Oddiy shirkat (2/2)
Ikkinchi Qism
969-modda. Sherikning ulushini uning kreditori talabi bilan ajratish
Oddiy shirkat shartnomasi ishtirokchisining kreditori ushbu Kodeksning 227-moddasiga muvofiq uning umumiy mol-mulkdagi ulushini ajratishni talab qilishga haqli.
970-modda. Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo‘lishining asoslari
Oddiy shirkat shartnomasi quyidagilar oqibatida bekor bo‘ladi:
sheriklardan birortasi muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo‘qolgan deb e’lon qilinganda, agar oddiy shirkat shartnomasida yoki keyingi kelishuvda qolgan sheriklar o‘rtasidagi munosabatlarda shartnomaning saqlanib qolishi nazarda tutilmagan bo‘lsa;
sheriklardan birortasi nochor (bankrot) deb e’lon qilinganda, ushbu moddaning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgani bundan mustasno;
sherik vafot etganda yoki oddiy shirkat shartnomasida ishtirok etayotgan yuridik shaxs tugatilganda yoxud qayta tashkil etilganda, agar shartnomada yoki keyingi kelishuvda qolgan sheriklar o‘rtasidagi munosabatlarda shartnomaning saqlanib qolishi yoxud vafot etgan sherikning (tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning) uning merosxo‘rlari (huquqiy vorislari) bilan almashtirilishi nazarda tutilmagan bo‘lsa;
sheriklardan birortasi oddiy shirkatning muddatsiz shartnomasida bundan buyon ishtirok etishdan voz kechganda, ushbu moddaning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgani bundan mustasno;
muddat ko‘rsatilgan holda tuzilgan oddiy shirkat shartnomasi sheriklardan birining talabi bilan o‘zi va qolgan sheriklar o‘rtasidagi munosabatlarda bekor qilinganda, ushbu moddaning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgani bundan mustasno;
oddiy shirkat shartnomasining muddati o‘tganda;
sherikning ulushi uning kreditori talabi bilan ajratilganda, ushbu moddaning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgani bundan mustasno;
970-modda. Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo‘lishining asoslari (davomi)
ushbu Kodeksda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa asoslarda.
971-modda. Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo‘lishining oqibatlari
Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo‘lganda sheriklarning umumiy egaligiga va (yoki) foydalanishiga berib qo‘yilgan ashyolar, taraflarning kelishuvi bilan boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ularni berib qo‘ygan sheriklarga haq to‘lamasdan qaytariladi.
Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo‘lgan paytdan boshlab uning ishtirokchilari uchinchi shaxslarga nisbatan bajarilmagan umumiy majburiyatlar bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladilar.
Sheriklarning umumiy ulushli mulkida turgan mol-mulkni va ularda yuzaga kelgan umumiy talab qilish huquqlarini taqsimlash ushbu Kodeksning 223-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Umumiy ulushli mulkka xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyoni qo‘shgan sherik oddiy shirkat shartnomasi bekor bo‘lganda, qolgan sheriklar va kreditorlarning manfaatlariga rioya etilishi sharti bilan, bu ashyoni o‘ziga qaytarishni talab qilishga haqli.
972-modda. Oddiy shirkatning muddatsiz shartnomasidan voz kechish
Shaxsning oddiy shirkatning muddatsiz shartnomasidan voz kechish to‘g‘risidagi arizasi, agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, uning tomonidan shartnomadan chiqish mo‘ljallanayotgan sanadan kamida uch oy oldin berilishi lozim.
Oddiy shirkatning muddatsiz shartnomasidan voz kechish huquqini cheklash to‘g‘risidagi kelishuv o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi.
973-modda. Tarafning talabi bilan oddiy shirkat shartnomasini bekor qilish
Ushbu Kodeks 382-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan asos bilan bir qatorda, muddat ko‘rsatilib yoki bekor qilish sharti sifatida maqsad ko‘rsatilib tuzilgan oddiy shirkat shartnomasining tarafi shartnomani bekor qilish tufayli yetkazilgan haqiqiy zararni qolgan sheriklarga qoplagan holda shartnomani o‘zi va qolgan sheriklar o‘rtasidagi munosabatlarda bekor qilishni talab etishga haqli.
974-modda. Shartnomada ishtirok etishdan voz kechgan yoki uni bekor qilishni talab etgan sherikning javobgarligi
Ishtirokchilardan birortasi oddiy shirkat shartnomasida bundan buyon ishtirok etishdan voz kechish to‘g‘risida ariza berishi yoxud sheriklardan birining talabi bilan shartnoma bekor qilinishi natijasida oddiy shirkat shartnomasi bekor qilinmagan taqdirda, shartnomada ishtirok etishi to‘xtagan shaxs uchinchi shaxslar oldida o‘zi shartnomada ishtirok etgan davrda yuzaga kelgan umumiy majburiyatlar bo‘yicha u oddiy shirkat shartnomasining ishtirokchisi bo‘lib qolavergandagi kabi javobgar bo‘ladi.
975-modda. Yashirin shirkat
Oddiy shirkat shartnomasida uning mavjudligini uchinchi shaxslarga ma’lum qilmaslik (yashirin shirkat) nazarda tutilishi mumkin. Bunday shartnomaga nisbatan, agar ushbu moddada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa yoki yashirin shirkat mohiyatidan kelib chiqmasa, ushbu bob qoidalari qo‘llaniladi.
Yashirin shirkat ishtirokchilaridan har biri uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda sheriklarining umumiy manfaatlarini ko‘zlab o‘z nomidan tuzgan bitimlar bo‘yicha o‘zining butun mol-mulki bilan javob beradi.
Sheriklar o‘rtasidagi munosabatlarda, ularning birgalikdagi faoliyati jarayonida yuzaga kelgan majburiyatlar umumiy hisoblanadi.
Bilimingizni sinang
Oddiy shirkat sheriki Anvar o‘z kreditoriga qarzdor. Kreditor Anvarning shirkatning umumiy mol-mulkidagi ulushini ajratishni talab qilmoqda. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Kreditor Anvarning umumiy mol-mulkdagi ulushini ajratishni talab qilishga haqli
- Kreditor bunday talab qo‘ya olmaydi, chunki ulushni faqat sheriklar ajratadi
- Kreditor talabni faqat barcha sheriklarning yozma roziligi bilan qo‘yishi mumkin
- Kreditor talabni faqat shirkat shartnomasi muddati tugagach qo‘yishi mumkin
To‘g‘ri javob: Kreditor Anvarning umumiy mol-mulkdagi ulushini ajratishni talab qilishga haqli. 969-modda sherik kreditoriga 227-modda asosida ulushni ajratishni talab qilish huquqini beradi.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo‘lishining asoslari» qaysi moddada belgilangan?
- 971-modda
- 970-modda
- 976-modda
- 977-modda
To‘g‘ri javob: 970-modda. 970-modda: Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo‘lishining asoslari.
Quyidagi holatlardan qaysi biri Fuqarolik kodeksiga ko‘ra oddiy shirkat shartnomasi bekor bo‘lishining asosi hisoblanadi?
- Sherikning boshqa shaharga ko‘chib o‘tishi
- Oddiy shirkat shartnomasining muddati o‘tishi
- Sherikning bir martalik jarima to‘lashi
- Sherikning uzoq muddatli ta’tilga chiqishi
To‘g‘ri javob: Oddiy shirkat shartnomasining muddati o‘tishi. 970-moddada shartnoma muddati o‘tishi bekor bo‘lish asoslaridan biri sifatida sanalgan.
Oddiy shirkat sheriklaridan biri Sherzod vafot etdi. Shartnomada va keyingi kelishuvda shartnomaning saqlanib qolishi yoki Sherzodning merosxo‘r bilan almashtirilishi nazarda tutilmagan. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, shartnomaning taqdiri qanday?
- Shartnoma avtomatik ravishda merosxo‘rga o‘tadi
- Shartnoma davom etadi, faqat Sherzodning hissasi qaytariladi
- Shartnoma bekor bo‘ladi
- Shartnoma faqat sud qarori bilan bekor qilinadi
To‘g‘ri javob: Shartnoma bekor bo‘ladi. 970-modda: sherik vafot etganda, saqlanib qolish nazarda tutilmagan bo‘lsa, shartnoma bekor bo‘ladi.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 971-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Sheriklarning umumiy ishlarini yuritish
- Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo‘lishining oqibatlari
- Ommaviy tanlovni tashkil etish
- Sherikning axborot olishga bo‘lgan huquqi
To‘g‘ri javob: Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo‘lishining oqibatlari. 971-modda: Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo‘lishining oqibatlari.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo‘lishining oqibatlari» qaysi moddada belgilangan?
- 966-modda
- 965-modda
- 971-modda
- 976-modda
To‘g‘ri javob: 971-modda. 971-modda: Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo‘lishining oqibatlari.
Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo‘lganda sheriklarning umumiy egaligiga yoki foydalanishiga berib qo‘yilgan ashyolar Fuqarolik kodeksiga ko‘ra qanday qaytariladi (boshqacha kelishuv bo‘lmasa)?
- Bozor narxida sotib olish yo‘li bilan
- Faqat sud qarori bilan, haq evaziga
- Qolgan sheriklarning ko‘pchiligi qaroriga ko‘ra
- Ularni berib qo‘ygan sheriklarga haq to‘lamasdan
To‘g‘ri javob: Ularni berib qo‘ygan sheriklarga haq to‘lamasdan. 971-moddaning birinchi qismi bunday ashyolarni haqsiz qaytarishni belgilaydi.
Oddiy shirkat shartnomasi bekor bo‘lgan paytdan boshlab uning ishtirokchilari uchinchi shaxslarga nisbatan bajarilmagan umumiy majburiyatlar bo‘yicha qanday javobgar bo‘ladilar?
- Solidar javobgar bo‘ladilar
- Faqat o‘z hissasiga mutanosib javobgar bo‘ladilar
- Javobgar bo‘lmaydilar
- Faqat ishlarni yuritgan sherik javobgar bo‘ladi
To‘g‘ri javob: Solidar javobgar bo‘ladilar. 971-moddaning ikkinchi qismi bekor bo‘lgandan keyin ham solidar javobgarlikni belgilaydi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash