Sug‘urta (5/5)
Ikkinchi Qism
954-modda. Sug‘urtalovchini sug‘urta tovonini va sug‘urta to‘lovini to‘lashdan ozod qilish asoslari
Sug‘urtalovchi, agar qonunda yoki sug‘urta shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa va sug‘urta hodisasi quyidagilar oqibatida yuzaga kelgan bo‘lsa, sug‘urta tovonini va sug‘urta to‘lovini to‘lashdan ozod qilinadi:
yadro portlashi, radiatsiya yoki radioaktiv zaharlanish ta’sirida;
harbiy harakatlar, manyovrlar yoki boshqa harbiy tadbirlar.
Agar mulkiy sug‘urta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urtalovchi sug‘urtalangan mol-mulk davlat organlarining farmoyishi bilan olib qo‘yilishi, musodara qilinishi, rekvizitsiya qilinishi, xatlanishi yoki yo‘q qilib tashlanishi oqibatida ko‘rilgan zarar uchun sug‘urta tovonini to‘lashdan ozod qilinadi.
955-modda. Sug‘urta tovoni yoki sug‘urta to‘lovini to‘lashni rad etish
Sug‘urtalovchi mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchiga (naf oluvchiga) sug‘urta tovonini yoki shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta to‘lovini to‘lashni quyidagi hollarda rad etishga haqli, chunonchi:
sug‘urta shartnomasining amal qilishi sug‘urta hodisasi yuz bergunga qadar, shu jumladan ushbu Kodeksning 948 va 950-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha bekor qilinganda;
sug‘urta shartnomasi ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaganda;
sug‘urtalovchi ushbu Kodeksning 951 — 954-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha sug‘urta tovonini yoki sug‘urta to‘lovini to‘lashdan ozod qilinganda;
sug‘urtalovchi ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha sug‘urta shartnomasini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida yoxud sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug‘urta hodisasi holatlarini tekshirib ko‘rishga yoki yetkazilgan zarar miqdorini aniqlashga to‘sqinlik qilgani tufayli sug‘urta shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atganida.
Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini yoki sug‘urta to‘lovini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori sug‘urta qildiruvchiga (naf oluvchiga) ular sug‘urta tovonini yoki sug‘urta to‘lovini to‘lashni so‘rab murojaat etganidan keyin o‘n besh kundan kechiktirmay xabar qilinishi va rad etish sabablarining asoslantirilgan dalil-isbotlarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
955-modda. Sug‘urta tovoni yoki sug‘urta to‘lovini to‘lashni rad etish (davomi)
Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini yoki sug‘urta to‘lovini to‘lashni rad etishiga qarshi unga nisbatan sudda da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan e’tiroz bildirilishi mumkin.
956-modda. Shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta to‘lovi
Shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta to‘lovi, ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot bo‘yicha, boshqa sug‘urta shartnomalari bo‘yicha yoki zararni qoplash tartibida sug‘urta qildiruvchiga, sug‘urtalangan shaxsga yoki naf oluvchiga tegishli summalardan qat’i nazar, shartnoma kimning foydasiga tuzilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga to‘lanadi.
Ushbu Kodeks 921-moddasining uchinchi qismi asosida shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan shaxsning merosxo‘rlariga to‘lanadigan sug‘urta to‘lovi sug‘urtalangan shaxsning merosi tarkibiga kirmaydi.
957-modda. Sug‘urta qildiruvchining zarar qoplanishiga bo‘lgan huquqlarining sug‘urtalovchiga o‘tishi (subrogatsiya)
Agar mulkiy sug‘urta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi)ning sug‘urta natijasida qoplangan zarar uchun javobgar shaxsdan talab qilish huquqi to‘langan summa doirasida sug‘urta tovonini to‘lagan sug‘urtalovchiga o‘tadi. Biroq shartnomaning bila turib zarar yetkazgan shaxsga nisbatan talab qilish huquqi sug‘urtalovchiga o‘tishini istisno qiladigan shartlari o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi.
Sug‘urtalovchiga o‘tgan talab qilish huquqi uning tomonidan sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) va zarar uchun javobgar bo‘lgan shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug‘urtalovchi o‘ziga o‘tgan talab qilish huquqini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar va dalillarni sug‘urtalovchiga berishi hamda barcha ma’lumotlarni unga ma’lum qilishi shart.
Agar sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug‘urtalovchi tomonidan qoplangan zarar uchun javobgar shaxsga nisbatan o‘zining talab qilish huquqidan voz kechsa yoki bu huquqni amalga oshirish sug‘urta qildiruvchining (naf oluvchining) aybi bilan mumkin bo‘lmagan bo‘lsa, sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘liq yoki uning tegishli qismini to‘lashdan ozod qilinadi va tovonning ortiqcha to‘langan summasini qaytarishni talab qilishga haqli bo‘ladi.
958-modda. Sug‘urtalangan mol-mulkka bo‘lgan huquqlarning sug‘urtalovchiga o‘tkazilishi
Mol-mulk sug‘urta qilinganda sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug‘urta hodisasi yuz berganidan keyin sug‘urtalovchining roziligi bilan sug‘urtalangan mol-mulkka bo‘lgan o‘z huquqlarini unga o‘tkazishi va sug‘urta tovonini sug‘urta summasining to‘liq hajmida olishi mumkin.
959-modda. Qayta sug‘urta qilish
Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi o‘z zimmasiga olgan sug‘urta tovonini yoki sug‘urta to‘lovini to‘lash xavfi uning tomonidan to‘liq yoki qisman boshqa sug‘urtalovchida (sug‘urtalovchilarda) u bilan tuzilgan qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanishi mumkin.
Qayta sug‘urta qilish shartnomasiga nisbatan, agar qayta sug‘urta qilish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu bobning tadbirkorlik xavfini sug‘urta qilish borasida qo‘llanishi lozim bo‘lgan qoidalari tatbiq etiladi. Qayta sug‘urta qilish shartnomasini tuzgan sug‘urta shartnomasi (asosiy shartnoma) bo‘yicha sug‘urtalovchi keyingi shartnomada qayta sug‘urta qildiruvchi hisoblanadi.
Qayta sug‘urta qilishda sug‘urta tovonini yoki sug‘urta to‘lovini to‘lash uchun asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi oldida ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urtalovchi javobgar bo‘lib qolaveradi.
Biroq asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanuvchi hisoblangan sug‘urta tashkiloti sug‘urta hodisasi yuz berishidan oldin tugatilgan taqdirda, uning ushbu shartnoma bo‘yicha huquq va majburiyatlarining qayta sug‘urta qilingan qismi qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchiga o‘tadi.
Ikki yoki bir nechta qayta sug‘urta qilish shartnomalarini ketma-ket tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday shartnomalarning har biri keyingi qayta sug‘urta qilish shartnomasiga nisbatan asosiy sug‘urta shartnomasi deb hisoblanadi.
960-modda. Ikki tomonlama sug‘urta
Fuqarolar va yuridik shaxslar o‘z mol-mulklarini hamda ushbu Kodeks 915-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan boshqa mulkiy manfaatlarini ikki taraflama asosda, buning uchun ikki tomonlama sug‘urta qilish jamiyatlarida zarur mablag‘larni birlashtirish yo‘li bilan sug‘urta qilishlari mumkin.
Ikki tomonlama sug‘urta qilish jamiyatlari o‘z a’zolarining mol-mulki hamda boshqa mulkiy manfaatlarini sug‘urta qilishni amalga oshiradi va tijoratchi bo‘lmagan tashkilot hisoblanadi.
Ikki tomonlama sug‘urta qilish tashkilotlari tomonidan o‘z a’zolarining mol-mulki va mulkiy manfaatlarini sug‘urta qilish, agar jamiyatning ta’sis hujjatlarida bunday hollarda sug‘urta shartnomalari tuzish nazarda tutilmagan bo‘lsa, bevosita a’zolik asosida amalga oshiriladi.
Ushbu bobning qoidalari, agar qonunda, tegishli jamiyatning ta’sis hujjatlarida yoki jamiyat belgilagan sug‘urta qilish qoidalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ikki tomonlama sug‘urta qilish jamiyati bilan uning a’zolari o‘rtasidagi sug‘urtaga doir munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Ikki tomonlama sug‘urta qilish yo‘li bilan majburiy sug‘urtani amalga oshirishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Ikki tomonlama sug‘urta qilish jamiyati sug‘urtalovchi sifatida, agar uning ta’sis hujjatlarida sug‘urta faoliyatini amalga oshirish nazarda tutilgan, jamiyatning o‘zi tijorat tashkiloti shaklida tuzilgan, tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lsa va qonunda belgilangan boshqa talablarga javob bersa, jamiyatning a’zolari bo‘lmagan shaxslarning manfaatlarini sug‘urta qilishni amalga oshirishi mumkin.
960-modda. Ikki tomonlama sug‘urta (davomi)
Ikki tomonlama sug‘urta qilish jamiyatining a’zosi bo‘lmagan shaxslarning manfaatlarini sug‘urta qilish jamiyat tomonidan sug‘urta shartnomalari asosida ushbu bobning qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ikki tomonlama sug‘urta qilish jamiyatlari huquqiy holatining xususiyatlari va ularning faoliyat yuritish shartlari qonunchilik bilan belgilanadi.
961-modda. Majburiy davlat sug‘urtasi
Fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini va davlatning manfaatlarini ta’minlash maqsadida qonunda hayot, sog‘liq va mol-mulkning majburiy davlat sug‘urtasi belgilab qo‘yilishi mumkin.
