomaga boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin. Agar sug‘urta shartnomasi sug‘urta qildiruvchi, sug‘urtalangan shaxs yoki naf oluvchi hisoblangan fuqaroning ahvolini qonunchilikda belgilangan qoidalarga nisbatan yomonlashtiradigan shartlarni o‘z ichiga olsa, shartnomaning ana shu shartlari o‘rniga qonunchilikning tegishli qoidalari qo‘llaniladi.
930-modda. Sug‘urta shartnomasi shartlarini sug‘urta qoidalarida belgilab qo‘yish
Sug‘urta shartnomasini tuzish shartlari sug‘urtalovchi yoxud sug‘urtalovchilar birlashmasi tomonidan qabul qilingan, ma’qullangan yoki tasdiqlangan tegishli turdagi sug‘urtaning standart qoidalari (sug‘urta qoidalari)da belgilab qo‘yilishi mumkin.
Sug‘urta qoidalarida mavjud bo‘lgan va sug‘urta shartnomasi (polisi) matniga kiritilmagan shartlar, agar shartnomada (polisda) shunday qoidalar qo‘llanilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan va qoidalarning o‘zi shartnoma (polis) bilan bitta hujjatda yoki uning orqa tomonida bayon qilingan yoxud unga ilova qilingan bo‘lsa, sug‘urta qiluvchi (naf oluvchi) uchun majburiydir. Ilova qilingan taqdirda, shartnomani tuzish paytida sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta qoidalari topshirilgani shartnomada yozuv bilan tasdiqlab qo‘yilishi lozim.
Sug‘urta shartnomasi tuzilayotganda sug‘urta qildiruvchi va sug‘urtalovchi sug‘urta qoidalarining ayrim bandlarini o‘zgartirish yoki chiqarib tashlash va qoidalarda bo‘lmagan bandlarni shartnomaga kiritish to‘g‘risida kelishishlari mumkin.
Sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) o‘z manfaatlarini himoya qilib, sug‘urta shartnomasida (polisida) ko‘rsatib o‘tilgan tegishli turdagi sug‘urta qoidalarini, hatto agar bu qoidalar ushbu moddaga ko‘ra uning uchun majburiy bo‘lmasa ham, vaj qilib keltirishga haqli.
931-modda. Sug‘urta shartnomasi tuzilayotganda sug‘urta qildiruvchi taqdim etadigan ma’lumotlar
Sug‘urta shartnomasi tuzilayotganda sug‘urta qildiruvchi o‘ziga ma’lum bo‘lib, sug‘urta hodisasi yuz berishi ehtimolini va uning yuz berishi tufayli kutilajak zarar miqdori (sug‘urta xavfi)ni aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni sug‘urtalovchiga xabar qilishi shart.
Sug‘urta shartnomasi (polisi)ning standart shaklida, sug‘urta qildiruvchiga berilgan sug‘urta qoidalarida yoki yozma so‘rovda sug‘urtalovchi tomonidan oldindan aniq aytib qo‘yilgan holatlar muhim deb hisoblanadi.
Agar sug‘urta shartnomasi sug‘urtalovchining qandaydir savollariga sug‘urta qildiruvchining javoblari bo‘lmagan holda tuzilgan bo‘lsa, sug‘urtalovchi tegishli holatlar sug‘urta qildiruvchi tomonidan ma’lum qilinmaganligiga asoslanib keyinchalik shartnomani bekor qilishni yoxud uni haqiqiy emas deb topishni talab qila olmaydi.
Agar sug‘urta shartnomasi tuzilganidan keyin, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar to‘g‘risida sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga bila turib yolg‘on ma’lumot berganligi aniqlansa, sug‘urtalovchi shartnomani haqiqiy emas deb topishni va ushbu Kodeks 123-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan oqibatlar qo‘llanilishini talab qilishga haqli.
Agar sug‘urta qildiruvchi aytib qo‘ymagan holatlar o‘tib ketgan bo‘lsa, sug‘urtalovchi shartnomani haqiqiy emas deb topishni talab qila olmaydi.
932-modda. Sug‘urtalovchining sug‘urta xavfini baholash huquqi
Mol-mulkni sug‘urtalash shartnomasi tuzilayotganida sug‘urtalovchi sug‘urta qilinayotgan mol-mulkni ko‘zdan kechirishga, zarurat bo‘lganda esa uning haqiqiy qiymatini belgilash maqsadida baholashdan o‘tkazishni tashkil etishga haqli.
Shaxsiy sug‘urta shartnomasi tuzilayotganida sug‘urtalovchi sug‘urta qilinayotgan shaxs sog‘lig‘ining haqiqiy holatini aniqlash uchun uni tekshirtirishga haqli.
Ushbu modda asosida sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta xavfini baholash boshqa holatni isbotlashga haqli bo‘lgan sug‘urta qildiruvchi uchun majburiy emas.
933-modda. Sug‘urta siri
Sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchi, sug‘urtalangan shaxs va naf oluvchi, ularning sog‘lig‘ining holati to‘g‘risidagi, shuningdek bu shaxslarning mulkiy ahvoli to‘g‘risidagi o‘z kasb faoliyati natijasida o‘zi olgan ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas. Sug‘urta sirini buzganlik uchun sug‘urtalovchi buzilgan huquqlarning turi va buzish xususiyatiga qarab ushbu Kodeksning 985, 1021 va 1022-moddalari qoidalariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 924-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarning sug‘urta qildiruvchi va naf oluvchi tomonidan bajarilishi
- Sug‘urta shartnomasining muhim shartlari
- Majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi qoidalarni buzish oqibatlari
- Majburiy sug‘urtani amalga oshirish
To‘g‘ri javob: Majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi qoidalarni buzish oqibatlari. 924-modda: Majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi qoidalarni buzish oqibatlari.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi qoidalarni buzish oqibatlari» qaysi moddada belgilangan?
- 929-modda
- 926-modda
- 924-modda
- 923-modda
To‘g‘ri javob: 924-modda. 924-modda: Majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi qoidalarni buzish oqibatlari.
Qonun bo‘yicha xodimlarini majburiy sug‘urtalashi shart bo‘lgan korxona buni amalga oshirmadi, so‘ng sug‘urta hodisasi yuz berdi. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, korxona qanday javobgar bo‘ladi?
- Tegishlicha sug‘urtalangan taqdirda sug‘urta tovoni to‘lashga asos bo‘ladigan shartlarda javobgar bo‘ladi
- Faqat ma’muriy jarima to‘laydi, sug‘urta tovonini esa to‘lashga majbur bo‘lmaydi va javobgar emas
- Sug‘urta tovonini bunday holatda sug‘urtalovchi to‘laydi, korxona esa faqat mukofotni to‘laydi
- Javobgar bo‘lmaydi, chunki sug‘urta hodisasi yuz bergan paytda shartnoma tuzilmagan edi
To‘g‘ri javob: Tegishlicha sug‘urtalangan taqdirda sug‘urta tovoni to‘lashga asos bo‘ladigan shartlarda javobgar bo‘ladi. 924-moddaning ikkinchi qismi: majburiyatini bajarmagan shaxs sug‘urtalangan taqdirda to‘lanishi lozim bo‘lgan tovon doirasida javob beradi.
Qonun bo‘yicha foydasiga majburiy sug‘urta amalga oshirilishi lozim bo‘lgan shaxsga sug‘urta amalga oshirilmagani ma’lum bo‘lsa, u nima qilishga haqli?
- Sug‘urtalovchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilib, sug‘urta tovonini darhol talab qilishga
- Sug‘urtalash majburiyati yuklangan shaxs uni amalga oshirishini sud tartibida talab qilishga
- Davlat organining maxsus qarorisiz hech qanday talab qo‘yishga va sudga murojaat qilishga
- Faqat sug‘urtalash majburiyatini bajarmagan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortishni talab qilishga
To‘g‘ri javob: Sug‘urtalash majburiyati yuklangan shaxs uni amalga oshirishini sud tartibida talab qilishga. 924-moddaning birinchi qismi naf oluvchiga sug‘urtalashni sud tartibida talab qilish huquqini beradi.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 925-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Shaxsiy sug‘urta shartnomasi
- Shartnoma bo‘yicha javobgarlikni sug‘urta qilish
- Sug‘urtalovchi
- Sug‘urta shartnomasi shartlarini sug‘urta qoidalarida belgilab qo‘yish
To‘g‘ri javob: Sug‘urtalovchi. 925-modda: Sug‘urtalovchi.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Sug‘urtalovchi» qaysi moddada belgilangan?
- 919-modda
- 925-modda
- 930-modda
- 921-modda
To‘g‘ri javob: 925-modda. 925-modda: Sug‘urtalovchi.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, qanday yuridik shaxslar sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta shartnomalarini tuzishi mumkin?
- Har qanday notijorat tashkilotlari, ularning ustavida sug‘urta faoliyati maqsad qilib ko‘rsatilgan bo‘lsa
- Faqat davlat organlari va ular tomonidan tuzilgan byudjet tashkilotlari hamda ularning tarkibiy bo‘linmalari
- Tijorat tashkilotlari hisoblangan va tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirishga litsenziyasi bo‘lgan yuridik shaxslar
- Tegishli litsenziyasi bo‘lmasa ham sug‘urta faoliyatini yuritishga ruxsat olgan har qanday tijorat tashkilotlari
To‘g‘ri javob: Tijorat tashkilotlari hisoblangan va tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirishga litsenziyasi bo‘lgan yuridik shaxslar. 925-moddaning birinchi qismi sug‘urtalovchi uchun tijorat tashkiloti bo‘lish va litsenziyaga ega bo‘lish shartini belgilaydi.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 926-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarning sug‘urta qildiruvchi va naf oluvchi tomonidan bajarilishi
- Bosh polis bo‘yicha sug‘urtalash
- Sug‘urtalovchining sug‘urta xavfini baholash huquqi
- Sug‘urta shartnomasi tuzilayotganda sug‘urta qildiruvchi taqdim etadigan ma’lumotlar
To‘g‘ri javob: Sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarning sug‘urta qildiruvchi va naf oluvchi tomonidan bajarilishi. 926-modda: Sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarning sug‘urta qildiruvchi va naf oluvchi tomonidan bajarilishi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash