XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Fuqarolik kodeksi (II qism) · 944–953-m.

Sug‘urta (4/5)

Ikkinchi Qism

944-modda. Sug‘urtalangan shaxsni almashtirish

Zarar yetkazganlik uchun javobgarlik xavfini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchidan boshqa shaxsning javobgarligi sug‘urtalangan hollarda, shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchi bu shaxsni sug‘urta hodisasi yuz berguncha istalgan vaqtda, sug‘urtalovchini yozma ravishda xabardor qilib, boshqa shaxsga almashtirishga haqli.

Shaxsiy sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan sug‘urtalangan shaxs sug‘urta qildiruvchi tomonidan shu sug‘urtalangan shaxs va sug‘urtalovchining roziligi bilangina boshqa shaxsga almashtirilishi mumkin.

945-modda. Naf oluvchini almashtirish

Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan naf oluvchini boshqa shaxsga, bu haqda sug‘urtalovchini yozma ravishda xabardor qilib, almashtirishga haqli. Shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan shaxsning roziligi bilan tayinlangan naf oluvchini almashtirishga faqat shu shaxsning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Naf oluvchi sug‘urta shartnomasi bo‘yicha bironta majburiyatni bajarganidan yoki sug‘urta tovonini yoxud sug‘urta to‘lovini to‘lash to‘g‘risida sug‘urtalovchiga talab qo‘yganidan keyin u boshqa shaxs bilan almashtirilishi mumkin emas.

946-modda. Sug‘urta qildiruvchini almashtirish

Mol-mulkni sug‘urtalash shartnomasini tuzgan sug‘urta qildiruvchi vafot etgan taqdirda, sug‘urta qildiruvchining huquq va majburiyatlari bu mol-mulkni meros tartibida qabul qilib olgan shaxsga o‘tadi. Mulk huquqi o‘tishining boshqa hollarida sug‘urta qildiruvchining huquq va majburiyatlari, agar shartnomada yoki qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, sug‘urtalovchining roziligi bilan yangi mulkdorga o‘tadi.

Shaxsiy sug‘urta shartnomasini sug‘urtalangan shaxs foydasiga tuzgan sug‘urta qildiruvchi vafot etgan taqdirda, ushbu shartnoma bilan belgilanadigan huquq va majburiyatlar sug‘urtalangan shaxsning roziligi bilan unga o‘tadi. Sug‘urtalangan shaxs sug‘urta shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarini bajarishi mumkin bo‘lmasa, uning huquqlari va majburiyatlari qonunchilikka muvofiq uning huquq va qonuniy manfaatlarini muhofaza qiluvchi shaxslarga o‘tishi mumkin.

Agar sug‘urta shartnomasining amal qilish davrida sug‘urta qildiruvchi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilsa, bunday sug‘urta qildiruvchining huquq va majburiyatlarini uning vasiyi yoki homiysi oladi. Bunda sug‘urta qildiruvchining uchinchi shaxslar oldidagi javobgarligi sug‘urtasi uning muomala layoqati tugagan yoki cheklangan paytdan boshlab tugaydi.

Yuridik shaxs bo‘lgan sug‘urta qildiruvchi sug‘urta shartnomasi davrida qayta tashkil etilganida uning ushbu shartnoma bo‘yicha huquq va majburiyatlari sug‘urtalovchining roziligi bilan tegishli huquqiy vorisga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda o‘tadi.

947-modda. Sug‘urta shartnomasi amal qilishining boshlanishi

Sug‘urta shartnomasi, agar unda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta mukofoti yoki birinchi badal to‘langan paytda kuchga kiradi.

Agar shartnomada sug‘urta amal qilishi boshlanishining boshqacha muddati nazarda tutilmagan bo‘lsa, shartnomada shartlashilgan sug‘urta sug‘urta shartnomasi kuchga kirganidan keyin yuz bergan sug‘urta hodisalariga nisbatan tatbiq etiladi.

948-modda. Sug‘urta shartnomasining muddatidan ilgari bekor bo‘lishi

Sug‘urta shartnomasi, agar u kuchga kirganidan keyin sug‘urta hodisasi yuz berishi ehtimoli yo‘qolgan va sug‘urta xavfining mavjud bo‘lishi sug‘urta hodisasidan boshqa holatlar bo‘yicha tugagan bo‘lsa, tuzilgan muddati kelishidan oldin bekor bo‘ladi. Quyidagilar shunday holatlar jumlasiga kiradi, chunonchi:

sug‘urtalangan mol-mulkning yuz bergan sug‘urta hodisasidan boshqa sabablarga ko‘ra nobud bo‘lishi;

tadbirkorlik xavfini yoki ana shu faoliyat bilan bog‘liq fuqaroviy javobgarlik xavfini sug‘urtalagan shaxsning tadbirkorlik faoliyatini belgilangan tartibda to‘xtatishi.

Sug‘urta shartnomasi ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha muddatidan oldin bekor bo‘lganda, sug‘urtalovchi sug‘urta mukofotining bir qismini sug‘urta amal qilgan vaqtga mutanosib ravishda olish huquqiga ega.

Sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi), agar voz kechish paytiga kelib sug‘urta hodisaning yuz berish ehtimoli ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha yo‘qolmagan bo‘lsa, sug‘urta shartnomasini bajarishdan istagan paytida voz kechishga haqli.

Sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug‘urta shartnomasidan muddatidan ilgari voz kechgan taqdirda, sug‘urtalovchiga to‘langan sug‘urta mukofoti, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, qaytarib berilmaydi.

949-modda. Sug‘urta shartnomasining amal qilish davrida sug‘urta xavfining ortishi oqibatlari

Mulkiy sug‘urta shartnomasining amal qilish davrida sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) shartnoma tuzilayotganda sug‘urtalovchiga ma’lum qilingan holatlarda yuz bergan, o‘ziga ma’lum bo‘lgan muhim o‘zgarishlar to‘g‘risida, agar bu o‘zgarishlar sug‘urta xavfi ortishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, sug‘urtalovchiga darhol xabar qilishi shart. Sug‘urta shartnomasida (sug‘urta polisida) va sug‘urta qildiruvchiga berilgan sug‘urta qoidalarida aytib qo‘yilgan o‘zgarishlar muhim deb hisoblanadi.

Sug‘urta xavfi ortishiga sabab bo‘ladigan holatlar to‘g‘risida xabardor qilingan sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomasining shartlarini o‘zgartirishni yoki xavf ortishiga mutanosib ravishda qo‘shimcha sug‘urta mukofoti to‘lashni talab qilishga haqli.

Agar sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug‘urta shartnomasining shartlari o‘zgartirilishiga yoki sug‘urta mukofotiga qo‘shimcha to‘lashga e’tiroz bildirsa, sug‘urtalovchi ushbu Kodeksning 28-bobida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq shartnomani bekor qilishni talab etishga haqli.

Sug‘urta qiluvchi yoxud naf oluvchi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatini bajarmagan taqdirda, sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomasini bekor qilishni va shartnomani bekor qilish tufayli yetkazilgan zarar qoplanishini talab etishga haqli.

Sug‘urtalovchi, agar sug‘urta xavfi ortishiga sabab bo‘ladigan holatlar yo‘qolgan bo‘lsa, sug‘urta shartnomasini bekor qilishni talab etishga haqli emas.

949-modda. Sug‘urta shartnomasining amal qilish davrida sug‘urta xavfining ortishi oqibatlari (davomi)

Shaxsiy sug‘urtada, sug‘urta shartnomasining amal qilishi davrida ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan sug‘urta xavfining o‘zgarishi oqibatlari, agar ular shartnomada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsagina, yuzaga kelishi mumkin.

950-modda. Sug‘urtalangan mol-mulkka bo‘lgan huquqlarning boshqa shaxsga o‘tishi

Sug‘urtalangan mol-mulkka bo‘lgan huquqlar sug‘urta shartnomasi tuzilganida manfaati nazarda tutilgan shaxsdan boshqa shaxsga o‘tganida ushbu shartnoma bo‘yicha huquq va majburiyatlar mol-mulkka bo‘lgan huquq qaysi shaxsga o‘tgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga o‘tadi, ushbu Kodeksning 197 va 199-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha mol-mulkning majburiy olib qo‘yilishi hollari bundan mustasno.

Sug‘urtalangan mol-mulkka bo‘lgan huquqlar o‘ziga o‘tgan shaxs bu haqda sug‘urtalovchini yozma ravishda xabardor qilishi lozim.

951-modda. Sug‘urta hodisasi yuz bergani to‘g‘risida sug‘urtalovchini xabardor qilish

Mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi sug‘urta hodisasi yuz bergani o‘ziga ma’lum bo‘lganidan keyin bu haqda darhol sug‘urtalovchini yoki uning vakilini xabardor qilishi shart. Agar shartnomada xabar qilish muddati va (yoki) usuli nazarda tutilgan bo‘lsa, bu shartlashilgan muddatda va shartnomada ko‘rsatilgan usulda qilinishi lozim. Agar naf oluvchi o‘zining foydasiga tuzilgan shartnoma bo‘yicha sug‘urta tovoniga bo‘lgan huquqdan foydalanish niyatida bo‘lsa, ayni shunday majburiyat naf oluvchi zimmasida bo‘ladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatning bajarilmasligi sug‘urtalovchiga, agar sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi yuz berganini o‘z vaqtida bilganligi, yoxud bu haqda sug‘urtalovchida ma’lumotlar yo‘qligi uning sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatiga ta’sir etmasligi isbotlanmasa, sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish huquqini beradi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar, agar sug‘urtalangan shaxsning vafoti yoki uning sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi sug‘urta hodisasi bo‘lsa, tegishli suratda shaxsiy sug‘urta shartnomasiga nisbatan qo‘llaniladi. Bunda sug‘urtalovchini xabardor qilishning shartnomada belgilanadigan muddati yigirma kundan kam bo‘lishi mumkin emas.

952-modda. Sug‘urta hodisasidan ko‘riladigan zararni kamaytirish

Mulkiy sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan sug‘urta hodisasi yuz berganida, sug‘urta qildiruvchi ehtimol tutilgan zararni kamaytirish uchun oqilona va mumkin bo‘lgan choralarni ko‘rishi shart. Sug‘urta qildiruvchi bunday choralarni ko‘rar ekan, agar o‘ziga ma’lum qilingan bo‘lsa, sug‘urtalovchining ko‘rsatmalariga amal qilishi lozim.

Zararni kamaytirish maqsadida qilingan, sug‘urtalovchi qoplashi lozim bo‘lgan xarajatlar, agar bunday xarajatlar zarur bo‘lgan bo‘lsa yoki sug‘urtalovchining ko‘rsatmalarini bajarish uchun qilingan bo‘lsa, tegishli choralar foydasiz bo‘lib chiqsa ham, sug‘urtalovchi tomonidan qoplanishi lozim. Bunday xarajatlar sug‘urta summasining sug‘urta qiymatiga nisbatiga mutanosib ravishda, boshqa zararlarni qoplash bilan birgalikda ular sug‘urta summasidan oshib ketishi mumkinligidan qat’i nazar, qoplanadi.

Sug‘urta qiluvchi ehtimol tutilgan zararni kamaytirish uchun qasddan choralar ko‘rmagani oqibatida ko‘rilgan zararni qoplashdan sug‘urtalovchi ozod qilinadi.

953-modda. Sug‘urta qildiruvchi, naf oluvchi yoki sug‘urtalangan shaxsning aybi bilan sug‘urta hodisasi yuz berishining oqibatlari

Agar sug‘urta hodisasi sug‘urta qildiruvchi, naf oluvchi yoki sug‘urtalangan shaxsning qasd qilishi oqibatida yuz bergan bo‘lsa, sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini yoki sug‘urta to‘lovini to‘lashdan ozod qilinadi, qasddan qilingan harakatlar ular tomonidan zaruriy mudofaa yoki oxirgi zarurat holatida, shuningdek ushbu moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda sodir etilishi bundan mustasno.

Qonunda sug‘urta hodisasi sug‘urta qiluvchining yoki naf oluvchining qo‘pol ehtiyotsizligi oqibatida yuzaga kelganda sug‘urtalovchini mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovonini to‘lashdan ozod qilish yoki tovon miqdorini kamaytirish hollari nazarda tutilishi mumkin.

Sug‘urtalovchi sug‘urtalangan shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazganlik uchun fuqaroviy javobgarlikni sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovonini to‘lashdan, agar zarar sug‘urtalanuvchi uchun javobgar shaxsning aybi bilan yetkazilgan bo‘lsa, ozod qilinmaydi.

Sug‘urtalovchi shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda to‘lanishi lozim bo‘lgan sug‘urta to‘lovini to‘lashdan, agar uning vafoti o‘z joniga qasd qilish oqibatida ro‘y bergan bo‘lsa va bu vaqtgacha sug‘urta shartnomasi kamida ikki yil amal qilgan bo‘lsa, ozod qilinmaydi.

Bilimingizni sinang

Avtotransport korxonasi o‘z haydovchisining javobgarligini sug‘urtalagan. Korxona sug‘urta hodisasi yuz bermasdan oldin sug‘urtalangan haydovchini boshqa shaxsga almashtirmoqchi. Shartnomada boshqacha tartib yo‘q. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, bu qanday amalga oshiriladi?
  1. Istalgan vaqtda, hodisa yuz berguncha sug‘urtalovchini yozma ravishda xabardor qilib almashtiriladi
  2. Faqat sud qarori bilan almashtiriladi, sug‘urtalovchini xabardor qilishning o‘zi yetarli emas
  3. Sug‘urtalovchi va haydovchi ikkalasi rozilik bergandagina, hodisa yuz berguncha almashtiriladi
  4. Almashtirish mumkin emas, chunki sug‘urtalangan shaxs shartnomada nomma-nom ko‘rsatilgan

To‘g‘ri javob: Istalgan vaqtda, hodisa yuz berguncha sug‘urtalovchini yozma ravishda xabardor qilib almashtiriladi. 944-moddaning birinchi qismi javobgarlik sug‘urtasida hodisagacha yozma xabar berib almashtirishga ruxsat beradi.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, shaxsiy sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan sug‘urtalangan shaxs qanday tartibda boshqa shaxsga almashtirilishi mumkin?
  1. Sug‘urta qildiruvchining bir tomonlama qarori bilan, boshqalarsiz
  2. Shu sug‘urtalangan shaxs va sug‘urtalovchining roziligi bilangina
  3. Faqat sug‘urtalovchining roziligi bilan, boshqa shaxslarsiz
  4. Faqat sud qarori bilan, taraflarning roziligidan qat’i nazar

To‘g‘ri javob: Shu sug‘urtalangan shaxs va sug‘urtalovchining roziligi bilangina. 944-moddaning ikkinchi qismi shaxsiy sug‘urtada sug‘urtalangan shaxs va sug‘urtalovchi roziligini talab qiladi.

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 945-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Turli xildagi sug‘urta xavflaridan mulkiy sug‘urta
  2. Qo‘shaloq sug‘urta
  3. Sug‘urta shartnomasining muddatidan ilgari bekor bo‘lishi
  4. Naf oluvchini almashtirish

To‘g‘ri javob: Naf oluvchini almashtirish. 945-modda: Naf oluvchini almashtirish.

Fuqarolik kodeksi (II qism): «Naf oluvchini almashtirish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 945-modda
  2. 940-modda
  3. 948-modda
  4. 939-modda

To‘g‘ri javob: 945-modda. 945-modda: Naf oluvchini almashtirish.

Sug‘urta qildiruvchi Bahodir naf oluvchi Lolani Ravshanga almashtirmoqchi, ammo Lola bu paytda sug‘urtalovchiga sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risida talab qo‘yib bo‘lgan. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Almashtirish istalgan vaqtda mumkin, hatto naf oluvchi talab qo‘ygan bo‘lsa ham
  2. Almashtirish sug‘urtalovchining roziligi bilan mumkin, naf oluvchi talab qo‘ygan bo‘lsa ham
  3. Naf oluvchi talab qo‘ygandan keyin u boshqa shaxs bilan almashtirilishi mumkin emas
  4. Almashtirish faqat sud orqali mumkin, naf oluvchi talab qo‘ygan bo‘lsa ham

To‘g‘ri javob: Naf oluvchi talab qo‘ygandan keyin u boshqa shaxs bilan almashtirilishi mumkin emas. 945-moddaning ikkinchi qismi naf oluvchi talab qo‘ygandan keyin almashtirishni taqiqlaydi.

Shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan shaxsning roziligi bilan tayinlangan naf oluvchini almashtirish Fuqarolik kodeksiga ko‘ra qanday hal etiladi?
  1. Sug‘urta qildiruvchi o‘zi mustaqil almashtiradi
  2. Sug‘urtalovchining roziligi yetarli
  3. Davlat organining ruxsati bilan almashtiriladi
  4. Faqat shu shaxsning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi

To‘g‘ri javob: Faqat shu shaxsning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. 945-moddaning birinchi qismi bunday naf oluvchini almashtirishga faqat sug‘urtalangan shaxsning roziligi bilan yo‘l qo‘yadi.

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 946-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Sug‘urta qildiruvchi, naf oluvchi yoki sug‘urtalangan shaxsning aybi bilan sug‘urta hodisasi yuz berishining oqibatlari
  2. Sug‘urta hodisasidan ko‘riladigan zararni kamaytirish
  3. Sug‘urta qildiruvchini almashtirish
  4. Sug‘urta mukofoti va sug‘urta badallari

To‘g‘ri javob: Sug‘urta qildiruvchini almashtirish. 946-modda: Sug‘urta qildiruvchini almashtirish.

Fuqarolik kodeksi (II qism): «Sug‘urta qildiruvchini almashtirish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 952-modda
  2. 946-modda
  3. 942-modda
  4. 953-modda

To‘g‘ri javob: 946-modda. 946-modda: Sug‘urta qildiruvchini almashtirish.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSug‘urta (3/5)Keyingi →Sug‘urta (5/5)