Majburiy davlat sug‘urtasi ana shu maqsadlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Majburiy davlat sug‘urtasi bevosita sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik asosida unda ko‘rsatilgan davlat sug‘urta tashkilotlari yoki davlatning boshqa tashkilotlari (sug‘urtalovchilar) tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu bobning qoidalari, agar sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa va sug‘urta bo‘yicha mavjud munosabatlar mohiyatidan kelib chiqmasa, majburiy davlat sug‘urtasiga nisbatan qo‘llaniladi.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 954-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Sug‘urtalangan mol-mulkka bo‘lgan huquqlarning sug‘urtalovchiga o‘tkazilishi
- Sug‘urta hodisasidan ko‘riladigan zararni kamaytirish
- Sug‘urtalovchini sug‘urta tovonini va sug‘urta to‘lovini to‘lashdan ozod qilish asoslari
- Sug‘urtalangan mol-mulkka bo‘lgan huquqlarning boshqa shaxsga o‘tishi
To‘g‘ri javob: Sug‘urtalovchini sug‘urta tovonini va sug‘urta to‘lovini to‘lashdan ozod qilish asoslari. 954-modda: Sug‘urtalovchini sug‘urta tovonini va sug‘urta to‘lovini to‘lashdan ozod qilish asoslari.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Sug‘urtalovchini sug‘urta tovonini va sug‘urta to‘lovini to‘lashdan ozod qilish asoslari» qaysi moddada belgilangan?
- 950-modda
- 954-modda
- 958-modda
- 952-modda
To‘g‘ri javob: 954-modda. 954-modda: Sug‘urtalovchini sug‘urta tovonini va sug‘urta to‘lovini to‘lashdan ozod qilish asoslari.
Qonunda yoki sug‘urta shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, sug‘urtalovchi quyidagi holatlardan qaysi birining oqibatida yuzaga kelgan sug‘urta hodisasi uchun tovon to‘lashdan ozod qilinadi?
- Yadro portlashi, radiatsiya yoki radioaktiv zaharlanish ta’sirida
- Uchinchi shaxslarning o‘g‘irlik yoki talonchilik harakatlari ta’sirida
- Yong‘in, zilzila yoki suv toshqini ta’sirida yetkazilgan zarar oqibatida
- Tabiiy ofat yoki ob-havoning keskin o‘zgarishi oqibatida
To‘g‘ri javob: Yadro portlashi, radiatsiya yoki radioaktiv zaharlanish ta’sirida. 954-moddaning birinchi qismida tovon to‘lashdan ozod qilish asoslari sifatida yadro portlashi, radiatsiya va harbiy harakatlar ko‘rsatilgan.
Sug‘urtalangan ombor davlat organining farmoyishiga ko‘ra musodara qilindi. Mulkiy sug‘urta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Sug‘urtalovchi bunday zarar uchun sug‘urta tovonini to‘liq hajmda to‘lashi shart
- Sug‘urtalovchi bunday zarar uchun sug‘urta tovonini to‘lashdan ozod qilinadi
- Bunday zararning tovonini davlat organi to‘laydi, sug‘urtalovchi esa ozod qilinmaydi
- Sug‘urtalovchi bunday zarar uchun tovonning faqat yarmini to‘lashga majbur bo‘ladi
To‘g‘ri javob: Sug‘urtalovchi bunday zarar uchun sug‘urta tovonini to‘lashdan ozod qilinadi. 954-moddaning ikkinchi qismi mol-mulk davlat organlari farmoyishi bilan musodara qilinganda sug‘urtalovchini ozod qiladi.
Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish qarori sug‘urta qildiruvchiga murojaatidan keyin qancha muddatdan kechiktirmay xabar qilinishi kerak?
- O‘n besh kundan
- O‘ttiz kundan
- Besh kundan
- O‘n kundan
To‘g‘ri javob: O‘n besh kundan. Rad etish qarori murojaatdan keyin o‘n besh kundan kechiktirmay va asoslantirilgan dalillar bilan xabar qilinadi.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 955-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Majburiy davlat sug‘urtasi
- Sug‘urtalovchini sug‘urta tovonini va sug‘urta to‘lovini to‘lashdan ozod qilish asoslari
- Sug‘urta tovoni yoki sug‘urta to‘lovini to‘lashni rad etish
- Sug‘urta qildiruvchi, naf oluvchi yoki sug‘urtalangan shaxsning aybi bilan sug‘urta hodisasi yuz berishining oqibatlari
To‘g‘ri javob: Sug‘urta tovoni yoki sug‘urta to‘lovini to‘lashni rad etish. 955-modda: Sug‘urta tovoni yoki sug‘urta to‘lovini to‘lashni rad etish.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Sug‘urta tovoni yoki sug‘urta to‘lovini to‘lashni rad etish» qaysi moddada belgilangan?
- 954-modda
- 955-modda
- 953-modda
- 961-modda
To‘g‘ri javob: 955-modda. 955-modda: Sug‘urta tovoni yoki sug‘urta to‘lovini to‘lashni rad etish.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori sug‘urta qildiruvchi to‘lovni so‘rab murojaat etganidan keyin qancha muddatdan kechiktirmay xabar qilinishi kerak?
- Yigirma kundan
- Qirq besh kundan
- O‘n besh kundan
- To‘qson kundan
To‘g‘ri javob: O‘n besh kundan. 955-moddaning oxirgi qismi rad etish qarorini murojaatdan keyin o‘n besh kundan kechiktirmay xabar qilishni talab qiladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash